Mazkur maqolada yo‘lovchi tashish hajmini statistik qonunlar asosida o‘zgarishini aniqlash uchun «T–X–T» yo‘nalishi tanlab olingan va ushbu yo‘nalishdagi yo‘lovchi oqimi statistikasi ishlab chiqilgan. Shahar atrof poyezdlari harakatlanish zonalarining joylashuvi tadqiq qilingan.
Kalit so’zlar: yo‘lovchilar oqimi, yo‘lovchi binosi, tayanch stansiyalar, aylanish zonasi, shahar atrof poyezdi.
В данной статье выбран маршрут «Т–Х–Т» для определения изменения пассажиропотока на основе статистических закономерностей, и для этого маршрута проведён анализ статистики пассажиропотока. Изучено расположение зон движения пригородных поездов.
Ключевые слова: пассажиропоток, пассажирское здание, опорные станции, зоны оборота, пригородный поезд.
In this article, the «T–X–T» route has been selected to determine the change in passenger traffic based on statistical laws, and passenger flow statistics have been developed for this route. The location of suburban train traffic zones has been studied.
Keywords: passenger flow, passenger building, base stations, roundabout, suburban train.
KIRISH
Hozirgi kunda shahar atrof yo‘lovchilar oqimining hisobiy ma’lumotlari yo‘lovchi poyezdlari harakatlanuvchi liniyalarning ish jarayonlarini xronometraj kuzatish usuli orqali olingan statistik ma’lumotlarga ishlov berishga asoslangan. Shuningdek, yirik temir yo‘l uzellaridagi tayanch stansiyalarda yo‘lovchilar oqimining taxminiy miqdorini o‘rganish sutkada yoki sutkaning soatlari bo‘yicha stansiyaga keluvchi va ketuvchi yo‘lovchilar sonini aniqlash orqali o‘rganiladi. Mazkur tadqiqot ishida yo‘lovchilar oqimi haqidagi ma’lumotlar dam olish hamda ish kunlari uchun o‘rganildi. Shu bilan birga ushbu kunlar uchun sutkaning soatlar kesimida yo‘lovchilar oqimini taqsimlash jarayoni ham belgilab olindi [1–9].
Yo‘lovchi tashishni rejalashtirish yo‘lovchilarning soni va yo‘nalishlardagi o‘zgaruvchan ehtiyojlariga bog‘liqligi uchun uni rejalashtirish juda qiyin. Uzoq va mahalliy yo‘lovchi tashishni rejalashtirish quyidagi ma’lumotlarga asoslanadi:
— turli hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish; daromad darajasi; zichlik; harakatchanlik va aholining madaniy darajasi;- transportning texnik jihozlari; mavjud yo‘l liniyalarini qurish va rekonstruktsiya qilish; boshqa transport turlarini rivojlantirish darajasi.
Tadqiqot ishining maqsadi, yo‘lovchilarning yo‘lda yurish vaqtlari va xarajatlarini kamaytirishga qaratilishgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat. Bundan tashqari, yo‘lovchi poyezdlari bilan bir qatorda aralash turdagi tashishlarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi boshqa transport turlarining qo‘llanilishini ham rivojlantirishga harakat qilish lozim.
ASOSIY QISM
Yо‘lovchi poyezdlarining harakat miqdori – har bir zonadagi yо‘lovchilar oqimining hajmi hamda yо‘lovchi poyezdining qabul qilingan sig‘diruvchanlik qobiliyatidan kelib chiqib aniqlanadi. Temir yo‘l yo‘nalishidagi zonalar soni
1-formula orqali aniqlanadi:
, zona (1)
bu yerda |
uchastkadagi oraliq va tо‘xtash punktlarining soni, ; |
|
tig‘iz vaqtda bir tо‘xtash punktidan yoki oraliq stansiyasidan о‘tib ketuvchi о‘rtacha yо‘lovchi aylanmasi: |
yо‘lovchi(2)
=82 yо‘lovchi
bu yerda |
shaharatrofi poyezdining yо‘lovchilar soni; |
– |
tig‘iz vaqtdagi sutkalik yо‘lovchi aylanmasi ( %); |
– |
poyezdning har bir tо‘xtash punktlarida tо‘xtash ( ), tezlashish ( ) va sekinlashish ( ) sarflanadigan vaqti, daq.: |
, daqiqa(3)
bu yerda |
poyezdning hisobiy sig‘imi: |
yо‘lovchi (4)
bu yerda |
shaharatrofi poyezddagi о‘rindiqlar soni ( ), yо‘lovchi; |
|
poyezddagi о‘rindiqlar sonidan tashqari poyezdda tik holatda turib ketuvchi yо‘lovchilar soni ( ), yо‘lovchi; |
yо‘lovchi
(2), (3) va (4)-formulalarni umumlashtirishdan quyidagi natijaga erishish mumkin:
Hozirgi kunda “Toshkent Janubiy vokzali” quyidagi shahar atrofi yo‘nalishlariga xizmat ko‘rsatadi (elektropoyezdlar xizmat ko‘rsatib kelmoqda):
— Toshkent–Xo‘jakent–Toshkent (T-X-T);
— Toshkent–Xavast–Toshkent (T-Xs-T);
— Toshkent–Bekobod–Toshkent (T-B-T);
— Toshkent–Angren–Toshkent (T-A-T).
Tadqiqot ishi “О‘zbekiston temir yо‘llari” AJning Toshkent–Xo‘jakent–Toshkent yо‘nalishidagi shaharatrofi elektropoyezdining harakati va shu yo‘nalishdagi yo‘lovchilar oqimi statistikasini tahlil etishga asoslangan [10, 11]. Natijalar va zonalarning chegarasi 1-rasmda ko‘rsatilgan:
Rasm 1. Aniqlangan zonalarning chegarasi
Yuqoridagi fikrlarga ko‘ra shaharatrofi elektropoyezdining ikkita zonadagi harakati poyezdlar harakati grafigida quyidagi kо‘rinishda bо‘ladi (2-rasm).
Rasm 2. Poyezdlar harakati grafigida shaharatrof elektropoyezdining tezyurar va sekinyurar harakatlanishi
“T-X-T” temir yo‘l yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchilar oqimi rejasining o‘rtacha yillik ko‘rsatkichi 3-rasmda ko‘rsatilgan.
Rasm 3. “T–X–T” yo‘nalishidagi yo‘lovchilar oqimi o‘zgarishi
Ushbu diagramma asosida “T-X-T” yo‘nalishining oylik, haftalik, kunlik va soatlik uchastkasidagi yo‘lovchilar sonining diagrammasini ishlab chiqish mumkin. Mazkur diagramma poyezdlar harakatining toq yo‘nalish uchun tuzildi. Yo‘lovchilar oqimi toq va juft yo‘nalishlarda bir xil deb qabul qilindi.
Bir oydagi shahar atrof yo‘lovchilar oqimini aniqlash
(5-formula)ni oylik nomutanosiblik koeffitsiyenti (
)ga ko‘paytirish orqali aniqlanadi
(6-formula):
, yo‘lovchi(5)
yo‘lovchi (6)
2018–2019 yillarda shaharatrofi elektropoyezdlarining “T–X–T” yo‘nalishida tashilgan yo‘lovchilar soni 4-rasmdan ko‘rsatilgan (oylar kesimida).
Rasm 4. 2018–2019 yillarda shaharatrofi elektropoyezdlarining “T–X–T” yo‘nalishida tashilgan yo‘lovchilar soni
Yo‘nalish bo‘yicha shaharatrofi elektropoyezdlar bir kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatganligini 7-formula orqali aniqlanadi. 4-rasmdagi diagrammadan ning qiymatini yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishning maksimum oyiga nisbatan olish maqsadga muvofiq.
(7)
bu yerda “30” – |
bir oydagi kalendar kunlari; |
|
bir oy ichida maksimum tashilgan yo'lovchilar soni (avgust). |
2018 yil ma’lumotlariga ko‘ra hafta mobaynida shaharatrofi elektropoyezd yo‘nalish bo‘yicha xizmat ko‘rsatgan yo‘lovchilar soni 5-rasmda ko‘rsatilgan.
Rasm 5. 2018 yilga ko‘ra hafta mobaynida shaharatrofi elektropoyezd yo‘nalish bo‘yicha xizmat ko‘rsatgan yo‘lovchilar soni
8-formula orqali yo‘lovchi tashish oqimini soatlar ulushida aniqlash mumkin. Bunda yuqoridagi diagrammadan A max ning qiymatini yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishning maksimum kuniga nisbatan olish maqsadga muvofiq.
, yo‘lovchi (8)
bu yerda “18” – |
shahar atrofi poyezdlarini asosiy harakatlanish vaqti; |
|
|
yo‘lovchilar soni (yakshanba). |
|
Ishchi va talabalar shahar atrofi elektropoyezdi xizmatidan asosan haftaning dastlabki olti kunida foydalanadilar. Shuning uchun yo‘lovchilar oqimini soatlar ulushida ko‘rishi uchun avval dastlabki olti kunni ya’ni haftaning dushanba kunidan shanba kunigacha alohida (yakshanba kunga alohida) hisoblash maqsadga muvofiq. Yo‘lovchilar oqimi soatlar ulushida bir xil bo‘lmasligini inobatga olgan holda ertalab 6 00 dan 9 00 gacha kechga ish va o‘qishdan qaytish vaqti 17 00 dan 20 00 gacha kunning eng tig‘iz vaqti hisoblanadi. Dam olish kunlarida yo‘lovchilarning tig‘iz vaqti biroz boshqacha. Kuning birinchi qismida maksimal tig‘iz vaqtlar
06 00 –10 00 oralig‘iga, kunning ikkinchi qismida esa 19 00 –20 00 oralig‘iga to‘g‘ri keladi. Tengsizlik koeffitsiyentini hisobga olgan holda, yo‘nalishi bo‘yicha soatlar ulushida maksimal yo‘lovchilar soni ni 9-formula orqali aniqlashimiz mumkin.
(9)
bu yerda |
yo‘lovchilarni tashishning oylik nomutanosiblik koeffitsiyenti. |
“T–X–T” yo‘nalishi bo‘yicha haftaning dastlabki olti kuni davomidagi yo‘lovchilar sonini 6-rasmdan ko‘rish mumkin (soatlar kesimida).
Rasm 6. “T–X–T” yo‘nalishi bo‘yicha haftaning dastlabki olti kuni davomidagi yo‘lovchilar soni soatlar ulushida
XULOSA
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, yo‘lovchi poyezdlarining harakati yo‘lovchilar oqimi hamda yaqin kelajakdagi yo‘lovchilar miqdoriga ta’sir etuvchi bir qancha omillarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Bunda, mamlakat aholisining moddiy — ma’naviy darajasining o‘sishi, mehnat va dam olish tizimini tashkil etish, yo‘lovchi poyezdlari harakatlanuvchi hududlarda dam olish maskanlarining rivojlanishi, yo‘lovchi poyezdlari hududlariga joylashgan tumanlardagi iqtisodiy-ishlab chiqarish potensialining rivojlanishi, yo‘lovchilarning yo‘lda yurish ta’riflarini kamaytirish kabi ijtimoiy-iqtisodiy omillar hisobga olinishi maqsadga muvofiq. Shuningdek, temir yo‘l liniyalarining qayta qurilishi bilan bog‘liq bo‘lgan omillar, ya’ni ko‘p yo‘llik liniyalarni jihozlash, nisbatan zamonaviy tortuv tarkiblari harakatini tashkil etish, yo‘lovchi poyezdlari aloqalarida avtomotrisalardan, dizel-poyezdlardan foydalanish, yo‘lovchi poyezdlari uchastkalarini elektrlashtirish yoki tortuv turlarini yangisiga o‘tkazish va shu bilan birga yangi texnologiyalarni qo‘llagan holda stansiya, vokzallar va to‘xtash punktlarining ish texnologiyasini takomillashtirish inobatga olinadi.
Adabiyot:
1. Жумаев Ш. Б., Суюнбаев Ш. М., Ахмедова М. Д. Влияние расписания грузовых поездов по отправлению в условиях твердого графика движения на показатели составообразования // Наука и инновационные технологии, (Международный университет инновационных технологий ISSN: 1694–7762, eISSN: 1694–8114.), 2019, № 2 (11) стр. 25–29.
2. Жумаев Ш. Б. Исследование среднего состава грузовых поездов при отправлении их с повышенной нормой состава в условиях твердого графика // Международная студенческая научно-практическая конференция «Инфраструктура и эксплуатация наземного транспорта»: сб. науч. трудов / Научно-издательский центр «XXI век» — Н. Новгород.: филиал СамГУПС в г. Н. Новгороде, 2019. — С. 178–180
3. Cуюнбаев Ш. М., Жумаев Ш. Б., Ахмедова М. Д. Процесс расформирования и формирования многогруппного поезда на железных дорогах АО «Узбекистан темир йуллари» // Транспорт шёлкового пути. — 2020. — № 3.– С. 30–38
4. SK Khudayberganov, SM Suyunbayev, SB Jumayev. Results of application of the methods “Sologub” and Combinator sorting in the process of forming multi-group trains at the sorting station // Journal of Tashkent Institute of Railway Engineers, 15 (4), 62–72.
5. SK Khudayberganov, SM Suyunbayev, AM Bashirova, SB Jumayev. Results of application of the methods “Conditional group sorting” and “Combinatorial sorting” duringthe multi-group trains formation // Journal of Tashkent Institute of Railway Engineers, 16 (1), 89–95.
6. Суюнбаев Ш. М., Жумаев Ш. Б., Бўриев Ш.Ҳ., Туропов А. А. Темир йўл участкаларида маҳаллий вагонлар оқимини турли тоифадаги поездлар билан ташкил этиш усулларини техник-иқтисодий баҳолаш // Academic research in educational sciences. 2021. № 6. C. 492–508. https://doi.org/10.24412/2181–1385–2021–6–492–508.
7. Suyunbayev Sh.M., Khudayberganov S. K. and others. Method of determining the minimum required number of sorting tracks, depending on the length of the group of wagons // Revista geintec-gestao inovacao e tecnologias (Management, Innovation and Technologies), Vol. 11 No. 2 (2021), pp. 1941–1960. https://doi.org/10.47059/revistageintec.v11i2.1810.
8. Sherzod Jumayev, Sakijan Khudayberganov, Oybek Achilov and Munira Allamuratova. Assessment criteria for optimization of parameters affecting to local wagon-flows at railway sites // E3S Web of Conferences 264, 05022 (2021). https://doi.org/10.1051/e3sconf/202126405022
9. Aripov N. M., Suyunbaev Sh.M., Jumaev Sh.B. and Rozhkov Alexandr Vladimirovich, “Rapid planning of mixed-structure train organization in the context of non-proportional wagon-flows”, IJDIAS, vol. 1, № 5, pp. 324–335, Nov. 2021. http://openaccessjournals.eu/index.php/ijdias/article/view/562.
10. N. M. Aripov, Sh. Sh. Kamaletdinov, N. S. Toxirov. “Poyezdlarga ogohlantirishlar berish jarayonlarini avtomatlashtirish” Vol. 2, № 9, pp. 483–490, 202, DOI: 10.24412/2181–1385–2021–9–474–482
11. N. M. Aripov, Sh.Sh. Kamaletdinov, N. S. Toxirov, M. D. Axmedova. “Poyezdlarga beriladigan ogoxlantirishlarni uchastkaning o‘tkazish qobiliyatiga ta’sirini o‘rganish” Vol. 2, № 9, pp. 474–482, DOI: 10.24412/2181–1385–2021–9–483–490.