Ta’lim samaradorligini oshirishda elektron ta’lim resurslarining o‘rni | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 30 ноября, печатный экземпляр отправим 4 декабря.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №21 (259) май 2019 г.

Дата публикации: 28.05.2019

Статья просмотрена: 4186 раз

Библиографическое описание:

Хамидов, Ё. Ё. Ta’lim samaradorligini oshirishda elektron ta’lim resurslarining o‘rni / Ё. Ё. Хамидов. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2019. — № 21 (259). — С. 611-612. — URL: https://moluch.ru/archive/259/59591/ (дата обращения: 18.11.2024).



В статье обсуждается роль и значение электронных образовательных ресурсов в учебном процессе.

Ключевые слова: современные педагогические технологии, информационно-коммуникационные технологии, электронные образовательные ресурсы, виртуальный стенд, анимационные программы, периодическая система элементов, строение атома.

Mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohatlar, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishi hamda axborotlashgan jamiyatga o‘tish talablari ta’lim strategiyasini o‘zgarishiga olib kelmoqda. Uzluksiz ta’lim olishning yangi shakllari, jumladan zamonaviy o`qitish texnologiyalariga asoslangan tarmoqli, axborotli, masofaviy va innovatsion ta’lim texnologiyalari vujudga keldi. Axborot-kommunikatsion texnologiyalarga asoslangan yangi ta’lim turlarining paydo bo‘lishiga asosiy sabab, jamiyatning turli tabaqalariga mansub kishilarga bilim berish, ularning malakasini muntazam oshirib borish va qayta tayyorlash vazifalarini muvaffaqiyatli hal etishda, sobiq ta’lim tizimining yillar davomida shakllangan an’anaviy usul va vositalarining imkoniyatlari chegaralanganligidadir. Bunday vaziyatda Oliy o‘quv yurtlarining potensialiga tayangan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Dars jarayoni samaradorligini oshirish hozirgi zamon pedagogikasining dolzarb masalasiga aylanib bormoqda. Texnika, texnologiya va ishlab chiqarishning jadal sur’atlar bilan rivojlanib borishi oliy ta’lim hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olayotgan talaba yoshlar oldiga shu rivojlanishga mos bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarini taqozo qilmoqda.

Talaba yoshlarga texnika va texnologiyalarning yangi yutuqlarini o‘zlashtirish ko‘nikmalarini hosil qilish uchun ularni o‘qitish usullarini tubdan yangi pog‘onaga qo‘tarish zarurati davr talabi bo‘lib qolmoqda.

Bu muhim vazifani hal etishda kundalik turmushda jadal sur’atlar bilan kirib kelayotgan zamonaviy pedagogik va axborot — kommunikatsion texnologiyalar, elektron ta’lim resurslaridan keng foydalanish muhim rol o‘ynashi muqarrardir.

Hozirgi kunda sinovdan o‘tgan maxsus axborot vositalari: kompyuter texnikalari, audio va video vositalari qatoriga kelib qo‘shilgan elektron ta’lim resurslari, virtual stendlar, animatsiyali dasturlar vositasida dars mashg‘ulotlarini olib borish talabalar tomonidan dars mashg‘ulotlarini o‘zlashtirishlariga samarali natijalar berib borishi tayindir.

Elektron ta’lim resurslari yordamida darslarni tashkil etish jarayoni, bunda talabalarning olayotgan bilimlarini na faqat eshitish, balki ko‘rish sezgilari orqali ham qabul qilishlari va tushunchalarning g‘oya va mazmunini chuqur anglab etishlariga samarali yordam beradi.

Qator mualliflar tomonidan turli elektron o‘qitish vositalari yordamida mavzularning yoritilishni joriy etib borilayotganligi, bunda talabalarning bilim saviyalarining oshib borayotganligini bevosita ishonch hosil qilish mumkinki, bu usullarning yanada takomillashtirilishi, yuqori pog‘onaga olib chiqish kabi zaruratlar oldindan ko‘rib, shu yo‘sinda ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etish har bir rahbar hamda pedagogning dolzab vazifasi bo‘lishi talab etiladi.

Bizning fikrimizcha, elektron ta’lim vositalaridan foydalanishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratish kerak bo‘ladi:

− o‘quv materiallarga qo‘yiladigan uslubiy talabalarni ishlab chiqish;

− animatsion dasturlardan foydalanish davomiyligini 25–30 minutdan oshirmaslik;

− namoyish etilayotgan mavzuga doir tushunchalar o‘qituvchi va talabalar tomonidan ikki tomonlama aloqa tarzida muhokama etib borilishi;

− namoyish etilib borilayotgan lavhalarning talaba tomonidan mustaqil ravishda qayta ishlab, yangi tushunchalarni shakllantirib borishiga erishish;

− o‘qitish natijalarini baholash me’zonlarini aniqlash.

Ma’lumki, o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan pedagogik va informatsion texnologiyalar bir necha turlarga bo‘linib, ulardan eng muhimi — kompyuter texnikasi vositalari yordamida o‘qitishdir. SHundan kelib chiqib, elektron darslik, vertual stendlarga qo‘yilgan talablarni inobatga olgan holda, kimyo fanidan ma’ruzalar, laboratoriya ishlari, amaliy mashg‘ulotlarni elektron variantda ishlab chiqib, foydalanish maqsadga muvofiqdir. SHu bois kimyo fanidan elementlar davriy sistemasi va atom tuzilishi mavzulariga oid virtual lavhalarni keltirish mumkin. Bu lavha elementlar davriy sistemasida barcha elmentlarning tuzilishi animatsiya tarzida yaratilgan bo‘lib, unda talaba har bir element atomining yadrosi hamda uning atrofidagi zarrachalarning joylashish tartibi, ularning harakati qonuniyatlarining fazoviy holatini ko‘rib, yaqqol tasavvur hosil qilishi mumkin.

12

Adabiyot:

  1. Usmonov M. Interaktiv elektron o‘quv kurslar — o‘qitish faoliyatining yangi vositasi sifatida. //”Xalq ta’limi” jurnali, 2013, 5-son.
  2. Begimqulov U.SH. Pedagogik ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari. –T.: “Fan” 2007.
  3. Taylaqov N. I. Elektron darslik yaratishda qo‘yiladigan talablar. //”Xalq ta’limi” jurnali, 2005, 2-son
Основные термины (генерируются автоматически): бизнес туризма, деловой туризм, представитель бизнес-сферы, привлечение новых регионов, развитие бизнес-туризма, внедрение новых технологий, проблема, развитие, регион, деловая поездка.


Задать вопрос