Данная статья посвящена развитию рыночной экономики, а также изложения пути построения рыночной экономики в Узбекистане и анализу «узбекской модели» рыночной экономики.
Ключевые слова: рыночная экономика, традиционная экономика, административно-командная экономика, свободная экономика, владение.
In this article the meaning of market economy and the steps of development is indicated, the way of Uzbekistan to market economy and «o`zbek modeli» is discussed.
Key words: Market economy, traditional economy, administrative command economy, free economy, ownership.
Iqtisodiy nazariyada ko`pincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog`lab turkumlashga harakat qilinadi. Shu asosda dunyodagi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy tizimining uch ko`rinishi ko`rsatiladi: an`anaviy iqtisodiyot, ma`muriy buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti.
Bozor iqtisodiyoti erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanadi, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko`plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko`pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Aynan bozor munosabatlarining amal qilish darajasiga qarab kapitalizm, sotsalizm kabi tuzumlarni ajratishgan. Xususiy mulkning kelib chiqishi va ijtimoiy mehnat taqsimoti bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo`lishi uchun umumiy sharoiti bo`lib hisoblanadi.Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi. Bozor munosabati mulkchilikning xilma-xilligini taqazo etadi. Chunki har qanday jamiyatning iqtisodiy tizimi mulkchilikdan boshlanadi.
Bozor iqtisodiyotining mazmuni va belgilari haqida gap borganda bu iqtisodiyotning ikki turini bir-biridan farqlash kerak .Bular : erkin (klassik yoki sof) bozor iqtisodiyoti va hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti.
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko`pchilik mamlakatlari uchun xos bo`lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o`ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Xususan, O`zbekiston ham mustaqilligining ilk yillaridanoq bozor iqtisodiyotiga o`tishni o`z oldidagi muhim vazifalardan biri deb hisobladi. Bunda O`zbekiston o`zining o`ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini hamda bu yo`ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyutsion to`ntarishlarsiz, ijtimoiy to`qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qat`iyatlilik bilan bosqichma -bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o`tishdan iborat yo`lni tanladi.
Bu yo`ldagi ishlarni amalga oshirish uchun o`z iqtisodiy, siyosiy, madaniy ahvolimizni inobatga olgan holda tuzilgan modelimiz bo`lishi lozim edi .Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida yurtimiz iqtisodiy ahvolini hisobga olgan holda, jahon standartlariga to`liq javob beradigan «o`zbek modeli» yaratildi.
Bu yo`l haqida birinchi prezidentimiz Islom Karimov o`zining «Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo`lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir» nomli kitobida shunday fikr bildirgan: «O`zbekistonda qabul qilingan, «o`zbek modeli» ijtimoiy yo`naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o`tishning iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, uning siyosatdan ustunligini ta`minlash, davlatning bosh islohotchi vazifasini bajarishi, qonun ustivorligiga erishish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil amalga oshirish kabi mashhur besh tamoyilga asoslangan o`ziga xos yo`li»[1].
Yurtimizda mazkur tartib asosida o`tkazilayotgan islohotlar o`z natijasini bermoqda. Xususan, 2016-yilda yalpi ichki mahsulot 7,8 foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmi 6,6 foizga, qurilish- pudrat ishlari 12,5 foizga, chakana savdo aylanmasi 14,4 foizga, xizmatlar 12,5 foizga, qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 6,6 foizga, jumladan, meva-sabzavot yetishtirish 11,2 foizga, kartoshka yetishtirish 9,7 foizga, sabzavot mahsulotlari yetishtirish 10,4 foizga oshdi.
O`zbekistonda erkin bozor iqtisodoyotining tashkil etilishi yurtimizning iqtisodiy darajasini oshirishga va aholining turmush tarzini yaxshilashga xizmat qilmoqda. Bozor iqtisodiyotining eng muhim sifatlaridan biri xususiy mulkchilikning ustuvorligini ta`minlab, yurtimizdakichik biznes va xususiy tadbirkorlikka katta e`tibor berilmoqda, bu esa o`z navbatida aholini ish bilan ta`minlash, ularning tadbirkorlik qobiliyatini oshirishga xizmat qilmoqda. Bundan keyin ham yurtimizda bozor iqtisodiyotini yanada rivojlantirishmiz, dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatorida biz ham o`z mahsulotlarimizni jahon bozoriga chiqarishimiz lozim.
Аdabiyotlar:
- Shodmonov Sh., Alimov R., Jo`raev T. Iqtisodiyot nazariyasi. Toshkent – Moliya –2002.
- Abdullayev Y. Bozor iqtisodiyoti asoslari. Toshkent – Mehnat. – 1997.
- Ishmuhamedov A.E., Sitdikova L.A., Ishmuhamedov L., Sunnatov M.N. Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari. Toshkent. – 2004.
- www.ziyouz.com kutubxonasi
[1] Islom Karimov ''Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo`lida xizmat qilish - eng oliy saodatdir'' Toshkent ''O`zbekiston'' 2015. 126-bet