Мehnat bozorini tartibga solishning mintaqaviy usullari | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Библиографическое описание:

Ибадуллаев, Э. Б. Мehnat bozorini tartibga solishning mintaqaviy usullari / Э. Б. Ибадуллаев. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2016. — № 12.4 (116.4). — С. 42-45. — URL: https://moluch.ru/archive/116/32225/ (дата обращения: 17.12.2024).

 

Respublikaning mehnat resurslari ortiqcha hududlari, avvalo, Andijon, Farg'ona, Namangan, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlari uchun mazkur bozorni tartibga solishning ancha samarali usullari deb, ishchi kuchiga bo'lgan talabning oshishi va uning taklifi kamayishini hisoblash zarur.

Mazkur usullar nimalarda ifodalanishini batafsil ko'rib chiqaylik.

Ishchi kuchiga talabni oshirish usuli.Ishchi kuchiga bo'lgan talabni oshirishni rag'batlantirish usullarini tadqiq etish mehnat resurslarining oqilona bandligini ta'minlashga hamda mazkur hudud uchun samarali tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilgandir. Mahsulotlarni qayta ishlash, saqlash va qayta qilish hamda servis xizmati ko'rsatish va shaxsiy mehnat faoliyati bo'yicha ish joylarini yaratish, ishlab chiqarish kuchlari va bandlikning noan'anaviy shakllarini rivojlantirish, agrar sektorda ishdan vaqtincha bo'shatilayotgan shaxslar uchun mavjud korxonalarni kengaytirish va qayta ta'mirlash hamda yangi ish joylarini yaratish maqsadida to'g'ridan-to'g'ri investisiyalar — sarmoyalar hajmini ko'paytirishni rag'batlantirish mazkur uslubni qo'llanishning asosiy yo'nalishlaridir.

Ishchi kuchlariga taklifni kamaytirish usuli. Ishchi kuchlariga bo'lgan taklifni kamaytirishga, shuningdek, ularning mehnat bozoriga oqib kelishini qisqartirish va boshqa joyga ketishini rag'batlantirish hamda ish vaqti va mavjud ish joylarini ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo'lganlar o'rtasida qayta taqsimlash orqali samarali ta'sir etish mumkin. Respublikamiza «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida umumta'lim dasturlarini kengaytirish va o'qish muddatini uzaytirish bilan kasbiy tayyorgarlikni yaxshilash, o'quv yurtlarida kunduzgi ta'lim olinadigan o'qóâ o'rinlarini ko'paytirish va kechki hamda sirtqi o'quvdagi talaba o'rinlarini qisqartirish, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o'qiyotganlarga stipendiyalar miqdorini oshirish, ayollarga bola parvarishi uchun to'lanadigan nafaqalar va beriladigan ta'til muddatini ko'paytirish, mehnat stajini hisoblashda ularga imtiyoz berish; pensionerlar, nogironlar hamda ularni parvarishlaydigan shaxslarning pensiyalarini oshirish mehnat bozorida ishchi kuchlarining oqib kelishini kamaytirish chora-tadbirlari hisoblanadi.

Mehnat va aholi ish bilan bandligi sohasida bozor aloqalarini rivojlantirish yangi va o’xshash bo’lmagan yondashishni, mehnat bozori elementlarini o’rganishda muntazamlikni, bozor kategoriyalari va tushunchalarining uslubiy bazasini yangilashni talab etadi. Iqtisodiyotni qayta qurish va shakllantirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish kelgusida aholini ish bilan bandligi sohasidagi institusional tuzilmalar faoliyatlarini jadallashtirish va normativ-huquqiy bazalarini rivojlantirishni talab qiladi.

 

1-rasm. Qishloq mehnat bozorida ishchi kuchi raqobatbardoshligi va uning ijtimoyi-iqtisodiy rivojlanishga ta’siri [1.b.42]

 

Innovatsion rivojlanish sharoitida davlat ish bilan bandlik siyosati viloyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining tarkibiy qismi sifatida mehnat potensialidan samarali foydalanish va uning rivojlanishi bo‘yicha ish bilan bandlik muammolarini yechishga yo‘naltirilishi zarur. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida aholini ish bilan bandligi va ishsizligi bir-biriga tez almashinishi mumkin. Viloyatda aholini ish bilan ta’minlash va ishsizlikni bartaraf etishda qishloq mehnat bozorining ahamiyati kattadir. Chunki viloyatda ishchi kuchiga bo‘lgan talab va uning taklifi aynan mehnat bozorida o‘zaro to‘qnashadi. Shu bois, bu ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani samarali rivojlantirish viloyatda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning asosiy omillaridan biri hisoblanadi (1-rasm).

1-jadval

O’zbekiston Respublikasida doimiy aholi soni (yil boshiga) [2.b.61–62]

 

2011

2012

2013

2014

Jami aholi,ming kishi

29123,4

29555,4

29993,5

30492,8

Jumladan:

Ayollar

Erkaklar

 

14555,0

14568,4

 

14762,9

14792,5

 

14974,8

15018,7

 

15215,3

15277,5

Shahar aholisi,jumladan:

Ayollar

Erkaklar

 

7487,3

7410,1

 

7603,0

7540,2

 

7712,2

7657,9

 

7798,2

7757,0

Qishloq aholisi, jumladan:

Ayollar

Erkaklar

 

7067,7

7158,3

 

7159,9

7252,3

 

7262,6

7360,8

 

7417,1

7520,5

 

Bugungi kunda mehnat bozoridagi muammolar quyidagi sabablarga ko’ra kelib chiqmoqda:

  1.                Malakali kadrlarning taqchilligi.

So’nggi 3–4 yilda mehnat bo’limlarida malakali ishchi kuchi oshganligi va oliy va o’rta maxsus ma’lumotga ega bo’lgan mutaxassislarni ish bilan ta’minlanganlik darajasini o’sishi kuzatilmoqda. Lekin, viloyat mehnat bozorida oliy ma’lumotli va malakali kadrlarning taklifi 7–8 %ni, ayrim hollarda 6–7 %ni tashkil qilmoqda. Bizga ma’lumki, mehnat bozorining samarali shaklanishi uchun malakali kadrlar jami ishchi kuchining 20–30 %ini tashkil qilishi zarur.

  1. Tarkibiy ishsizlik

Iqtisodiyot tarmoqlaridagi texnologik va mulkchilik munosabatlarining o’zgarishi tarkibiy ishsizlik miqdorining oshishiga olib kemoqda.

  1.      Iqtisodiyot tarmoqlari uchun zarur bo’lgan malakali kadrlar tarkibi va kasbga tayyorlash va yo’naltirish bo’yicha o’quv yurtlari o’rtasidagi nomuvofiqlik.

Ta’lim tizimi va markazlarida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat ko’rsatkichlari bo’lib, bitiruvchilarning ishga joylashish darajasi bo’lishi zarur.

4. Ishsizlik davomiyligining yuqoriligi,bu ko’rsatkich ishsizlik muddatini o’rtacha 6–7 oygacha cho’zmoqda. Buning natijasida, ishlab chiqarishda band bo’lmagan mehnat resurslari salmog’ining oshib borishi bir necha o’n minglab kishilar kun ish vaqtining yo’qolishiga olib kelmoqda.

5. Kadrlar qo’nimsizligining yuqoriligi.

Korxonalarda kadrlar qo’nimsizligining yuqori darajada ekanligini asosiy sabablari quyidagilardan iborat: ish haqini korxona faoliyatini yakuniy natijalari bilan bog’lanmaganligi; transport vositalaridagi chipta haqining oshishi; kadrlarning qisqarishi; ish joylarida mehnat sharoitlarining yomonlashuvi; ish beruvchilar tomonidan mehnat qonunchiligining buzilishi va boshqalar.

6. Ish izlovchi fuqarolar uchun bo’sh ish joylariga tanlovlar o’tkazish haqida axborotlar olishning qiyinligi, ish beruvchilarning bo’sh ish joylari haqida axborotlarni sir tutishi.

Ko’pchilik ish beruvchilar O’zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida» Qonunning talablariga qaramasdan ish bilan bandlik xizmati organlariga bo’sh ish joylari haqida to’liq axborotni bermaydilar. Ular boshqa imkoniyatlardan foydalanish maqsadida qarindoshlari, o’zining korxonasidagi yaqin tanishlari orqali bo’sh ish o’rinlariga nomzodlarni tanlaydilar.

7. Kichik va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish doirasidagi muammolar.

Bularga: tadbirkorlikning boshlang’ich bosqichida faoliyatini rivojlantirish uchun kredit mablag’larining yetishmasligi; xom ashyo-materiallar yetkazish bo’yicha hamda tayyor mahsulot realizasiyasi bo’yicha muammolarning mavjudligi; zarur bilim va maslahat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarining chegaralanganligi va boshqalar.

Ma’lumki, viloyat davlat ish bilan bandlik xizmati faoliyati joylardagi ish bilan bandlikka ko’maklashish markazlari bilan muvofiqlikda amalga oshiriladi.

Davlat ish bilan bandlik siyosati mamlakat rivojlanishi ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi sifatida mehnat potensialidan samarali foydalanish va uning rivojlanishi bo’yicha ish bilan bandlik muammolarini yechishga yo’naltirilgan iqtisodiyotning o’tish davriga muvofiq, ish bilan bandlik siyosati ish kuchini tarmoqlar va ish bilan bandlik ko’rinishi bo’yicha qayta taqsimlashda ijtimoiy jihatdan muvofiq ish bilan bandlik darajasini ta’minlashga yo’naltirilishi zarur.

Davlat ish bilan bandlik siyosati doirasida ish bilan bandlikka ko’maklashish ikki yo’nalishda, passiv va faol ish bilan bandlik siyosati ko’rinishlarida amalga oshiriladi.

Ish bilan bandlikning passiv siyosati davlat ish bilan bandlik xizmati orqali ishsizlarga nafaqalar to’lash, ishsizlarni kasblarga qayta o’qitish va jamoat ishlarini tashkil etish kabi faoliyatlarni o’z ichiga oladi. Ish bilan bandlik siyosatining bu varianti davlatning amalga oshiradigan joriy xarajatlari nuqtai-nazaridan bir muncha tejamlidir. Biroq, ish bilan bandlikning passiv siyosati iqtisodiyotning yuksalishi davrida mehnat bozorining yuqori egiluvchanligi va ishchi kuchining kasbiy harakatchanligi, iqtisodiyotning istiqbolli mustaqil ish izlash uchun bir muncha keng shart-sharoitlari mavjud bo’lgandagina o’zini oqlashi mumkin.

Ishsizlarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashda, o’quv jarayonida zamonaviy o’quv texnologiyalari va usullarini ta’lim dasturiga kiritish va foydalanish, kelajakda ularning mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshiradi.

Ishsizlarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimida yangi yo’nalish bo’lib, ish beruvchilarning talablariga muvofiq maqsadli o’qitish va konkret ish o’rinlari bo’yicha alohida kasblarga o’qitish hisoblanadi.

Ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish tizimini boshqarish O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi [3.b.10].

Mehnat bozori oqilona shakllanishini asosiy va hal qiluvchi sharti-mehnat resurslari bilan ish joylari o’rtasidagi o’zaro mutanosiblikni ta’minlashdir.

Mehnat bozorida yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimida aholining ish bilan bandligi va mehnat sharoitlarini belgilash, u yoki bu ijtimoiy muammolarni hal qilish, ijtimoiy-mehnat mojarolarini bartaraf etish bo’yicha ish beruvchilar bilan yollanma xodimlar o’rtasidagi munosabatlar markaziy o’rin egallaydi. Mehnat bozorida mazkur munosabatlar jamoaviy, shaxsiy va hududiy usullar asosida tartibga solinadi. Jamoaviy bitimlar tuzilayotganda O’zbekiston Respublikasining «Mehnat Kodeksi», Xalqaro Mehnat Tashkilotining Konvensiyasi va tavsiyalariga asoslaniladi. Xalqaro Mehnat Tashkilotining Konvensiyasida (54-bandida) ta’kidlanganidek, “Jamoaviy muzokaralar, bir tomondan, tadbirlar, tadbirkorlar guruhi bilan, boshqa tomondan esa, mehnatkashlarning bitta yoki bir necha tashkiloti o’rtasida: a) mehnat sharoiti va bandlikni belgilash; b) tadbirkorlar va mehnatkashlar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solish; v) tadbirkorlar yoki ularning tashkilotlari va mehnatkashlarning tashkiloti yoki tashkilotlari o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadlarida olib boriladigan barcha muzokaralarni bildiradi” [4.b.483].

 

Adabiyotlar:

 

  1. Abdurahmonov Q. X., V.Imomov. O‘zbekistonda mehnat potensialidan samarali foydalanish va uni boshqarish –T.: “Akademiya”, 2008.
  2. Jurayev T. Mehnat bozoridagi muvozanatlik va bandlikning o‘ziga xos xususiyatlari // Bozor, pul va kredit. –T.:2006. № 10. -61–62 b.
  3. Ishsizshaxslarnikasbgatayyorlashva qaytatayyorlash, malakasinioshirishtratibitugrisidaginizomII –band.
  4. O`zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to`\risida”gi qonuni — T.: O`zbekiston 1998 (yangi tahrir). 483-b.


Задать вопрос