Pul ekvivalentlari tushunchasi: respublikamiz va xorij amaliyotida | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 4 мая, печатный экземпляр отправим 8 мая.

Опубликовать статью в журнале

Авторы: ,

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №27 (422) июль 2022 г.

Дата публикации: 09.07.2022

Статья просмотрена: 1464 раза

Библиографическое описание:

Ташназаров, С. Н. Pul ekvivalentlari tushunchasi: respublikamiz va xorij amaliyotida / С. Н. Ташназаров, Г. А. Джумаева. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2022. — № 27 (422). — С. 269-271. — URL: https://moluch.ru/archive/422/93844/ (дата обращения: 26.04.2024).



Ushbu maqolada respublikamiz hamda xalqaro amaliyotda pul ekvivalentlarining turlari, O’zbekiston sharoitida pul ekvivalentlari tarkibini takomillashtirish borasida fikr yuritilgan.

Kalit so’zlar: pul mablag’lari, investitsiyalar, omonat va depozit sertifikatlari, obligatsiyalar.

В данной статье рассматриваются виды денежных эквивалентов в нашей республике и мировой практике, а также совершенствование состава денежных эквивалентов в условиях Узбекистана.

Ключевые слова: денежные средства, инвестиции, сберегательные и депозитные сертификаты, облигации.

Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev tomonidan 2020-yil 24-fevralda Respublikamizda “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4611-son Qaror imzolandi.Qabul qilingan hujjat tadbirkorlik sub'ektlarini MHXSga o‘tishga tayyorgalik ko‘rish va muvofiqlashtirish jarayonini tubdan qayta ko‘rib chiqishni nazarda tutadi. Shu nuqtai nazardan pul mablag’lari va pul ekvivalentlari tushunchasi va hisobini xalqaro hisob talablariga asosan takomillashtirishni taqazo etadi. Korxonalarning to’lovga layoqatliligini aniqlashda albatta pul mablag’lari ekvivalentlarini to’g’ri turkumlanishi, hisobining to’g’ri yuritilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Pul ekvivalentlari to’g’risidagi ma’lumotlar buxgalteriya balansi (moliyaviy holat to’g’risidagi hisobot) hamda pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda yuritiladi. Quyidagi jadvalda 9-son BHMS “Pul oqimi to’g’risidagi hisobot”, 7-son BHXS “Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot”da pul ekvivalentlari to’g’risidagi ta’tiflar keltirilgan:

Jadval 1

BHXS va BHMS bo’yicha pul ekvivalentlari to’g’risidagi ta’tiflar.

9-son BHMS “Pul oqimi to’g’risidagi hisobot [1]

7-son BHXS “Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot” [2]

Pul ekvivalentlari — ma’lum pul mablag‘iga tez va oson almashtiriladigan hamda qiymatidagi o‘zgarishlar tufayli uncha ko‘p bo‘lgan qisqa muddatli, yuqori likvidli investitsiyalar (moliyaviy qo‘yilmalar).

Pul mablag’larining ekvivalentlari — belgilangan summadagi pul mablag’lariga oson aylantiriladigan va qiymatining o’zgarishi jihatidan sezilarsiz darajadagi riskka ega bo’lgan, qisqa muddatli va yuqori likvidli investitsiyalardir.

Pul mablag‘i ekvivalentlaridan asosan investitsiyalar va boshqa maqsadlar uchun emas, balki faqat qisqa muddatli majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlar uchun foydalaniladi.

Pul mablagʼlarining ekvivalentlari investitsiya yoki boshqa maqsadlar uchun emas, balki qisqa muddatli majburiyatlar boʼyicha toʼlovlarni amalga oshirish maqsadida ushlab turiladi.

Investitsiyalarni pul ekvivalenti deb hisoblash uchun ular erkin ravishda naqd pulga aylantiriladigan bo‘lishi va qiymatining o‘zgarishida biroz xavf bo‘lishi lozim.

Investitsiyani pul ekvivalenti deb hisoblash uchun, u belgilangan summadagi pul mablagʼiga oson aylantiriladigan va qiymatidagi oʼzgarishlar riski sezilarsiz darajada boʼlishi lozim.

Investitsiya qisqa muddatda to‘lanadigan bo‘lsa, ya’ni xarid qilingan paytdan boshlab taxminan uch oy ichida to‘lanadigan bo‘lsa, uni pul ekvivalenti deb hisoblash mumkin bo‘ladi.

Investitsiya odatda uning soʼndirish muddati qisqa boʼlsagina, yaʼni xarid qilingan paytdan boshlab taxminan uch oy yoki undan kam muddat ichida toʼlanadigan boʼlsa, pul mablagʼlarining ekvivalenti deb hisoblanishi mumkin.

Ulushli investitsiyalar pul ekvivalentlariga kirmaydi, bundan ular, aslini olganda, pul mablagʼlarining ekvivalentlari boʼlgan holatlari istisno, masalan soʼndirilishiga qisqa muddat qolganda sotib olingan va soʼndirilish muddati aniq belgilangan imtiyozli aktsiyalar misolida kabi.

Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, milliy va xalqaro satandartlarda pul ekvivalentlariga berilgan ta’riflar deyarli bir xil. Berilgan ta’riflarda bir-birini inkor etuvchi tushunchalar, atamalar mavjud emas.

Respublikamizda pul mablag’lari ekvivalentlarini xalqaro standartlar asosida alohida o’rganishi lozim. Pul mablagʼlarining ekvivalenti esa yuqorida keltirilgan ta’riflardan ma’lumki, «qisqa muddatli, belgilangan summadagi pul mablagʼlariga oson aylantiriladigan va qiymatining oʼzgarishi jihatidan ahamiyatsiz darajadagi riskka ega boʼlgan yuqori likvidli investitsiyalar» deb taʼriflangan.

Demak, pul mablagʼlari ekvivalentining soʼndirish muddati 3 oydan kam boʼlishi kerak. Bu hisobot kunidan boshlab 3 oy emas, balki shartnoma yoki xarid kunidan boshlab investitsiyaning umumiy muddatidir. Shuning uchun, agar tashkilotning 6 oylik omonatga investitsiyasi boʼlsa, bu pul mablagʼlarining ekvivalenti sifatida tasniflanmaydi.

21-son BHMS ga asosan pul ekvivalentlari hisobi 5600-“ Pul ekvivalentlari” schotida yuritilishi ko’rsatilgan. Bunga asosan 5610-“ Pul ekvivalentlari (turlari bo’yicha)” schotida markalar, pattalar va boshqa pul ekvivalentlari nominal qiymati bo’yicha hisobga olinadi, deb ko’rsatilgan [6].

Xalqaro amaliyotda pul mablag’larining ekvivalentlariga quyidagilar kiritilishi ko’rsatilgan [7]:

— Veksel (Commercial paper)

— Pul bozori investitsiya fondlari (Money market mutual funds)

— Depozitlari to’g’risidagi bank sertificatlari (Bank certificate of deposits)

— G’aznachilik qimmatli qog’ozlari (Treasury securities)

— Imtiyozli aksiyalar (Preferred stocks(less than 3 months maturity))

Bizningcha pul mablagʼlarining ekvivalentlari quyidagilarni oʼz ichiga olishi mumkin:

— Bankdagi omonatlar

— Depozit sertifikatlari

— Pul bozoridagi moliyaviy instrumentlar

— Korporativ obligatsiyalar

— Davlat obligatsiyalari

— Evrobondlar

Bank omonati yoki depozit — bu pul mablag'la va jamg'armalarni bank hisobida saqlash va omonat miqdorini ko'paytirish uchun kiritishdir. Bank mijozi pul mablag’larini qo'yib, bankka o'z mablag'laridan foydalanishga ruxsat beradi va bank, o'z navbatida, omonatchiga qo'yilgan mablag' uchun foiz to'laydi [8].

Depozit sertifikati — bu o'z mijozlariga (yuridik shaxslarga) tijorat banklari tomonidan chiqariladigan va chiqariladigan qimmatli qog'ozlar turlaridan biridir. Ushbu sertifikat bankka qo'yilgan omonat haqiqati va miqdorini va egasining belgilangan muddat oxirida foizlar bilan olish huquqini tasdiqlovchi va tasdiqlovchi hujjatdir. Hujjat omonatchining unda ko'rsatilgan miqdorni olish huquqini tasdiqlaydi. Mablag'larni ushbu sertifikatni bergan bankning istalgan filialidan olish mumkin [9].

Korporativ obligatsiya xususiy korxonalarni moliyalashtirish uchun chiqariladi. Tijorat banklarining yuqori foizli kreditlarini olish o‘rniga keng aholi uchun daromadli korporativ obligatsiyalarni chiqarish hisobiga xo‘jalik jamiyatining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda ulardan foydalanish samarali hisoblanadi.

Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar bilan ushbu moliyaviy instrument bank kreditining haqiqiy muqobiliga aylanishi uchun korporativ obligatsiyalarni chiqarish shartlari yanada soddalashtirildi.

Ya’ni:

— korporativ obligatsiyalar summasi jamiyatning o‘z kapitali miqdoridan oshishi mumkin, bunda oshgan qismiga ta’minot bo‘lishi;

— so‘nggi bir yilda (ilgari so‘nggi uch yilda) rentabellik, to‘lovga qobiliyatlilik, moliyaviy barqarorlik va likvidlilikning ijobiy ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi;

— obligatsiyalar chiqarilishidan oldingi bir yil uchun moliyaviy hisobot bo‘yicha xolis auditorlik xulosasi mavjudligi yetarli bo‘ladi [10].

Davlat obligatsiyalari — davlat tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻoz turi: Davlat obligatsiyalarini sotib oluvchilar — aholi, firmalar, banklar va turli tashkilotlar investorlar hisoblanadi. Obligatsiyalarni sotishdan tushgan pul davlatning daromadini tashkil etadi, ammo u davlatning qarziga ham aylanadi Davlat obligatsiyalari muayyan muddatlar uchun chiqariladi. Turli mamlakatlarda qisqa muddatli, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli davlat obligatsiyalari mavjud. Muddati kelgach, obligatsiyalarni davlat kaytadan sotib oladi. Davlat obligatsiyalari daromad keltiruvchi qimmatli qogʻozlar turiga kiradi [11].

Yevroobligatsiyalar moliyaviy “lahja”da yevrobond deyiladi. Bu emitent(qimmatli qogʼozlar va qogʼoz pul chiqarish huquqiga ega boʼlgan davlat, bank yoki idora) uchun xorij valyutasida chiqarilgan uzoq muddatli qimmatbaho qogʼozlardir. Emitentning ishonchliligini reyting agentliklari kuzatib boradi. Yevroobligatsiyalar 1 yildan 40 yilgacha boʼlgan muddatga mablagʼ resurslarini olishdan manfaatdor boʼlgan hukumatlar, xalqaro tashkilotlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, yirik korporatsiyalar tomonidan chiqariladi [12].

Demak, pul ekvivalentlarining hisobini yuritishga mo’ljallangan 5610-“ Pul ekvivalentlari (turlari bo’yicha)” schotning tarkibiy qismini xalqaro hisobga asoslanib takomillashtirish, pul ekvivalentlarining turlari bo’yicha hisobini yuritish uchun subschotlar kiritilshi lozim.

Adabiyot:

  1. O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuni 2016 yil 13 aprel.
  2. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4611-sonli “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori
  3. 9-son BHMS “Pul oqimi to’g’risidagi hisobot” O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 4.11.1998 yilda qayd etilgan, № 519
  4. 7-son BHXS “Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot” 1994 yil 1 yanvardan kuchga kiritilgan.
  5. “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to’ldirish bo’yicha qoidalari” O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-son buyrug’i bilan tasdiqlangan.
  6. http://bhms.uz/wp-content/uploads/2017/07/21.doc
  7. https://www.wallstreetmojo.com/cash-equivalents/
  8. https://kapitalbank.uz/upload/medialibrary/c04/Omonat-bu-nima.pdf
  9. https://lawyer-great.ru/uz/sberegatelnye-i-depozitnye-sertifikaty-sberegatelnyi/
  10. https://zarnews.uz/uz/post/korporativ-obligaciya-nima-va-u-qanday-maqsadda-chiqariladi
  11. https://uz.wikipedia.org/wiki/Davlat_obligatsiyalari
  12. https://xs.uz/uzkr/post/evrobondlar-ozbekistonga-qandaj-fojda-keltiradi

[1] O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 4.11.1998 yilda qayd etilgan, №519

[2] 1994 yil 1 yanvardan kuchga kiritilgan

Основные термины (генерируются автоматически): BHMS, BHXS.


Ключевые слова

pul mablag’lari, investitsiyalar, omonat va depozit sertifikatlari, obligatsiyalar

Похожие статьи

Основные термины (генерируются автоматически): BHMS, BHXS...

9-son BHMS «Pul oqimi to’g’risidagi hisobot» O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 4.11.1998 yilda qayd etilgan, № 519. 7-son BHXS «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot» 1994 yil 1...

Хроническая ишемия головного мозга | Статья в журнале...

Статья посвящена проблеме хронической цереброваскулярной патологии, имеющей чрезвычайную медицинскую и социальную значимость. Изложены вопросы...

Иерсиниозы: этиология, патогенез, клиника и лечение

Библиографическое описание: Шерхова, Д. З. Иерсиниозы: этиология, патогенез, клиника и лечение / Д. З. Шерхова, Э. Б. Хутинаева. — Текст : непосредственный // Молодой ученый.

Концепция «Шесть сигм» в гостиничной индустрии | Молодой ученый

Библиографическое описание: Неробеева, В. А. Концепция «Шесть сигм» в гостиничной индустрии / В. А. Неробеева. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2019. — № 14...

Синдром Стерджа — Вебера. Энцефалотригеминальный ангиоматоз

Библиографическое описание: Бижева, М. А. Синдром Стерджа — Вебера. Энцефалотригеминальный ангиоматоз / М. А. Бижева. — Текст : непосредственный // Молодой...

Что такое УДК и как его читать — Молодой учёный

Наряду c прочими обязательными элементами, при подготовке статьи к подаче на рассмотрение редакции необходимо указать ее код УДК. Действительно, если пролистать научный журнал...

Таксономия образовательных целей Бенджамина Блума

Библиографическое описание: Гафурова, А. Д. Таксономия образовательных целей Бенджамина Блума / А. Д. Гафурова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2022. — № 1 (396).

Технология широкополосного беспроводного доступа

В статье рассматриваются возможности технологии широкополосного беспроводного доступа в сетях WiMAX...

Брахиоподы в отложениях каменноугольного периода (Кузнецкий...)

Брахиоподы — это одиночные морские животные, с телом, покрытым двустворчатой раковиной. В ископаемом состоянии, сохраняется только раковина, на внешней стороне которой...

Похожие статьи

Основные термины (генерируются автоматически): BHMS, BHXS...

9-son BHMS «Pul oqimi to’g’risidagi hisobot» O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 4.11.1998 yilda qayd etilgan, № 519. 7-son BHXS «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot» 1994 yil 1...

Хроническая ишемия головного мозга | Статья в журнале...

Статья посвящена проблеме хронической цереброваскулярной патологии, имеющей чрезвычайную медицинскую и социальную значимость. Изложены вопросы...

Иерсиниозы: этиология, патогенез, клиника и лечение

Библиографическое описание: Шерхова, Д. З. Иерсиниозы: этиология, патогенез, клиника и лечение / Д. З. Шерхова, Э. Б. Хутинаева. — Текст : непосредственный // Молодой ученый.

Концепция «Шесть сигм» в гостиничной индустрии | Молодой ученый

Библиографическое описание: Неробеева, В. А. Концепция «Шесть сигм» в гостиничной индустрии / В. А. Неробеева. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2019. — № 14...

Синдром Стерджа — Вебера. Энцефалотригеминальный ангиоматоз

Библиографическое описание: Бижева, М. А. Синдром Стерджа — Вебера. Энцефалотригеминальный ангиоматоз / М. А. Бижева. — Текст : непосредственный // Молодой...

Что такое УДК и как его читать — Молодой учёный

Наряду c прочими обязательными элементами, при подготовке статьи к подаче на рассмотрение редакции необходимо указать ее код УДК. Действительно, если пролистать научный журнал...

Таксономия образовательных целей Бенджамина Блума

Библиографическое описание: Гафурова, А. Д. Таксономия образовательных целей Бенджамина Блума / А. Д. Гафурова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2022. — № 1 (396).

Технология широкополосного беспроводного доступа

В статье рассматриваются возможности технологии широкополосного беспроводного доступа в сетях WiMAX...

Брахиоподы в отложениях каменноугольного периода (Кузнецкий...)

Брахиоподы — это одиночные морские животные, с телом, покрытым двустворчатой раковиной. В ископаемом состоянии, сохраняется только раковина, на внешней стороне которой...

Задать вопрос