O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 4 мая, печатный экземпляр отправим 8 мая.

Опубликовать статью в журнале

Библиографическое описание:

Кахарова, М. А. O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish / М. А. Кахарова, Г. О. Садирова, Л. Ш. Назарова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 18 (308). — С. 588-590. — URL: https://moluch.ru/archive/308/69352/ (дата обращения: 26.04.2024).



Ushbu maqolada O’zbekiston Republikasi tomonidan ta’lim soxa bo’yicha olib borilayotgan isloxotlar ochib berilgan. O’zbekistondagi chet-tiliga bo’lgan qiziqish hamda chet-tilini mukammal egallash yuzasidan qilinayotgan ishalar ko’rsatib o’tilgan

Kalit so’zlar: O’zbekiton Respublikasi, chet-tili, rivojlangan mamlakat, xalq, o’quvchi yoshlar, yangilanish

В данной статье описываются реформы, проводимые Республикой Узбекистан в области образования. Освещается интерес к иностранным языкам в Узбекистане и работа, которая ведется для изучения иностранных языков.

Ключевые слова: Республика Узбекистан, иностранный язык, развитая страна, люди, студенты, обновление

Yuksak milliy madaniyat, ma'naviyat hamma vaqt jahоn xalqlarining bir biriga yaqinlashtiruvchi vоsita bo'lib kelgan va hоzir ham shunday bo'lib kelmоqda. Xalqimizning madaniyati, tili, tarixi, urf-оdat va an'analari, bоy memоrchilik san'ati dunyo xalqlarida zo'r qiziqish uyg'оtmоqda. Milliy madaniyat, ma'naviyatimizni mintaqaviy va umuminsоniy qadriyatlar bilan yaqinlashtirish, jahоn xalqlari bilan madaniy alоqalarimizni mustahkamlash va yanada taraqqiy ettirish davlatimiz siyosatining muhim yo'nalishini tashkil etadi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun chet tillarini bilish nafaqat yoshlar, balki respublikamizning har bir fuqarosining burchi ekanligihozirgi kundagi dolzarb masalalardan biridir.

O’zbekiston Respublikasining xalqaro munosabatlari keng quloch yoyayotgan bir paytda xorijiy tillarni o’rgatish-o’rganish o’ta zaruriy ehtiyojga aylandi. Ushbu masalaning muhimligini alohida uqtirib, mamlakatimiz birinchi Prezidenti I. A. Karimov shunday degan edilar: «Xozirgi paytda xorijiy tillarni o’rganish va o’rgatishga yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda. Bu ham, albatta, bejiz emas. Butun jahon hamjamiyatidan o’ziga munosib o’rin egallashga intilayotgan mamlakatimiz uchun, chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o’z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yo’qdir» [1].

Shunday tezkor o’zgarish va rivojlanish davrida muhtaram prezidentimizning 2012-yil 10 dekabrda mahsus PQ-1875 sonli “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi Qarori e’lon qilindi [2].

Bugun jahon hamjamiyatidan o’ziga munosib o’rin egallashga intilayotgan mamlakatimiz uchun chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o’z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning xojati yo’qdir. Darhaqiqat, xorijiy tillarni mukammal bilish shaxsning imkoniyatlarini oshirish bilan birga davlat va jamiyat taraqqiyotida ham muhim o’rin tutadi.

Yurtimizda til o’rganishga qiziqish ortib borayotganini hisobga olinib, ta’lim muassasalarida o’quvchi talabalar uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqdaki, ulardan samarali foydalanayotgan yoshlarimiz jahon arenalarida xorijlik tengdoshlaridan aslo kam emasligini dadil isbotlab kelayapti. Biroq kun sayin o’zgarib, yangilanib borayotgan tezkor zamon suratlari chet tili ta’limi tizimini yanada takomillashtirishni talab etmoqda. Xorijiy tillarni o’rganish yoshlarga o’z bilimlarini jahondagi ulkan intellektual xazinalarni egallash orqali yanada boyitish imkoniyatini beradi. So’nggi paytlarda ko’plab xorijiy mamlakatlarda ham chet tillarini chuqur o’rganishga dolzarb vazifa sifatida qaralmoqda.

Xalqaro tajribani inobatga olgan holda yurtimiz ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o’rgatishning yanada takomillashtirilgan tizimini yaratish, moddiy –texnika bazasini yangilash, maxsus kompyuter sinflarini tashkil etish, masofali ta’limni rivojlantirish, elektron darsliklar soni va sifatini oshirish davr talabidir.

Chet tilini o’rgatish, avvalo pedagoglar bilim salohiyatiga bo’gliq. Bugungi kunda til o’rgatishda yagona tizim mavjud emasligi,o’quvchi va o’qituvchilarni rag’batlantirish mexanizmi yaxshi yo’lga qo’yilmagani bois umumta’lim maktablari bitiruvchilarining ma’lum bir qismi xorijiy tillarni o’rganishni o’rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida boshlashga majbur bo’layapti.

Xorijiy tillarni o’rganish va o’qituvchilarni rag’batlantirish orqali kelgusida mamlakatimiz rivojini ta’minlaydigan malakali kadrlarni yetishtirishga zamin yaratadi. Chet tillarini o'qitishda treyninglar o’tkazish, zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ilg'or uslublarni joriy etish, chet tillarda erkin so'zlasha oladigan mutahasislarni tayyorlash, dunyo axborot resurslaridan foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqatni rivojlantirish uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilgan.Shu kabi treyninglar o'qituvchilarga juda samaralidir.

Maktab yoshlarni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash, ularga fan asoslaridan chuqur bilim berish, ularda zamonaviy dunyoqarashni shakllantirish va kengaytirish, ularni estetik tarbiyalash hamda xalq xo’jaligining turli sohalarida mehnat qilishga tayyorlash lozim. Bularni amalga oshirishda chet tili ham o’z hissasini qo’shadi. Albatta bugungi kunda yoshlarimiz orasida ingliz tilini o’rganishga bo’lgan talab juda ham yuqori. Qaysi sohada bo’lmasin ingliz tiliga bo’lgan ehtiyoj seziladi. Chunki, internetda eng ko’p ma’lumotlar shu tilda berilgan. Yosh avlodni har tomonlama o’qimishli, madaniyatli, zamonaviy fikrlovchi shaxs qilib tayyorlashda chet tili, ayniqsa, ingliz tilining o’rni juda katta. «Til bilgan el biladi» deb xalqimiz bejizga aytmagan [3].

Haqiqatdan ham inson qancha ko’p til bilsa imkoniyatlar eshigi keng ochiladi.Respublikamizda chet tilining ijtimoiy ahamiyati tobora ortib borayotganligi ingliz tilini mukammal biluvchi mutaxassislar zarurligi, talabalarning qaysi mutaxassislik bo’yicha o’qishidan qat’iy nazar chet tilini puxta egallashini taqozo etmoqda. Shu maqsaddan kelib chiqqan holda, chet tilini o’rgatish talabi o’z oldimizga fikrini xorijiy tilida og’zaki va yozma tarzda erkin ifodalab bera oladigan, nutq hamda muloqot madaniyati rivojlangan savodxon yoshlarni kamol toptirish vazifasini qo’yadi.

Ingliz tili fani o’qituvchilari har doim izlanishda bo’lishi lozim. Hech qachon bir joyda to’xtab qolishi kerak emas. Chunki, qancha harakat qilinsa tinglovchi va o’rganuvchiga ham ana shu fan qiziqarli bo’ladi. O’qituvchilarga malaka oshirish kurslarida o’qish foydadan xoli bo’lmaydi. Chunki har bir pedagog tez-tez malaka oshirish kuslariga borib, o’z ustida ishlashi lozim.

Noodatiy darslarni ko’proq tashkil qilish, interaktiv usullardan (aqliy hujum), kichik yoshdagi bolalar tilida yozilgan matnlarni eshitish va uni takrorlash orqali ham o’quvchilarda ko’nikmalar shakllanadi. Darslarni lingofon xonalarida o’tib, har bir o’quvchining talaffuzini to’g’rilab, undan keyin eshitganlarini dars jarayonida so’rashdan boshlash kerak [4].

Oilada ota-ona farzand uchun ibratli shaxs hisoblanadi. Shu sababli, ular ham ingliz tilini o’rgansalar nur ustiga a’lo nur bo’ladi, deb o’ylaymiz. Bunda eshitganlarini birin-ketinlik bilan sekin so’rashdan boshlash kerak.

Asosan to’rt turdagi o’qitish usuli bor. Ular eshitish, o’qish, yozish, so’zlash kabilardir. Har bir pedagog ularni o’z o’rnida qo’llab, ko’proq darsda rasmli ko’rgazmali o’quv qurollaridan foydalanib, dars olib borish, ayniqsa ingliz tilidaertaklar o’rgatish (yosh bolalarga xos bo’lgan ertaklarning so’zlari oddiy va tushunarli bo’lishi) kerak. Hamda bolalarni ingliz tilidagi ertaklar haqida bahs-munozaralarga bemalol kirishishni o’rgatish kerak. Mana shunda ko’zlangan maqsadga erishish mumkin.

Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin butun dunyo xalqlari bilan har tomonlama, erkin va bevosita aloqalarning o’rnatilishi davr talabiga aylandi. Xorijiy davlatlar bilan madaniy munosabatlar rivojlanib borayotgan bir vaqtda qiyosiy masalalarini ilmiy asosda tadqiq qilish, qiyosiy qimmati, saviyasini ta`minlovchi omillarni belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Dunyoda buyuk ajdodlarimizning hayoti, ijodi va faoliyatiga bo’lgan qiziqish, e`tibor kuchli. Markaziy Osiyo xalqlarining iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy taraqqiyotiga ulkan xissa qo’shgan, markazlashgan yirik kuchli davlat barpo etish bilan tarixda yorqin iz qoldirgan Sohibqiron Amur Temur siymosi Temuriylar sulolasi ana shu qiziqish va e’tiborning asosini tashkil etadi [5].

Hozirgi paytda xorijiy tillarni o’rganish va o’rgatishda respublikamiz miqyosida katta ahamiyat berilmoqda. Butun jahon hamjamiyatlari orasidan o’ziga munosib o’rin egallashga intilayotgan mamlakatimiz uchun xorijlik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o’z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini izohlashning hojati yo’qdir. Mustaqil respublikamiz jahon hamjamiyatida alohida o’z o’rniga ega bo’layotgan va xalqaro aloqalar, savdo-sotiq, sayyohlik, mamlakatlar o’rtasida madaniy aloqalar rivojlanib, mustahkamlanib borayotgan bir paytda uning kelajagini yaratuvchi yoshlarga ingliz tilini mukammal o’rgatish va xorijliklar bilan suhbatlashish davomida o’ziga tegishli masalalarni erkin muhokama qilish, umuman og’zaki va yozma shaklda muloqot qilish metodikasining eng muhim vazifalaridandir.

Adabiyot:

  1. I. A. Karimov «O’zbekiston mustaqqillikka erishish ostonasida» Toshkent-2011yil.
  2. I. A. Karimov “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (Oliy Majlisning IX sessiyasidagi nutqi) 1997 yil 29 avgust.
  3. Abduazizov A “Ingliz tili nazariy fonetikasi” Toshkent 2005.
  4. Afzalov M. O'zbek xalq ertaklari haqida. Toshkent 1964.
  5. Alimov Sh. «Pedagogik texnologiyalar-zamonaviy o’zbek milliy modeli». Andijon — 2009.
Основные термины (генерируются автоматически): Узбекистан.


Ключевые слова

O’zbekiton Respublikasi, chet-tili, rivojlangan mamlakat, xalq, o’quvchi yoshlar, yangilanish

Похожие статьи

Узбекистан и международные организации: Шанхайская...

Узбекистан как суверенное государство активно ведет работу по формированию открытой экономики. Основой построения экономики открытого типа является широкое участие страны в...

Узбекистан — миролюбивая страна | Статья в журнале...

На сегодняшний день, в мире происходят такие глобальные события, которые ставят в тревожное положение мировое сообщество.

Культурные и межнациональные отношения Узбекистана...

В статье рассматривается культурные и межнациональные отношения Узбекистана с Российской Федерацией в годы независимости.

Книжная культура Узбекистана как актуальное научное...

Книжная культура в Центральной Азии имеет самобытную, богатую традициями и именами, многовековую историю. На протяжении столетий на страницах рукописной книги запечатлелось...

Прогнозирование развития регионов Узбекистана

Региональная экономика – это отрасль экономической науки, изучающая территориальную организацию производства. Она описывает экономические явления и процессы...

Особенности системы государственного управления Республики...

Ключевые слова: Республика Узбекистан, Олий Мажлиса, Правительство, Президент, Средней Азии, Премьер-министр, Конституция. Государство в центральной части Средней Азии.

Развитие экономики Узбекистана за годы независимости

В статье освещены основные итоги развития экономики Узбекистана за годы независимости и перспективные направления её развития на 2016–2030 годы.

Индустрия туризма в Узбекистане: проблемы и тенденции развития

Современное состояние индустрии туризма рассмотрено с точки зрения статистических данных о состоянии отрасли, наличии туристских ресурсов и предприятий индустрии туризма и...

Промышленность в экономике Узбекистана и пути ее развития

Промышленность является основной и самой крупной отраслью материального производства. Она обеспечивает все отрасли народного хозяйства предметами производства и орудиями...

Конституционные основы государственной...

Согласно статье 1 Конституции, Республика Узбекистан считается суверенным демократическим и независимым государством.

Похожие статьи

Узбекистан и международные организации: Шанхайская...

Узбекистан как суверенное государство активно ведет работу по формированию открытой экономики. Основой построения экономики открытого типа является широкое участие страны в...

Узбекистан — миролюбивая страна | Статья в журнале...

На сегодняшний день, в мире происходят такие глобальные события, которые ставят в тревожное положение мировое сообщество.

Культурные и межнациональные отношения Узбекистана...

В статье рассматривается культурные и межнациональные отношения Узбекистана с Российской Федерацией в годы независимости.

Книжная культура Узбекистана как актуальное научное...

Книжная культура в Центральной Азии имеет самобытную, богатую традициями и именами, многовековую историю. На протяжении столетий на страницах рукописной книги запечатлелось...

Прогнозирование развития регионов Узбекистана

Региональная экономика – это отрасль экономической науки, изучающая территориальную организацию производства. Она описывает экономические явления и процессы...

Особенности системы государственного управления Республики...

Ключевые слова: Республика Узбекистан, Олий Мажлиса, Правительство, Президент, Средней Азии, Премьер-министр, Конституция. Государство в центральной части Средней Азии.

Развитие экономики Узбекистана за годы независимости

В статье освещены основные итоги развития экономики Узбекистана за годы независимости и перспективные направления её развития на 2016–2030 годы.

Индустрия туризма в Узбекистане: проблемы и тенденции развития

Современное состояние индустрии туризма рассмотрено с точки зрения статистических данных о состоянии отрасли, наличии туристских ресурсов и предприятий индустрии туризма и...

Промышленность в экономике Узбекистана и пути ее развития

Промышленность является основной и самой крупной отраслью материального производства. Она обеспечивает все отрасли народного хозяйства предметами производства и орудиями...

Конституционные основы государственной...

Согласно статье 1 Конституции, Республика Узбекистан считается суверенным демократическим и независимым государством.

Задать вопрос