Axborot kommunikatsiya tizimida xavfsizlik texnikasi | Статья в журнале «Образование и воспитание»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Библиографическое описание:

Аллабергенова, Д. К. Axborot kommunikatsiya tizimida xavfsizlik texnikasi / Д. К. Аллабергенова, Ш. У. Кадамбоева. — Текст : непосредственный // Образование и воспитание. — 2018. — № 3.1 (18.1). — С. 5-7. — URL: https://moluch.ru/th/4/archive/94/2668/ (дата обращения: 17.12.2024).



Annatatsiya: Ushbu maqolada atrof-muxitni muhofaza qilish va axborot kommunikatsiya tizimida xavfsizlik texnikasi haqida keltirilgan.

Kalit so`zlar: xavfsizlik, xavfsizlik texnikasi, xavf, xavfli zona, tavakkalchilik, to‘siq, blokirovka, saqlagichlar, signal, xavfsizlik belgilari.

Kirish.

XX asrning oxirgi o‘n yilligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) insonlar hayot tarzi va jamiyat rivojiga ta’sir qiluvchi asosiy omillardan biri bo‘lib qoldi. Bugungi kunda kishilik jamiyatida axborot–kommunikatsiya texnologiyalarini jadal rivojlanishi natijasida insonlar hayotining barcha yo‘nalishlarida chuqur o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Axborot–kommunikatsiya texnologiyalari inson hayotining barcha jabhalarini, ya’ni ish faoliyatini ham, muloqotini ham, maishiy va madaniy sohalarini ham qamrab olmoqda. Ular har bir odamga hayot kechirish darajasini rivojlantirish va yaxshilash uchun katta imkoniyatlarni ochib bermoqda hamda insonni yolg‘izlikdan chiqarib, jahon axborot jamiyatiga qo‘shilishiga imkoniyat yaratmoqda.

Respublikamiz hukumati tomonidan AKTga oid zarur me’yoriy-huquqiy baza yaratilib, u 11 ta ixtisoslashtirilgan (sohaviy) va 6 ta o‘zaro bog‘langan qonunlar, O‘z.R. Prezidentining 3 ta farmoyishi, O‘z.R. Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining 40 dan ortiq qarorlari hamda 600 ta qonunosti hujjatlarni o‘z ichiga olgan.

II. Asosiy qism.

Xavfsizlik texnikasi deb xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlashga qaratilgan texnik tadbirlar va ish usullari majmuiga aytiladi. Ma’lumki har qanday texnik qurilma xavfli zonalarga ega bo‘ladi. Xavfli zonalar deb mashina yoki mexanizmning ichki qismida yoki tashqi tomonida doimiy yoki davriy ravishda unda ishlayotgan ishchi uchun xavf sodir bo‘ladigan maydoni tushuniladi. Xavf real va yashirin turlarga bo‘linadi. Shu sababli har qanday mashina-mexanizmning konstruksiyasi quyidagi umumiy va xususiy talablarga javob berishi zarur: 2[1]

Umumiy talablar:

 mashina va mexanizmlarning harakatlanuvchi va aylanuvchi mexanizmlari himoyalangan yoki himoya qobiqlari bilan to‘silgan, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashga qulay qilib joylashtirilgan bo‘lishi;

 konstruksiya elementlari o‘tkir qirrali yoki g‘adir-budir yuzali bo‘lmasligi (agar mashinaning funksional vazifasi talab etmasa), mashinada hosil bo‘ladigan issiq yoki sovuq detallarga ishchi tana a’zolarining qo‘qqisdan tegib ketish oldi olingan bo‘lishi;

 tarkibiy qismlar (elektr simlari, truba quvurlari va b.) qo‘qqisdan uzilishi yoki yorilib ketmasligi;

 mashinaning (mobil mashinalarda) transport holatidagi gabarit o‘lchami ixcham, xavfsiz va yo‘lda harakatlanish, elektr liniyalari ostidan o‘tishga qulay bo‘lishi;

 mashina yoki mexanizm ishlashi natijasida ajralib chiqadigan zararli moddalar ruxsat etilgan miqdor darajasida bo‘lishi va u ishchi joylashgan muhitga tarqalmasligi zarur.

Xususiy talablar esa mashinaning yoritilganlik, shovqin, titrash va shu kabi ko‘rsatkichlarini sanitar-gigienik talablar doirasida bo‘lishi, tormoz qurilmalarining ishonchliligi, boshqarishni qulay bo‘lishi va texnik –estetik talablarni o‘z ichiga oladi.

Xavfsizlikni ta’minlovchi tadbirlar va muxandislik-texnik vositalar.

Xavf darajasini kamaytirish asosan quyidagi tadbirlar orqali amalga oshiriladi:

 xavfsiz texnikalarni loyihalash va ishlab chiqish;

 xavfdan himoyalashning muhandis-texnik vositalaridan foydalanish;

 xavfsiz, zamonaviy texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va tadbiq etish;

 ishchi –xodimlarni xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish.

Xavfsizlikni ta’minlovchi muhandislik-texnik vositalariga quyidagilar kiradi:

1.To‘siq qurilmalari (qo‘zg‘aluvchi, qo‘zg‘almas, doimiy, vaqtinchalik)).

2. Blokirovkalash moslamalari.

3.Saqlash qurilmalari (mexanik zo‘riqishlardan saqlovchi; mashinalardagi harakatlanuvchi mexanizmlarni belgilangan chegarada harakatlanishini taminlovchi; bosim va haroratni ruxsat etilgan meyordan oshishini taqiqlovchi; elektr toki kuchini ruxsat etilgan miqdordan oshmasligini taminlovchi;

4. Tormozlar.

5. Masofadan (distansion) boshqarish qurilmalari.

1-rasm. Turli shakldagi ish jоylariga qo’yiladigan xavfsizlik talablari

1-jadval

Kоrxоna, tashkilоt va muassasalarda HFXni lоyihalash tizimi[2]

t/r

Lоyihalash ishlari

Оlib bоriladigan tadbirlar

1.

Texnоsferaning xavfsizlik ko’rsatgichlarini ajratish

- ish buyumlari

- uskunalar

- imоratlar

- inshооtlar

- quvvatlar

- mahsulоtlar

- texnоlоgik jarayonlar

- iqlim ko’rsatgichlari

- flоra-faunalar

- ishchilar

- ish jоylari va h.k.

2.

Xavfsizlik ko’rsatgichlarini identifikatsiyalash

Ajratilgan ko’rsatgichlarning xavflar ro`yxatini tuzish

3.

HFX оmillarini aniqlash va xavflar shajarasini tuzish

Xavflilik sabablarini aniqlash va ularni tizimlashtirish

4.

Xavflarning sоn va sifat jihatdan bahоlash

Xavfsizlikni ta`minlash lоzim bo’lgan оb`ektlarning ro’yxati va darajalari

5.

HFX maqsadini aniqlash

Xavfsizlik darajalarini belgilash

6.

Xavfsizlik ko’rsatkichlari bo’yicha оb`ektlarni umumiy bahоlash

Integral(sоn) bahоlash yoki ball (sifat) ko’rsatkichlarining umumiy bahоsi

7.

Asоslash, metоdlarini belgilash va xavfsizlik vоsitalari

Xavfsizlikni asоslash, ularni ta`minlash metоdlarini belgilash va alternativ yo’llarini rejalashtirish

8.

Alternativ yo’llarning avzalligi va kamchiliklari, salbiy va ijоbiy tоmоnlarni tahlil qilish

Xavfsizlikning оptimal turlarini tanlash

9.

Qabul qilinishi mumkin bo’lgan asоs, metоd va vоsitalarni tahlil qilish

Оptimallashtirish chоralarini tanlab оlish

10.

Iqtisоdiy tahlil

Mоddiy va mоliyaviy imkоniyatlarni chamalash

11.

Оptimallashtirish

Chоra-tadbirlarni texnik, texnоlоgik, ijtimоiy va iqtisоdiy samaradоrligini belgilash

Ish jоyi:

1. Mehnat faоliyatini yurituvchi yoki yurituvchilarning harakat qilish zоnasi.

2. Sub`ektning mehnat faоliyatini оlib bоrish zоnasi.

Lоyiha:

1. Birоr inshоat yoki buyumni yaratish uchun tuzilgan hujjatlar (hisоb-kitоb va chizmalar) majmuasi.

2. Birоn bir hujjatning avvaldan tuzilgan, lekin tasdiqlanmagan matni.

3. Muayyan bir ishni avvaldan tuzilgan bajarish rejasi.

Ko’rsatgich – ma`lum bir hоlat, harakat, jarayon, hоdisa, faоliyat turi mezоnlari.

Daraja – muayyan bir hоlat, harakat, jarayon, hоdisa va faоliyat turining belgilangan ko’rsatgichlarini sоn va sifat jihatdan bahоlash uchun tasniflash (klassifikatsiyalash).

Оptimallashtirish – muayyan bir hоlat, harakat, jarayon, hоdisa va faоliyat turining darajasining (xavfsizlik, unumdоrlik, hоsildоrlik...) eng samarali va maqbul metоdini tanlab оlish hamda tadbiq etish.

Alternativa – mumkin bo’lgan ikki va undan оrtiq qarоr, yo’l, metоd, kоntseptsiya, reja, dastur kabilarning muqоbil varianti.

Shajara – muayyan bir ko’rsatgichlarning kelib chiqishi va alоqadоrlik qоnuniyatlari.

Identifikatsiya:

1. Hоlat, vaziyat, jarayon, hоdisa va faоliyat ko’rsatgichlarini tahlil qilish оrqali eng muqоbillarini tanlab оlish.

2. Umumiy va hususiy belgilarga qarab оb`ekt yoki shaxsning aynanligini aniqlash.

Texnоlоgiya:

1. Mahsulоtlar ishlab chiqarish jarayonida xоmashyo, material yoki yarimfabrikatga ishlоv berish, tayyorlash va ularning hоlati, xоssalari va shaklini o’zgartirish metоdlari majmui, to’g’rirоg’i tizimi.

2. Ta`lim va tarbiya jarayonini tashkil etish, bоshqarish, tegishli faоliyatni оlib bоrish metоdlari tizimi.

Ishlab chiqarish sanitariyasi – ishlоvchilarga ishlab chiqarishdagi zararli оmillarning ta`sir etishining оldini оluvchi tashkiliy, gigienik, sanitar, texnik tadbirlar hamda vоsitalar tizimi.

Signalizatsiya va xavfsizlik belgilari sistemasi.Signal qurilmalari vazifasiga ko‘ra ogohlantiruvchi, halokatga oid, tekshirish (kontrol) va bog‘lovchi bo‘ladi. Ishlash prinsipiga ko‘ra esa yorug‘lik signali, tovush signali, rang va belgi signallariga bo‘linadi.

Yorug‘lik signallariga gabarit chiroqlar, to‘xtash signallari (“Stop-signal”), burilish ko‘rsatkichlari va boshqalar misol bo‘la oladi. Yorug‘lik signallari shovqin darajasi 60-70 Db.dan yuqori bo‘lgan holatlarda ishlatiladi.

Rang va belgi signallaridan xavf to‘g‘risida malumot berish maqsadida foydalaniladi. Masalan, belgilangan standartlarga muvofiq qizil rang-“Taqiqlovchi”, ”To‘xta”, “Aniq xavf”; sariq rang – “Diqqat”, ”Xavf to‘g‘risida ogohlantirish”; yashil rang -“Xavfsiz”, ”Ruxsat”, ”Yo‘l ochiq”; ko‘k rang-“malumot” manolarini bildiradi.

Xavfsizlik belgilari standart bo‘yicha to`rt guruhga ajratiladi: taqiqlovchi, ogohlantiruvchi, ko‘rsatuvchi va buyuruvchi.

Taqiqlovchi belgilar biror bir harakatni taqiqlash yoki cheklash uchun ishlatiladi.Ular yumaloq shaklga ega bo‘ladi.

Ogohlantiruvchi belgilar xavf bo‘lish ehtimoli to‘g‘risida malumot beradi va uchburchak shaklga ega bo‘ladi.

Buyuruvchi belgilar aniq talablar asosida biror harakatni amalga oshirishga ruxsat etishni ko‘rsatadi, kvadrat shaklda bo‘ladi.

Ko‘rsatuvchi belgilar to‘rtburchak shaklga ega bo‘lib turli xil ob`ektlar joyini,manzilini ko‘rsatish uchun ishlatiladi.

Mashina va mexanizmlardan foydalanish xavfsizligini va qulayligini oshirish maqsadida masofadan boshqarish (“distansion”) qurilmalardan ham keng foydalaniladi. Ular ishlash prinsipiga ko‘ra mexaniq, gidravlik, pnevmatik, elektrik va kombinatsiyalashgan turlarga bo‘linadi.

III. Xulosa.

Globallashuv jarayonlari chuqurlashayotgan va milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi o‘sayotgan pallada telekommunikatsiya sanoatining iqtisodiyotning alohida sohasi sifatida rivoj topishi hamda iqtisodiyotning boshqa sohalarida AKTning qo‘llanishiga doir masalalar ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Texnik imkoniyatlarning kengayishi va mazkur sanoatning salohiyatini amaliyotda to‘laqonli qo‘llash milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini kuchaytirishda muhim rol o‘ynaydi hamda shu tarzda xususiy va davlat tuzilmalarning strategik barqarorligini ta’minlaydi.

Aloqa va axborotlashtirish sohasida sifatli faoliyatni ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida axborot texnologiyalarini keng ko‘lamda qo‘llash va jahon axborot hamjamiyatiga kirish uchun qulay sharoitlarni yaratishdan iboratdir.

Adabiyotlar:

1. Introduction to Health and Safety at Work. Phil Hughes, Ed Ferrett. The Boulevard, Langford Lane, Kidlington, Oxford OX5 1GB, UK. ISBN: 978-0-08-097070-7.

2. Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги ва экология менежменти (чизмалар, тушунчалар, фактлар ва рақамларда): дарслик / А.Нигматов, Ш.Мухамедов, Н.Хасанова. – Т.: Наврўз. 2014.


[1]2Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги ва экология менежменти (чизмалар, тушунчалар, фактлар ва рақамларда): дарслик / А.Нигматов, Ш.Мухамедов, Н.Хасанова. – Т.: Наврўз. 2014.

[2] Introduction to Health and Safety at Work. Phil Hughes, Ed Ferrett. The Boulevard, Langford Lane, Kidlington, Oxford OX5 1GB, UK. ISBN: 978-0-08-097070-7.

Основные термины (генерируются автоматически): HFX, ISBN, AKT, III.

Ключевые слова

xavfsizlik, xavfsizlik texnikasi, xavf, xavfli zona, tavakkalchilik, to‘siq, blokirovka, saqlagichlar, signal, xavfsizlik belgilari

Похожие статьи

Pul ekvivalentlari tushunchasi: respublikamiz va xorij amaliyotida

Ushbu maqolada respublikamiz hamda xalqaro amaliyotda pul ekvivalentlarining turlari, O’zbekiston sharoitida pul ekvivalentlari tarkibini takomillashtirish borasida fikr yuritilgan.

Nutqni tanishda sphinx tizimini qo’llashning ahamiyati

Ushbu maqolada nuqtni tanishning online API lari, ularning imkoniyatlari va kamchilik tamonlari, nuqtni tanish tizimlarida offline ishlovchi Sphinx tizimidan foydalanishning afzallik tamonlari to’g’risida so’z yuritilgan.

Ingliz tilini o'qitishdagi zamonaviy ta'lim texnologiyalari

Ushbu maqolada til va uni o’rganishda foydalaniladigan zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan bir nechtasi yoritib berilgan.

Ta’limda axborot texnalogiyalarining vujudga kelish tarixi

Maqolada ta’limda axborot texnalogiyalarining rivojlanish tarixi yoritib berilgan. Axborotning yuzaga kelishidan boshlab bugungi kunga qadar evolyutsiyasi ko‘rsatilgan.

O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish

Ushbu maqolada O’zbekiston Republikasi tomonidan ta’lim soxa bo’yicha olib borilayotgan isloxotlar ochib berilgan. O’zbekistondagi chet-tiliga bo’lgan qiziqish hamda chet-tilini mukammal egallash yuzasidan qilinayotgan ishalar ko’rsatib o’tilgan

Tarix fanining o’qitilishida tarixiy davrlarni solishtirish jarayonlarining ahamiyatli jihatlari

Maqolada mamlakatimiz yoshlarida tarixiy bilimlarni yuqori darajada shakllantirish, bu jarayonda O’zbekiston tarixi fanini o’qitish sifatini ta’minlashda vatanimiz tarixining turli davrlarini solishtirish jarayoni orqali qoloqlik va taraqqiyot omilla...

Ingliz tilini o’qitishda zamonaviy innоvatsion texnologiyalaridan foydalanish

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida chet tillariga berilgan katta ahamiyat hamda ularni o’rganish uchun zarur bo’lgan innovatsion texnologiyalar yoritilgan

So‘z birikmasining valentlik vazifasi

Ushbu maqolada so‘z birikmalarining boshqa birliklar bilan birikishi hamda imkoniyati va xususiyatlari, valentlik hodisasini o‘rganish va uning turlarini farqlash ko’rib chiqilgan.

Tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan fizika fanida ishlash

Ushbu ishda biz o'qituvchilik faoliyatining boshida yosh o'qituvchida yuzaga keladigan muammolarni ko'rib chiqamiz.

Qimmatli qog’ozlar buxgalteriya hisobining ob’yekti sifatida me’yoriy-huquqiy asoslari

Ushbu maqolada qimmatli qog’ozlarning iqtisodiy kategoriya ekanligi, respublikamizda uning turlari, buxgalteriya hisobida qimmatli qog’ozlar hisobini aktivlar sifatida takomillashtirish masalalari o’rganilgan.

Похожие статьи

Pul ekvivalentlari tushunchasi: respublikamiz va xorij amaliyotida

Ushbu maqolada respublikamiz hamda xalqaro amaliyotda pul ekvivalentlarining turlari, O’zbekiston sharoitida pul ekvivalentlari tarkibini takomillashtirish borasida fikr yuritilgan.

Nutqni tanishda sphinx tizimini qo’llashning ahamiyati

Ushbu maqolada nuqtni tanishning online API lari, ularning imkoniyatlari va kamchilik tamonlari, nuqtni tanish tizimlarida offline ishlovchi Sphinx tizimidan foydalanishning afzallik tamonlari to’g’risida so’z yuritilgan.

Ingliz tilini o'qitishdagi zamonaviy ta'lim texnologiyalari

Ushbu maqolada til va uni o’rganishda foydalaniladigan zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan bir nechtasi yoritib berilgan.

Ta’limda axborot texnalogiyalarining vujudga kelish tarixi

Maqolada ta’limda axborot texnalogiyalarining rivojlanish tarixi yoritib berilgan. Axborotning yuzaga kelishidan boshlab bugungi kunga qadar evolyutsiyasi ko‘rsatilgan.

O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish

Ushbu maqolada O’zbekiston Republikasi tomonidan ta’lim soxa bo’yicha olib borilayotgan isloxotlar ochib berilgan. O’zbekistondagi chet-tiliga bo’lgan qiziqish hamda chet-tilini mukammal egallash yuzasidan qilinayotgan ishalar ko’rsatib o’tilgan

Tarix fanining o’qitilishida tarixiy davrlarni solishtirish jarayonlarining ahamiyatli jihatlari

Maqolada mamlakatimiz yoshlarida tarixiy bilimlarni yuqori darajada shakllantirish, bu jarayonda O’zbekiston tarixi fanini o’qitish sifatini ta’minlashda vatanimiz tarixining turli davrlarini solishtirish jarayoni orqali qoloqlik va taraqqiyot omilla...

Ingliz tilini o’qitishda zamonaviy innоvatsion texnologiyalaridan foydalanish

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida chet tillariga berilgan katta ahamiyat hamda ularni o’rganish uchun zarur bo’lgan innovatsion texnologiyalar yoritilgan

So‘z birikmasining valentlik vazifasi

Ushbu maqolada so‘z birikmalarining boshqa birliklar bilan birikishi hamda imkoniyati va xususiyatlari, valentlik hodisasini o‘rganish va uning turlarini farqlash ko’rib chiqilgan.

Tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan fizika fanida ishlash

Ushbu ishda biz o'qituvchilik faoliyatining boshida yosh o'qituvchida yuzaga keladigan muammolarni ko'rib chiqamiz.

Qimmatli qog’ozlar buxgalteriya hisobining ob’yekti sifatida me’yoriy-huquqiy asoslari

Ushbu maqolada qimmatli qog’ozlarning iqtisodiy kategoriya ekanligi, respublikamizda uning turlari, buxgalteriya hisobida qimmatli qog’ozlar hisobini aktivlar sifatida takomillashtirish masalalari o’rganilgan.

Задать вопрос