Кasb-hunar kollejlarida ingliz tili o’qitishning hozirgi ahvoli | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Библиографическое описание:

Ахмедов, У. Ю. Кasb-hunar kollejlarida ingliz tili o’qitishning hozirgi ahvoli / У. Ю. Ахмедов, Н. Н. Каримова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2017. — № 4.2 (138.2). — С. 9-10. — URL: https://moluch.ru/archive/138/39049/ (дата обращения: 18.12.2024).



Ma`lumki, tadqiqotchilar ingliz tilini har ikki toifa o’rtasidagi o’quv predmeti deb hisoblaydilar, bilim va malakani shakllanishiga xizmat qiladi degan fikrni ilgari suradilar.

Taniqli metodistlardan T. Q. Sattorov chet til predmetini quyidagi pedagogik-psixologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tasniflaydi:

  1. Ona tili va ingliz tilida muloqot uchun nutqiy muhit keskin farq qiladi. Darsdan tashqari paytlarda o’quvchida ingliz tilida muloqot qilish uchun muhit deyarli mavjud emas. Ona tili uchun doimo tabiiy muhit mavjuddir.
  2. Ona tili insonning kundalik faoliyatiga singib ketadi. Ingliz tili uchun esa bunday imkoniyat mavjud emas. Ingliz tili darslarida o’quvchilarga muloqotni o’rgatish maqsadida sun’iy nutqiy vaziyatlarni vujudga keltirish zarur.
  3. Inson bolasi tevarak-atrofni ona tili yordamida idrok etib tushunadi va kishilar bilan muloqotga kiradi. CHet tilni o’rgatishda ahvol umuman o’zgacha. Tilning talaffuz, grammatik va leksik tomonlari o’rganiladi, chet tilda fikr bayon etish va idrok etib tushunish amaliy maqsad maqomini oladi.
  4. T. Q. Sattorov bilim va malakaning o’zaro munosabati nuqtai nazardan o’quv predmetlarini (a) bilim va nazariya beruvchi fanlar (tarix, adabiyot, geografiya); (b) amaliy malakani shakllantirishga yo’naltirilgan fanlar (rasm, mehnat ta’limi, jismoniy tarbiya) kabi guruhlarga tasniflaydi. Bu borada chet til o’qitish umumiy metodikasi mualliflarining fikriga qo’shiladi va ingliz tilini yuqoridagi ikki guruh o’rtasidagi predmet deb hisoblaydi.

O’quv predmetlarining funktsiyaviy, ta’limiy-tarbiyaviy xususiyatlaridan kelib chiqib tasniflash hollarini ham ilmiy-tadqiqotlarda kuzatishimiz mumkin. Taniqli metodistlardan J. J. Jalolov, S. S. Saydalievlar barcha o’quv predmetlarini shartli ravishda quyidagicha tasniflashgan: a) fan asoslaridan saboq beradigan o’quv predmetlari (ximiya, biologiya, fizika, matematika, tarix); b) tarbiya berishga qaratilgan o’quv predmetlari (rasm, musiqa, ashula); v) amaliy faoliyatni o’rgatadigan o’quv predmetlari (jismoniy tarbiya, mehnat ta’limi); g) tilga oid o’quv predmetlari (ona tili, ikkinchi til, chet til).

Fan asoslarini o’rgatuvchi predmetlarda o’quvchilarga ushbu sohaga oid bilimlar bayon etiladi. Tarbiyaviy yo’nalishdagi predmetlar o’quvchilarda nafosat va go’zallikni tarkib toptiradi. Faoliyatni o’rgatish predmetlari jismoniy chiniqish, mehnat qilish ko’nikma va malakalarini shakllantirishga xizmat qiladi [38:26–29.

Lingvodidaktikaning ob’ekti bo’lgan tilga oid o’quv predmetlarini tahlil etganda, ular orasida o’xshashlik va keskin farqlar borligi namoyon bo’ladi. Tillar orasidagi umumiylik shundan iboratki, har uchalasini o’rganishda ham o’quvchi nutq faoliyati bilan mashg’ul bo’ladi. Ushbu tillarda shakllangan ko’nikma va malakalar tufayli boshqa fan va sohalarga oid bilim(axborot)lar o’zlashtiriladi, boshqacha aytganda, tilga oid o’quv predmetlari muloqot (kommunikativ) vazifasini bajaradi.

Kollej sharoitida ona tili, ikkinchi til va ingliz tili amaliy (kommunikativ), ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi va kasbiy ahamiyatga ega bo’lsa-da, ushbu funktsiyalarni bajarish me’yori (miqdor va sifat ko’rsatkichlari) har bir tilda turlichadir. Masalan, “Ona tili”ni o’rganish chog’ida amaliy, umumta’limiy, tarbiyaviy, kasbiy va rivojlantiruvchi maqsadlar bir xilda ro’yobga chiqadi. Ingliz tilida esa muloqot, amaliy qo’llanish etakchi funktsiyani bajaradi, umumta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlar unga bog’liq holda ro’yobga chiqariladi.

Ona tilini o’quvchi kollejgacha amaliy tarzda egallaydi. Ikkinchi tilda amaliy malakalar, avval, qisman hosil qilingan, nazariy bilimlar ona tilidagidan kamroq hajmda bayon etiladi, albatta. Ingliz tili o’rganishda esa qoida(oddiy nazariy bilim)lar amaliy ko’nikma va malakalarni egallashni tezlashtirish (intensifikatsiya) va engillashtirish (optimizatsiya) maqsadlariga bo’ysundiriladi, o’quv jarayonida nutqiy amaliyot (kommunikatsiya) birlamchi vazifaga aylanadi.

KHKda o’zbek, rus va ingliz tillarini o’qitishga qo’yiladigan dasturiy talablardan biri mazkur o’quv fanlari orasidagi aloqadorlikni ta’minlashga imkoniyat yaratishdir. Ta’limda o’quv fanlarining imkoniyatlarini birlashtirish ko’zlangan maqsadga erishishning asosiy yo’li sanaladi. Tadqiqotlarda predmetlararo bog’lanish katta ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlab o’tilgan (A. M. Mamadaliev, Q. Q. Qiyasova va b.).

Predmetlararo bog’lanish hozirda didaktika va o’qitish metodikasida bilimlar mazmuni bilan ilmiy bilish metodlarining mutanosibligiga asoslangan yaxlit sistema sifatida tushuniladi (M. N. Skatkin, I. D. Zverev, I. YA. Lerner va b.). Predmetlararo bog’lanishga sistemali yondashish, uning tarkibi, tuzilishi hamda vazifalarini, uning boshqa tizim ob’ektlari (o’quv jarayoni, o’quv-tarbiyaviy faoliyat va h. k.) bilan munosabatini birgalikda ochib berishni taqozo etmoqda.

KHKdagi lisoniy ta’lim o’quvchilar nutqini sohaga oid so’z va atamalar bilan boyitish, kommunikativ faoliyatga tayyorlash, ixtisosiy ehtiyojdan kelib chiqadigan nutq uslublarini o’rgatish, nutqning to’g’riligi, aniqligi, mantiqiyligi, ko’zlangan maqsadga bo’ysundirilganligi kabi omillar tanlangan ixtisoslikka oid nutqiy faoliyatga tayyorlashda muhim o’rin tutadi.

O’zbek, rus va ingliz tili darslarida kollej o’quvchisi tanlagan sohasiga oid o’z ona tilisidagi zaruriy atamalarning ma’nosini tushunsa, o’zbekcha, ruscha va inglizcha nomlanishini bilsa, bir so’zni boshqasi bilan qiynalmay almashtira olsa, shu tillarda fikrni og’zaki va yozma shakllarda to’g’ri ifodalash malakalariga ega bo’lsa, nutqiy sinonimiyadan foydalana olsa, kasb-hunar ta’limida tillarni o’qitishdan ko’zlangan maqsadga erishilgan hisoblanadi.

Ishning asosiy maqsadi — o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ingliz tili o’qitishning lingvodidaktik xususiyatlari va kollej ta’limida ingliz tili o’rganish bilan bog’liq masalalarni tahlil qilishdan iborat. SHu bilan birga, kollej o’quvchilarining lisoniy ta’limi samaradorligini oshirishni nazariy jihatdan asoslab berish, bo’lajak kichik mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi sifatini oshirish ham ilmiy-tadqiqotning asosiy masalalaridandir.

Mazkur maqsadlarni amalga oshirish, o’z navbatida, quyidagi vazifalarni bajarishni taqozo etadi:

bo’lajak kichik mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda ingliz tilining tutgan o’rni mavzuga oid adabiyotlarni tanqidiy o’rganib chiqib, ulardan tadqiqot jarayonida tahliliy foydalanish;

kollejlar uchun mo’ljallangan ingliz tili darslik, o’quv qo’llanma va dasturlarini o’rganish hamda tahlil etish;

KHKda ingliz tili o’qitish maqsadlariga aniqlik kiritish va o’quv predmeti oldiga qo’yilgan dasturiy vazifalarni zamonaviy talablar asosida qayta ko’rib chiqish;

beriladigan ixtisoslik nuqtai nazaridan ingliz tili ta’lim mazmunini takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar berish va o’quvchilarning bo’lajak kasbiy faoliyatlarida qo’l keladigan bilim, ko’nikma va malakalar nisbatini aniqlash;

KHKda ingliz tili materiali(leksika, grammatika, talaffuz)ni metodik tashkil qilish (tanlash, tasnif, taqsimot va taqdimot bosqichlari) va o’zlashtirish bilan bog’liq masalalarni tadqiqotga tortish;

umumta’limiy o’quv predmeti hisoblanmish ingliz tilini kasbiy yo’naltirishdagi o’rnini aniqlash;

KHK o’quvchilarining kasbiy tayyorgarlik sifatini ko’tarishda fanlararo aloqani ahamiyatini asoslash maqsadga mofiq bo`lar edi.

Аdabiyotlar:

  1. O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni. 1997 y. 29 avgust. Oliy ta’lim me’yoriy hujjatlar to’plami. “SHarq” nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati. –T., 2001. –672 b.
  2. O’zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” to’g’risidagi Qonun. 1997 y. 29 avgust. Oliy ta’lim me’yoriy xujjatlar to’plami. “SHarq” nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati. –T., 2001. –672 b.
  3. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to’g’risidagi Vazirlar Mahkamasining qarorlari. Oliy ta’lim me’yoriy-huquqiy va uslubiy xujjatlar to’plami. “Istiqlol” nashriyoti Bosh tahririyati. –T., 2004. –511b.
Основные термины (генерируются автоматически): KHK.


Задать вопрос