Xitoy bolalar adabiyotining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №28 (370) июль 2021 г.

Дата публикации: 10.07.2021

Статья просмотрена: 189 раз

Библиографическое описание:

Ахмедова, И. С. Xitoy bolalar adabiyotining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari / И. С. Ахмедова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2021. — № 28 (370). — С. 217-218. — URL: https://moluch.ru/archive/370/83196/ (дата обращения: 16.12.2024).

Maqolada Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganidan so‘ng adabiyotga, xususan, bolalalar adabiyotiga bo‘lgan e’tibor hamda uning rivojlanish bosqichlariga to‘xtalib o‘tilgan. Zamonaviy yozuvchilarning adabiyotga kirib kelishi va asarlari orqali bolalarning intellektual salohiyatini oshirishga bo‘lgan harakati bayon etilgan.

Kalit so‘zlar: Xitoy Xalq Respublikasi, bolalar adabiyoti, badiiy ijod, “Yangi to‘lqin”.

Статья посвящена литературе после образования Китайской Народной Республики, особенно детской литературе, и этапам ее развития. В ней описывается приход современных писателей в литературу и их усилия по увеличению интеллектуального потенциала детей через свои произведения.

Ключевые слова: Китайская Народная Республика, детская литература, литературное творчество, “Новая волна”.

Ma’lumki, yosh avlodning har tomonlama yetuk, ma’nan va jismonan barkamol bo‘lib voyaga yetishishi mamlakat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir etmay qolmaydi. Yoshlarning jamiyatga munosib kamol topishi uchun ularda mustaqil fikrlash qobiliyatini o‘stirish muhim. Adabiyot esa ayni shuning uchun xizmat qiladi. Bolaning dunyoqarashini boyitish, atrofidagi olam bilan tanishtirishni ertak va hikoyalardan boshlash juda samarali. Shu sababdan ham dunyoning ko‘pgina rivojlangan davlatlarida bolalar adabiyotiga e’tibor katta. Qadimgi davrlardan beri ta’limning o‘ziga xos shakliga ega bo‘lgan XXR da ham bolalar adabiyotiga bo‘lgan e’tibor kundan kunga o‘smoqda.

Xitoy bolalar adabiyotining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari. Xitoy bolalar adabiyotining rivojlanishi Xitoy jamiyatining rivojlanishi bilan bir vaqtda sodir bo‘ldi. Xitoyda Sin sulolasidan to hozirgi kungacha bo‘lgan bolalar adabiyotining rivojlanish tarixini shartli ravishda 5 bosqichga bo‘lish mumkin: Sin sulolasining so‘nggi yillari va Xitoy Respublikasi tashkil topgan dastlabki davrlar (1796–1912-yillar); Xitoy Respublikasi davri(1912–1949-yillar); Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topgandan boshlab, islohotlar va ochilish siyosatining boshlanishigacha bo‘lgan davr (1949–1980-yillar); 1980-yildan 2000-yilgacha bo‘lgan davr; 2000-yildan keyingi davr (2000) [2].

I. Oxirgi Sin sulolasi va Xitoyning dastlabki respublikasi zamonaviy xitoy bolalar adabiyotining paydo bo‘lish davri. G‘arbiy Yevropa adabiyotining xitoy tiliga tarjimasi bolalar adabiyotining rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Kitob nashriyotining paydo bo‘lishi va rivojlanishi bilan bolalar uchun davriy nashrlar ham paydo bo‘ldi: oylik “Kichkintoy”(1875) [3], “Boshlang‘ich maktab” rasmli jurnali (1908), “Dunyo bolalari”(1903) [7] bolalar adabiyoti rivojiga katta hissa qo‘shgan Tijorat nashriyoti va Xitoy kitoblari nashriyotini qayd etish lozim. Bundan tashqari, adabiyotshunoslar birin-ketin bolalar uchun adabiyotni rivojlantirishda ishtirok etishni boshladilar. Masalan, Chjeszyan universiteti professori Gao Mendang Robinzon Kruzoni 1902-yilda tarjima qilgan. Tarjima qilingan asarlar Xitoyda bolalar adabiyotini yanada rivojlantirish uchun boshlang‘ich nuqtaga aylandi [5].

II. Xitoy Respublikasi davri. Bu 1917-yilda insonparvarlik g‘oyalarining tarqalishi, xorijiy adabiyotlar tarjimalarining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan Xitoy bolalar adabiyotining eng qizg‘in davri. Xitoy tilida bolalar uchun birinchi asarlar yaratildi: Ye Shengtaoning “Qo‘rqinchli”, Bing Sinning “Yosh kitobxonlarga maktublar” asari [4]. Ammo ko‘tarilish qisqa muddatli bo‘lib, faqat 1949-yilda Xitoy Xalq Respublikasi tashkil etilgunga qadar davom etdi. San’at ustidan totalitar nazorat o‘rnatilishi tufayli bolalar adabiyoti rivojlanishdan to‘xtadi. Hukmron partiya adabiyotga o‘z mafkurasini singdirish vositasi sifatida qaradi. 50-yillar asarlarining asosiy mavzulari Xitoy xalqining qahramonligi, inqilob mavzusi edi.

III. Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topgandan islohotlar va ochilish siyosatining boshlanishigacha bo‘lgan davr. Bu davrning asosiy xususiyati xitoy va sovet adabiyotining o‘zaro ta’siri edi. Aynan shu paytda rus yozuvchilarining birinchi tarjimalari paydo bo'la boshladi. A. S. Pushkin va I. A. Krilov asarlari 100 yildan ortiq vaqt davomida Xitoyda mashhur bo‘lib kelgan. I. A. Krilov asarlari xitoy tiliga tarjima qilingan birinchi rus muallifi bo‘ldi(1872). Birozdan keyin M. M. Prishvin, A. L. Barto, V. P. Katayev, A.Tolstoy asarlari Xitoyda bolalar adabiyotini boyitdi. S.Marshak, V. V. Mayakovskiy, S. V. Mixalkov nomlari ham xitoylik o‘quvchiga keng ma’lum.

IV. 1980-yildan 2000-yilgacha bo‘lgan davr. 1980-yillarda Xitoyda bolalar adabiyotining “qayta tug‘ilishi” yuz berdi, bu esa adabiyotda “Yangi to‘lqin”ning ko‘tarilishi bilan bog‘liq. Ushbu harakat adabiyoti namoyandalarining dastlabki qadamlari 4-may harakatlarining gumanistik g‘oyalariga qaytishga qaratilgan edi.

XXR bolalar adabiyotida yangi nazariyalar va tendensiyalar paydo bo‘ldi, bolalar yozuvchilari ijodining gullab-yashnashi kuzatildi.

V. 2000-yildan keyin bolalar adabiyotining yangi davri boshlandi. Bu bolalar adabiyoti nashrining oltin davri. Bu davrda bolalar adabiyoti Xitoy kitob bozorining eng tez o‘sib borayotgan segmentiga aylandi. So‘nggi yigirma yil ichida Xitoyda ko‘plab mashhur asarlar yaratildi.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, o‘sha davr xitoy yozuvchilari va tanqidchilari ta’kidlaganidek xitoy bolalar adabiyoti hali rivojlanish bosqichida. Uni to‘liq rivojlanishiga bir nechta omillar to‘sqinlik qilmoqda. Yozuvchilarning o’z savodxonligi ustida yaxshi ishlamayotgani, asarda shevaga oid so‘zlar, qo‘pol mahalliy iboralar qo‘llayotganligi ham shu omillardan hisoblanadi. Bundan tashqari asar mualliflarining qahramonlari hayotini yaxshi bilmasligi, voqealar rivojini to‘g‘ri tanlay olmasligi, ixtiloflarning sun’iyligi kabi muammolar ham mavjud. Yuqoridagi kamchiliklar ham bartaraf etilganidan so‘ng xitoy bolalar adabiyoti o’z rivojining cho‘qqisiga erishishi, shubhasiz.

Adabiyot:

  1. Арзамасцева, И. Н. Детская литература: Учебник для студ. высш. пед. учеб. заведений / И. Н. Арзамасцева, С. А. Николаева. ‒ 3-е изд., перераб. и доп. ‒ М.: Издательский центр «Академия», 2005. ‒ 576 с.
  2. 小韩. 我国儿童文学的发展历程、现状及问题 / 小韩Режим доступа: http://www.lunwenstudy.com/ertongwx/92233.html ‒ Дата доступа: 22.05.2019.
  3. 小孩月报 [Электронный ресурс] ‒ Режим доступа: https://baike.baidu.com/ ‒ Дата доступа: 10.04.2019.
  4. 冰心. 寄小读者/冰心 [Электронный ресурс] ‒ Режим доступа: https://www.ppzuowen.com/book/jixiaoduzhe ‒ Дата доступа: 17.04.2018.
  5. 樊发稼. 中国儿童文学发展史概述. /樊发稼. [Электронный ресурс] ‒ Режим доступа: http://www.chinawxbh.com/html/sekh/view9.html. ‒ Дата доступа: 22.05.2019.
  6. 郭敬明. 幻城/郭敬明. [Электронный ресурс] ‒ Режим доступа: https://www.kanunu8.com/book3/7431/. ‒ Дата доступа: 18.04.2018.
  7. 童子世界通报 [Электронный ресурс] ‒ Режим доступа: http://www.cidianwang.com/lishi/zhishi/6/23696qz. ‒ Дата доступа: 20.03.2019.
  8. 鲁迅. 上海的少女/上海的儿童 / 鲁迅 [Электронный ресурс] ‒ Режим доступа: https://www.douban.com/group/topic/53357185/. ‒ Дата доступа: 15.04.2019.
Основные термины (генерируются автоматически): Электронный ресурс, XXR, Детская литература, III, Дата, китайская Народная Республика, Режим.

Ключевые слова

Xitoy Xalq Respublikasi, bolalar adabiyoti, badiiy ijod, “Yangi to‘lqin”

Похожие статьи

Boshlang‘ich sinflarda o`qish malakalarini shakllantirish

Maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ijodiy faoliyatini tashkil etishning muammolari va yechimlari yoritilgan. Unda bo‘lajak o‘qituvchini tayyorlashda ijodiy ishlarni bajarishning o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan bo‘...

«T–X–T» yo‘nalishida yo‘lovchi bekatlarining ishini tahlil qilish

Mazkur maqolada yo‘lovchi tashish hajmini statistik qonunlar asosida o‘zgarishini aniqlash uchun «T–X–T» yo‘nalishi tanlab olingan va ushbu yo‘nalishdagi yo‘lovchi oqimi statistikasi ishlab chiqilgan. Shahar atrof poyezdlari harakatlanish zonalarinin...

Oilaga ijtimoiy muhitning ta`siri

Maqolada voyaga yetmaganlarning oilaviy tarbiya jarayonidagi ijtimoiy muammolari tahlil qilingan. Muallif yoshlar tarbiyasida oilaviy omillar muhim o‘rin tutishiga alohida e’tibor qaratgan. Shuningdek, oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini sifatida insonn...

Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqi aloqa vositasi sifatida

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish va nutq madaniyati haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar nutqini o‘stirish borasida tavsiyalar berilgan. Tarbiyachining nutq madaniya...

Fransuz tili darslarida talabalarning gapirish ko‘nikmasini rivojlantirishda dialogning roli

Mazkur maqolada mutaxassisligi fransuz tili bo‘lgan talabalarning og‘zaki nutqini rivojlantirishda dialoglar orqali ularning muloqot kompetensiyasini o‘stirishning ahamiyati haqida ma’lumotlar berilgan.

Maqom san`atini o‘qitishning dolzarb masalalari

Maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining musiqa darslarida an’anaviy xonandalik — maqom haqida tushunchalarni shakllantirishning dolzarb masalalari qamrab olingan. Shuningdek, muallif darsliklarda mumtoz ashulani o‘rganish bo‘yicha yuzaga kеlayotg...

Kompetensiya vа o‘quvchi bilimini baholash

Maqolada kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’limda o‘quvchi bilimini va kompetensiyasini baholashga oid uslubiy tavsiya ishlab chiqilgan. Tavsiyada yagona “5” ballik tizim orqali o‘quvchida shakllantirilgan bilim hamda kompetensiyalarning bahol...

Boshlang‘ich sinflarning matematika darslarida loyiha faoliyatini usulini qo‘llash

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarning matematika fanini o‘qitish jarayonida loyiha faoliyati usulini qo‘llash haqida fikr-mulohazalar, hamda ilmiy faktlarga asoslangan dalillar misol tariqasida keltiriladi. Loyiha faoliyati usulini qo‘llashning ta’...

Ijodiy salohiyatni yuksaltirishda Corel Draw grafik muharririni o`rganishning ahamiyati

Mazkur maqolada Corel Draw vektorli grafika dasturini o`rganish usullari va uning o`quvchilarning ijodiy salohiyatlarini rivojlantirishdagi roli qaraladi.

Oilada bolalarda kitobxonlikni shakllantirish omillari

Mazkur maqolada bolalarni kitobga qiziqtirish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va bu borada ota-onalarning o`rni haqidagi fikrlar yoritilgan.

Задать вопрос