O‘zbekiston respublikasining mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorligining xalqaro-huquqiy asoslari | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 4 мая, печатный экземпляр отправим 8 мая.

Опубликовать статью в журнале

Авторы: ,

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №28 (370) июль 2021 г.

Дата публикации: 08.07.2021

Статья просмотрена: 1267 раз

Библиографическое описание:

Исмоилов, Бобуржон. O‘zbekiston respublikasining mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorligining xalqaro-huquqiy asoslari / Бобуржон Исмоилов, Жасур Аслонов. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2021. — № 28 (370). — С. 218-223. — URL: https://moluch.ru/archive/370/83155/ (дата обращения: 24.04.2024).



Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasining xalqaro hamkorligi, xususan mintaqaviy tashkilotlar doirasida jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida olib borayotgan izchil aloqalari va sa’y harakatlari ilmiy asosda o’rganilgan. Bunda O’zbekiston Respublikasining xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash, o’zaro huquqiy yordam hamda ikki tomonlama va ko’p tomonlama shartnomaviy hamkorligining muhim unsurlari tadqiq qilingan. Shuningdek, maqolada mintaqa doirasida xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashda birgalikda sa’y harakatlarni oshirish lozimligi e’tirof etiladi.

Kalit so’zlar: transit koridor, terrorizm, MDH, ShHT, konvensiya, sammit, prekursor, Shanxay beshligi.

В данной статье на научной основе исследуется сотрудничество Республики Узбекистан в области противодействии преступлений международного характера, в частности, в борьбе с преступностью в рамках региональных организаций. В нем рассматриваются важные элементы борьбы Республики Узбекистан с международной преступностью, взаимной правовой помощи и двустороннего и многостороннего договорного сотрудничества. В статье также рассматривается необходимость наращивания совместных усилий в борьбе с международной преступностью в регионе.

Ключевые слова: транзитный коридор, терроризм, СНГ, ШОС, конвенция, саммит, предвестник, Шанхайская пятерка.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar bilan faol munosabatlar va hamkorlik olib borish — O‘zbekistonning milliy manfaatlariga xizmat qiladi [1].

Sh.M. Mirziyoyev

XXI asr taraqqiyot asri bo‘lish bilan bir qatorda, ayrim jiddiy global muammolari bilan bashariyatni xavotirga solayotgani sir emas. Ularni yuksak aql-idrok, aniq va chuqur o‘ylangan amaliy chora-tadbirlar, taklif va tashabbuslar orqali hal etish bugungi kunda jahon hamjamiyati oldida turgan eng muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Xalqaro jinoyat huquqi va unga turdosh bulgan institutlar doirasida xalqaro tinchlik va xavfsizlikka g‘oyatda jiddiy tahdid sifatida e’tirof etilayotgan agressiya, urushning udum va qoidalarini buzish, harbiy mojarolar davrida inson huquqlarining vahshiy buzilishlari, genotsid, terrorizm kabi illatlarga karshi kurash jahon hamjamiyati tomonidan universal ravishda XX asrning boshlarida boshlangan [2].

Xalqaro va milliy munosabatlarda huquqqa aniq rioya etilishini ta’minlash, qurollar poygasini to‘xtatish, xalqaro huquqning yadrosini tashkil etadigan inson huquqlari va xalqaro gumanitar huquq, xalqaro jinoyat huquqi sohalari bo‘yicha xalqaro shartnomalarning barcha davlatlar tomonidan ratifikatsiya qilinishiga erishish kabi maqsadlar jahon hamjamiyati uchun hanuz o‘z dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q [3].

Negaki, insoniyat terrorizm, odam savdosi, giyohvandlik moddalarning noqonuniy aylanmasiga barham berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan bo‘lsada, lekin hali-hanuzgacha bu jinoyatlar sodir etilmoqda va ularning soni tobora ortmoqda.

Davlatlar yuqorida sanab o‘tilgan xalqaro xarakterdagi jinoyatlarga qarshi birgalikda xalqaro hamda mintaqaviy tashkilotlar doirasida o‘z kuchlarini va barcha imkoniyatlarini birlashtirgan holda harakat qilishmoqda. Bunday maqsadlarni amalga oshirish masalasida O‘zbekiston Respublikasi ham turli xildagi xalqaro hamda mintaqaviy va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni davom ettirmoqda.

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bu borada BMT minbaridan turib dunyoda terrorizm tahdidlari ayniqsa, so‘nggi yillarda kuchayib borayotgani ularga qarshi asosan kuch ishlatish yo‘li bilan kurashish usuli o‘zini oqlamayotganidan dalolat berayotganligini, bu borada ko‘p hollarda tahdidlarni keltirib chiqarayotgan asosiy sabablar bilan emas, balki ularning oqibatlariga qarshi kurashish bilangina cheklanib qolinayotganligini shuningdek, xalqaro terrorizm va ekstremizmning ildizini boshqa omillar bilan birga, jaholat va murosasizlik tashkil etadi, deb hisoblashini aytib o‘tdi [4].

Bundan tashqari, giyohvand moddalar va ularning noqonuniy aylanmasi dunyodagi dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston, butun Markaziy Osiyo uchun asosiy giyohvand moddalar xavfi dunyoda opiatlar ishlab chiqarishda yetakchi hisoblanuvchi qo‘shni Afg‘oniston orqali o‘tadi. Mintaqani MDH mamlakatlari bilan bog‘laydigan transchegaraviy va transkontinental havo, temir yo‘l va avtomobil yo‘llari giyohvand moddalar kontrabandasi uchun jozibador “tranzit koridorlar” hisoblanadi.

Bundan tashqari, xalqaro jinoyatlarga qarshi kurashning samaradorligini oshirish jahon xaritasida suveren davlat sifatida shakllangan O‘zbekiston Respulikasi uchun ham dolzarb ahamiyatga ega hisoblanadi. Bu esa mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rish zarurligini ta’kidlaganida ham namoyon bo‘moqda [5].

Bundan tashqari, mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarimizning jamiyatda erkin va farovon yashashlari uchun, iqtisodiyotning yanada rivojlanishi uchun ham jinoyatchilikka barham berish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiqilgan Harakatlar Strategiyasining 2.4-bandida ham jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish masalalari [6] kiritilganligi ham yuqoridagi fikrlarni yana bir bora isbotlaydi.

Yuqorida keltirilgan omillar sababli O‘zbekiston Respublikasining mintaqadagi jinoyat sohasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik hamda uning huquqiy asoslarini shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hamda Shanxay hamkorlik tashkiloti bilan nafaqat xalqaro jinoyatchilik balki, transmilliy xarakterdagi jinoyatlarga barham berish borasidagi o‘zaro hamkorligini o‘rganib uni tahlil etish muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo mintaqasida joylashgan, shu sababli ham mintaqaviy tashkilotlar bilan jinoyatchilikka qarshi kurash masalasi va boshqa masalalar yuzasidan ham hamkorlikni oshirishdan manfaatdor hisoblanadi.

Ushbu mintaqada jinoyatchilikka qarshi kurash masalasida Shanxay hamkorlik tashkiloti hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasining Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mintaqaviy tashkiloti bilan hamkorligining xalqaro-huquqiy asoslari. Mustaqillikka erishga dastlabki davrlardanoq mamlakatimiz MDH a’zosi hisoblanadi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) 1991-yil 8-dekabrdagi MDH tuzish to‘g‘risida bitim va 1991-yil 21-dekabrdagi mazkur Bitim Protokoli asosida tashkil qilingan. Ozarbayjon Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iz Respublikasi, Moldova Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston, O‘zbekiston Respublikasi va Ukraina MDH ishtirokchi davlatlari hisoblanadi [7].

Hamdo‘stlik ishtirokchi davlatlarning barqaror rivojlanishi va xavfsizligiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday tahdid va xavf-xatarlarga o‘z vaqtida munosib javob qaytarish borasida o‘zaro maqbul yondoshuvlar va kelishilgan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish, muammo va kelishmovchiliklarni hal qilish, MDH hududidagi fuqarolarning o‘zaro muloqot yuritishlari uchun keng imkoniyat yaratdi.

O‘zbekistonda MDHga ko‘p rejali munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi mexanizm va bevosita muloqotlar olib borish, davlatlararo muzokaralarni tashkil qilish, jumladan MDH formatida davlat rahbarlari va tegishli idoralar boshliqlari darajasida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish maydoni, shuningdek, ko‘p tomonlama hamkorlik shart-sharoitlarini yaratishda manfaatdor bo‘lgan suveren davlatlarning birlashmasi sifatida qarashadi.

MDHning 1993-yil 22-yanvardagi Minsk konsensiyasini ko‘rsatish mumkin. Ushbu konsensiya Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus, Moldova, O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasida — fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam to‘g‘risida bo‘lib O‘zbekiston uni 1993-yil 6-mayda ratifikatsiya qilgan. Ushbu shartnomaga binoan tegishli davlatga ayblanuvchini topshirish to‘g‘risidagi talabnoma yuborilishi kerak. Talabnomada shaxsning familiyasi, ismi sharifi, fuqaroligi, turar joyi, tashqi qiyofasi belgilari, jinoyatdan ko‘rilgan zararning miqdori ko‘rsatiladi. Davlat shaxsni qachon va qayerda topshirishini xabar berishi lozim. Shaxs qidiruvi interpol tizimi orqali ham e’lon qilinishi mumkin. Buning uchun ushbu tashkilotda mavjud bo‘lgan qoidalarga bo‘y sunish lozim bo‘ladi. Xalqaro qidiruv e’lon qilishi uchun mas’ul idoralar Ichki ishlar vazirligi, IIB va O‘zbekiston MMB Interpol bo‘limlari hisoblanadi. Hozirgi paytda xorijda jinoyatchining qidiruvini tashkil etish uchun xalqaro qidiruvning asoslari va tushunchalari ishlab chiqilgan. Unda mazkur qidiruvning asoslari va shartlari, yashiringan shaxslar qidiruvini tashkil etishga tegishli hujjatlar aylanuvi, hamda Interpol MMB tomonidan jinoyatchilarni chet elda aniqlanishi bilan bog‘liq hamkorlik masalalari yoritiladi [8].

Shuningdek, O‘zbekiston MDHning jinoiy ishlar bo‘yicha hamkorlikka oid quyidagi hujjatlariga qo‘shilgan:

— “Mahkumlarni jazoni o‘tashlarini davom ettirishlari uchun topshirish to‘g‘risida”gi Konvensiya (1998 yil 6 mart, Moskva) [9];

— “Jinoiy jazolarni ijro etishni tashkil etish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida”gi Bitim (1997 yil 12 sentyabr, Baku) [10];

— “Mustaqil davlatlar ichki ishlar vazirliklarining jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi hamkorligi to‘g‘risida”gi Bitim (1992 yil 24 aprel, Olma-ota) [11];

— “Mustaqil davlatlar ichki ishlar vazirliklarining uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi hamkorligi to‘g‘risida”gi Bitim (1994 yil 17 fevral, Ashxabod) [12].

O‘zbekiston Respublikasi MDHning asosiy nizomiy va tarmoq organlari faoliyatida ishtirok etadi. O‘zbekiston Hamdo‘stlik tashkil etilgandan bоshlab uning dоirasida iqtisоdiy intеgratsiyani chuqurlashtirish va yangicha asоsda хo‘jalik alоqalarini jarayonlarga siyosiy tus bеrmagan hоlda amalga оshirish tarafdоri bo‘lgan davlatlar qatoriga kirgan.

MDH Ichki ishlar vazirliklarining 1992-yilgi Jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuviga asosan, tomonlar milliy qonunchiligi asosida jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi hamkorlikni quyidagi shakllarda amalga oshiradilar:

1) jinoyat ishlari, tezkor hisobot ishlari va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi hujjatlarga oid so‘rovnoma va iltimoslarni bajarish;

2) sodir etilgan va tayyorgarlik ko‘rilayotgan jinoyatlar va ularga tegishli shaxslar to‘g‘risida tezkor-qidiruv, tezkor-aniqlov va kriminalistik ma’lumotlar, shuningdek, arxiv ma’lumotlari bilan almashuv;

3) tezkor-qidiruv va protsessual harakatlarni o‘tkazishda ko‘maklashish;

4) ish tajribasi, normativ va qonun hujjatlari, ichki ishlar organlari masalalari bo‘yicha o‘quv adabiyotlar, shuningdek, kadrlar malakasini oshirishda yordam ko‘rsatish;

5) bir-birlarini o‘zaro kelishuv asosida avtomobil, kriminalistik va maxsus texnika, aloqa vositalari bilan ta’minlash;

6) maxsus va boshqa turdagi yuklarni transport vositalari orqali tashishga ko‘maklashish;

7) ichki ishlar organlari ish faoliyati masalalari bo‘yicha ilmiy-texnik ma’lumotlar almashish, hamkorlikda ilmiy izlanishni o‘tkazish, o‘zaro qiziqish uyg‘otayotgan dolzarb muammolar bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish [11].

Davlat boshliqlari kengashi (DRK) va Hukumat boshlqilari kengashi (HRK) yig‘ilishlaridan tashqari, xavfsizlik kengashi kotiblari, tashqi ishlar, mudofaa, favqulodda vaziyatlar, iqtisodiyot, transport, madaniyat, maorif, sog‘liqni saqlash vazirlari, oliy sud, bosh prokurorlar, huquq-tartibot idoralari rahbarlari darajasida uchrashuvlar mexanizmi ham mavjud.

DRK, HRK, tashqi ishlar vazirlari va boshqa organlarni yig‘ilishlarini tayyorlash bo‘yicha zaruriy ish olib boruvchi milliy koordinatorlar Kengashi ShHTning joriy faoliyatini muvofiqlashtiradi va unga rahbarlik qiladi.

Iqtisodiy yo‘nalishda ishbilarmonlik Kengashi va ShHTning banklararo uyushmasi mexanizmlari faoliyat yuritadi. O‘zbekiston ShHTning ta’sischi davlatlaridan biri hisoblanadi va boshqa a’zo davlatlar qatorida tashkilot doirasida kelajakdagi hamkorlik strategiyasini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi tashkilot doirasida mintaqaviy barqarorlikni saqlash, iqtisodiy hamkorlik, a’zo mamlakatlar muqarrar iqtisodiy o‘sishi va aholi yashash darajasini oshirish kabi yo‘nalishlarga e’tibor kuchaytirilishini zarur deb hisoblaydi.

S. A. Zakirovaning fikriga ko‘ra, u NATO kabi xarbiy maqsadlar yo‘lida tashkil etilmaganligi, yoki boshqa mintaqaviy tashkilotlardan o‘zining vazifalari va funksiyalari yuzasidan ajralib turishi barchaga ma’lum. Uning asosiy vazifalari mintaqaga a’zo mamlakatlar doirasida terrorizm, eksteremizm, narkotrafik, iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy-texnikaviy va ma’daniy hamkorlikni rivojlantishdan iborat [13].

Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mug‘uliston Tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega. Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka davlatlari ShHTda “muloqot yo‘lida hamkorlik” maqomiga ega. 2010-yil aprel oyida Toshkent shahrida ShHT va BMT kotibiyatlari hamkorligi to‘g‘risida Qo‘shma deklaratsiya imzolandi. Shuningdek, BMTning Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi, Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati, Mustaqil Davlatlari Hamdo‘stligi kabi tashkilotlar bilan rasmiy aloqalar o‘rnatilgan.

Ichki qonunchilik — bu ma’muriy, jinoiy, jinoyat-protsessual hamda huquqning boshqa tarmoqlari. Xalqaro esa o‘zida ikki va ko‘p tomonlama shartnomalar, ShHT doirasida hamda uni doirasidan tashqarida qabul qilingan universal xarakterdagi konvensiyalar mujassamlashtirgan.

Ulardan ko‘pchiligini Tashkilotning tashkil topishi huquqiy asoslari, uning organlarining tuzilishi, huquqiy maqomi hamda ShHT a’zo davlatlarining hamkorligi masalalariga bag‘ishlangan.

Shanxay hamkorlik tashkilotining ta’sis hujjati hisoblanmish Shanxay hamkorlik tashkilotini tashkil etish to‘g‘risida Deklaratsiyada Tashkilotning asosiy vazifalari sirasiga Mintaqadagi xavfsizlikka alohida e’tibor began holda, barcha kuchlarni birgalikda hamkorlik qilishga qaratishni nazarda tutgan. Shu o‘rinda terrorizm, odam savdosi, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi kabi jinoyatlarga qarshi birgalikda kurashish haqida ham so‘z yuritiladi.

O‘zbekistonning tashkilotga raisligi doirasida 2004-yil Toshkentda bo‘lib o‘tgan sammitda “ShHTda kuzatuvchi maqomi to‘g‘risidagi Nizom” hamda “ShHTning kuzatuvchilar bilan o‘zaro munosabatlari Tartibi to‘g‘risida” hujjatlar imzolandi. Kuzatuvchi davlat institutini joriy etilishi, ShHTning maqsad va vazifalarini amalga oshirishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu, shuningdek, ShHTning kelajagini mustahkamlash, tashkilot salohiyatini kengaytirish hamda jahon hamjamiyatida uning roli va obro‘sini sezilarli darajada oshishiga sabab bo‘ldi.

Shanxay hamkorlik tashkiloti tashkil topgandan beri terrorizm, separatizm va eksterimizmga qarshi kurashni tartibga soluvchi 34 tadan ortiq hujjat qabul qilindi. Ulardan 25 tasi Tashkilotning barcha a’zo davlatlari tomonidan ratifikatsiya qilindi hamda kuchga kirdi:

— Shanxay hamkorlik tashkilotini tashkil etish to‘g‘risida Deklaratsiya [14];

— Terrorizm, separatism va eksterimizmga qarshi kurashish to‘g‘risida Shanxay Deklaratsiyasi [15];

— Shanxay hamkorlik tashkiloti Xartiyasi [16];

— Shanxay hamkorlik tashkilotining immunitet va imtiyozlari to‘g‘risida Konvensiya;

— Terroristik, separatistik va eksterimistik xarakterdagi jinoyatlarni sodir qilgan yoki sodir qilishda gumonlangan xalqaro qidiruvdagi shaxslarning ShHT a’zo davlatlarining huquqni muhofaza qiluvchi organlari va maxsus xizmatlarida Yagona qidiruv reestri to‘g‘risida Nizom;

— ShHT a’zo davlatlari hududlarida birgalikda antiterroristik tadbirlar o‘tkazish va tashkil qilish tartibi to‘g‘risida Bitim;

— ShHT a’zo davlatlari o‘rtasida narkotik vositalar, psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasi va prekursorlarga qarshi kurashish sohasidagi hamkorligi to‘g‘risida Bitim.

Qolgan 9 ta hujjat a’zo davlatlarning ichki qonunchiligi bilan tartibga solinadi:

— Shanxay hamkorlik tashkilotining Mintaqaviy antiterroristik strukturasi doirasida maxfiy ma’lumotlarni himoyalashni ta’minlash to‘g‘risida Bitim;

— Shanxay hamkorlik tashkilotining Mintaqaviy antiterroristik strukturasi doirasida ma’lumotlarni texnik jihatdan himoyalash to‘grisida Bitim;

— Shanxay hamkorlik tashkiloti a’zo davlatlarning birgalikda antiterroristik o‘quv-mashg‘ulotlarini tashkil qilish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Bitim;

— Shanxay hamkorlik tashkiloti a’zo davlatlarning birgalikda harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Bitim;

— Shanxay hamkorlik tashkilotining terrorizmga qarshi kurash Konvensiyasi;

— Shanxay hamkorlik tashkiloti a’zo davlatlarining antiterroristik tuzilmalari uchun kadrlar tayyorlash to‘g‘risida Bitim;

ShHT sammiti yakunida davlat rahbarlari tomonidan Ufa deklaratsiyasi imzolandi, 2025-yilgacha ShHT rivojlanish strategiyasi, 2016–2018-yillarga mo‘ljallangan ShHTga a’zo davlatlarining terrorizm, separatizm va ekstrimizmga qarshi kurashish uchun hamkorlik Dasturi tasdiqlandi, Hindiston va Pokistonning ShHT a’zoligiga qabul qilinishi jarayonining boshlanganligi haqida qaror qabul qilindi.

Davlat rahbarlari tomonidan Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 70 yilligi munosabati va narkotik tahdidlar muammosi yuzasidan bayonot qabul qilindi, shuningdek, ShHTga a’zo davlatlarning chegara masalalari bo‘yicha hamkorligi haqida Bitimi imzolandi. ShHTning Ufa sammiti yakunlanishi bilan 2015–2016-yillarda Tashkilotga raislik O‘zbekiston Respublikasiga o‘tdi. O‘zbekiston raislik qiluvchi davlat sifatida ShHTga a’zo davlatlarning manfaatlarini aks ettiruvchi o‘zaro manfaatli rivojlanish, ShHTning xalqaro maydonda obro‘yini ortib borishini ta’minlash kabi tamoyillarga rioya qilish niyatida.

Xalqaro, mintaqaviy xavfsizlik, barqaror iqtisodiy rivojlanish, ShHT a’zolari bo‘lgan barcha davlatlar gumanitar rivojlanishiga bo‘lgan zamonaviy tahdidlarga munosib javob tayyorlash, terrorizm, ekstremizm, ayirmachilikka qarshi birgalikda kurashishni kuchaytirish borasida chora-tadbirlar ishlab chiqish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Mintaqada ShHTning taraqqiyot va barqarorlikning ishonchli kafolatchisi sifatidagi rolini mustahkamlash maqsadida a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish tadbirlariga, shuningdek BMT, boshqa xalqaro tashkilotlar va manfaatdor davlatlar bilan munosabatlarning keyingi rivojiga katta ahamiyat beriladi.

Литература:

  1. Мирзиёев. Ш.М. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш — юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 24 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маъруза. 2016 йил 7 декабрь /Ш. М. Мирзиёев. — Тошкент: «Ўзбекистон» НМИУ, 2017. — 26-б.
  2. Курманов А. К. Преступления против мира и безопасности человечества по уголовному законадателству Кыргизской Республики. Автореф. Канл. Юр. Наук. — Бишкек.: КНУ имени Ж.Баласагина, 2003. — С. 12.
  3. Морозов Г. ООН в XXI веке: к саммиту тысячлетия // Мировая экономика и международные отношения. 2000. № 12. — С. 28.
  4. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi. [Elektron manba]. — URL: http://press-service.uz/uz/lists/view/1063
  5. Мирзиёев. Ш. М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халкимиз билан бирга қурамиз. -Тошкент: «Ўзбекистон» НМИУ, 2017. — 10-б.
  6. Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш буйича Харакатлар стратегияси тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони (Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й. 6 (766)-сон, 70-модда).
  7. O‘zbekiston Respublikasining Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidagi ishtiroki. [Elektron manba]. — URL: https://mfa.uz/uz/cooperation/international/204/ (Sahifaga oxirgi murojaat: 14.03.2018)
  8. Jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlik: Ma’ruzalar kursi / Mas’ul muharrir prof. A. X. Saidov. — T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2016. — 100.
  9. Qarang:Конвенция о передаче осужденных к лишению свободы для дальнейшего отбывания наказания — Исполнительный комитет СНГ URL: http://www.cis.minsk.by/page.php?id=9858
  10. Соглашение о сотрудничестве в сфере организации исполнения уголовных наказаний. URL: http://pravo.levonevsky.org/bazaby/mdogov/megd3243.htm
  11. Соглашение о взаимодействии министерств внутренних дел независимых государств в сфере борьбы с преступностью (Заключено в г.Алма-Ате 24.04.1992) // http://naviny.org/1992/04/24/by77168.htm
  12. Соглашение о сотрудничестве министерств внутренних дел в сфере борьбы с организованной преступностью (Заключено в г.Ашгабате 17.02.1994) // http://naviny.org/1994/02/17/by74666.htm
  13. Закирова С. А. Деятельность и структура ШОС И ЕврАзЭС. Международные организации: Учебное пособие для студентов по специальности «»МЭО». — Т.: УМЭД, — 2012. С 258–267
  14. Декларация о создании Шанхайской Организации Сотрудничества (Шанхай, 15 июня 2001 г.) [Elektron manba]. — URL: https://nrm.uz/contentf?doc=51404_deklaraciya_o_sozdanii_shanhayskoy_ organizacii_ sotrudnichestva_(shanhay_15_iyunya_2001_g_)&products=1_vse_zakonodatelstvo_uzbekistana (Sahifaga oxirgi murojat: 28.03.2018)
  15. Шанхайская конвенция о борьбе с терроризмом, сепаратизмом и экстремизмом (Шанхай, 15 июня 2001 г.) [Elektron manba]. — URL: https://nrm.uz/contentf?doc=51404_deklaraciya_o_sozdanii_shanhayskoy_ organizacii_sotrudnichestva_(shanhay_15_iyunya_2001_g_)&products=1_vse_zakonodatelstvo_uzbekistana
  16. Хартия Шанхайской Организации Сотрудничества (Санкт-Петербург, 7 июня 2002 г.) Elektron manba. URL: www.https://nrm.uz
Основные термины (генерируются автоматически): MDH, BMT, DRK, HRK, MMB, IIB, NATO, международная преступность, Узбекистан.


Ключевые слова

ShHT, transit koridor, terrorizm, MDH, konvensiya, sammit, prekursor, Shanxay beshligi

Похожие статьи

Узбекистан и международные организации: Шанхайская...

Узбекистан и международные организации: Шанхайская организация сотрудничества (ШОС) и перспективы развития.

Подписаны соглашения между правительствами государств-членов ШОС о сотрудничестве в области сельского хозяйства и борьбе с преступностью.

Важность геостратегического расположения Узбекистана...

До 1991 года у Узбекистана не было выхода к международным транспортным коридорам на всех направлениях

Этот центр находится в центре Узбекистана и Центральной Азии и представляет из себя идеальный региональный центр для...

Понятие и содержание международной преступности

 Ключевые слова: международная преступность, терроризм, международная безопасность, национальная безопасность. В настоящее время огромное значение приобретает изучение вопросов, связанных с международной преступностью, терроризмом, международной и...

Внешнеполитическая деятельность Республики Узбекистан

В работе рассматривается внешнеполитическая деятельность Узбекистана в период независимости и достигнутые в период Шавката Мирзиёева значительные результаты в осуществлении открытой, прагматичной и конструктивной внешней...

Научный журнал «Молодой ученый» №21 (416) май 2022 г.

Название: Причины и условия преступности несовершеннолетних. Рубрика: Юриспруденция.

Проблемы международного инновационного сотрудничества в странах с переходной экономикой.

Этапы развития биржевой деятельности в Узбекистане

В статье освещены этапы становления и развития биржевой деятельности в Узбекистане.

Библиографическое описание: Жанназарова, Г. К. Этапы развития биржевой деятельности в Узбекистане / Г. К. Жанназарова.

ООН и Центральная Азия: региональная безопасность, мир...

Узбекистан вышел с инициативой в ООН: создать специальную комиссию и организовать международную конференцию по этому вопросу во главе с ООН. [9,57]. На специальном заседании Генеральной Ассамблеи по случаю пятидесятой годовщины ООН в 1995 г...

Узбекистан — миролюбивая страна | Статья в журнале...

Узбекистан — миролюбивая страна. Автор: Хайдаралиев Шухрат Абдулазизович.

Узбекистан и международные организации: Шанхайская... В соответствии с Концепцией внешнеполитической деятельности страны главным приоритетом...

Похожие статьи

Узбекистан и международные организации: Шанхайская...

Узбекистан и международные организации: Шанхайская организация сотрудничества (ШОС) и перспективы развития.

Подписаны соглашения между правительствами государств-членов ШОС о сотрудничестве в области сельского хозяйства и борьбе с преступностью.

Важность геостратегического расположения Узбекистана...

До 1991 года у Узбекистана не было выхода к международным транспортным коридорам на всех направлениях

Этот центр находится в центре Узбекистана и Центральной Азии и представляет из себя идеальный региональный центр для...

Понятие и содержание международной преступности

 Ключевые слова: международная преступность, терроризм, международная безопасность, национальная безопасность. В настоящее время огромное значение приобретает изучение вопросов, связанных с международной преступностью, терроризмом, международной и...

Внешнеполитическая деятельность Республики Узбекистан

В работе рассматривается внешнеполитическая деятельность Узбекистана в период независимости и достигнутые в период Шавката Мирзиёева значительные результаты в осуществлении открытой, прагматичной и конструктивной внешней...

Научный журнал «Молодой ученый» №21 (416) май 2022 г.

Название: Причины и условия преступности несовершеннолетних. Рубрика: Юриспруденция.

Проблемы международного инновационного сотрудничества в странах с переходной экономикой.

Этапы развития биржевой деятельности в Узбекистане

В статье освещены этапы становления и развития биржевой деятельности в Узбекистане.

Библиографическое описание: Жанназарова, Г. К. Этапы развития биржевой деятельности в Узбекистане / Г. К. Жанназарова.

ООН и Центральная Азия: региональная безопасность, мир...

Узбекистан вышел с инициативой в ООН: создать специальную комиссию и организовать международную конференцию по этому вопросу во главе с ООН. [9,57]. На специальном заседании Генеральной Ассамблеи по случаю пятидесятой годовщины ООН в 1995 г...

Узбекистан — миролюбивая страна | Статья в журнале...

Узбекистан — миролюбивая страна. Автор: Хайдаралиев Шухрат Абдулазизович.

Узбекистан и международные организации: Шанхайская... В соответствии с Концепцией внешнеполитической деятельности страны главным приоритетом...

Задать вопрос