Davlat notarial idoralar avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish
Авторы: Хужамуратов Бекмурод Хужамурот угли, Олимов Умидбек Хамидович
Рубрика: Спецвыпуск
Опубликовано в Техника. Технологии. Инженерия №3 (5) июнь 2017 г.
Дата публикации: 14.07.2017
Статья просмотрена: 157 раз
Библиографическое описание:
Хужамуратов, Б. Х. Davlat notarial idoralar avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish / Б. Х. Хужамуратов, У. Х. Олимов. — Текст : непосредственный // Техника. Технологии. Инженерия. — 2017. — № 3.1 (5.1). — С. 57-59. — URL: https://moluch.ru/th/8/archive/62/2641/ (дата обращения: 19.11.2024).
Kirish
JavaFX dasturida avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish uchun ushbu tilni mukammal o’rganib chiqish kerak bo’ladi. Ma’lumotlar bazasiga bog’lagan holda dastur interfeysini ishlab chiqamiz.
Asosiyqism
Java dasturlash tilining imkoniyatlari juda keng bo’lib bu dasturlash tilini ishlatganimizda foydalanuvchi interfeysi qulay hisoblanadi. Tizim xavfsiligi ham ancha yuqori hisoblanadi. Dasturni tuzish uchun avvalo uni modelini qurib olish kerak bo’ladi.
Dasturda biz asosan ko’chmas mulk oldi sotdi shartnomalarini notarius tasdig’idan o’tkazish, avtomobillarni oldi sotdi shartnomalarini notarius tasdig’idan o’tkazish, Ishonchnoma taqdim qilish, Kreditlarni ro’yxatdan o’tkazish va Diplomlarni ro’yxatdan o’tkazishlarni ko’rib chiqamiz.
1-rasm. Notariuslarning xarakatlarining asosiy modeli
Dasturni tuzish uchun bir oynadan ikkinchi oynaga o’tiladigan kodni bilish kerak. Ushbu kod quyidagicha:
try{
FXMLLoader fxmlLoader = new FXMLLoader(getClass().getResource("Demo.fxml"));
Parent root1 = (Parent) fxmlLoader.load();
Stage stage = new Stage();
stage.initModality(Modality.APPLICATION_MODAL);
stage.initStyle(StageStyle.UNDECORATED);
stage.setTitle("ABC");
stage.setScene(new Scene(root1));
stage.show();}
Bu kodni yozish natijasida, foydalanuvchi kiritgan login va parol tasdiqlangach, asosiy oynaga o’tish imkoniyati yuzaga keladi.
Foydalanuvchilar avvalo Xampp serverni ishga tushirgan bo’lishlari shart. Uning ishlashi uchun Xampp Control Panel ilovasiga kiramiz. Keyin Apache va MySQL larning Actions idan start tugmasini bosamiz.
Notarius dasturini ochamiz. Foydalanuvchining login va parolini kiritish tizimi ekranga namoyon bo’ladi,
2-rasm. Foydalanuvchilarni tizimga kirish oynasi.
Kirish tugmasi bosilganda, login va parol foydalanuvchi tomonidan to’g’ri kiritilgan bo’lsa, u holda dasturning asosiy oynasiga o’tiladi. Asosiy oyna quyidagi rasmda keltirilgan.
3-rasm. Asosiy oyna.
Asosiy oynada Ko’chmas mulk bo’limi aktiv holatda turadi. Ushbu bo’limda Yangi hujjat qo’shish, ma’lumotlarni ko’rish, tahrirlash, o’chirish, yangilash, qidirish imkoniyatlari mavjud. Ko’chmas mulkni yangi hujjat qo’shish oynasi quyidagi ko’rinishda:
4-rasm. Yangi ko’chmas mulkni rasmiylashtirish oynasi.
Bu oynada tomonlarning shaxsiy ma’lumotlari kiritiladi. Sotuvch va oluvchi shaxslarning ism, familiya, otasining ismi to’liq kiritiladi, passport nusxasi rasm tarzda yuklab olinadi, keyin, ko’chmas mulkning ma’lumotlari kiritiladi, bunda Hovli joy, kvartira, yoki boshqa turdagi ko’chmas mulklarning nomlari, manzili, maydoni va summasi kiritiladi va OK tugmasi bosiladi. Yangilash tugmasi bosilganda, ekranda yangi ma’lumotlar paydo bo’ladi. Agarda yuqoridagi oynada tozalash tugmasi bosilsa, u holda kiritilgan ma’lumotlar o’chadi va yangidan ma’lumot qo’shish kerak bo’ladi.
Avtomobillar bilan ishlash bo’limida, yangi ma’lumotlarni qo’shish imkoniyatiga ega bo’lishimiz uchun yangi hujjat qo’shish tugmasini bosish kerak. Ushbu tugmani bosgan vaqtda quyidagi oyna hosil bo’ladi.
5-rasm. Avtomobil sotib olishni rasmiylashtirish oynasi.
Xulosa
Xulosa sifatida, Davlat natorial idoralarini avtomatlashtirish uchun JavaFXdan foydalanildi, dastur tuzildi va ma’lumotlar bazasiga bog’landi.