Yosh avlodni tarbiyalashda tabiat bilan tanishtirishning ahamiyati | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 4 мая, печатный экземпляр отправим 8 мая.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №5 (295) январь 2020 г.

Дата публикации: 04.02.2020

Статья просмотрена: 2999 раз

Библиографическое описание:

Топволдиева, З. Р. Yosh avlodni tarbiyalashda tabiat bilan tanishtirishning ahamiyati / З. Р. Топволдиева. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 5 (295). — С. 370-371. — URL: https://moluch.ru/archive/295/67057/ (дата обращения: 26.04.2024).



Mazkur maqolada yosh avlod tarbiyasining ahamiyati, zarurligi, uning ilmiy asoslari xususida so’z yuritilgan. Bolalar tapbiyasida tabiat elementlari, uning boyliklari, sir-asrorlari bilan tanishtirishning ahamiyati alohida o’rin egallaydi.

Kalit so’zlar: tarbiya, tabiat, bog’cha, maktab, jamiyюat, o’simlik, gul.

В данной статье рассматриваются вопросы значения, необходимости, научной основы воспитания подрастающего поколения. В воспитании детей значение элементов природы, его богатств, секретов имеет большое значение.

Ключевые слова: воспитание, природа, детский сад, школа, общество, растение, цветы.

Yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishda bolalarni tabiat bilan tanishtirishning ahamiyati kattadir. Yoshlarga tarbiya berar ekanmiz, eng avvalo tarbiyaning shu kecha-kunduzdagi ahamiyatini, zarurligini, ham jamiyatimiz uchun, ham insonning shakllanishidagi rolini ilmiy asosda tushuntirib berishimiz kerak. Yoshlarni tarbiyalashda, dastlab umumiy tarbiyaning o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalarini bilib olishimiz kerak.

Umumiy tarbiyani singdirishda tabiat elementlari, uning boyliklari, jonli va jonsiz tabiatdagi materialistik nuqtai nazardan foydalanib, Yoshlarni uning sir-asrorini to’liq bilib olishga, o’rganishga va ulardan oqilona foydalanishga o’rgatishimiz lozim.

Yosh avlodni har tomonlama tarbiyalash bolalar bog’chalarining va maktablarning oldida turgan eng muhim vazifadir. Bu g’oyani amalga oshirishda ularni tabiat bilan tanishtirish ham asosiy vositalardan biri hisoblanadi.

Tabiatdagi barcha tiriklik jarayonlar ma’lum qonuniyat asosiga qurilgan bo’lib, uni bilib, o’rganib olishimiz, undan oqilona foydalanishimiz kerak.

Haqiqatdan ham shaxsni har tomonlama shakllanishi bizning jamiyatimizdagina amalga oshadi. Chunki yoshlarni o’sishi, o’lg’ayishi uchun ona tabiatning hamisha bag’ri ochiq. Biz yilning qaysi faslida toqqa, tog’ etaklariga, qir-adirlarga, daryo, hovuz, kanallar bo’ylariga sayrga bormaylik, hamisha u erlarning xush manzara, xush havosini ko’rib, bahri dilimiz ochiladi. Tabiat go’zalliklaridan estetik zavq olamiz, bu bola ongining rivojlanishiga, uning har tomonlama kamol topishiga cheksiz imkoniyatlar ochib beradi.

Darhaqiqat tabiatning o’z qonuniyatlari borki, biz uning sodir bo’lish sabablarini bilmasdan, mohiyatini tushunmasdan turib, yoshlarga tabiat haqida to’g’ri tushuncha bera olmaymiz.

Bir vaqtlar vahima, dahshatga aylangan quyosh, oyning tutilishi, endilikda ilg’or fan bularning barchasini sirini ochib beradi.. Hatto bizda Oy va Quyoshni qachon, qaysi vaqtda, qancha vaqtga tutilishini 5–10 yillab oldin aytib beradi.

Bog’cha sharoitida bolalarni tabiat bilan tanishtirish yil fasllariga bog’lab amalga oshiriladi. Shunday ekan, tabiatning bir manzarasini yilning to’rt faslida kuzatish jarayonida, bolalarga buning hosil bo’lish sabablarini, nima uchun kuz, qish, bahor va yoz bo’lishini aytib berish zarur.

Yoshlarni tabiatning qonuniyatlari bilan tanishtirishning ahamiyati shundaki, ularning to’g’ri o’sib ulg’ayishiga, tabiatda bo’ladigan voqea-hodisalarni ilmiy asosda tushunishga olib keladi. Bu bolaning shakllanishida, tabiatga, ona-vataniga, tabiat boyliklariga bo’lgan mehr-muhabbatini oshiradi.

Bolalarni har tomonlama tarbiyalash deganda, ularni o’zi yashab turgan muhitni toza saqlash, qo’riqlash, ko’kalamzorlashtirish kabi xislatlar ham kiradi.

Darhaqiqat, tabiatni muhofaza qilish ayrim kishilarning ishi deb qaramasdan bu hammaning ishi bo’lib, uni yoshlikdan, bolalar bog’chalaridan boshlash yanada yaxshi samaralar berishini esdan chiqarmasligimiz kerak.

Bog’cha yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda tabiat bilan tanishtirishning o’ziga xos tarbiyaviy xususiyatlari bor. Bu jarayonni turli vositalar, metodlar, yo’llar bilan amalga oshirish mumkin. Masalan, bolalarni ekskursiya, kuzatish, sayr qildirish orqali tabiat bilan tanishtirish mumkin. Bu hammaga tanish, ma’lum bo’lgan metodlardir. Faqat ana shu metodlarni takomillashtirishimiz, ma’lum bir maqsadga qaratishimiz, har bir tabiat bilan tanishtirilganda bola ongida, bilimi va tushunchasida tabiat haqida yangi bir tushuncha, yangi bir g’oya qolmog’i kerak. Shuning uchun ham tarbiyachilar izlanuvchan, o’z ustlarida tinmay ishlaydigan, unga topshirilgan vazifaning qanchalik muhim ekanligini his qilgan kishilar bo’lishi kerak.

Tabiat rang-barang. Uning imkoniyatlari ham cheksiz. Biz tarbiyachilar ana shu rang-baranglikni, imkoniyatlarni ko’ra bilishimiz, ulardan tarbiya jarayonida oqilona foydalanishimiz kerak.

Oddiy bir misol. Xona o’simliklari, gullari bor. Ularni parvarish qilish bolalarga topshirilib, bolalarni qiziqtirish maqsadida har bir gulning nomi yoniga uni parvarish qilayotgan qiz yoki o’g’il bolaning ismini yozib qo’yilsa qanday yaxshi bo’ladi. Tarbiyachi har kuni bolalarga uni ko’rsatib, «qaranglar Nargizaning marvaridguli o’ziga o’xshab har kuni ochilib, sochilib barglari yashil bo’lib borayotir» deyilsa, bilasizmi, buning Nargiza uchun qanchalik tarbiyaviy ahamiyati bor. U gruppadagi boshqa bolalarga bilintirmay tarbiyachi so’zini yoshitganda «beixtiyor yayrab bir jilmayib, kulib qo’yadi». Bizga mana shunisi kerak. Bolaning jilmayishi, kulishi, bola uchun yangi bir quyosh chiqqanday. Usha paytda bola organizmida qanchalik fiziologik o’zgarishlar sodir bo’ladi, uning qobiliyatidan yashirinib yotgan imkoniyatlari, talanti rivoj topadi.

Biz nima uchun bolalarni har tomonlama kamol toptirish kerak deymiz. Chunki inson organizmida hamma ishni qila oladigan imkoniyatlar bor. Faqat biz tarbiyachilar uni vaqtida parvarish qilsak, uni o’sib voyaga etishi uchun sharoit yaratsak, u albatta kurtak yozib hosil beradi. Masalan, dunyoga dong taratgan amerikalik shaxmatchi Fisherni bilasiz. Uni shaxmatchi bo’lishiga xolasi sababchi bo’lgan. Fisher 3 yoshga kirganda uning tug’ilgan kuniga xolasi shaxmat sovg’a qiladi. U 4 yoshigacha shaxmat donalarini shaxmat doskasi ustida terib, yurish yo’llarini o’rganadi. 5–6 yoshida oilasidagilarni shaxmatdan yutadi. 7–8 yoshida maktabda shaxmat chempioni degan nom oladi. 10 yoshida shaxmatchi degan nom butun shtatga tarqaladi. Xullas, qarabsizki, u dunyo chempioni darjasigacha ko’tariladi.

Xulosa qilib aytganda, Fisherda shaxmatga bo’lgan talanti, qobiliyati xolasining bir turtkisi bilan ochilib, u o’z imkoniyatini, elga, xalqqa, dunyoga taratdi. Bu tasodifiy, albatta. Ammo tasodiflar ham ba’zan katta yangiliklar, ochilmagan qirralarni kashf etishi mumkin. Bordi-yu xolasi shunga shaxmat emas, boshqa biror narsa sovg’a qilganda ajab emasdi, uning shaxmat sohasidagi talanti rivojlanmay, «yopiq qozon yopiqligicha» qolib ketishi mumkin edi. Biz ham shu yo’ldan borgan holda, bolaning har bir o’ziga xos bo’lgan sifatlarini shakllantirishga harakat qilishimiz va bu masalani albatta tabiat bilan bog’lagan holda amalga oshirsak, bola uchun ham qiziq, yangilik bo’ladi.

Adabiyot:

1. Mirzaev T., G’afurov Z. Tabiatni e’zozlash umumbashariy muammo. — Toshkent: Yangi asr avlodi, 2001. — 135 b.

2. O’zbek Milliy enstiklopediyasi. — Toshkent: Davlat ilmiy nashriyoti, 2003. – 704 b.

3. O’zing yasa (matematika, tabiiy fanlar va boshqa o’quv markazlari uchun didaktik va o’yin materiallari). — Toshkent, 2011. — 206 b.

4. Yusupova P. A. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ekologik ta’lim- tarbiya berishning o’ziga xos xususiyati. — Toshkent, 1995 yil.

5. Yusupova P. A. Maktabgacha yoshdagi bololarga ekologik tarbiya berish. — Toshkent: O’qituvchi, 1995. — 224 b.

6. Hasanboyeva O. va boshq Tabiat bilan tanishtirish metodikasi. — T.: Cho‘lpon nomidagi NMIU, 2016. — 128 b.

Основные термины (генерируются автоматически): NMIU.


Ключевые слова

tarbiya, tabiat, bog’cha, maktab, jamiyюat, o’simlik, gul

Похожие статьи

Radiotexnik tizimlarda tashuvchini sinxronizatsiyalash usullari

Основными показателями информационных сигналов являются частота носителя и тактовая частота. В статье рассматриваются ситуации, в которых требуется синхронизация носителя в...

Youth policy: World experience and Uzbekistan | Статья в журнале...

Akademiklitseyvakasb-hunarkollejlariuchundarslik(Milliyistiqloldavri).T.:”O’qituvchi”NMIU.2011.

Образцы из церемоний ханского приёма в записках иностранных...

— Ташкент: “O’ZBEKISTON” NMIU, 2010.

The Law of the state youth policy in the Republic of Uzbekistan in the...

Since the initial days of independence, Uzbekistan has been paying a great attention to young people by raising youth issue to the level of state policy. As we know, the future and progress of the state and...

О сущности категории «эффективность» в контексте...

Тенденции современного развития территории страны свидетельствуют о возрастающей дифференциации хозяйственного и социального секторов отдельных регионов...

Результаты исследования характеристик амортизаторов из...

Современные надводные корабли и подводные лодки (пл) насыщены различным энергетическим оборудованием, аппаратурой и вооружением...

Упрочнение поверхности титанового сплава ВТ6 в результате...

В работе представлены результаты исследования влияния режимов электропластической деформации на микротвердость деформированной поверхности в результате проката...

Системный подход к изучению конфликтов | Статья в журнале...

Ключевые слова: системный подход, системный анализ, конфликт. Системный подход — это одно из направлений методологии научного познания и социальной практики...

Сорбенты при очистке нефтяного загрязнения на участке...

В статье рассмотрен выбор сорбентов как для очистки акватории реки Куненрма, так и для сбора нефтяных луж пожара пролива с грунта, на участке моделируемой аварии в районе 995 км...

Похожие статьи

Radiotexnik tizimlarda tashuvchini sinxronizatsiyalash usullari

Основными показателями информационных сигналов являются частота носителя и тактовая частота. В статье рассматриваются ситуации, в которых требуется синхронизация носителя в...

Youth policy: World experience and Uzbekistan | Статья в журнале...

Akademiklitseyvakasb-hunarkollejlariuchundarslik(Milliyistiqloldavri).T.:”O’qituvchi”NMIU.2011.

Образцы из церемоний ханского приёма в записках иностранных...

— Ташкент: “O’ZBEKISTON” NMIU, 2010.

The Law of the state youth policy in the Republic of Uzbekistan in the...

Since the initial days of independence, Uzbekistan has been paying a great attention to young people by raising youth issue to the level of state policy. As we know, the future and progress of the state and...

О сущности категории «эффективность» в контексте...

Тенденции современного развития территории страны свидетельствуют о возрастающей дифференциации хозяйственного и социального секторов отдельных регионов...

Результаты исследования характеристик амортизаторов из...

Современные надводные корабли и подводные лодки (пл) насыщены различным энергетическим оборудованием, аппаратурой и вооружением...

Упрочнение поверхности титанового сплава ВТ6 в результате...

В работе представлены результаты исследования влияния режимов электропластической деформации на микротвердость деформированной поверхности в результате проката...

Системный подход к изучению конфликтов | Статья в журнале...

Ключевые слова: системный подход, системный анализ, конфликт. Системный подход — это одно из направлений методологии научного познания и социальной практики...

Сорбенты при очистке нефтяного загрязнения на участке...

В статье рассмотрен выбор сорбентов как для очистки акватории реки Куненрма, так и для сбора нефтяных луж пожара пролива с грунта, на участке моделируемой аварии в районе 995 км...

Задать вопрос