O‘zbek tili darslarida interfaol usullardan foydalanish | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №14 (304) апрель 2020 г.

Дата публикации: 30.03.2020

Статья просмотрена: 2261 раз

Библиографическое описание:

Собирова, М. Р. O‘zbek tili darslarida interfaol usullardan foydalanish / М. Р. Собирова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 14 (304). — С. 314-316. — URL: https://moluch.ru/archive/304/68483/ (дата обращения: 19.12.2024).

Maqolada dars mashg‘ulotlarida interfaol usullardan foydalanish xususida so‘z boradi. Ayniqsa, o‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili darslarini olib borishda «Keys-stadi», «Pantomimo», «Bir jumladan iborat hikoya» va «Qaynoq koptokcha» kabi usullardan foydalanish mumkinligi batafsil yoritiladi.

Kalit so‘zlar: interfaol usullar, o‘zbek tili, tafakkur, muloqot, metod, keys-stadi, pantomimo.

В этой статье рассматривается использование интерактивных методов в классе. В частности, подробно объясняется возможность использование таких методов, как Keys-study, «пантомима», «рассказывание истории» «горячий мяч» при проведении уроков узбекского языка в других языковых группах.

Ключевие слова: интерактивные методы, узбекский язык, мышление, общение, метод, keys-study, пантомима.

Bugungi ta’lim jarayonini interfaol usullarsiz tasavvur etish qiyin. Ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan interfaol usullar muayyan guruhlarda o‘qitiladigan o‘quv fanining bosh maqsadiga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Aks holda, qo‘llanilgan interfaol usul hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmay qoladi.O‘qituvchi tanlagan usul dars davomida bolaning faolligini, kattalar va tengdoshlari bilan to‘g‘ri muloqot qila olishini ta’minlashi, tilda mavjud, biroq o‘quvchi uchun notanish bo‘lgan yangi so‘z va iboralarning mazmunini anglash, eslab qolishga, muloqot jarayonida qo‘llashga harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirishi zarur.

Taniqli didakt olimlardan biri I. Y. Lerner o‘quvchilarda ijodiy tafakkur ko‘nikmalarini shakllantirish masalasiga bag‘ishlangan «Развитие мышление учащихся».

(M.: Prosvesheniye, 1982) nomli tadqiqotida: «Tafakkur bilimlarni o‘zlashtirish bilan rivojlanadimi?» degan muammoni o‘rtaga tashlaydi va bu savolga «Yo‘q» deya javvob beradi. Bilimlar zanjirida agar aloqadorliklar — bog‘lanish, qiyos, sabab-natija munosabatlari bo‘lmasa, u tafakkurni, ya’ni tarbiya ko‘rgan shaxsni bera olmaydi. Bilim olishning ham, ta’lim oluvchiga bilim berishning ham, unga malaka, ko‘nikma, odatlarni singdirishning ham, tabiatini shakllantirishning ham xilma-xil vosita, yo‘l va usullari mavjud [3,39].

O‘zbek tili ta’limi jarayonida bir qancha interfaol metodlardan foydalanish dars samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Masalan, keys-stadi usuli.

«Keys-stadi» inglizcha so‘z bo‘lib, («case» — aniq vaziyat, hodisa, «study» — o‘rganmoq, tahlil qilmoq) aniq vaziyatlarni o‘rganish, tahlil qilish asosida o‘qitishni amalga oshirishga qaratilgan metod hisoblanadi.

O‘zbek tili darslarida asosan tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan matnlar keys topshirig‘i uchun tanlanadi. Masalan:

Kunlardan bir kuni sohibqiron Amir Temur olis qabilalardan biriga hujum qilibdi. Tabiiyki, Temurning son jihatdan ko‘p va shu bilan birga juda yaxshi qurollangan lashkari qabilani osongina bosib olibdi. Sohibqironning huzuriga qabila oqsolini olib kelibdilar. Qabila oqsoli Amir Temurga:

–Ey Temur, agar sen jallod bo‘lsang, jonimizni ol, agar qassob bo‘lsang, mayli bizni so‘y, agar sen … bo‘lib kelgan bo‘lsang, ….

Keys topshiriqlari:

  1. Nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni qo‘yib, matnni davom ettiring, xulosalang.
  2. Tugallangan matnga mos sarlavha tanlang.
  3. Matn olib borilayotgan mashg‘ulot mavzusiga mos ravishda tahlil eting. Masalan: reja bo‘yicha «Morfemik tahlil» mavzusi o‘rganilayotgan bo‘lsa, matn morfemik jihatdan tahlilga tortiladi.

Talabalar ushbu keysni o‘z tafakkur doiralaridan kelib chiqqan holda davom ettirishlari, bugungi kun bilan bog‘lab, xulosalashlari ham mumkin.

Topshiriqning javobi:

–Ey Temur, agar sen jallod bo‘lsang, jonimizni ol, agar qassob bo‘lsang, mayli bizni so‘y, agar sen adolatli shoh bo‘lib kelgan bo‘lsang, bizga adolatingni ko‘rsat!

Bu so‘zlarni eshitgan buyuk sarkarda o‘ylanib qolibdi. Axir «Kuch adolatdadir» shiori uning bir umrlik hayot maslagi emasmi? Temur butun lashkari bilan hech qanday o‘ljasiz qabilani tark etibdi. Oqsoqolning o‘ta tadbirkor va donoligi qabilaning omon qolishiga sabab bo‘libdi.

Sarlavha «Dono oqsoqol»; «Adolatparvar shoh»tarzida bo‘lishi mumkin.

Bugungi kunda dunyo adabiyotida, shu bilan birga o‘zbek adabiyotida har qanday insonni ta’sirlantira oladigan, o‘zi atigi bir nechta so‘zdangina iborat qisqa hikoyalar yozish tajribasi amalga oshirilmoqda. Bunday hikoyalar tafakkurni charxlashga, talabalarning mustaqil fikrlash doirasini kengaytirishga xizmat qiladi.

«Yangi poyabzal sotib olganimda doim bitta qo‘shimcha bog‘ichga ega bo‘lishimni o‘ylab quvonaman». Ushbu qisqa hikoya kishini o‘ylashga undaydi. Bunda eng avvalo ko‘z oldimizga garchi bir oyog‘i bo‘lmasa-da, hayotdan rozi, shukr qiluvchi inson keladi. Ushbu hikoyaga «Shukrona» deb sarlavha qo‘yishimiz mumkin. Talabalar mana shunday hikoyalarni tahlil qilish orqali ham tarbiyaviy, ham nazariy bilimlarini mustahkamlaydilar.

«Xizr yigitdan:«Oyoqlarim yurib ketsin!» degan tilakni kutgan edi, biroq uning tilidan: «Suyganim ham yurolmay qolsin» degan so‘zlar chiqdi».

«Mashinasida bolakayni urib qochdi-yu, kechga borib o‘g‘ilchasini qabrga qo‘ydi»kabi.

Talabalarga matnni fonetik, leksik, morfemik, morfologik va sintaktik jihatdan tahlil qilish topshirig‘ini berish mumkin.

Har bir til o‘ziga xos sinonim, antonim, omonim hamda paronim so‘zlarga ega. Navbatdagi topshiriq aynan mana shunday so‘zlar asosida beriladi. Odatda sinonimlar yoki antonim so‘zlardan birini aytganimizda ikkinchisi yodimizga keladi. Bu topshiriq «Qaynoq koptokcha» deb nomlanib o‘qituvchi istagan talabaga koptokchani talabaga sinonimik yoki antonimik qatordan istalgan so‘zni aytib uloqtiradi. Talaba o‘ylab o‘tirmasdan koptokchani tutib o‘z javobi bilan o‘qituvchiga qayta uloqtirishi kerak. Noto‘g‘ri javob bergan yoki koptokchani uzoq vaqt davomida ushlab turgan talabaning qo‘li «kuygan» hisoblanadi.U o‘z-o‘zidan o‘yindan chetlashtiriladi. Masalan:

Aloqador-daxldor avval — keyin

Atigi –bor-yo‘g‘i ayyor — sodda

Ashula- qo‘shiq baland — past

Beg‘ubor-toza so‘ramoq — javob bermoq

Botir — jasur ijobiy — salbiy

Dunyo –jahon obyektiv — subyektiv

Yordam — ko‘mak isitmoq — sovitmoq

Ziyoli — intelligent yig‘lamoq — kulmoq

Izlamoq — axtarmoq kamtar — manman

Ahil — totuv ko‘tarmoq — tushirmoq

Kuch — quvvat ozmoq — semirmoq

Loyiq — munosib olqish — qarg‘ish

Nur — shu’la oq -qora

Ovqat — taom uzoq — yaqin

Odobli — boadab uchmoq — qo‘nmoq

Piyoda — yayov xafa — xursand

Rost — to‘g‘ri xunuk — chiroyli

Saf — qator yangi — eski

O‘zbek tili darslarida mashg‘ulotning so‘nggi bosqichida «Pantomimo» o‘yinini o‘tkazish mumkin. Bunda talabalar 3 guruhga ajratiladi. Har bir guruhdan bittadan kishi doskaga chiqariladi. Ularga turli so‘zlar ro‘yxat asosida beriladi. Ular biror bir so‘z aytmasdan imo-ishoralar, harakatlar orqali so‘zlarni qolgan guruh a’zolariga tushuntirishlari kerak:

O‘sma tuyaqush gultojixo‘roz

Belanchak taqinchoq uchburchak

Novvoy supurgi kompyuter

Kuchli odobli epchil

Qisqa tentak g‘amgin

Keng chiroyli xursand

Chaqirmoq yozmoq kulmoq

Xo‘rozqand achchiqlanmoq xushbo‘y

Oqsoq badavlat bahaybat

Tilanchi kitob quyosh

Dur oltin tosh

Quyon belbog‘ palov

Ko‘ngil osmon raketa

Bulbul bulut shamol

Topshiriqni bajarish uchun 1 daqiqa vaqt belgilanadi. Shart bajarilishi davomida guruh a’zolari topilgan so‘zlarni daftarlariga qayd etib boradilar. Mashg‘ulot mavzusiga mos ravishda so‘zlarni fonetik, morfemik, leksik, morfologik, sintaktik jihatdan ham tahlilga tortishlari mumkin.

Xullas o‘zbek tili darslarida bir qator interfaol usullardan samarali foydalanish mumkin. Bunda asosiy e‘tibor o‘quvchilarning tafakkurini o‘stirish, ularning mustaqil ishlash mahoratini oshirishga qaratilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Adabiyotlar:

  1. Hojiyev A. O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati. — Toshkent: O‘qituvchi, 1974. — 308 bet.
  2. Rahmatullayev Sh., Mamatov N., Shukurov R. O‘zbek tili antonimlarining izohli lug‘ati. — Toshkent: O‘qituvchi, 1989. — 232 bet.
  3. Yo‘ldosheva D. Ona tili maqsadining tadrijiy taraqqiyoti. — Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2013. — 168 bet.
Основные термины (генерируются автоматически): узбекский язык.

Ключевые слова

tafakkur, interfaol usullar, o‘zbek tili, muloqot, metod, keys-stadi, pantomimo

Похожие статьи

O‘zbek va tojik xalq og‘zaki ijodida berilgan janrlarning o‘zaro munosabati

Ushbu maqolada o‘zbek va tojik tili izohli lug‘atlarida berilgan ayrim xalq og‘zaki ijodi janrlari atamalarining bir-biri bilan bog‘liq va farqli jihatlari tahlil qilinadi. Xalq og‘zaki ijodi hosilasi sanalgan maqol, latifa va iboralarning o‘zbek va ...

Rus tilini o‘rganish jarayonidagi asosiy xatolar

Ushbu maqolada rus tilini o‘rganish jarayonida tez-tez uchrab turadigan kamchilik va xatolarda, xususan, beshta asosiy xatolar haqida fikr yuritiladi. Har bir xato bo‘yicha alohida isbot-dalillar keltiriladi, hamda rus tilini o‘rganishda asosan nimal...

Maqom san`atini o‘qitishning dolzarb masalalari

Maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining musiqa darslarida an’anaviy xonandalik — maqom haqida tushunchalarni shakllantirishning dolzarb masalalari qamrab olingan. Shuningdek, muallif darsliklarda mumtoz ashulani o‘rganish bo‘yicha yuzaga kеlayotg...

Boshlang‘ich sinflarning matematika darslarida loyiha faoliyatini usulini qo‘llash

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarning matematika fanini o‘qitish jarayonida loyiha faoliyati usulini qo‘llash haqida fikr-mulohazalar, hamda ilmiy faktlarga asoslangan dalillar misol tariqasida keltiriladi. Loyiha faoliyati usulini qo‘llashning ta’...

Boshlang‘ich sinflarda o`qish malakalarini shakllantirish

Maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ijodiy faoliyatini tashkil etishning muammolari va yechimlari yoritilgan. Unda bo‘lajak o‘qituvchini tayyorlashda ijodiy ishlarni bajarishning o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan bo‘...

Oilaga ijtimoiy muhitning ta`siri

Maqolada voyaga yetmaganlarning oilaviy tarbiya jarayonidagi ijtimoiy muammolari tahlil qilingan. Muallif yoshlar tarbiyasida oilaviy omillar muhim o‘rin tutishiga alohida e’tibor qaratgan. Shuningdek, oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini sifatida insonn...

Azot ishlab chiqarish

Ushbu maqolada azot ishlab chiqarilishi va uning qanday olinishi haqida fikr-mulohazalar, hamda ilmiy faktlarga asoslangan dalillar misol tariqasida keltiriladi. Azotning foydali va hayot uchun zararli xususiyatlari haqida to‘xtalib o‘tiladi.

Fransuz tili darslarida talabalarning gapirish ko‘nikmasini rivojlantirishda dialogning roli

Mazkur maqolada mutaxassisligi fransuz tili bo‘lgan talabalarning og‘zaki nutqini rivojlantirishda dialoglar orqali ularning muloqot kompetensiyasini o‘stirishning ahamiyati haqida ma’lumotlar berilgan.

Pedagogik muloqat jarayonida tolerantlikni tarbiyalash

Ushbu maqolada o’qituvchi va o’quvchining muloqat jarayonini takomillashtirish, pedagogik muloqatni o’stirish, muloqat jarayonida o’quvchilarda tolerantlikni tarbiyalash usullari va bosqichlari haqida ilmiy va xolisona mulohazalari bayon etilgan.

«T–X–T» yo‘nalishida yo‘lovchi bekatlarining ishini tahlil qilish

Mazkur maqolada yo‘lovchi tashish hajmini statistik qonunlar asosida o‘zgarishini aniqlash uchun «T–X–T» yo‘nalishi tanlab olingan va ushbu yo‘nalishdagi yo‘lovchi oqimi statistikasi ishlab chiqilgan. Shahar atrof poyezdlari harakatlanish zonalarinin...

Задать вопрос