Virtual qabulxona | Статья в журнале «Образование и воспитание»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 4 января, печатный экземпляр отправим 8 января.

Опубликовать статью в журнале

Библиографическое описание:

Сабиров, Б. И. Virtual qabulxona / Б. И. Сабиров. — Текст : непосредственный // Образование и воспитание. — 2018. — № 3.1 (18.1). — С. 22-24. — URL: https://moluch.ru/th/4/archive/94/2660/ (дата обращения: 22.12.2024).



Xozirgi kunda barcha viloyat va tumanlarda O‘zbekiston Prezidentining xalq qabulxonalari ochilmoqda. Bu esa o`z navbatida barcha davlat o`rganlari va idora tashkilotlarning ham fuqorolaring murojatlarini ko`rib chiqishiga sabab bo`ladi. 28-dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi bunga ko`ra , O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi aholining eng dolzarb muammolarini hal etish imkonini beruvchi, davlat hokimiyati va boshqaruvi, xo‘jalik boshqaruvi organlari, barcha darajadagi hokimiyatlar bilan fuqarolar o‘rtasidagi hamkorlikning samarali mexanizmiga aylantirish maqsad qilib qo`yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi faoliyati davlat organlarining murojaatlar bilan bog‘liq ishni tashkil etishda ularni ko‘rib chiqish tartibi va muddatlariga, rasmiyatchilik, byurokratizm va sanksiyadorlik holatlariga doir qator tizimli kamchiliklarni aniqladi.

2017-yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinganligi, hamda aholining O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi ishi to‘g‘risidagi ko‘plab ijobiy fikrlarini e’tiborga olib, barcha darajadagi davlat organlari faoliyatida “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyilni amalda qaror toptirish, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish maqsadida:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonalari tashkil qilinmoqda.

Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya qilishga qaratilgan, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi va samarali tizimi faoliyatini ta’minlash. fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oliy Majlisga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga, Hukumatga, davlat boshqaruvi organlariga, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, boshqa davlat tashkilotlariga va xo‘jalik boshqaruvi organlariga murojaat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqlarining so‘zsiz amalga oshirilishi uchun sharoitlar yaratish.

Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushgan murojaatlar “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qat’iy amal qilgan holda, to‘liq, xolis va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini tashkil etish.

Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushgan hamda tegishliligi bo‘yicha davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlariga yuborilgan murojaatlar ko‘rib chiqilishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni amalga oshirish.

Jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining qabullarini davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari ishtirokida, shu jumladan, videokonferensialaloqa orqali o‘tkazish.

Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushayotgan murojaatlarning qayd etilishi, umumlashtirilishi, tizimlashtirilishi va ko‘rib chiqilishi ustidan nazorat qilinishi bo‘yicha yagona elektron axborot tizimini joriy etish va yuritish yo‘li bilan murojaatlar bilan ishlashda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish.

Virtual qabulxonaga kelib tushgan, ariza va shikoyatlar qanday soxaga tegishliligiga ko‘ra davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlariga yuborilgan murojaatlarni qabul qilish, qayta ishlash, ko‘rib chiqish va ular bo‘yicha qarorlar qabul qilinishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni amalga oshirish, mazkur sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi, aybdor shaxslar javobgarligining muqarrarligini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish, murojaatlarga asos bo‘lgan tizimli qonunbuzarliklarning sababi va shart-sharoitlarini aniqlash yuzasidan doimiy tahlillar o‘tkazish, murojaatlar bilan ishlashni yanada takomillashtirish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni kengaytirish, aholining davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

Xalq qabulxonalari kadrlar tarkibini aholi bilan bevosita ishlash uchun zarur bilimga, tashkilotchilik va tahlil qilish qobiliyatiga, shuningdek, ma’naviy-axloqiy va psixologik fazilatlarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan shakllantirish, to‘ldirish va mustahkamlab borish, davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlarining murojaatlar bilan ishlash borasidagi faoliyati haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga muntazam axborot berib borish, murojaatlar bilan ishlash natijalari ommaviy axborot vositalarida tizimli yoritib borilishini tashkil etishdan iborat.

Virtual qabulxona yaratishda zamonaviy kampyuter texnologiyalaridan foydalanish xozirgi kunda fuqorolar murojatini qabul qilishda foydalanuvchiga qulay, ximoyalangan sifatli xizmat ko`rsatish uchun turli xil dasturlarda ishlay oladigan mexanizimini yaratish.

Inson faoliyatining turli sohalarida axborot texnologiyalari va internet texnologiyalarini qo‘llash avtomotlashtirilgan tizimlarda boshqarish, qabul qilinadigan yechimlar va ma’lumotlarni qayta ishlash sifatini oshiradi. Boshqaruvni qulay, takomillashgan usulini yaratadi va jahon axborot tizimlari bilan integratsiyalashishiga zamin yaratadi.

Bugungi kunda Respublikamiz barcha viloyatlarida xalq qabulxonalarning axborot tizimlarini yaratish va uni amalda qo‘llash ishlari keskin ravishda olib borilmoqda.

Respublikamiz birinchi Prezidentining 2002 – yil 30 – maydagi ― “Kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalarini rivojlantirish to‘g‘risida”gi farmoni, Vazirlar mahkamasining 2001 – yil 23 – maydagi ― “Internetning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta‘minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori, 2015-yil 9-dekabrdagi “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonuni va korxonalarni modernizatsiya qilish texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etishdan ko‘rinib turibdiki hozirgi kunda fuqarolarimizning internetdan keng ko‘lamda foydalanishiga imkon beradi.

Prezidentimiz takidlaganidek “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyilni qaror toptirishda shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlarini sifat jihatidan yangi tizimni joriy etish maqsadida O’zbekistonning barcha idora tashkilotlarida bunday virtual qabulxonalarni tashkil etish va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan keng ko’lamda foydalanish maqsadga muofiqdir.

Adabiyotlar:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yO‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi.

2. Aripov A.N. Davlat boshqaruvida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari. Umumiy tushunchalar. Jahon tajribasi. O‘zbekistonda joriy etish istiqbollari. UNDP Digital Development Initiative Programme. –Toshkent, 2005. – 204 b.

3. Леон, Аткинсон. MySQL. Библеотека профессионала. – M.: Издательский дом «Вильям», 2002. – 624 с.

4. Дари К. и другие. AJAX и PHP. Разработка динамических веб-приложенией. – Санкт-Петербург, Москва. 2006. – 332 с.

5. Ульман Ларри. Основы программирования на РНР: Пер. с англ. -М.: ДМК Пресс, 2001. -288 с.: ил. (Самоучитель).

Основные термины (генерируются автоматически): AJAX, PHP, UNDP.
Задать вопрос