Chet tillarini o’qitishda ta’lim va tarbiyaning birligi | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Авторы: ,

Рубрика: Спецвыпуск

Опубликовано в Молодой учёный №3 (107) февраль-1 2016 г.

Дата публикации: 10.02.2016

Статья просмотрена: 1109 раз

Библиографическое описание:

Масодикова, З. Х. Chet tillarini o’qitishda ta’lim va tarbiyaning birligi / З. Х. Масодикова, М. О. Омонбоева. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2016. — № 3.1 (107.1). — С. 47-48. — URL: https://moluch.ru/archive/107/25686/ (дата обращения: 16.12.2024).



Chet tillarini o’qitishda ta’lim va tarbiyaning birligi

Masodiqova Zulfiya Hamdamovna, nemis tili o’qituvchisi

Omonboyeva Maftuna Omonboy qizi, talaba

Kokand State Pedagogical Institute, Kokand, Uzbekistan

 

“Bizga bitiruvchilar emas, maktab ta’lim va

tarbiyasini ko’rgan shaxslar kerak”

I. A. Karimov

Bugungi kunda butun dunyoni o’zining aql-u tafakkuri, kuch-g’ayrati bilan lol qoldirayotgan o’zbek farzandlarini ko’rganda buning barchasi mustaqil va obod Vatanimizda yoshlarning ta’lim-tarbiyasi hamda kelajagiga berilayotgan e’tiborning mahsuli deya e’tirof etish also xato bo’lmaydi. Ta’lim va tarbiya islohoti haqida gapirar ekanmiz, har tomonlama rivojlanib borayotgan mamlakatimiz bugun o’zi belgilab olgan ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlarning uchinchi bosqichini amalga oshirmoqda. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, ushbu islohotlar yigit-qizlarimizni jamiyat, davlat, oila, oldida o’z mas’uliyatini chuqur anglab yetuvchi shaxslar etib tarbiyalashga xizmat qiladi [1]. Barchamizga ma’lumki, ta’lim va tarbiya so’zlari doimo birga tilga olinadi, ularni bir-biridan ayro tasavvur etib bo’lmaydi. Ular bir-birini to’ldiruvchi pedagogik jarayonlar bo’lib, shaxs kamolotida muhim ahamiyat kasb etadi.

Ta’lim va tarbiya jarayoni murakkab pedagogik jarayon sifatida har bir dars soati mobaynida o’quvchilarga ta’lim va tarbiya berishni talab etadi. Qaysi fan bo’lishidan qat’iy nazar, o’tilayotgan mavzu o’quchilarning shaxs sifatida, jamiyatning to’laqonli a’zosi sifatida shakllanishi uchun muayyan maqsad, mazmun va mohiyatni o’zida qamrab olgan bo’lishi darkor. Shu o’rinda bugungi kunda ta’lim tizimida chet tillarni o’qitishga berilayotgan e’tibor hamda o’quvchilarning chet tillarni o’rganishga bo’lgan qiziqishiga urg’u bergan holda aytishimiz mumkinki, chet tillarnio’qitishda ham ta’lim va tarbiyaning birligiga amal qilish barkamol avlodni shakllantirishda o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatmasdan qolmaydi. Chet tili o’qitishning tarbiyaviy maqsadi qisqacha shunday ta’riflanadi: o’quvchilarga g’oyaviy-siyosiy tarbiya berish, ularda aqliy mehnat ko’nikma va malakalarini hosil qilish, shuningdek, o’quvchilarning bilish faolligini oshirishBu borada quyidagi usul va vositalardan foydalanish o’rinlidir. [2]

-O’quvchilarni milliy va ma’naviy meroslarimizdan foydalangan holda o’quv jarayoniga yo’naltirish

-O’quvchlarni sinfdan tashqari mashg’ulotlar,chet tili to’garakalar bilan band qilish va ularni ta’lim va tarbiya uyg’unligi asosida olib borish

-Tarbiya vositalari hisoblangan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni, uchrashuvlarni chet tillarida tashkillashtirish

-Chet tillarini o’qitishda tarbiyaning axloqiy, aqliy, jismoniy, estetik, ekologik, iqtisodiy, huquqiy, g’oyaviy-siyosiy kabi barcha turlariga hamda mehnat tarbiyasiga e’tibor berish

-O’quv jarayonida tarbiyaning stimullashtiruvchi metodlaridan foydalanish

-Chet tillarini sinf dars tizimida o’qitishda o’rgatilayotgan chet tili adabiyotiga oid, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan vositlardan keng miqyosda foydalanish

-O’quvchilarda umuminsoniy fazilatlarni shakllantirish maqsadida turli ta’lim va tarbiyaning manjud bo’lgan samarali usullarini qo’llash, shunigdek, yangi, zamonaviy va samarali metod,usul va vositalarni kashf etib ularni o’quv jarayonida amalda qo’llash

-Ushbu jarayonda ta’lim muassasasi, oila va mahalla hamkorligini kengaytirish

-O’quvchilar orasida peer-studingni tadbiq etish va boshqalar.

Barchamizga ma’lumki, insoniyat hayotiga ta’sir ko’rsatuvchi eng muhim omillardan biri badiiy adabiyotdi. Chet tili darslarida o’qituvchining badiiy adabiyot materiallaridan foydalanishi o’quvchilarning ta’lim va tarbiyasi uchun ijobiy ta’sir ko’rsatadi. O’qituvchi bu borada materiallarning o’quvchilar yosh xususiyatlariga, o’tilayotgan mavzuga, zamon va makonga mosligiga e’tibor berishi maqsadga muvofiqdir. Xalq og’zaki na’munalari bo’lgan maqollar, ertaklar, hikmatli so’zlar, topishmoq va tez aytishlarni dars davomida qo’llash nafaqat o’quvchilarning chet tillarni o’zlashtirishga bo’lgan ishtiyoqini oshiribgina qolmay, ularning tinglab tushunish, o’qib tahlil qilish, eshitish qobiliyatlarni rivojlantirishga, tarjima mahoratini oshirish hamda xotirasini mustahkamlashda ham o’zining samarasini namoyon etadi. Shuningdek, yuqoridagi vositalar o’quvchilarda azal-azaldan insoniyat uchun umumiy bo’lib kelgan Vatanni sevish va unga sodiq bo’lish, bag’rikenglik, insoniylik, ota-onani hurmat qilish, adolatli bo’lish kabi fazilatlarning shakllanishiga ko’maklashadi.

Chet tili o’qitish jarayonida tarbiyaning barcha turlarini mujassamlashtirish uchun faoliyatni quyidagicha taqsimash va amalga oshirish mumkin.

Aqliy tarbiya

Muayyan chet tili asoslarini o’quvchilarga o’rgatish

Jismoniy tarbiya

Dars davomida harakatli o’yinlardan foydalanish

Ekologik tarbiya

Ekologik muammolar yuzasidan turli bahs-munozaralar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni chet tilida tashkil etish

Mehnat tarbiyasi

O’quvchilarda kasb-hunar egallashga bo’lgan qiziqishni uyg’otish uchun kasblar mavzusiga oid ochiq darslar, insholar tanlovi, bahs-munozaralar va uchrashuvlar tashkillashtirish

Huquqiy tarbiya

Huquqiy atamalar va hujjatlarning chet tilidagi variantlari bilan tanishtirib boorish va chet tilida huquqiy savodxonlik tanlovlarini uyushtirish

G’oyaviy –siyosiy

tarbiya

Dunyo va mamalakatimiz yangiliklari bilan o’quvchilarni tanishtirish va ularni tahli qilish

Axloqiy tarbiyasi

O’quvchilarda insoniy fazilatlarni shakllantirish uchun turli tarbiya vositalaridan foydalanish

Iqtisodiy tarbiya

O’quvchilarga iqtisodiy atama va terminlarning chet tilidagi variantini taqdimetish va turli hisob-kitobga oid o’yinlardan foydalanish

 

Chet tillarini o’qitishda ta’lim va tarbiyaning birligiga amal qilish yosh avlodning dunyoqarashini shakllantirishda, ularni turli yot g’oyalar va ommaviy madaniyatning salbiy oqibatlaridan himoya qilishda, o’quvchilarning salohiyati, qobiliyati va imkoniyatlarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Ulug’ sharq mutafakkiri Abu Nasr Farobiy ta’biri bilan aytganda, bilim, ma’rifat yaxshi axloq bilan bezanmog’I lozim.

 

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. A. Karimov. Barkamol avlod orzusi. “Sharq” nashriyot-matbaa konserni Toshkent-1999
  2. J.Jalolov. Chet tili o’qitish metodikasi. Toshkent “O’qituvchi”1996


Задать вопрос