Iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonida soliq tizimining amalda ishlash samaradorligi ishlab chiqarish tarmog‘ini rivojlantirish qanday darajada rag‘batlantirilayotgani bilan baholanadi. Soliq tizimi samaradorligi soliqqa tortishning uslubiy tamoyillari va funksiyalari o‘zaro mutanosibligi nuqtai nazaridan baholanishi lozim. Ta’kidlash joizki, bunda makro- va mikro darajada iqtisodiyot rivojlanishini rag‘batlantirishga xizmat qiluvchi hamda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi soliq funksiyalarini amalda ishlash holatiga baho berish muhimdir [3]. Amalda soliq funksiyalarini ishlashi natijasida sinergetik samaradorlikka erishish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Soliq tizimi etarli darajada markazlashtirilgan moliyaviy resurslarni tashqil etish bilan bir qatorda iqtisodiy rivojlanishda rag‘batlantiruvchi sharoitni yaratishi, buning natijasida iqtisodiy o‘sishni ta’minlashi lozim. Iqtisodiyotda soliq tizimi samaradorliginiig ikki jihatini inobatga olgan holda, tadbiq etish maqsadga muvofiqdir [1].
Birinchidan, xarajatlarga nisbatan iqtisodiy samaradorlikning yuqoriligini ifodalovchi, ya’ni soliq tizimi funksional ishlashi natijasida soliqlar bo‘yicha tushumlarning ko‘payishiga erishilgan xolatni ifodalovchi joriy samaradorlik darajasini tadqiq etish muhim. Soliq tizimi samaradorligini aniqlashdagi bunday yondashuv barcha daromad manbalarini aniqlashtirish xamda barcha soliqlarni undirish yuzasidan xarajatlarni kamaytirishga karatilgan. Mazkur samaradorlik ko‘rsatkichini davlat tomonidan taqsimlanadigan YAIM bilan soliqlarni undirish (soliq tushumlari ko‘rinishidagi sof daromad) o‘rtasidagi farq sifatida ifodalash mumkin. Bunday yondashuvning asosiy kamchiligi shundaki, soliqqa tortishning istiqboldagi ijtimoiy va iqtisodiy natijalari yetarli darajada inobatga olinmaydi.
Ikkinchidan, baholash orqali strategik samaralorlikni tadqiq etish. Mazkur ko‘rsatkich iqtisodiy rivojlanishni taminlashga asoslangan. U soliq tizimi nafaqat yaqin kelajakdagi iqtisodiy o‘sishni, balki istiqboldagi rivojdanishni ham ta’minlashi mumkinligini ifodalaydi.
Soliq tizimi samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlardan biri — bu elastiklik koeffitsienti hisoblanadi. Mazkur ko‘rsatkich soliqka tortish (soliq yuki) darajasini belgilash imkonini aniqlaydi. Bunda rejalashtirilgan soliq tushumlariga erishish bilan bir qatorda, yuqori iqtisodiy rivojlanish jarayoniga (soliqka tortiladigan bazani kengayishi) xam erishish mumkin bo‘ladi. Soliqka tortish samaradorligini baholashda soliq multiplikatori (Sm) ko‘rsatkichidan foydalaniladi[3]. Uning asosini soliq tizimlarining elastiklik koeffitsienti tashqil etadi. Multiplikator modelini umumiy xolda quyidagi ko‘rinishda ifodalash mumkin:
Sm=1/(1-I*(1-S)), (1)
bu erda I — iste’molga moyillikning quyi chegarasi; S — soliq stavkasining quyi chegarasi.
Ta’kidlash joizki, soliq stavkasi qancha yuqori bo‘lsa, iste’molga moyillik chegarasi shuncha past bo‘ladi. Bunga muvofiq raviщda, soliq multiplikatori ko‘rsatkichi ham kichik bo‘ladi. Soliq multiplikatori dinamikasi natijasida YAIMning o‘zgarish darajasi (Uyaim) quyidagicha aniqlanishi mumkin:
Uyaim = St* (1/(1-I*(1-S)), (2)
bu erda Uyaim — YAIMning o‘zgarishi; St— soliq tushumlarining o‘zgarishi.
Mazkur formuladan shunday xulosa chiqarish mumkin, soliqstavkalarining o‘sishi va iste’molning pasayishi natijasida soliq tushumlarining ko‘payishi (S) kelgusida YAIM o‘sish darajasining kamayishiga olib keladi. SHuningdek, soliqstavkalari o‘zgarishi bilan YAIM xajmining o‘zgarishi o‘rtasidagi vaqtinchalik holatlar xam inobatga olinishi lozim. Ko‘rinib turibdiki, soliq stavkalarini pasaytirishga qaratilgan ilmiy va amaliy jixatdan asoslangan tadbirlar kelgusida aholining to‘lov layoqatini hamda mahsulot (ish, xizmat)larga qiladigan xarajatlari xajmini real darajada o‘sishiga imkon yaratadi. Bu esa «domino effektni» yuzaga keltiradi, ya’ni tadbirkorlar daromadining ko‘payishiga, investitsion muhitni rag‘batlantirishga, investitsion tovarga nisbatan talabning oshishiga, soliq tushumlari hajmining ko‘payishiga hamda, oxir oqibat, YAIMni o‘sishiga olib keladi. Demak, samarali soliq tizimining amalda ishlashi orqali milliy iqtisodiyotning barcha jabhalarida istiqbolli rivojlanishga erishish mumkin. Soliq tizimi va soliqka tortish mexanizmini rivojlantirishda asosiy e’tibor ishlab chiqarishni, mahsulotlar realizatsiyasini va boshka turdagi xarajatlar kamaytirilishini rag‘batlantirishga qaratilishi lozim.
Iste’mol qiymati bir birligiga nisbatan xarajatlarni kamaytirishga erishish iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarining o‘zak tomiri hisoblanadi. Mazkur tendensiyalar iqtisodiyotda mikro va makrodarajada kechishi lozim.
Soliqlar resurslarni tejashga qaratilgan korxonalar xarakatlarini rag‘batlantirishga xizmat qilishi lozim. Darhaqiqat, hisobot yilida mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini kamaytirish natijasida korxona olgan daromadni soliqqa tortilmasligi ular faoliyatini soliq dastagi orqali rag‘batlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilgan bo‘lar edi.
Bu holatda qo‘shimcha foyda miqdori quyidagicha aniqlanishi mumkin:
F = (Xo – X1) x R2, (4)
bu erda Xo- X1 — mos ravishda bazaviy va hisobot yilidagi sotilgan mahsulotning bir so‘miga to‘g‘ri keluvchi xarajatlar hajmi;
R2 — hisobot yilida sotilgan mahsulot hajmi, qiymat hisobida.
Mehnat unumdorligini soliqlar vositasida rag‘batlantirish maqsadida, korxonadagi mehnat unumdorligi darajasini ish haqi fondiga nisbati ko‘rsatkichidan foydalanish mumkin. Ma’lumki, mehnat unumdorligi korxona faoliyatini tavsiflovchi muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Mazkur ko‘rsatkich xodimlar malakasi, ishlab chiqarish tuzilmasi va uni tashkil etilish jarayoni, innovatsion ishlab chiqarish darajasi, boshqaruv tizimi samaradorligi kabi bir qator omillar asosida aniqlanadi.
Jadallashuv ko‘rsatkichi(Jk) korxonadagi ish xaqi fondi (IF) va mehnat unumdorligi (MU) ko‘rsatkichlarining o‘sish sur’atlari nisbati sifatida tavsiflanishi mumkin:
Jk = IF/MU (5)
Agar jadallashuv koeffitsienti birga teng bulsa, u xodda soliq xajmi o‘zgarmaydi. Agar K > 1 bo‘lsa, u xolda mazkur ko‘rsatkichning o‘sishi natijasida foyda solig‘i ham o‘sadi. Agar K < 1 bo‘lsa, foyda solig‘i unga mutanosib raviщda pasayadi. (Bunda koeffitsientning xar bir punkti (0,1) o‘zgarishiga bog‘liq raviщda soliqning oshirilgan (kamaytirilgan) stavkalaridan foydalanish mumkin).
SHuningdek, rivojlangan mamlakatlarda ko‘llaniladigan innovatsion faoliyatga yo‘naltirilgan foyda miqdorini soliqdan ozod etish amaliyotini mamlakat soliq tizimida qo‘llash maqsadga muvofikdir. Investitsion qo‘yilmalarning o‘zini qoplash muddatidan kelib chiqqan holda, ularni qisman yoki to‘liq ozod qilish mumkin. Mazkur tadbir samarali loyixalarni realizatsiya qilishni rag‘batlantirishga xizmat qilgan bo‘lar edi.
Bizningcha, iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonida joriy va istiqbolli ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni amalga oshirishda davlat soliq tizimidan kuchli dastak sifatida foydalanish lozim.
Аdabiyotlar:
- Vahobov A .V. Jo’rayev A.S. Soliqlar va soliqqa tortish: Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik. T. SHarq nashriyoti-2009.
- O`zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi T., 2008 yil.
- Марыганова Е.А., Шапиро С.А. Макроэкономика. Экспресс курс.: учебное пособие. – М.: КНОРУС, 2010.
- http://www. soliq. uz