Qishloq xo’jaligi maxsulotlarini statistik monitoring qiluvchi dasturiy ta'minot | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Библиографическое описание:

Болтаев, Б. Р. Qishloq xo’jaligi maxsulotlarini statistik monitoring qiluvchi dasturiy ta'minot / Б. Р. Болтаев, Д. А. Курязов. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2016. — № 12.4 (116.4). — С. 13-16. — URL: https://moluch.ru/archive/116/32166/ (дата обращения: 17.12.2024).

 

I. Kirish

So'ngi yillarda mamlakatimizda komplеks rеja va dasturlar asosida olib borilayotgan kеng ko‘lamli islohotlar natijasida qishloq hududlari infratuzilmasi yanada rivojlanib bormoqda. Jumladan, namunaviy loyihalar asosidagi uy-joylar, ichimlik suvi, elеktr enеrgiyasi, tabiiy gaz tarmoqlari, avtomobil yo‘llari qurilishi hamda kommunikatsiya xizmatlarini rivojlantirish, invеstitsiyalarni kеng jalb qilish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Shu asnoda, mustaqilligimizning ilk yillaridayoq qishloq ho'jaligini tubdan isloh qilish va modernizatsiyalashga davlatimiz tomonidan katta e'tibor qaratila boshlandi. Agrar soha va qishloq xo'jaligini jahon talablariga mos tarzda rivojlantirish uchun erlar o'zlarini haqiqiy egalari bo'lmish fermerlarga bo'lib berildi [1].

Qishloq ho'jaligi maxsulotlarini yetishtirishda asosiy rolni albatta fermerlarimiz o'ynashmoqda. Qishloq xo'jaligi maxsulotlari yetishtirishda avvalombor zamonaviy va yuqori texnologiyalarni o'rni beqiyosligini anglab yetgan holda fermerlarimiz zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanishmoqda. Shu bois, fermerlarimiz yetishtiradigan maxsulot turlari va sifati yildan yilga oshib bormoqda.

Ma'lumki, qishloq xo'jaligi maxsulotlarini yetishtiruvchi fermerlarimiz yil boshida davlatimiz bilan yillik shartnoma rejalarini belgilab olishadi. Xozirgi kunda fermerlarimiz yetishtirgan qishloq xo'jaligi maxsulotlari dunyoning ko'plab mamlakatlariga ham eksport qilinmoqda. Bunday jarayonda, qishloq xo'jaligi maxsulotlarini yetishtirilishi, fermerlarning shartnomaviy rejalarini bajarishini va eksportga chiqarilayotgan maxsulot haqidagi ma'lumotlarni statistik tahlil qilish va monitoringini yuritish juda kattaa axamiyat kasb etadi. Bu orqali, barcha turdagi qishloq xo'jaligi maxsulotlarini har bir fermer, tumanlar, viloyatlar va respublika kesimida statistik monitoring qilish va yillik maxsulot yetishtirilishi va sotilishini kuzatib borish imkoniyati yaratiladi.

Yuqoridagi nuqtai nazarni e'tiborga olgan holda, ushbu maqolada mualliflari qishloq xo'jaligi maxsulotlarini statistik monitoring qilish dasturini tanishtirishadi. Ushbu maqola II bo'limda mavzunin dolzarblini yoritib beradi. Dasturiy ta'minot III bo'limda keltirib o'tilgan. Maqola IV bo'limda ayrim hulosalar va yaqin kelajakda rejalashtirilgan ishlar bilan yakunlanadi.

II. Mavzuning Dolzarbligi

Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan, puxta o‘ylangan va izchil siyosatning olib borilishi, ushbu sohaga xo‘jalik yuritishning zamonaviy shakl va usullari joriy etilishi, fеrmеrlik harakati rivojlantirilishi va yanada mustahkamlanishi agrar sеktorni milliy iqtisodiyotimizga katta hissa qo‘sha oladigan muhim bo‘g‘inga aylantirdi [2].

Bugun dunyoning 80 ta davlatiga 180 turdan ortiq har xil mеva-sabzavot va ularni qayta ishlash asosida tayyorlangan mahsulotlarni eksport qilish yo‘lga qo‘yildi. Mamlakatimiz o‘rik, olxo‘ri, uzum, yong‘oq, karam va boshqa ko‘plab mеva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish hajmi bo‘yicha dunyoda o‘nta еtakchi davlat qatoriga kiradi [3].

Ushbu maqola orqali tanishtiriladigan qishloq xo'jaligi maxsulotlarini statistik monitoring qilish dasturi qishloq xo'jaligi maxsulotlarini yetishtirilishidan tortib uning davlatga topshirilishi yoki eksportga chiqarilishini onlayn tarzda kuzatib borish imkoniyatini beradi. Ushbu dastur orqali har bir maxsulot qabul qiluvchi maskanlarda yetkazilgan maxsulotlar onlayn tarzda dasturiy tizimga kiritib boriladi. Tizimga kiritilgan ma'lumotlarni viloyatlar, tumanlar, qabul maskanlari va fermerlar kesimida shartnomaviy rejasi, yetkazib berilgan maxsulot hajmi va qoldiq bo'yicha statistik analiz qilib borish mumkin bo'ladi. Bu orqali, fermerlarimiz o'zlari yetkazgan yoki eksport qilgan maxsuloti haqidagi ma'lumotlarni yil bo'yi kuzatib borishlari ham mumkin.

Qishloq xo'jaligi maxsulotlari yetishtirilishi va sotilishini statistik monitoring qilish dasturi ishni samarali tashkil qilish, tezkorlik bilan ma'lumot almashish orqali ish tezligini oshirish va hisob — kitoblarda aniqlikni ta'minlashga yordam beradi. Ushbu dasturiy ta'minot orqali fermer xo'jaliklarining maxsulot yetishtirish va sotish jarayonini to'g'ridan-to'g'ri internet orqali monitoring qilish imkoniyati yaratildi.

III. Qishloq xo'jaligi maxsulotlarini statistik monitoring qilish dasturiy ta'minoti haqida

Dasturiy ta'minot web texnologiyalarga asoslangan PHP dasturlash tilidan [4] foydalangan holda Apache [5] kleint — server arxitekturasi asosida qurilgan va barcha ma'lumotlarni markazlashgan MySQL [6] ma'lumotlar bazasida saqlaydi. Shuningdek, tizim o'z foydalanuvchilari uchun onlayn ma'lumot kiritish va o'qish imkoniga ega. Dasturiy ta'minotga kirish maxsus oldindan berilgan foydalanuvchu nomi va kalit so'zi orqali amalga oshiriladi (Rasm 1.).

Ushbu dasturiy ta'minot foydalanuvchilari belgilangan huquqlariga qarab to'rtta guruxga ajratilgan:


– Administrator. Ushbu huquqga ega bo'lgan foydalanuvchilar tizimga foydalanuvchi qo'shish, fermerlar ro'yhatini import qilish, kombaynlar, ekin turlari, qabul maskanlari kabilar haqidagi ma'lumotlarni tahrirlash huquqiga egadirlar.

Rasm 1. Dasturiy ta'minotga kirish oynachasi

— Tuman administrator. Tuman administratorlari o'zlarining tumanlariga tegishli, fermerlar, o'rish va terish kombaynlari va qabul maskanlari haqidagi ma'lumotlarni tahrirlashlari mumkin bo'ladi.

C:\Users\UZ000050\Desktop\printScreens\23 - копия.jpg
— Maskan operatori. Maskan operatorlari qabul maskanlaridan qabul qilingan maxsulotlar haqidagi ma'lumotlarni tizimga kiritish bilan shug'illanuvchi foydalanuvchilardir. Maskan operatorlari, shuningdek, maxsulot tashuvchi hodimlar uchun tashuvchi yuk hatini ham tayyorlash huquqlariga ega (2 Rasm). Maskan operatorlari qabul qilinayotgan maxsulot haqida fermer xo'jaligi nomi, qabul sanasi, sof vazni, tarozi vazni, transport raqami, hosil maydoni kabi ma'lumotlarni tizimga kiritishadi.

Rasm 2. Maxsulot tashuvchini yuk hati ko'rinishi.

 

— Kuzatuvchi. Kuzatuvchi huquqiga ega bo'lgan foydalanuvchilar bulan, hududiy boshqaruv organlari yoki tegishli tashkilotlar hodimlari bo'lishi mumkin. Bu huquqga ega bo'lgan foydalanuvchilar barcha viloyat, tumanlar, qabul maskanlari va fermerlar kesimida qishloq xo'jaligi maxsulotlarini statistik tahlil qilishlari va kuzatib borishlari mumkin (Rasm 3).

C:\Users\UZ000050\Desktop\printScreens\11.1.jpg
Kuzatuvchi huquqiga bo'lgan foydalanuvchilar qishloq xo'jaligi maxsulotlari topshirilish jarayonini onlayn tarzda kuzatib borish imkoniyatiga egadirlar.

 

Rasm 3. G'alla maxsulotining tumanlar kesimidagi statistik tahlil natijalari.

 

IV. Xulosa

Xulosa qilib aytganda qishloq xo’jaligi — aholini oziq–ovqat bilan taminlashga va bir qator sanoat tarmoqlari uchun xom-ashyo olishga yo’naltirilgan iqtisodiyotning ajralmas sohasidir. Shu bois, yaratilgan dasturiy ta'minot qishloq xo'jaligi maxsulotlarini yetishrilishi va topshirilishi tezkor va samarali monitoring qilish orqali qishloq xo'jaligi, qolaversa, mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojiga katta hissa qo'shishiga ishonamiz.

Ushbu dasturiy ta'minotni yaqin kelajakda quyidagi qo'shimcha imkoniyatlarni qo'shish orqali yanada takomillashtirish rejalashitirilgan:

— android platformada ishlaydigan ilova yaratish;

— qabul maskanlari uchun vaqtincha bufer xotira bilan ta'minlash (ya’ni internet ishlamay qolgan paytda, dastur ma'lumotlarni lokal tizim xotirasida vaqtinchalik saqlab turishi va internetga ulanishi bilan markaziy serverga yuklashi);

— eksportga chiqarilayotgan mahsulotlarni ro’yhatga olish va ularni statistik tahlil va monitoringini yuritish (xar bir fermer o'zi eksport qilgan maxsulotlar haqidagi ma'lumotlarni kiritib borishi uchun ularga shaxsiy kabinet ochilishini ta'minlash);

— chet ellik mijozlar uchun o'zbek fermerlarining mahsulotlar katalogini yaratish va zarur bo'lganda harid shartnomalarni tuzish imkoniyatini yaratish;

— chet ellik mijozlar va o'zbek fermerlari o'rtasida muloqot qurish zarurati paydo bo'lganda, internet orqali onlayn tarjimonlar yonlash imkoniyatini yaratish.

 

Adabiyotlar:

 

  1. http://elections.uz/uz/events
  2. https://www.gov.uz/uz
  3. http://stat.uz/
  4. Lerdorf, Rasmus, Kevin Tatroe, and Peter MacIntyre. Programming Php. " O'Reilly Media, Inc», 2006.
  5. Knaus W. A. et al. APACHE II: a severity of disease classification system //Critical care medicine. — 1985. — Т. 13. — №. 10. — С. 818–829.
  6. Widenius, Michael, and David Axmark. MySQL reference manual: documentation from the source. "O'Reilly Media, Inc». 2002.
Основные термины (генерируются автоматически): III, APACHE, PHP.


Задать вопрос