Ushbu maqolada o‘zbek va tojik tili izohli lug‘atlarida berilgan ayrim xalq og‘zaki ijodi janrlari atamalarining bir-biri bilan bog‘liq va farqli jihatlari tahlil qilinadi. Xalq og‘zaki ijodi hosilasi sanalgan maqol, latifa va iboralarning o‘zbek va tojik tilidagi variantlari berilib, misollarning madaniy, tarixiy bog‘liqligi o‘zaro solishtiriladi.
Kalit so‘zlar: folklor, janr, doston, afsona, maqol, latifa, zarbulmasal, chiston
В данной статье анализируются взаимосвязанные и противоречащие друг другу понятия некоторых жанров устного народного творчества, приведенные в толковых словарях узбекского и таджикского языков. Даны варианты пословиц, анекдотов и словосочетаний на узбекском и таджикском языках, являющиеся плодом устного народного творчества, сопоставлены культурные и исторические признаки.
Ключевые слова: узбекское устное народное творчество, таджикское устное народное творчество, фольклор, жанр, поэма, миф, пословица, анекдот.
O‘zbek xalqi o‘zining chegaradosh qo‘shni xalqlar bilan ko‘pgina o‘zaro tarixiy, madaniy, iqtisodiy va ilmiy sohalarda mushtarak munosabatlari mavjud. Jumladan, tojik va o‘zbek xalqlari xalq og‘zaki ijodi namunalarining bir-biriga hamohangligi seziladi. Folklor janrlari orasida afsona, latifa, zarbulmasal, qo‘shiq namunalari mazkur ikki qardosh millat xalq og‘zaki ijodida mazmun, sujet, obraz jihatlaridan bir umumiy ko‘rinishni namoyon qiladi.
Tojikistonlik adabiyotshunos olim A.Samadov o‘zining “Пайвандҳои дўсти ва адаби” (“Do‘stlik va adabiylik payvandlari”) kitobida o‘zbek va tojik xalqi og‘zaki ijodi o‘rtasidagi adabiy munosabatlar to‘g‘risida quyidagicha fikr bildiriladi: “O‘zbek va tojik xaqlari adabiyoti o‘rtasidagi aloqa eng birinchi uning og‘zaki ijodida namoyon bo‘ladi. Ikki xalq og‘zaki ijodida afsona, maqol, latifa doston va qo‘shiqlar o‘zining mazmun mundarijasi hamda g‘oyasi jihatidan yaqinlik kasb etadiki, bu holat janrlarning ba’zan qaysi xalqning ijodiy me’rosi ekanligini aniqlashda qiyinchilik tug‘diradi.” [9]
Ta’kidlash joizki, tojik-u o‘zbek xalq og‘zaki ijodi dostonchiligida qahramonlik dostonlari alohida o‘ringa ega. Bu folklor namunalari orasida Alpomish, Go‘ro‘g‘li, To‘maris, Rustam, Siyovush kabi obrazlarning shaxs g‘ururi, vatanga muhabbat, elga xizmat qilish istagi yetakchi g‘oya darajasida ilgari suriladi hamda vatanga xiyonat qilgandan ko‘ra o‘limni afzal ko‘rgan Ravshan, butun harakatini parchalangan yurtni birlashtirishga bag‘ishlagan Alpomish, o‘z yurtini ichki va tashqi dushmandan himoya qilgan Go‘ro‘g‘li kabi el botirlari kuylanadi.
O‘zbek va tojik xalq og‘zaki ijodiga oid bo‘lgan so‘zlarning izohi bu ikki xalqning o‘z izohli lug‘atlarida berilgan. Tojik xalqining 1969-yilda nashr etilgan “Фарханги забони точики” lug‘at kitobi ikki asosiy qismdan iborat bo‘lib, u X asrdan to XX asrgacha bo‘lgan 45000 ta so‘z va iborlar izohini o‘z ichiga oladi. Keyinchalik 2008-tilda Sayfiddin Nazarzoda, Ahmadjon Sanginov va boshqa mualliflar tahriri ostida 2 jilddan iborat “Фарxанги тафсирии забони точики” ya’ni “Tojik tili izohli lug‘ati”ning yangi nashri chop etildi [6].
Xalq og‘zaki ijodidagi yaqinlik, hamohanglik nafaqat afsona va dostonlarda balki turli zarbulmasal, maqol chiston va topishmoqlarda yorqin namoyon bo‘ladi. Bu masal, maqol va topishmoqlar ikki tilda aks etgan bir mazmunni ifodalagandek go‘yo. Shuni qayd etib o‘tish lozimki, ikki xalq adiblari mazkur janr turkumlarini aynan iqtibos keltirish va tarjima qilish tarzida o‘z asarlarida qo‘llaydilar.
Masalan, S.Ayniy, J.Ikromi, R.Jalil singari tojik yozuvchilari “So‘rab berguncha urib ber”, “Ot kimniki? Minganniki” singari maqollar, “Tayyor oshga bakovul”, “Ba’zi kunlarning qurboni bo‘lay” kabi obrazli o‘zbek iboralarni keng qo‘llaydilar. O‘zbek adabiyotida ham bu holat kam emas. Masalan, “Devona, gurez ki mast omad”, “Murosayu madoro”, “Tarki odat amri mahol”, “Insof dori baraka” kabi tojik maqol va iboralari shu jumladandir. Ba’zan zarbulmasal va maqollar tarjima yo‘li bilan ham istifoda qilinadi: «Агар ба туй рави шикаматро сер карда рав» ya’ni «To‘yga borsang to‘yib bor, To‘rqa to‘ning kiyib bor»; «Девона ба кори худ хушёр» “Devona o‘zining ishiga hushyor” va boshqalar.
Xalqlarimiz og‘zaki ijodining barcha janrlari, xususan, latifalar o‘rtasida ham mushtarak aloqalarni keltirish mumkin. Ikki xalq latifalarining o‘ziga xos zohiriy xususiyatlari bo‘lsa-da, ularning mavzu, mazmun, tasvir vositalari va obrazlar talqinida kamdan-kam farq seziladi. Bular orasida «Ду хара борро бардошт» («Ikki eshakning yuki»), «Дар қиёмат сару либос» («Qiyomat»), «Думаш дар хўрчин» («Dumi xurjunda»), «Доруи мушкушак» («Sichqon dori») va boshqalarni misol keltirish mumkin [7].
Yuqorida nomi tilga olingan ba’zi xalq og‘zaki ijodiga oid terminlarning mushtarak jihatlarini o‘zbek va tojik xalqi izohli lug‘atlarida berilgan janrlar izohida yana bir bor guvohi bo‘lishimiz mumkin:
1-jadval
T/r |
O‘zbek tilining izohli lug‘ati |
Фарханги тафсирии забони точики |
1 |
AFSONA [fors. — hikoya, naql; uydirma.] 1 Folklor janri: avloddan avlodga, og‘izdan og‘izga o‘tib kelgan uydirma, to‘qimadan iborat, ba’zan diniy mazmundagi hikoya, rivoyat va sh.k. 2 ko‘chma Asossiz gap, yolg‘on-yashiq, uydirma. 3 ko‘chma Aql bovar qilmaydigan, aqlga sig‘maydigan narsa, ish |
АФСОНА 1 افسانه қисса, достон, хикоят, накл; 1. Яке аз жанрхои насрии эчодиёти шифоҳии халқ, ки асоси онро вокеаи саргузаштои бофтаю хаёли ташкил медихад; 2. Суханхои бофта, хикояхои беасл; афсона гардидан//афсона шудан, овоза шудан; афсона гуфтан сафсата хондан; (qissa, doston, hikoya, naql: 1 xalq og‘zaki ijodining nasriy janrlaridan biri bo‘lib, asosida xayolda to‘qilgan voqea va sarguzashtlar yotadi; 2 to‘qima gap, asossiz hikoya; afsomaga aylanmoq// afsona bo‘lmoq, ovoza bo‘lmoq, afsona aytmoq) |
2 |
DOSTON [fors. — qissa, hikoya; tarix] 1 ad.Nazm bilan yozilgan ulkan hikoya, qissa; poema. 2 Xalq qahramonlari haqida nazm va nasrda aytilgan epik asar. 3 Kechmish voqealar; sarguzasht; dard-u hasrat. 4 Og‘izdan og‘izga o‘tib yurgan ma’lum, mashhur sarguzasht hikoyalar, gap-so‘zlar, ta’rif-tavsiflar. 5 ko‘chma Ovoz, xonish; sayrash |
ДОСТОН 1نات س اد. 1 қисса, xикоя, афсона: достони муxаббат, достони ҳаёт, достони қаxрамони. 2 адш. яке аз намудҳои асари манзум, ки дар он воқеаи калоне ё қиссае тасвир меёбад (qissa, hikoya, afsona: ishqiy doston, hayotiy doston, qahramonlik dostoni. Poetik asarlar namunasi bo‘lib, unda katta hajmdagi voqea yoki qissalar tasvirlanadi) |
3 |
ZARBULMASAL [arab. — turli masallar, maqollar] Ramzli gap, hikoya; masal. Zarbulmasal bo‘lmoq. Mashhur bo‘lmoq, tanilmoq; kulgi bo‘lmoq. |
ЗАРБУЛМАСАЛ а. لثملا ب رض сухани хикматноки пандомўз ва вирди забонгашта, ки дар нутқ ҳамчун мисол оварда мешавад. (nutqda ham misol keltirib bo‘ladigan, pand-nasihat va tilda takror aytiluvchi hikmat asosida qurilgan janr) |
4 |
MAQOL [arab. Maqola, kichik asar; so‘z, nutq] Hayotiy tajriba asosida xalq tomonidan yaratilgan, odatda pand-nasihat mazmuniga ega bo‘lgan ixcham, obrazli, tugal ma’noli va hikmatli ibora, gap. |
МАҚОЛа. لاقم. 1 гуфтор, сухан, нутқ. 2Як жанри фолклории бештар иборат аз ифодаю иборахои рехтаи мўчаз ва барчастаи вирди забон гардида, ки дар нутқ барои мисол ва далел ба кор мебаранд, масал; (1 nutq, gap, so‘z. 2 folklorning katta qismi tashkil etib,butun ifoda va iboralardan iborat ixcham, lo‘nda tarzda nutqda misol va dalil keltirish uchun qo‘llaniladi.) |
5 |
CHISTON [fors. (bu) nimadir?!] 1 Topishmoq, jumboq, she’r. 2 Qochiriqli gap, ibora; qochiriq, qochirim |
ЧИСТОН ناتسيچ тасвири ягон муаммо ба воситаи жумла ё шеър, ки чавобро талаб мекунад, чист он? жанри фолклор. (Bu) u nimadir? Biror muammo tasviri berilib, unga javob talab qiluvchi she’r yoki nasriy yo‘lda yoziladigan folklor janrlaridan biri) |
Aytilayotgan yoki xirgoyi qilinayotgan afsonalarga go‘yanda ham eshituvchi ham ishona olmaydi, buni tojik xalq afsonalarida uchraydigan quyidagi misollarda ko‘rish mumkin: echkining qo‘shiq kuylashi, laylak tulkini mehmonga chaqirishi, shamdonning qasr qurishi, devning joni kabutarning ichidaligi va hokazo [4]. Shuning bilan birga afsonani hayotiy ahamiyatga ega emas ham deyolmaymiz. Chunki afsona vositasi orqali insonda ezgulik, insof, adolat kabi xislatlarning uyg‘onishi, insoniyat ozodligi yo‘lida shiddatli kurash olib borish yo‘lini o‘zida namoyon qiladi.
O‘zbek adabiyotida afsona atamasi Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida “saw” so‘zi bilan ifodalangan va u hikoya yoki qissa kabi ma’nolarni anglatadi deb izohlanadi. Mazkur asarda afsonani “O‘tmish voqealaridan xabar beruvchi” deb ataydi va fikrini davom ettirib “hikoyalarda faqat o‘tganlar haqida aytilishi shart emas” deb ta’kidlaydi [2].
Shubhasiz, tojik va o‘zbek xalqi haqida gap ketar ekan bu ikki benazir xalqni «ду мағзи як бодом», «ду решаи як чинор», «ду мисраъи як шоҳбайт» ya’ni “bir bodomning ikki mag‘zi”, “bir chinorning ikki ildizi” yoki “bir shohbaytning ikki misrasi”ga qiyoslashadi. Ikki xalq madaniyatining shakllanishi, ma’naviy takomilida xalq og‘zaki ijodining, aynan qo‘shiq, chiston, tez aytish, maqol, doston, afsona va rivoyatlarning o‘rni katta. Zero, folklor namunalari xalqlarimizning tarixiy ildizlarini o‘zida keng, mukammal hamda chambarchas bog‘lab turadigan mushtarak badiiy inikosi hisoblanadi.
Adabiyot:
- Madayev O., Sobitova T. Xalq o‘gzaki poetik ijodi. — T.: “Sharq”, 2010. 208 b
- Mahmud Koshg‘ariy. Turkiy so‘zlar devoni. (Devonu lug‘otit turk) uch tomlik. III tom. — T.: “O‘zfanakademnashr”, 1963. 463 bet.
- Rahimov K. Structure of syllables in Tajik folk epic “Gurughli” Herald of culture scientific and analytical edition. ─ Dushanbe, 2014, № 4 (28)
- Асрори В., Амонов Р.Эчодиёти даҳанакии халқи точик. — Душанбе, Маориф, 1980. 304 саҳ.
- Калонтаров Я. Фарханги нави точики-руси.– Душанбе, 2008. 320 сањифа
- Фарханги тафсирии забони точики. Пажўхишгохи забон ва адабиёти Рўдаки, — Душанбе, 2008. Чилди 1–2.
- Шерназаров А. Эчодиёти даханакии халқи точик. — Самарканд, 2016. 130 б
- Ўзбек тилининг изоҳли луғати. "Ўзбекистон миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти, 2006. 1–5 жилдлар.
- Самадов А. Пайвандҳои дўсти ва адаби. –Тошканд, Муҳаррир, 2012, сањ.14