Сhet tilni o’rganishda axborot texnologiyalarining ahamiyati | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 4 января, печатный экземпляр отправим 8 января.

Опубликовать статью в журнале

Библиографическое описание:

Пармонов, А. А. Сhet tilni o’rganishda axborot texnologiyalarining ahamiyati / А. А. Пармонов. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2017. — № 4.2 (138.2). — С. 39-40. — URL: https://moluch.ru/archive/138/39051/ (дата обращения: 22.12.2024).



Davrimizning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bo‘lgan axborot kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi bilan uning imkoniyatlaridan foydalanib, ta’lim jarayonig ayangicha yondashish va uni tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. XX1 asr — yuksak texnologiyalar asri bo‘lib, zamonaviy yoshlarimiz nafaqat davr ruhiga monand, balki electron olamdagi taraqqiyotga muvofiq qadam tashlamoqdalar. Shu boisdan ham, yosh avlodga ta’lim berish jarayoniga boshqacha yondashishni talab etmoqda.Darslarda o‘qituvchining o‘rni ham o‘zgarib bormoqda. O‘qituvchi endilikda asosan yo‘naltiruvchi vazifasini o‘tamoqda. Zamon bilan hamnafas qadam tashlashni maqsad qilgan o‘qituvchilar darsning harqanday qismini AKT orqali jonlantirishga tayyor bo‘lishlarini davr talab etmoqdа.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi «Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorida «Zamonaviy pedagogic va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or uslublarini joriy etish yo‘li bilan, o‘sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o‘qitish, shu tillarda erkin so‘zlashaoladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda buning negizida, ularning jahon taraqqiyoti yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko‘lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish» ishlari va buning uchun bir qator muhim vazifalarni amalga oshirish zarurligi ko‘rsatilgan.Mazkur hujjatda 2013–2014 o‘quv yilidan boshlaboq umumiy o‘rta ta’lim maktablarining birinchi sinflaridan chet tillari avval o‘yin tarzida keyinchalik asosiy ta’lim fani sifatida AKT vositalaridan foydalangan holda o‘qitish belgilab berilgan. Ushbu muhim Qarorga muvofiq bugun, ayniqsa, chet tillarini o‘rganish darslariga yanada chuqurroq nazar tashlandi.Jahon maydonida yurt sha’nini munosib himoya qilishi uchun yoshlarimiz, avvalo o‘zining xorijiy tengdoshlari bilan raqobatlasha olishi lozim.Bugun esa raqobat chet tillari, xususan, xalqaro biznes tili bo‘lgan ingliz tilida olib borilmoqda.

Darhaqiqat, ta'lim sifatini, samaradorligini oshirish, o`quvchilarni qiziqtiradigan o`yin shaklidagi darslarni maqsadli tashkil etishda zamonaviy pedagogic texnologiyalar hamda axborot-kommunikasiya vositalarining roli juda katta.Ularni qo`llash imkoniyatlari ko`lami kundan-kunga kengayib, texnik vositalar o`quv jarayonining ajralmas qismiga aylanib bormoqda.Yoshlarga ingliz tilini kompyuter orqali o’rgatish uchun birinchi navbatda o’qituvchining o’zi kompyuter texnologiyalaridan professional darajada foydalana oladigan bo’lishi kerak.Bu darajadagi foydalanishga nafaqat kompyuterning mavjud imkoniyatlaridan to’liq foydalana olish, balki u asosida yangi o’quv dasturlarini tashkil eta olish ham kiradi. Bunday darajadagi pedagog bo’lish uchun har bir chet tili o’qituvchisi zamonaviy texnologiyalar sohasi bo’yicha o’z ustida ko’proq ishlashi zarur. Ingliz tilini kompyuter yordamida o’rgatishning an’anaviy o’rgatish usullariga nisbatan bir necha ustunlik jihatlari bor.Birinchi navbatda, kompyuter asosida ingliz tilini o’rganayotgan o’quvchida tilning to’rt yo’nalishida (gapirish, tinglabtushunish, yozishvao’qish) o’z ko’nikmalarini sinovdan o’tkazish imkoni bo’ladi. Hozirgi vaqtda rivojlangan dasturlar yordamida buning imkoni bor. Faqat bu usuldagi ta’limga o’quvchini to’g’ri yo’naltira olish kerak.

Bundan tashqari kompyuter yordamida chet tillarini o’qitishda o’rgatilayotgan harbir qoida, harbir so’z, har bir tushuncha birligi o’quvchi xotirasida yaxshiroq saqlanishi isbotlangan.Tabiiyki, kompyuterning boy grafik imkoniyatlari, holatlarga oid ma’lumotlarni ovozli, matnli, tasvirli va video ko’rinishda yetkazib bera olishi kompyuter orqali chet tillarini o’qitishni eng samarali usullardan biriga aylantiradi.Shu bois ham men kompyuter orqali 5 -sinf o’quvchilari uchun ingliz tilini o’rgatishda kompyuterning boy imkoniyatlaridan foydalanmoqchiman. Asosan, zamon mavzularini tushuntirishda Word va Power Point dasturlaridan foydalansa maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki Word dasturi orqali jadval ko’rinishlaridan foydalanib mavzuyoritib berilsa, o’quvchilar ancha osonroq tushunadi deb o’ylayman. Power Pointda esa shu mavzularni ovozli, rasmli va video ko’rinishlarida ko’rsatib berish orqali o’quvchilarni mavzuga yanada jalb qilish mumkin.

Yurtboshimiz I. Karimov “Yuksak ma’naviyat-yengilmaskuch” nomli asarlarida ta’kidlanganlaridek: “Agar O’zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug’ kelajagini ulug’lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo’lsak, avvalambor bo’lajak buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak”.Shunday qilib, chet tilini o’rganish hozirgi davr talabi ekan, o’sib kelayotgan yosh avlodga til o’rganishning yangi uslublarini, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga asoslangan holda ishlab chiqib, o’qish jarayoniga tavsiya etish olimlar, mutaxassislar oldida turgan dolzarb masalalardan hisoblanadi. Iste’dodli yoshlarimizning o’z qiziqqan sohalarida yetuk mutaxassislar bo’lishlari uchun, avvalam bor chet tilini jumladan, ingliz tilini mukammal bilishlari zarur.

Demak, texnologiyalarni joriy qilish, o’qitish uslublarini davr talabiga javob berishini ta’minlash pedagog-olimlarning kechiktirib bo’lmas asosiy vazifalaridir.Mutaxassislar tayyorlash va malakasini oshirish ham dolzarb hisoblanadi. Davlatimizning jahon mamlakatlari bilan olib borayotgan iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma’rifiy aloqalari kuchayib borayotgan bir paytda yoshlarimizning xorijiy mamlakatlar hayoti, madaniyati, urf-odatlari, tiliga bo‘lgan qiziqishlari ortib bormoqda. Bu aloqalarning rivojida xorijiy tillar, ayniqsa, ingliz tilining o‘rni beqiyosdir.

Adabiyotlar:

  1. Yuksak manaviyat – yengilmas kuch.87–88-betlar, Ziyo. Uz.Ta’lim. Uz.
Основные термины (генерируются автоматически): AKT.


Задать вопрос