Chet tilini o’qitishda zamonaviy innоvatsion texnologiyalaridan foydalanish va uning samaradorligi | Статья в журнале «Молодой ученый»

Библиографическое описание:

Отабоева М. Р. Chet tilini o’qitishda zamonaviy innоvatsion texnologiyalaridan foydalanish va uning samaradorligi // Молодой ученый. — 2017. — №4.2. — С. 36-37. — URL https://moluch.ru/archive/138/39058/ (дата обращения: 22.06.2018).



Bugungi tezkor rivojlanayotgan zamonda ilm-fan, texnika ham shiddat bilan o’sib bormoqda. Har bir sohada taraqqiyot ilgari qadam tashlamoqda. Xususan, ilm-fanda ham katta o’zgarishlar, sezilarli yutuqlarga erishilmoqda. Har bir fanni yangi innovatsion pedagogik texnlogiyalardan foydalanib talabalarga yetkazib berish bugungi kundagi ta’limning asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning 2012 yil 13 dekabrdagi PQ 1875 –sonli qarori qabul qilingandan so’ng mamlakatimizda chet tillarni o’qitishga, o’rganishga bo’lgan e’tibor yanada kuchaydi. Yurtimizda chet tillarni o’qitilishida yangicha bosqich, yangucha davr boshlandi. Chet tili darslarining o’itilishi jarayonida ilg’or pedagogik texnologiyalarni, interfaol, innovatsion usullardan, kommunikativ-axborot vositalaridan foydalanish talab qilinmoqda. Respublikamizda chet tilining o’qitilishi, chet tili o’qituvchilarining bilim va ko’nikmalarini baholashning umumevropa ramkalari tavsiyanomalari (CEFR) ga mos ravishda yangi usul va talablari ishlab chiqildi. Unga ko’ra umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari uchun darsliklar yaratildi. Ushbu talablarga mos ravishda o’quv xonalari stendlar va yangi axborot kommunikativ texnikalar bilan jihozlandi. Chet tili o’rganishga bo’lgan talab ham kundan kunga oshib bormoqda. Chet tili fani to’rt aspectga (o’qish, yoish, tinglab tushunish va gapirish) bo’linib, ularning har biri bo’yicha alohida tushuncha va ko’nikmalar berilmoqda.

Ta’lim texnologiyalari, bu ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishdir. Shuningdek, ta’lim jarayoniga zamonaviy innavatsion texnologiyalarini olib kirish orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Xususan, chet tilini o’rganishda bunday axborot-kommunikatsion texnoogiyalardan foydalanishning bir qancha afzalliklari mavjuddir. Til o’rganish va o’qitishda zamonaviy taxnologiyaning roli beqiyosdir. Texnologik vositalardan foydalanish chet tili o’rganishning har bir aspect (o’qish, yoish, tinglab tushunish va gapirish)ida qo’l keladi. Masalan, tinglab tushunish uchun, albatta kompyuter, player,CD disklarsiz bu jarayonni amalga oshirish mumkin emas. Tinglab tushunish til o’rganishning eng muhim qismlaridan biridir. Bunda o’quvchi bir paytning o’zida so’zlovchining talaffuzi, grammatik qoidalarga rioya qilganligi, so’z boyligi va uning ma’nolariga e’tibor berishi talab qilinadi. Ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishda o’quvchilar ham axborot — kommunikatsion texnologiyalarni yaxshi bilish va ulardan foydalana olishi muhim omil hisoblanadi. Chet tilini zamonaviy texnologiyalardan foydalanib o’rgatish va o’rganish eng samador usullardan biridir. Bu jarayonda, jumladan:

— kompyuterlardan foydalanganda o’quvchi chet tilidagi video roliklarni, namoyishlarni, dialoglarni kino yoki multfilmlarni ham ko’rishi ham eshitishi mumkin;

— chet tilidagi radio eshittirishlar va televideniedagi dasturlarni eshitish va tomosha qilish mumkin;

— ancha an’anaviy usul hisoblanadigan magnitafon va cassetalardan foydalanish;

— CD pleyerlardan foydalanish mumkin. Bu texnik vositalardan foydalanish o’quvchilarning chet tilini o’rganishlari jarayonini qiziarliroq va samaraliroq bo’lishini ta’minlaydi.

Globallashuv jarayonida hayotimizni internetsiz tasavvur qilish qiyin. Chet tilini o’rganish va o’qitish jarayonida undan unumli foydalanishning eng samarali usullardan hisoblanadi. Internet orqali chet tilida so’zlashuvshilar bilan muloqot qilish imkoniyati paydo bo’ladi. E-mail orqali xat yozishish bilan yozish mashqini takomillashtirish mumkin.

Ta’lim jarayoniga zamonaviy — kommunikatsion texnologiyalarni olib kirish ulardan maqsadli va to’g’ri, unumli foydalanish, ular orqali o’quvchida chet tiliga bo’lgan qiziqishni orttirish, o’qitish samaradorligini oshirish eng muhim masala hisoblanadi. Bu orqali ta’limning innavatsion texnologiyalaridan foydalanishga imkoniyat tug’iladi va talab ortadi.

Bugungi kunda innavatsion ta’lim texnologiyalarining bir necha xil usullari mavjud. Ulardan darslarda mavzuni yoritishda keng va turli usullaridan foydalanilsa, darsning samaradorligi yuqori bo’ladi va o’quvchilrning darsga bo’lgan qiziqishlarining ortishi ham ta’minlanadi. Ta’lim jarayoniga yangiliklarni olib kirish va ularni tadbiq qilish orqali ta’lim samaradorligini oshirish nazarda tutiladi. Chet tili darslarining o’qitilishida turli rolli, harakatli o’yinlardan foydalanish ham darsga ham til o’rganishga bo’lgan qiziqishni ortishiga sabab bo’ladi. O’quvchilarning juft yoki kichik guruhlarda ishlashlari orqali esa o’quvchilarning boshqalar bilan kommunikativ aloqa qilishlari uchun yordam beradi.

Ta’lim jarayonida grafik organayzerlardan foydalanish mavzuni yoritishda, uni o’quvchilarga yetkazib berishda eng muhim visitalardan hisoblanadi. Bir mavzuni yoritishda bir necha xil grafik organayzerlardan foydalanish ham mumkin. Chet tilini o’qitishda grafik organayzerlardan foydalanib, mavzuga oid yangi so’zlarni, grammatik qoidalarni tushuntirish maqsadga muvofiqdir. Grafik organayzerlar orqali bular berilsa, yodda saqlanib qolishi ham oson bo’ladi.

Chet tilini o’qitish jarayonida turli xil jadvallardan foydalanishning ham samarasi yuqoridir. Ta’lim jarayonida jadvallardan foydalanib, o’quvchilar ma’lum bir grammatik qoidani,masalan, zamonlardan foydalanib gaplar tuzish, yangi so’zlarni joylashtirib chiqishi mumkin.

Chet tilini o’rganishga ehtiyoj yuqori bo’lgan bir davrda, ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan, innavatsion ta’lim texnologiyalaridan unumli foydalanish bu jarayonni samarali bo’lishiga olib keladi. Innavatsion ta’lim texnologiyalarning samaradorligi ularning ta’lim jarayonida to’g’ri va unumli foydalanilganidadir.



Обсуждение

Социальные комментарии Cackle
Задать вопрос