Vatanimiz mustaqillikka erishgandan so'ng mamlakatimizda chet tillarini o'rganishga katta e'tibor berib kelinmoqda. Jumladan, 2012-yil 10-dekabrda qabul qilingan «Chet tillarini o'rganish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori hamda 2013–2014-o'quv yilidan boshlab umumta'lim maktablarining birinchi sinflarida xorijiy tillarni uzluksiz o'rgatishning joriy etilishi buning isbotidir.
Hozirgi kunda nafaqat maktab, litsey, Icollej o'quvchilari va oliy o'quv yurtlari talabalariga, balki M. T. M. tarbiyalanuvchilari va turli sohada ishlovchi xodimlarga ham chet tilini, xususan, ingliz tilini o'rgatish yo'lga qo'yilgan. Buning sababi bor, albatta. Iqtisodiy, fan va madaniy jihatdan rivojlangan davlatlarning tillarini o'rganish jahon ilm- fani va taraqqiyoti yutuqlarini egallashning bosh omilidir.
Til o'rganish ham yosh davrlariga bog'liq. Psixologlarning fikricha, bolalar kattalarga nisbatan tilni tez va oson o'zlashtiradilar. Bolalarda til o'rganishga bo'lgan tabiiy moyillik, ularda taqlid qilish xususiyati kuchli ekanligi,kattalarga qaraganda bolalar vaqtining ko'pligi buning asosiy sabablaridandir. Shuni e'tiborga olish kerakki, 6–7 yoshli bolalar ma'lumotlar ma'nosini tushunib emas, uni mexanik tarzda yodlaydi. Shuning uchun boshlang'ich sinf o'quvchilariga ingliz tilini o'rgatishni grammatik tushuncha berishdan boshlamaslik zarur. Aks holda chet tilini o'rgatishning dastlabki qadamidanoq bolani zo'riqtirib qo'yish va qiziqishini so'ndirib qo'yish mumkin.
Shunday ekan,kichik yoshdagi bolalarga xorijiy tilni o'rgatish ancha mushkul va mas'uliyatli. Bolalarga ingliz tilini mazmunli va qiziqarli o'rgatish uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin:
- qo'shiq va she'rlar orqali tushuntirish yoki esda qolishi qiyin bo'lgan, ma'noga ega bo'lmagan harf yoki birikmalarni kuyga solib o'rgatish.
Bunga misol qilib, bolalarning ingliz tili alifbosini qo'shiq qilib o'rganishlari shunchaki yodlashdan ko'ra samarali ekanligini ko'rsatish mumkin.
- aqliy va jismoniy harakatlar bilan bo'g'liq bo'lgan o'yinlar;
- multfilmlar; Bolalar til o'rganish mobaynida multfilmdagi gaplarni tushunma- sada, multfilm qahramonlarining harakatlari orqali ular ishlatayotgan so'zlarni tushunishga intiladi.Bu esa bolalar uchun qiziq va til o'rganishlari uchun samarali yo'l.
- rol ijro etish(role play) o'qituvchi biror ma'lumotni, masalan, hayvon yoki qushlarning nomlarini o'rgatayotgan paytda rol orqali ijro etishi yoki bolalarga ijro ettirishi lozim. Misol uchun: bir o'quvchi itning vovillashi, mushukning miyovlashini
ko'rsatib bersa, boshqa bir o'quvchi bu tovushlar qaysi hayvonga tegishli ekanligini bilib, uning inglizcha nomini aytishi zarur.
- mavzuga oid muhit; O'qituvchi mavzusiga qarab o'sha muhitni yaratib bera olsa, bolalar tilni yaxshi o'rganishadi. Masalan: traveling, birthday, in the kitchen va boshqalar. Traveling(sayohat) mavzusida o'qituvchi sayohat uyushtirishi, sayohatga qanday vositalar orqali (foot, bicycle, automobile, train, boat, airplane) borish mumkinligi, qayerlarga sayohat qilish(Tashkent, Samarkand, Bukhara, England, USA) muhimligi haqida ma'lumot beradi.Bu hoi o'quvchilarning so'z boyligini, til imkoniyatlarini kuchaytiradi, dunyoqarashini o'stiradi.
- topishmoqlar; Bolalarda topishmoqlarning javobini topishga qiziqish kuchli. Shuning uchun o'qituvchi topishmoqni ingliz yoki o'zbek tilida aytsada, uning javobini bolalardan ingliz tilida aytishini talab qilishi lozim. Shunda bolalar so'zlarni tez o'rganishadi.
- amaliy mashg'uIotlar(mevalar va boshqa oziq-ovqatlarni tatib ko'rish, gullarni hidlab ko'rish); Bu jumlani bir amaliyotchi psixologning fikrlari bilan izohlash mumkin: " Bolalarning esida biror narsaning mahkam o'rnashib qolishini xohlovchi pedagog bola sezgi organlarining mumkin qadar ko'prog'ini ko'zi, qulog'i, tovush organi, muskul sezgisi va, hatto, agar iloji bo'lsa, hidlash va ta'm bilish organlarini esda tutib qolish jarayonida qatnashtirishga harakat qilishi kerak». Masalan: o'qituvchi bir o'quvchining olmani tatib ko'rishi paytida uning rangi qizil(red) yoki yashil(green), ta'mi shirin(tasty) yoki nordon(),xushbo'y() hidi haqida ma'lumot berishi va boshqa o'quvchilarga ham mevalarni yedirib, u bolalardan o'sha meva haqida inglizcha ma'lumotlar berishini talab qilishi lozim.Bu hoi bolaning keyingi o'rganishlarida ham yordam beradi.O'qituvchi o'quvchilardan ranglarning inglizcha nomini so'rab qolsa, bola darrov meva yegan paytini eslaydi, qizil-red, yashil-green ekanligini tez xotirlaydi. Demak, bunday usuldan foydalanish o'quvchining ma'lumotni uzoq muddatda xotirasida saqlab qolishini ta'minlaydi.
- imo-ishoralar, yuz ifodalari orqali; O'qituvchi bolaga biror gapni gapirganda yoki buyruq berganda, masalan, bu yoqqa kel(come here), kitobni och(open the book), turing(stand up), doskaga qarang(look at the blackboard) kabi gaplarda imo- ishoralardan foydalansa bolaga tushunarli bo'ladi.
- ko'rgazmali qurollar, plakatlar, kitoblar orqali;
- ko'zga ko'rinadigan va kundalik hayotda ko'p ishlatiladigan narsa, buyumlarga
yozish. Masalan:eshik(door), kitob(book), stol(table), doska(blackboard),
oyna(window) va shu kabilarga yozish. Bunday narsa-buyumlar doimo ko'zga tushib turishi va amliyotda ko'p qo'llanishi bois, bola bu so'zlarni ixtiyorsiz tarzda o'rganadi.
– yangiliklar orqali; Bilamizki, bolalar qiziquvchan. Ular bir xillikdan tez zerikadi. i Shuning uchun ularga har doim bir turdagi usullardan foydalanib dars o'tish emas, balki I bunday usullarni o'zgartirib, yangilab dars o'tish lozim. Aks holda bolalar o'qituvchining qanday dars o'tishini fahmlab olishadi va bunga tayyorgarlik ko'rishadi. Usullarni yangilab dars o'tish bolalarning intilishlarini oshiradi.
Xulosa qilib aytganda,kichik yoshdagi bolalarga til o'rgatish majburiyat sifatida emas, qiziqarli mashg'ulot tarzida olib borilishi, bir necha samarali usullardan foydalanib dars o'tish ularning kelajakda oladigan bilimlari uchun poydevor bo'lib xizmat qilishi mumkin. Bolalarga chet tillarini o'rganish qanchalar muhimligini tabiiy sharoitlar orqali to'g'ri tushuntirib borilishi darkor.Chunonchi, buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiy ham ko'plab xorijiy tillarni mukammal bilgan, bu tillarda bemalol gaplasha olgan hamda shu tillarda ijod qilgan. Bunday imkoniyat allomaning dunyo ilm- fanini o'rganishga, buyuk ishlarni amalga oshirishiga turtki bo'lgan. Zero, Navoiy bobomiz aytganlaridek, «Til bilgan — el biladi».