Ingliz tilini o’rgatuvchi web-sayt yaratish va inglizcha nutqni tanitish
Авторы: Хужамуратов Бекмурод Хужамурот угли, Жабборов Дилшодбек
Рубрика: Спецвыпуск
Опубликовано в Техника. Технологии. Инженерия №3 (5) июнь 2017 г.
Дата публикации: 14.07.2017
Статья просмотрена: 581 раз
Библиографическое описание:
Хужамуратов, Б. Х. Ingliz tilini o’rgatuvchi web-sayt yaratish va inglizcha nutqni tanitish / Б. Х. Хужамуратов, Дилшодбек Жабборов. — Текст : непосредственный // Техника. Технологии. Инженерия. — 2017. — № 3.1 (5.1). — С. 54-57. — URL: https://moluch.ru/th/8/archive/62/2645/ (дата обращения: 17.12.2024).
Web-saytni yaratishda MySQL da yaratilgan ma’lumotlar bazasidan foydalanamiz. Saytni yaratishda PHP, HTML va CSS lardan foydalanamiz.
Asosiy qism
Ingliz tilini o’rgatuvchi web-sayt yaratish uchun ishni web-ishlanmaning xaritasini tuzib olish kerak bo’ladi. Web-saytning xaritasini quyidagi tartibda tuzib olamiz.
1-rasm. Web-saxifaning xaritasi
Dasturni PHP skriptli tilidan foydalangan holda yaratamiz va MySQL ma’lumotlar bazasiga bog’laymiz.
Web-saytning asosiy oynasining yuqori footer qismida sayt muallifining electron manzili va telefon raqamlari keltirilgan, kimda o’quv kurslar yoki sayt bo’yicha savol tug’iladigan bo’lsa, muallif pochtasiga xat jo’natishi mumkin, yoki telefon raqamiga qo’ng’iroq qilish imkoniyatiga ega. Web-sayt barcha tushinadigan qilib yaratilgan, Insonning tovushini aniqlovchi bo’lim ham shu sahifada mavjud, foydalanuvchi ro’yxatdan o’tgandan keyin asosiy menyuda Speech Rec paydo bo’ladi. Asosiy oynaning ko’rinishi quyidagicha:
2-rasm. Asosiy oynaning yuqori qismi.
Asosiy oynada joylashgan xizmatlar bo’limi quyidagi rasmda keltirilgan:
3-rasm. Asosiy oynaning xizmatlar bo’limi.
Xizmatlar bo’limidan keyin inson tovushini aniqlovchi bo’lim paydo bo’ladi, bunda mikrofon tugmasini bosib, ingliz tilida gapirishimiz kerak va biz gapirgan gapning tovushini kompyuter tekst qilib yozadi.
4-rasm. Asosiy oynaning Ingliz tilida so’zlarni tekstga aylantirish bo’limi.
Foydalanuvchi ro’yxatdan o’tishi uchun Sign Up menyusiga tashrif buyurishi kerak.
5-rasm. Ro’yxatdan o’tish bo’limi.
Ro’yxatdan o’tgandan so’ng tizimga kirish uchun LOG IN menyusini tanlash kerak.
6-rasm. LOGIN oynasi.
Foydalanuvchi username va parolni kiritgach Login tugmasini bosishi kerak.
Menuga qo’shimcha tarzda dropdown qo’yilgan bo’lib, unda Example test, Gallery va Teachers oynalari keltirilgan.
Example test oynasida asosan so’zlarni to’ldirish bo’yicha testlar kiritilgan. Bunda 4 ta javob berilgan testlarni belgilab to complete the test tugmasi bosilsa natijani chiqarib beradi.
7-rasm. Example test oynasi.
Contacs Us oynasida taklif va shikoyatlarni yozib jo’natish mumkin bo’ladi. Bunda yuboruvchining ismi, e-mail manzili, taklifning mavzusi va asosiy takliflar kiritiladi.
8-rasm. Contact Us oynasining ko’rinishi.
Xulosa
Ingliz tilini o’rgatish uchun web-sayt yaratildi, test oynasi qo’shildi, ro’yxatdan o’tish tizimi o’rnatildi, ingliz tilidagi nutqni tanish tizimi yaratildi. Qo’shimcha tarzda saytning administrator qismi ham yaratildi va joriy qilindi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
- A. Schmitt, D. Zaykovskiy, W. Minker, Speech recognition for mobile devices// International Journal of Speech Technology, Springer, 2008. Vol.11, Pp. 63-72.
- M. Pinola, Speech recognition through the decades: how we ended up with Siri, [Электронный ресурс] // PCWorld, 2011. URL: http://www.techhive.com/article/243060/speech_recognition_ through_the_decades_how_we_ended_up_with_siri.html?page=0.
- B. Johnson, How Siri works, [Электронный ресурс] // How Stuff Works. URL: http://electronics.howstuffworks.com/gadgets/high-techgadgets/siri2.htm.