Ushbu maqolada pragmalingvistika qanday soha ekanligi, uning yo‘nalishlari, ruhiy holat fe’llari va bu fe’llarning pragmalingvistik tadqiqoti tahlil qilingan. Pragmalingvistikaning tadqiqot obyekti va uning nutqda ifodalanishi ruhiy holatlarda qanday ma’no ifodalashi ustida tadqiqot olib borilgan.
Kalit so‘zlar: pragmalingvistika, ruhiy holat fe’llari, ob’yekt, subyekt, pragmatika, lingvistika.
В этой статье анализируется, что такое прагмалингвистика, ее направления, глаголы психического состояния и прагмалингвистическое исследование этих глаголов. Объектом исследования прагмалингвистики является исследование того, какой смысл может выражаться в психических состояниях, когда оно выражается в речи.
Ключевые слова: прагмалингвистика, глаголы психического состояния, объект, субъект, прагматика, лингвистика.
“Pragmatika” — yunoncha “ish”, “harakat”, kabi fikrlarni anglatib, nutqdagi til birliklarining funksionalligini o‘rganuvchi semiotika va tilshunoslikning yo‘nalishidir. Bu soha Sokratdan oldingi davrlarda ham qo‘llanilgan va keyinchalik uni J.Lokk, E.Kant singari faylasuflar Aristoteldan o‘zlashtirganlar. Shu yo‘sinda “Pragmatika” oqimi vujudga keldi. Yillar o‘tib bu fan sohasi zamonaviy tilshunoslik yo‘nalishiga aylanib bordi. Bugungi kunda “Pragmatika” — “Pragmalingvistika” nomli yangi soha sifatida rivojlanib, o‘rganilmoqda va tadqiqotlar olib borilmoqda.
Pragmalingvistika tilshunoslikning mustaqil yo‘nalishi sifatida o‘tgan asrning 70- yillarida shakllandi. 1970-yilda Dordrext shahrida “Tabiiy tillar pragmatikasi” (Pragmatikcs of natural languages) mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiya yakunida barcha qatnashuvchilar yagona: “Tabbiy til vositasida bajariladigan muloqotning pragmatik xususiyatlari ushbu muloqotning sintaktik va semantik xususiyatlari kabi lingvistik nazariyasi doirasida o‘rganilishi lozim” fikrga kelishdi. “Pragmalingvistika” fani gnoseologiya, tasavvuf, mantiq, (formal, dialektik), ilmiy tadqiqot metodologiyasi, sotsiologiya, madaniyatshunoslik, psixologiya, axborot texnologiyalari fanlari bilan bog‘liq bo‘lib, “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”, “Til tarixi”, “Tilshunoslik nazariyasi”, “Sotsiollingvistika”, “Psixolingvistika”, kabi fanlar bilan uzviy va ketma-ket bog‘lanadi.
I. A. Boduen de Kurtene ta’biri bilan aytganda, “til faqat til jamoasini tarkib toptirgan indivudial miyalarda, ko‘ngillarda va individlarning psixikasida mavjud bo‘ladi”.
Pragmalingvistikaning asosiy maqsadlaridan biri lisoniy imkoniyatlarning nutqiy voqelanishini, ya’ni tilni axborot-kommunikatsiya vositasi sifatida o‘rganishdir. O‘tgan asr oxirlarida antropotsentrik tilshunoslikning yetakchi yo‘nalishlaridan biri sifatida maydonga kelgan pragmalingvistikada til egalarining borliqni idrok etishi, olam haqidagi tasavvurlari va uni tilda aks ettirishi, lisoniy tafakkuri, til ko‘nikmasi, nutqiy faoliyati, nutq obyekti haqidagi bilimlari, ruhiyati, voqelikka munosabati, kasb-kori, yoshi, gender belgisi kabi nolisoniy omillar bilan bog‘liq holda tadqiq etishga jiddiy e’tibor qaratila boshlandi. Pragmalingvistika hozirgi kunga kelib o‘rganish ob’yekti, asosiy tushunchalari, terminologik tizimi, nazariy muammolari, maqsad va vazifalarini aniq belgilab oldi. Pragmalingvistikaning tadqiqot obyekti, ya’ni muloqot tizimi tahlili asosini faoliyat nazariyasi tashkil etadi. Keyingi yillarda so‘z darajasida ifodalangan axborot lisoniy birlikning keng kontekstda funksiyaga kirishuvi nuqtai nazardan o‘rganila boshlandi. Bu o‘rinda lisoniy birlik ifodalaydigan kommunikativ maqsad, munosabat, harakat va ularning emotiv, volyuntativ, appelyativ, munosabat o‘rnatuvchi va estetik funksiyalari qo‘shimcha (konotativ) ma’no, pragmatic ma’no sifatida ham talqin qilina boshlandi. Bu yerda so‘zlovchi shaxs yoki muallifning tinglovchi yoki kitobxonning diqqat-e’tiborini tortish, ularga kommunikativ ta’sir qilish, qiziqtirib qo‘yish, fikrini jalb qilish yoki aksincha, chalg‘itish, hayajonga solish, to‘lqinlantirish, ishontirish yoki aldashga urinishida so‘zning, so‘z birikmasining, ekspressiv-emotsional baholovchi konatativ ma’nosini, ya’ni pragmatic ma’nosini tadqiq qilish ehtiyoji vujudga keldi. Shunday qilib so‘z ifodalaydigan qo‘shimcha ma’noni qo‘llash kommunikativ-pragmatik ehtiyoj va qarashlar orqali ro‘y beradi. Quyida ruhiy holat fe’llarida pragmalingvistik tadqiqot olib boramiz.
abgor bo‘lmoq |
zerikmoq |
g‘ururlanmoq |
his qilmoq |
quvonmoq |
aybdor bo‘lmoq |
jazavaga tushmoq |
g‘am-g‘ussaga botmoq |
minaddor bo‘lmoq |
telba bo‘lmoq |
aqldan ozmoq |
achinmoq |
siqilmoq |
o‘ylanmoq |
hayol surmoq |
xafa bo‘lmoq |
azoblanmoq |
sevmoq |
mag‘rurlanmoq |
ezilmoq |
tushkunlikka tushmoq |
qayg‘uga botmoq |
xursand bo‘lmoq |
samimiy bo‘lmoq |
hayolidan ko‘tarilmoq |
esdan og‘moq |
sarosimaga tushmoq |
umidsizlikka tushmoq |
xushmuomala bo‘lmoq |
esidan chiqmoq |
baxtni tuymoq |
qo‘rqmoq |
sabr qilmoq |
shodlanmoq |
unutmoq |
baxtiyor bo‘lmoq |
fikr yuritmoq |
dard chekmoq |
mulzam bo‘lmoq |
xotirasini yo‘qotmoq |
mahzun bo‘lmoq |
xo‘rsinmoq |
faxrlanmoq |
o‘kinmoq |
sevinmoq |
g‘am chekmoq |
o‘kinmoq |
zavqlanmoq |
ikkilanmoq |
xayol surmoq |
kuyunmoq |
zo‘riqmoq |
uyalmoq |
sog‘inmoq |
qayg‘urmoq |
nafratlanmoq |
asabiylashmoq |
hayajonlanmoq |
iztiroblanmoq |
hasratlanmoq |
shubhaga bormoq |
sustkash bo‘lmoq |
sevinchga to‘lmoq |
hushidan ayrilmoq |
quvonchga to‘lmoq |
Ingliz tili grammatikasida, — ruhiy holat ( psixik fe’l )yoki voqeani ifoda etgan fe'l (masalan: qo‘rqitish, iltimos, g‘azab va xafa bo‘lish) bor. Shuningdek, psixologik fe’l, ruhiy fe’l, tajribali fe’l va hissiy fe’l deb ham ataladi. (Psixik predisat terimlari ba’zan psixik fe’llarga va ulardan olingan psixik sifatlarga nisbatan ishlatiladi).
Ruhiy holat fe’li ( psixik fe’l )ning ikkita asosiy turi mavjud: masalan, tajribali shaxs (masalan, “ Men yomg‘irli kunlarni yaxshi ko‘raman ”) va ob’ekt sifatida tajribaga ega bo‘lganlar (“ Yomg‘irli kunlar meni xursand qiling ”). Bunda birgina yomg‘irli kunning ruhiyatda ikki xil ko‘rinishda ifodalanishi va obyekt va subyektlar tasvirida ko‘rdik. Ruhiy holat fe’llari sinfida shuningdek, ( psixik fe’l )deb nomlanuvchi) aql-idrok, idrok va tuyg‘u fe’llari kiradi. Siyz –ob’ektni belgilashda farqlash ham tillar, ham bir tilda bo‘ladi.
Bunda biz ruhiy holat fe’llarini pragmatik jihatdan tahlilga olsak, unda ifodalanayotgan ma’no auditoriyada nechta kishi yoki nechta obyekt bo‘lsa shuncha ma’no ifodalaydi. Misol uchun birgina “ yaxshi ko‘rmoq ” fe’lini oladigan bo‘lsak, bunda auditoriyaga hamma hayolida ruhiyatida ifodalagan ma’noni yozsin deyilganda auditoriyadagi insonlar biron bir shaxsga, fanga, narsa-buyum va shu kabi predmetlarga bo‘lgan ruhiyatidagi ma’noni ifodalaydi.
1.”Men oilamni yaxshi ko‘raman”. 2.”Men gullarni yaxshi ko‘raman”. 3.”Men adabiyot fanini yaxshi ko‘raman”. 4.“Men kitoblarni yaxshi ko‘raman”.
Bu misollardan ko‘rinib turibdiki, ruhiyatda tasvirlanadigan ma’no turlicha. Demak, ruhiy holatda birgina fe’l turlicha ma’nolarnni ifodalamoqda. Ruhiy holat fe’llaridagi pragmalingvistik jarayon uning turli ma’no ifodalashi, shaxs ongidagi nutqiy faoliyatdir. Bu subyektning obyektga bo‘lgan munosabatida ham ifodalaganligini ko‘rishimiz mumkin. Bunda har bir ruhiy holat fe’li kommunikativ axborot almashinuvida faol ishtirok etmoqda. Uning shaxs ingidagi ifodaviyligi subyektning obyektga bo‘lgan munosabatida axborot almashinuvi sodir bo‘lmoqda.
Xullas, nutqning shaxs ongidagi konnotativ xususiyatlari til tizimining barcha sathlariga oid vositalarda, shuningdek, noverbal birliklar (ruhiy holat fe’llari) orqali reallashadi. Bu vositalar nutqiy ta’sirchanlikni oshirish, ta’kidni hosil qilish, shuningdek, subyektiv baho munosabatini aks ettirishga xizmat qiladi.
Adabiyot:
- M. Hakimov “O‘zbek pragmalingvistikasi asoslari”, Toshkent, “Akademnashr”, 2013.
- Қурбонова М. Ўзбек болалари нутқининг прагмалингвистик аспекти. Монография.
- Қурбонова М. Болалар нутқида коммуникатив-прагматик тўсиқнинг пайдо бўлиши Тил ва адабиѐт таълими. — Тошкент, 2013.