Chet tili darslarida juft bo’lib ishlash shakllari | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Спецвыпуск

Опубликовано в Молодой учёный №15 (119) август-1 2016 г.

Дата публикации: 10.08.2016

Статья просмотрена: 399 раз

Библиографическое описание:

Кадырова, Н. Э. Chet tili darslarida juft bo’lib ishlash shakllari / Н. Э. Кадырова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2016. — № 15.3 (119.3). — С. 4-6. — URL: https://moluch.ru/archive/119/32978/ (дата обращения: 17.12.2024).



Chet tili darslarida juft bo’lib ishlash shakli avvalambor, til hodisalarini avtomatik tarzda o’zlashtirish va o’rganilayotgan til materialini mustahkamlash maqsadida takrorlash, mashq qilish fazalarida yoki o’quvchilarning o’zlashtirishlari, muvaffaqiyatlari haqida o’zaro fikr almashinuvida o’ziga o’zi baho berish, tekshirish fazalarida qo’llaniladi.

Chet tilini o’rganuvchilardan qaysi ijtimoiy ishlash shakllarini afzal ko’rashlari so’ralganida, ular chet tili darslarida juft bo’lib ishlashni juda xushlashlarini aytishadi. Buning sabablari quyidagilardir:

- juftliklar bir-biriga turtki berishlari sabab vazifalarni qiziqib va ijodiy yondashib bajaradilar;

- ular bir-biri bilan va bir-biridan o’rganishlari hamda bir-birlarini xatolarini to’g’irlab o’zaro yordamlashishlari mumkin bo’ladi;

- har bir o’quvchi gapirish uchun ko’proq vaqti bo’ladi va sinfda ularning barchasi bir vaqtning o’zida baravariga faol bo’lishadi;

- o’quvchilarning o’tirish joylari odatda o’zgartirilmaydi;

- ijtimoiy kompetensiya rivojlanadi, chunki juftliklar birgalikda ishlashni boshlashlaridan oldin o’zlariga ma’qul keladigan ish shaklini va berilgan vaqtdan kelib chiqib tempni belgilab olishlari kerak. Buning uchun bir tomondan kelishib olish qobiliyati, boshqa tomondan esa o’zining o’zlashtirish javobgarligini zimmasiga olishga tayyor bo’lish muhimdir.

- O’quvchilar go’yo sinfxonadan tashqarida suhbatlashayotganlaridek til hodisalari namoyon bo’ladi. (Restoranda biror narsa buyurtma qilinadi, shaharda biror joyga qanday borishlik yoki do’konda narx so’raladi, vokzalda bilet sotib olinadi va h.).

Juft bo’lib ishlashni tashkil etish o’qituvchilar uchun osondir. O’tilayotgan materialga qarab A va B sheriklar uchun yetarli nusxalar tayyorlanishi yoki ish qog’ozlari ranglar bilan ajratib belgilanishi kerak. O’quvchilar ishlayotgan paytlarida o’qituvchi turli savollarga javob berishga shay turishi hamda ba’zi o’quvchilarga individual maslahatlar berishi lozim.

Juft bo’lib ishlash muvaffaqiyatli kechishi uchun mashq va vazifalarning sifati muhimdir. Agar insonlar uchun biror bir mavzu ahamiytli, ularning tajriba va hayot dunyosiga ta’luqli, muhim, qiziqarli, informativ, yangi yoki notanish bo’lgan ma’lumotlar o’zaro almashiniladigan bo’lsa, ular qiziqish bilan bu mavzu haqida gapiradilar.

Darsda ko’zlangan muloqotga mashqlar orqali erishish mumkin, bunda juftlikning bitta sherigida savollarga to’g’ri javob bor, ikkinchisi esa shularni so’rab bilib oladi yoki ikkala sherikda ham qisman to’g’ri javoblar bo’lib, ular matndagi tushib qolgan ma’lumotlarni bir-birlaridan so’rab to’ldirishlari mumkin.

Bunday mashqlarni bajarganda barcha o’quvchilar juftlikda ishlayotgan paytida bir vaqtning o’zida gapirish imkoniyatiga ega bo’ladilar va ko’pincha qiziqish bilan ishlaydilar. Odatda sinf oldida bo’ladigan suhbatlarda kam qatnashadigan o’quvchilar juft bo’lib ishlaganda boshqa holatdagilarga nisbatan faolroq qatnashadilar. O’quvchilar ma’lumotlarni bir-birlari bilan gaplashmasdan to’g’ri javobni qog’ozdan ko’chirib qo’ya qoladigan holatlar ham ba’zan uchrab turadi. Buni oldini olish uchun “Rückendiktat”[1]– yelka diktanti deb nomlanadigan ishlash shaklini qo’llash mumkin.

Juft bo’lib ishlaganda salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan bir nechta jihatlar inobatga olinishi lozim. Jumladan, ona tili bir xil bo’lgan guruhlardagi ba’zi o’quvchilar juftlikda ishlaganda chet tilida emas, balki o’z tilida gapirishga moyil bo’ladilar; ba’zi o’quvchilar suhbat mavzusini tezda o’zgartirib, juftlikda ishlash paytida boshqa narsalar bilan shig’ullanadilar; agar juftlikning til bilish darajasi har-xil bo’lsa, faqat yaxshiroq biladigan sherik ishlaydi; sheriklar o’rtasidagi bir-birini shaxsiy xush ko’rmaslik juftlikda ishlashga salbiy ta’sir ko’rstishi mumkin.

Shuning uchun ham sherikni tanlash xush ko’rilmaydi. O’quvchilar odatda o’z ixtiyorlari ila do’stlari yoki yonida o’tirgan sheriklari bilan ishlashni yoqtirishadi. Sherikni bunday tanlash qisqa fikr almashinuvi yoki shaxsiy mavzular uchungina mos keladi, u barcha fazifalarda o’zini oqlamaydi. Darsni rejalashtirishda maqsadning qo’yilishiga qarab juftliklar tasodifan shakllantirilishi belgilab olinishi kerak.

Agar juftlikda ishlashning asosiy maqsadi muloqot bo’ladigan bo’lsa, ko’pchilik hollarda til bilish darajasi bir xil bo’lgan sheriklar tanlanadi, bu til bilish darajasi yuqoriroq bo’lgan sherikning hukmronlik qilishini oldini oladi. Qo’yilgan topshiriqlarning qiyinlik darajasi turli bo’lishi mumkin. Yaxshi o’zlashirmaydigan juftliklar uchun ish materialida ko’proq tilga xos ko’maklar bo’lishi mumkin, masalan, iboralar, so’zlarning tasniflari va h.. Yaxshi o’zlashtiradigan juftliklar mustahkamlash uchun qo’shimcha topshiriqlar oladilar.

Til bilish darajasi turlicha bo’lgan juftliklarda bir-birlarini xatolarini tuzatish kabi o’zaro o’rganish asosiy o’rinda turadi. Bunda kuchsizroq sherik kuchliroq sherikdan o’rganib oladi va kuchlirog’i esa takrorlab tushuntirish orqali bilimini mustahkamlaydi.

Juftliklarni ma’lum bir mezonlarga qarab shakllantirish ba’zan topshiriqning mazmuniga ham bog’liq bo’lib qoladi, masalan, “Uy-ro’zg’or ishlarini kim bajaradi?” mavzusidagi bahs uchun tayyorgarlik ko’rishda sherikning bittasi erkak, bittasi ayol bo’lgani yoki atrof-muhit muhofazasi mavzusida elektr avtomobillarni yoqlaydigan va yoqlamaydiganlarga bo’lib juftlik tuzgan ma’quldir.

Agarda o’qituvchi sinfdagi birdamlikni kuchaytirish va bir-birov bilan tanishishni qo’llab quvvatlashni xohlasa, unda sherikni turli variantlarda tanlagan ma’qul. Doim bir xil sherik bilan yoki yonida o’tirgan o’rtog’i bilan ishlamaslik uchun tasodifiy sherik tanlashning juda kreativ shakllari bor: masalan, fe’lning invinitiv va sifatdosh II shaklini, antonimlar, iboralarning boshi va oxirini, oldindan tayyorlangan kartochkalardagi mamlakatshunoslikka oid ma’lumotlarni (Bayern-München; Sachsen-Dresden), shaharlar va diqqatga sazovor joylar (Berlin-Brandenburger Tor) yoki shaxslarni (Goethe-Schiller) bir-biriga moslashtirish.

Darsni rejalashtirishda sherik tanlashdan boshqa bir jihat ham bor bo’lib, bu qanday topshiriq berilishi va uning baholanishi qanday amalga oshirilishidir. Agar barch o’quvchilar bir xil topshiriq bajarsalar, topshiriq natijalarining hammasi ham plenumda namoyish qilinishi shart emas. Tasavvur qiling, o’quvchilaringiz restorandagi dialogni juft bo’lib mashq qildilar. Sinfda 30 o’quvchi bo’lsa, 15 ta bir xil aytiladigan dialogni plenumda eshitish juda zerikarli bo’lgan bo’lardi. Uchinchi dialogdan keyin o’quvchilarning diqqat-e’tibori pasaygan va ular o’zlarining dialoglarini aytishlari uchun siqilib kutib o’tirishgan bo’lardi. Dialoglarni taqdim qilmayotgan o’quvchilarga eshitib tushunish mashqlarini topshirish orqali o’qituvchi ularning diqqatlarini boshqarishi mumkin. Masalan, restorandagi dialoglarda ular nima buyurtma qilindi, ular qancha turishi va h. larni eshitib yozib olishlari mumkin.

Juftikda ishlagandan so’ng baholash uchun sotsial shaklni o’zgartirish maqsadga muvofiq. Bu ko’p vaqt sarflamaydigan xona ichidagi o’zgarish bo’lishi mumkin. Masalan, o’quvchilar oldin filmdagi personajlar haqida juft bo’lib suhbatlashadilar. So’ngra ular guruhlarda o’zlarining javoblarini o’zaro almashadilar. Bunda darsda ikkita sotsial shaklning almashinuvi sodir bo’ladi. Bir tomondan har bir o’quvchining gapirish uchun vaqti ko’proq bo’lsa, ikkinchi tomondan juftlikda ishlagandan so’ng guruhda ishlashda boshqa til hodisalari ham mashq qilinadi, masalan, umumlashtirish, tushuntirish, qayta so’rash, fikrga qo’shilish.

Juftlikda ishlash kabi birgalikda ishlanadigan sotsial shakl o’quvchilarga darsda ko’proq vaqt gapirish imkonini yaratadi. Juftlikda ishlaganda sheriklar mashq va topshiriqlarni bajarishda bir-birlariga yordam berishadi. Maqsadning qo’yilishiga qarab turli xil mezonlar asosida juftliklar shakllantiriladi.

Juftlikda ishlash darsda og’zaki nutqni mashq qilish uchun juda mos keladi. Bunda mashq va topshiriqlar o’quvchilarga mos bo’lishi va ular o’ziga xos boshqaruv orqali ma’lumotlar, dalillar va fikr almashinuvini imkonini yaratishi muhimdir.

Shuni aniq aytish mumkinki, juftlikda ishlagandagi natijalarni dastlab plenumda emas, balki guruhda baholash vaqtni tejash uchun va mazmunan maqsadga muvofiq bo’ladi.

Аdabiyotlar:

  1. Hermann Funk, Christina Kuhn, Dirk Skiba, Dorothea Spaniel-Weise, Rainer E. Wicke. Aufgaben, Übungen, Interaktion. Klett-Langenscheidt. München. 2014.
  2. М. Ходжаев,М. Қаҳҳорова. Чет тили ўқитиш методикаси. “Фан ва технология нашриёти” нашриёти. Тошкент. 2013.
  3. Sandra Ballweg, Sandra Drumm, Britta Hufeisen, Johanna Klippel, Lina Pilypaiyte. Wie lernt man di Fremdsprache Deutsch? Klett-Langenscheidt. München. 2013.

[1] Hermann Funk, Christina Kuhn, Dirk Skiba, Dorothea Spaniel-Weise, Rainer E. Wicke. Aufgaben, Übungen, Interaktion. München. 2014.



Задать вопрос