Tarbiya va shaxsning shakllanishi | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 4 января, печатный экземпляр отправим 8 января.

Опубликовать статью в журнале

Авторы: ,

Рубрика: Спецвыпуск

Опубликовано в Молодой учёный №3 (107) февраль-1 2016 г.

Дата публикации: 10.02.2016

Статья просмотрена: 13440 раз

Библиографическое описание:

Каримова, М. Х. Tarbiya va shaxsning shakllanishi / М. Х. Каримова, Д. С. Бурхонова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2016. — № 3.1 (107.1). — С. 8-10. — URL: https://moluch.ru/archive/107/25753/ (дата обращения: 22.12.2024).



 

Xayotda inson tushunchasi paydo bo’libdiki, xar bir shaxs bilimini, o’zi bilgan ko’nikma, maxorat, odat va boshqa shunga o’xshash o’zi o’zlashtirib olgan jamiyatdan ma’naviy boyliklarini boshqaga berish yani boshqalarga shuni o’rgatib keladi.

Odatda ta’lim beruvchi va tarbiyachilik bir shaxs faoliyatida nomoyon bo’ladida , ko’pincha bu xol ta’lim-tarbiya bilan qo’shib yuritiladi. Baxolanki bilim berish, ayniqsa xar bir soxada tarbiyadan umuman uzilgan bo’lishi mumkin. Bu borada mustaqil bilimolish, bugungi kun imkoniyatlaridan yuzaga chiqqan uzoqdan turib bilim olishlar, fikrimizni aloxida takidlaydi.

Aytaylik, xozirgi zamonaviykompyuter orqali uzoqdan turib o’qitish . tarbiya esa shaxsningxususiy sifatlarini zamon va jaxon talabalariga moslashtirish bo’lganligidanjuda kam xollardagina bevosita olib borilishi mumkin.

Tarbiya ibtidosi.

Xar bir shaxs oilada tug’ulib ijtimoiy xayotga mana shu o’z koshonasi orqali kirib borar ekan, demak shaxs tarbiyasining ibtidosi, deb uning ona ko’ksidalik payti, yani xomila paytiyu va u tug’ulganidan atrof muhitini qamrab olgan, uni mana shu xayotga olib kelgan oilasi va ota-onasining ilk tarbiyaviy ta’sirlarini aytib o’tamiz.

Bo’lg’usi bolaning ota onasi o’z o’rnida o’z ota-onasidan qanday tarbiya olgan bo’lsa, qisman, ba’zan to’liq yoshligida ko’rgan kechirganlarini o’z bolasiga xayotiy tajriba sifatida olib o’tadi. Bu jarayon uzluksiz davom etib odam xayotiy tajribasida brogan sari sayqallanib, mukammallashib,xar birimizni umr tajribamizda yangilanib boraveradi.

Xar qaysi oilada xar xil tarbiya mezoni yashiringanbo’ladi, ya’ni xar bir inson bir maqsadga bola turlicha yondoshadi.

Lekin shuni unutmaslik kerakki muxabbat bor joyda go’zal farzandlar tug’ilib komil insonlar voyaga yetadi, ya’ni shaxs shakllanishining tamal toshi va asl poydevori ota-ona va ularning o’zaro munosabatibo’ladi.

Muxabbat va rozilik bilan qurilgan oilada bo’lg’usi farzand uchun u xali onaning qornida ekanligidayoq aloxida ruxiy qulay xolat vujudga keladi. Ko’pincha ona ruhiyatiga keskin ruxiy ta’sir o’tkazilganda uning jismi, tanasi birdaniga katta miqdorda adrinalin va boshqa organizmga salbiy ta’sir qiluvchi moddalar ishlab chiqadi va ular xali xatto ona qon tomirlariga xam to’liq moslashib ulgirmagan bo’lg’usi zurriyotga o’tadi. Xomila ularni qabul qila olmaydi. Natijada yo u uziladi yoki ruxiy noto’kislikka uchraydi.

Aynan mana shularni xisobga olib birga boshqa ayollarga nisbatan aloxida munosabatda bo’linadi. Ularning istagan ovqatlari mujassam qilinadi, yolg’iz yurishi, qorong’ida qolishi, og’ir yuk ko’tarishi, umuman ona jismiga salbiy ta’sir qiluvchi xolatlardan ular saqlanib, asralanadi.

Medisina tarixi to’plagan ruxshunoslarning oxirgi davrlarda erishilgan yutuqlari shuni ko’rsatmoqsatmoqdaki onadan xomiladorlik jarayoni qanchalik osoyishda kechib, xam moddiy, xam ma’naviy talablar ta’minlangan bo’lsa, bo’lg’usi farzand shunchalik ruxan va jisman sog’lom tug’iladi. Demak shaxs shakllanishi ona qonidanoq izchillik bilan davom etadi.

Shaxs tarbiyasi ota-onaning iliq muomalasi, ular orasidagi muxabbat rishtalaridan boshlanib xomila ayon bo’lganidan amaliy jarayonga kiradi.

Shakllanib kelayotgan shaxs uchun tarbiyaning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich mukammallanib boradi. Shaxsning shakllanishi o’ta jiddiy dialiktik jarayon bo’lib u o’z o’rnida aloxida bosqichlarga bo’lingan bo’ladi. Ammo biz kattalar aynan mana shu bosqichlar va ularning o’ziga xos xususiyatlarini ko’pincha tarbiya berish jarayonida xisobga olavermaymiz.

Xamma narsani ,,bu nima”, ,, u nima” deb so’rayveradigan bola bugun ancha bosiq, o’zi uchun o’ta katta qadam bo’lgan bog’cha yoki maktabga otlanayapdi.

O’g’il bolalarning o’rtacha bo’yi 1 yoshida 70-74 sm 4-5 yoshida 98-100 smgacha yetadi.

Ammo 5-6 yosh o’rtasida bo’y o’sish biroz susayadi. To 10-11 yoshgacha yana keskin o’sadida 134-135 sm ga yetadi. 11 yoshdan 12 yoshgacha o’g’il bolalarning bo’y o’sishi yana sustlashadi. 12 yoshdan 14 yoshgacha,14 yoshdan 17 yoshgacha yana tezlik bilan o’sa boshlaydi.

Bo’y o’sish jarayoni kabi inson ruxiyati diqqati, xarakteri, iroda sifatlari shakllanib boradi.

6 yoshli bolalarda asosiy jarayon yuqori malaka va tezlikda shakllana boshlaydi, ular endi o’z diqqat e’tiborini biror narsada 15-20 daqiqa ushlab tura olishadi. Shu bilan bir vaqtning o’zida 2-signal tizimi bo’lishi so’zning axamiyati kuchayadi. Endi ular boshqalarning so’zlariga e’tiborlari jiddiy kuchaygan bo’ladi. Ammo so’z va uning umumlashtiruvchi mohiyati xali ancha tor doirada bo’lib ,,to’r” deganda o’ynaydigan narsa ,,qoshiq” deganda ovqatlanish ashyoni tushunchasi darajasida bo’ladi. ,, Fikrlash” to’liq ma’noda xali xarakatdan o’ta uzilgan bo’lmaydi.

Bola maktabga kelishi bilan ulardan xayotiy faoliyatida jiddiy nomutanosiblik boshlanadi. Bu ulardan jismi xotirasi, diqqat e’tibori, fikrlash qobiliyati va boshqa xususiyatlariga talab va ta’sirning ortib borishidandir. Ammo bolada bu talablarga adekvat-mutanosib javob berishida xar doim xam imkoniyat bo’lavermaydi. O’qituvchi birni-birga qo’shishni bugun o’rgata olmasa ertaga o’rgatishi mumkin. Ammo tarbiya masalasi juda muhim, chunki tarbiyasi bolaning birni boshqa birga qo’sha olganligi uchun qattiqroq gapirsa, bola bir umr ushbu tarbiyachini yomon ko’rib qolishi mumkin.

Ilm olish o’ta mashaqqatli, shu bilan birga jozibali mexnat. O’qituvchi tarbiyaning o’ziga xos jixatlarini yoddan chiqarmasa bolaning mexnat qilish vaayniqsa ilm olish ishtiyoqini so’ndirib qo’ymayni.

Bola maktabda o’qish bilan birga shaxs bo’lib shakllanish jarayoni keng jamiyat orasida chiqadi, ya’ni u maktabda o’qituvchi va o’quvchilar davrasida bo’ladi. U o’zini boshqalar bilan o’tirgan boladan butun sinfdan chaqqonligi, epchilligi, ilg’orligi bilan ajralib turgisi keladi. Bolalardagi ushbu sifatni bilgan tarbiyachi xech vaqt uning biron-bir xatosini , kamchiligini yoki uning boshqa noto’kisligini uning shaxsiga nisbatan ,, yaxshi”, biri ,, yomon” degan xulosalarga olib bormasligi kerak. Bu o’rinda bolaga ,, sen qila olding”, ,,sen ulgirding” yoki,, xozircha ulgira olmading” iboralarini qo’llash kerak. Aks xolda xar bir nojuya aytilgan so’z bola ongida umrbod saqlanib qoladi.

Shaxs shakllanishida o’qituvchi bolaga bilim berish bilan birga tarbiyachi sifatida bilim madaniyatini xam o’rgatishi kerak.

Shaxs shakllanish jarayonida o’zlari sezmagan xolda bilimga chanqoq bo’ladilar. Ayni shu davrda bolaning umumbolalik va odamlar tushunchasini unutmasligimiz kerak. O’sib kelayotgan avlod kattalarni erkak-ayolligiga, tengdoshlarining qiz yoki o’g’il bola ekanligiga ko’p e’tibor berishmaydi.

Ayni shu o’rinda tarbiyachilar o’z o’rnida to’g’ri foydalanmog’I darkor. Bolaning jinsiy mansubligini unutmagan xolda uning boshqa jinsdagi shaxslarga xurmatini shakllantirish shudavrdan boshlanishini tarbiyachilar yaxshi bilishi kerak.

Shakllanib kelayotgan shaxsga ko’pchilikning orasida dakki berish, uyaltirgan yomon oqibatlarga olib keladi.

Xozirgi kunda insonlar o’rtasida psixologik tushunchalarning yetishmasligi ko’p salbiy oqibatlarga olib kelmoqda.

Bir psixolog fikrini keltirib o’tish joiz deb o’ylayman . ,, Agar ta’lim-tarbiya uchun ma’sul bo’lgan shaxslarda psixologik ong yetarli bo’lganda edi; jamiyatda axloqiy buzuq, o’g’ri va jinoyatchilar nisbatan kam bo’lar edi” degan fikrni ilgari suradi.

Xozirgi kunda ota-onalar, o’qituvchilar va keng jamoatchilikda uchraydigan shaxs shakllanishidagi psixologik muommolar asosan nimalardan iborat.

Bolalarni yosh davrlarini xisobga olmaslik;

Bolalarga katta odamning kichik bir ko’rinishi deb qarash;

Bolalar va kattalar dunyoqarashlari o’rtasidagi tafovutni tushunmaslik;

Bola erkinligini cheklash;

Shaxsga ishonmaslik;

Shaxsni o’zini o’ziga ishontira bilmaslik;

Shaxs ruxiyatiga panja ortidan, ya’ni 2-darajali deb qarash.

Ushbu muammolarni shaxs komoloti uchun ma’sul shaxslar to’g’ri tushunish,

ongli anglab yetish kerak bo’lsa xamma ichida, kundalik matbuotlarda targ’ibot qilishi to’g’ri tushuntira olishi kerak. Buning uchun esa avvolo o’zlari yosh avlod, o’sib kelayotgan shaxs bilan munosabatda namuna bo’lishi kerak. Tarbiya-maxsus faoliyat sifatida muayyan dasturning, anglab olingan maqsadining mavjudligi bilan ta’sir ko’rsatilishining maxsus ishlab chiqilgan va asoslab berilgan vositalari, shakllari xamda usullarini qo’llanishi bilan tasodifiy va stixiyali ta’sirlardan ajralib turadi.

O’quvchilar xayoti va faoliyatini to’g’ri tashkil qilish ijobiy axloqiy ijtimoiy xulq-atvor tajribasi shaxs tarkib topishida muxim axamiyatga ega. Ma’lumki birgina faoliyatning o’ziga shaxsning xar xil va xatto bir-biriga qarama-qarshi sifatlarni tarkib topdirish mumkin. Buning asosida maktab o’quvchisi amal qiladigan motivlar yotadi. Bu xulq-atvor shaxsan o’quvchining o’zi uchun qanday ma’noga ega bo’lishiga qarab unda xar xil sifatlarni tarkib topdirishga sabab bo’ladi. Masalan o’quvchi o’rtog’ini prinspial asosda tanqid qilsa o’z aybini o’rtog’iga qo’yish bo’lsa xudbinlik individualism egoism paydo bo’ladi.

Bunday insonlarni juda ko’plab keltirish mumkin.

Shaxs shakllanishida xar bir so’z, xulq-atvorning mayda elementlariga xam e’tibor berish zarur.

Tarbiya shaxsni shakllantirish maqsadiga qaratilgan va unda xayotiy e’tiqod v axis-tuyg’ular, ma’naviy xulq-atvor xosil qilish jarayonidir. ,, Ta’lim-tarbiyani yani zamon talablari darajasiga ko’tarish o’sib kelayotgan yosh avlodlarimizning porloq kelajagini garmonik o’stirish imkoniyatini yaratish xozirgi kunning asosiy masalasidir”-degan edi O’z.Res. Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlisning 9-sessiyasida ,, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da .

,, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi shuni nazarda tudadiki, boshqa muhim masalalar qatorida milliy qayta tiklanish mafkurasi va jamiyat boyliklari asosida o’quvchilarni ma’naviy va axloqiy xislatlarini o’stirish, o’quvchilarning xuklq madaniyatini shakllantirish barkamol naslni tarbiyalab yetishtirish lozim.

Xozirgi zamon tarbiyasining maqsad va vazifalari avvalo yoshlarni chinakkam ma’rifatli kishi qilib, inson qadrini milliy qadriyatlarini, o’zligini anglashdir. Erkin va ozod jamiyatda yashash mustaqil davlatimizning jaxon jamiyatiga munosib insonni tarbiyalashdir.

Inson shaxsini shakllantirishsa o’z-o’zini tarbiyalashning 4 ta qirrasi nazarda tutiladi.

1. O’zida shaxsni ijobiy xislatlarini taraqqiy ettirishga va o’z xulq-atvoridagi yomon tomonlardan xolis bo’lish.

2. O’quvchiga o’z shaxsiga tanqidiy munosabatda bo’lishga, o’z-xulq-atvoridagi xususiyatlarini diqqat bilan oqilona tushunib olinishida, o’z kamchiliklarini yaqqol ko’rishida, o’z nuqsonlarini fahmlab olishiga yordamlashishi.

3. O’z-o’zini tarbiyalash rejasini tuzishda shaxs xulq-atvori xususiyatlarini qaysi xususiyatlarini taraqqiy ettirish, qaysisiga barxam berishni aniqlash.

4. O’z-o’zini tarbiyalashning oqilona yo’llarini aniqlash.



Задать вопрос