Maqom san`atini o‘qitishning dolzarb masalalari | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 4 мая, печатный экземпляр отправим 8 мая.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №4 (294) январь 2020 г.

Дата публикации: 28.01.2020

Статья просмотрена: 733 раза

Библиографическое описание:

Назарова, Ирода. Maqom san`atini o‘qitishning dolzarb masalalari / Ирода Назарова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 4 (294). — С. 478-480. — URL: https://moluch.ru/archive/294/66786/ (дата обращения: 26.04.2024).



Maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining musiqa darslarida an’anaviy xonandalik — maqom haqida tushunchalarni shakllantirishning dolzarb masalalari qamrab olingan. Shuningdek, muallif darsliklarda mumtoz ashulani o‘rganish bo‘yicha yuzaga kеlayotgan muammolar, musiqa o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligidagi kamchiliklar, maqomlarni kuylash malakasining talab darajasida emasligi va bularni bartaraf qilishning yo‘l-yo‘riqlari haqida fikr yuritgan.

Kalit so‘zlar: mumtoz, an’anaviy xonandalik, qo‘shiqchilik, maqom, meros, diopazon, chormaqom, kichik oktava, improvizatsion ijrochilik.

В данной статье рассматриваются проблемы формирования понятия традиционное пения-макома (музыкальная мелодичность, форма и жанр) у учащихся общеобразовательной школы, отмечены имеющиеся недостатки: неполное описание способов классического пения, и недостаточная профессиональная подготовка учителей, отсутствие навыков традиционного пения — макома, определены задачи по устранению этих недостатков.

Ключевые слова: маком, наследие, диапазон, классическое пение, профессиональная подготовка.

The article involves the issue of teaching classic music “makom” to the 7th grade pupils of general secondary education. The author shares his ideas about the problems evolving from teaching classical singing in textbooks, professional shortcomings of music teachers, their not enough singing ability and how to overcome above mentioned problems.

Key words: diapason, small octave, improvisation, classic music, professional shortcomings.

Maqomlarga xos xususiyat aqliy teranlik, mantiqiy fikrlash asosida ma’naviy fazilatning barcha qirralarini ongli ravishda o‘zlashtirish orqali aqliy barkamollikka erishishni ta’minlashdan iborat. Xalq qo‘shiqlari, maqomlarning qamrov doirasi chegaralanmagan. Mazkur ijro namunalarini o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, dunyoqarashi, ahloqiy-estetik taraqqiyot darajasiga ko‘ra darsliklarga kiritish ta’lim jarayonida o‘quvchilarning ma’naviyatini yuksaltiradi. Hozirda ta’lim muassasalarida musiqiy ta’lim-tarbiya berishdan asosiy maqsad yosh avlodni milliy musiqiy merosimizga hurmat ruhida voyaga yetishini ta’minlashdan iboratdir.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mumtoz maqom yo‘llarining nafis va dilkash, chuqur falsafiy ma’noga ega ta’sirchan cholg‘u ila aytim navolari xalqimizni qadimdan bahramand etib kelmoqda. Maqomlarning asrlar osha yashab kelayotgani bir qator omillar, xususan, ustoz hofizu sozandalarning yuksak ijrochilik mahorati bilan chambarchas bog‘liq. Xalq musiqa san’atining jonli jarayonini aks ettiruvchi mezon bu — ijrochilik amaliyotidir. Ijrochilik amaliyoti qanchalar ilg‘or va salohiyatli bo‘lsa, uning ijodiyotga ta’siri ham ulkan bo‘ladi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining VI sinflari uchun S.Begmatov, D.Karimova, Q.Mamirovlarning “Musiqa” darsligi, O.Ibrohimov, J.Sadirov tomonidan yaratilgan VII sinf uchun “Musiqa” darsliklarida mumtoz musiqa haqida tushuncha, kuylar, ashulalar, Shashmaqom, maqom turlari haqida bayon etilgan. har bir mavzu bolalarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqib tinglash va kuylash uchun ijro namunalari keltirilgan. Darslik mavzularini o‘rganish jarayonida kuylash amaliyoti bo‘yicha ko‘pgina mulohazalar yuzaga keldi, muammolar aniqlandi. VI sinf musiqa darsligida har bir chorakda muayyan mavzuni yoritishga qaratilgan. O‘quvchilar choraklar davomida Shashmaqom, Chormaqom, Xorazm maqomlari ijrochilik maktablari haqida nazariy ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. Biroq, maqom ashulalarini kuylash bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni egallash uchun ijro namunalari taqdim etilmagan. Buning asosiy sababi, mazkur maqom ijrochiligi maktablarida ashula namunalari katta diopozonli, yuksak ijrochilik mahoratini talab qiladigan asarlardan iborat. Shuning uchun mualliflar asarlarni berishdan mulohazaga borganlar. Аshulalarni o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, dunyoqarashi, axloqiy-estetik taraqqiyot darajasiga ko‘ra tanlashda voha ashulachilik ijro namunalari — mumtoz ashula darajasidagi asarlari ko‘plab uchraydi. Masalan, xalq qo‘shiqlari “Sharob”, “Tanovar”, “Miskinlar”, “Farg‘onacha”, o‘tmish bastakorlar ijodi “So‘lim”, “Dilxiroj”, “Sallamno” kabi o‘nlab ashulalar, mumtoz ashulalardan “Chorgoh 4”, “Qashqarcha”, “Rok”, “Sarohbori”, “Dugoh 2–3” taronalari shular jumlasidan. Yosh avlodni milliy musiqiy merosimizni idrok eta oladigan barkamol shaxs qilib voyaga yetkazishda mazkur ashulalarning to‘liq variantini darsliklarga kiritish lozim. Mavzu bo‘yicha nazariy bilimlardan so‘ng musiqa savodi va ijro asarlari mantiqan mavzuga mos bo‘lishi lozim. Masalan, darslikda mumtoz musiqa haqida tushuncha berilib, musiqa savodi qismida mavzuga mos bo‘lmagan mashqlarga dirijorlik qilish jarayoniga o‘tilgan. Bolalarning psixo-fiziologik holatlaridan kelib chiqib bir soatlik dars jarayonida bolaning xotirasini uch xil faoliyatga chalg‘itmay, musiqa savodini ham, ashulani ham mavzuga mos ravishda tanlash kerak. Musiqa savodi qismida mumtoz musiqaga oid kalit so‘zlar yoki atamalar maqom, bozgo‘y, maqom nomlari va boshqalar berilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Ashula qismida mumtoz kuylar “Farg‘onacha janon” “Ey sarviravon”, “Sarohbori dugoh taronalari”, “Qalandar”, “Soqiynoma” va “Uforlar” tarannumini kiritish dars samaradorligini oshiradi. Musiqa fani o‘qituvchilarining barchasini ijrochilik mahoratini yuksak, deya olmaymiz. hamma o‘qituvchi ham iqtidorli xonanda emas, yoki aksincha sozanda emas. Shunday ekan, musiqa o‘qituvchisi o‘z imkon darajasida faoliyat ko‘rsatadi. Mutaxassislarning fikricha, maqom ijrochiligida necha-necha avlodlarga mansub mashhur honanda-yu sozandalarning ijroviy mohirligi va tajribalari bu sohani yuksalishiga olib kelgan. Bunda ustoz darajasiga yetgan bastakor va ijrochi o‘zi ning ijodiy bisotidan shogirdlariga “yuqtirish” bilan mumtoz musiqa namunalarini abadiylashtirishga o‘z hissasini qo‘shishga intiladi. Shogirdlar ham ushbu qoidaga amal qilgan holda ustozlardan olgan ilmiy-ijodiy malakalarini yanada sayqallashtirib, o‘z navbatida kelgusi avlod vakillariga yetkazishga harakat qilish lozim Kaykovusning “Qobusnoma” asarining “Hofiz va sozandalik zikrida” nomli bobida bayon etilishicha, musiqa ilmining ustozlari ushbu muallif yashagan davrda xalqning har bir tabaqasi tabiatiga mos ravishda kuylar tuzishgan. Bunday tabaqalardan biri esa yosh bolalar va nozikta’b kishilar, ya’ni ayollar bo‘lishgan. Bu qavm uchun, — deyiladi asarda — taronani ishlab chiqdilar, toki bu qavm ham bahra olsinlar, rohat qilsinlar. Chunki hamma vaznlarning orasida taronadin yoqimli vazn yo‘qdur”.

XIX asrning oxiri XX asrning birinchi yarmida maqom ijro an’analarining buyuk davomchilaridan biri, benazir hofiz va sozanda Abdulaziz Rasulov shogirdlarining ijodiy mahoratini oshirish maqsadida maqomlarni bilib olgan yosh ashulachilarga bitta ashulani turli variantlarda ko‘rsatib, ularni mustaqil improvizatsiya qilishga o‘rgatar edi. Ustoz shogirdlaridan shu tariqa ijro ham ijodiy barkamollikka erishishni talab qilar edi. “Ustoz-shogird” maktabi asosida maqomlarni o‘rganish uzoq o‘tmishda shakllangan va hozirgacha davom ettirilmoqda. Ijrochilik sabog‘i azal-azaldan an’anaga ko‘ra ustoz-shogird ko‘rinishida amalga oshirilgan. har bir shogird o‘z ustozi nazoratida va tarbiyasida bo‘lgan. Musiqa san’ati va badiiy adabiyotga xos bo‘lgan soz chertish, ashula aytish, so‘zni to‘g‘ri talaffuz qilish, she’r va g‘azallarning ma’nosini anglash, musiqiy merosni o‘rganish doimo ustozlarning nazoratida bo‘lgan. Shogirdning xalq oldida, musiqa ixlosmandlari oldidagi mustaqil xonish qilishi ustozning bevosita ijozati bilan amalga oshirilgan. Xonandalik ijro amaliyotiga ega bo‘lmagan musiqa o‘qituvchilarini maxsus kurslarda qayta tayyorlash, ularning mahoratini shakllantirish kerak. Aks holda ko‘zlangan natijaga erishish mushkul. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-, 7-sinf darsliklaridagi mavjud kamchilikni to‘ldirish uchun 250 dan ortiq “Shashmaqom” va 50 dan ortiq “Chormaqom” ashulalari tinglanib, o‘quvchilar kuylay oladigan taronalar tanlab olinib, yangi “Mumtoz ashula” nomli musiqiy to‘plam yaratishga kirishildi. Bu to‘plamda har bir ijro namunasi to‘liq holda berilib, kuylash tartib va qoidalari ko‘rsatib o‘tildi. Musiqa fanidan o‘quvchilarda maqom haqidagi tushunchalarni shakllantirish bo‘-yicha amalga oshirayotgan ishlar va aniqlangan muammolarni bartaraf etish borasida keng ko‘lamli izlanishlar olib borishni davrning o‘zi taqozo etmoqda. O‘qituvchilarni qayta tayyorlash insitituti va Respublika ta'lim markazi bilan hamkorlikda “Mahorat maktabi” seminarlari muntazam o‘tkazib, unda maktab darsliklarida uchrayotgan ayrim masalalar qayta ko‘rib chiqilmoqda.

Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy hayotida mavjud barcha sohalar qatori musiqa san’ati ham ajdodlarning bebaho merosidan bahramand bo‘lmay turib taraqqiyotga erishishi mumkin emas. Shu bois, an’analarga sodiq qolish va ularga har lahzada tayanish kelajak samarasi, farzandlar istiqboli va barkamol avlod tarbiyasi garovidir.

Adabiyot:

  1. Qodirov. D. Q. An’anaviy qo‘shiqchilik. Iqtisod-moliya nashriyoti. 2008-yil.
  2. Begmatov.S., Karimova.D., Mamirov.Q. Musiqa. 6-sinf uchun darslik. G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. — T.: 2008-yil.
Основные термины (генерируются автоматически): VII.


Ключевые слова

mumtoz, an’anaviy xonandalik, qo‘shiqchilik, maqom, meros, diopazon, chormaqom, kichik oktava, improvizatsion ijrochilik

Похожие статьи

VII. VIII.

Наряду с дынями популярна и тыква – известно 13 видов тыкв. Ее остатки, найденные в археологическом памятнике Тупроккалъа, относятся к VIII-VII векам до н. э.).

Quelques particularités de la formation du noms d’une personne en...

Основные термины (генерируются автоматически): III, VII. Похожие статьи.

(VII-VIII э.а). Рус пул тизими тўғрисида тўлиқ маълумотлар” китоби. 14. Якубов Ю. Паргар в VII-VIII веках нашей эры.

Cинтез α-аминонитрилов | Статья в журнале «Молодой ученый»

В литературе отсутствуют какие - либо сведения о моноаминонитрилах типа VII. α - Аминонитрилы, имеющие подобную свободную аминогруппу представляют большой...

VI. VII. VIII.

VI-VII. 3,0-6,0. Доломит, известняк, магнезит, песчаник на известковом цементе.

VI. Представление детско-родительских проектов— «Книга своими руками». VII.

Краткий исторический очерк развития шрифта | Статья в журнале...

К VII в. первоначальный минускул претерпевает изменения и получает свое завершение в каролингском письме, названном в честь правления во Франции династии Каролингов.

О некоторых особенностях конфедерации раннесредневекового...

В VII-VIII вв. н. э. правители Ферганы и Уструшаны начали чеканить свои монеты. Династийные клейма на монетах Cогдийской конфедерации. Чеканка собственной монеты и установление...

К вопросу о происхождении кимаков | Статья в журнале...

В середине VII века, по мнению Кумекова Б. Е. они откочевали севернее Алтайских гор и в Прииртышье. Между 766 и 840 годами, по мнению Кумекова Б. Е. кимаки заняли территорию...

О наличии в газоконденсатных залежах Азербайджана рассеянных...

VII горизонт месторождения «Булла-море» является одной из крупных в Азербайджане залежью газоконденсата. Фазовое состояние флюидов VII горизонта в начале разработки изучалось по...

VII

VII , VIII , оборот раковины, Хакасский государственный университет, размерно-возрастной класс, коэффициент вариации, класс...

Математическая модель возникновения культурных центров...

В работе на основе анализа развития древнегреческих полисов разработана эволюционная модель возникновения культурных центров. Учитывается постепенное изменение текущей...

Похожие статьи

VII. VIII.

Наряду с дынями популярна и тыква – известно 13 видов тыкв. Ее остатки, найденные в археологическом памятнике Тупроккалъа, относятся к VIII-VII векам до н. э.).

Quelques particularités de la formation du noms d’une personne en...

Основные термины (генерируются автоматически): III, VII. Похожие статьи.

(VII-VIII э.а). Рус пул тизими тўғрисида тўлиқ маълумотлар” китоби. 14. Якубов Ю. Паргар в VII-VIII веках нашей эры.

Cинтез α-аминонитрилов | Статья в журнале «Молодой ученый»

В литературе отсутствуют какие - либо сведения о моноаминонитрилах типа VII. α - Аминонитрилы, имеющие подобную свободную аминогруппу представляют большой...

VI. VII. VIII.

VI-VII. 3,0-6,0. Доломит, известняк, магнезит, песчаник на известковом цементе.

VI. Представление детско-родительских проектов— «Книга своими руками». VII.

Краткий исторический очерк развития шрифта | Статья в журнале...

К VII в. первоначальный минускул претерпевает изменения и получает свое завершение в каролингском письме, названном в честь правления во Франции династии Каролингов.

О некоторых особенностях конфедерации раннесредневекового...

В VII-VIII вв. н. э. правители Ферганы и Уструшаны начали чеканить свои монеты. Династийные клейма на монетах Cогдийской конфедерации. Чеканка собственной монеты и установление...

К вопросу о происхождении кимаков | Статья в журнале...

В середине VII века, по мнению Кумекова Б. Е. они откочевали севернее Алтайских гор и в Прииртышье. Между 766 и 840 годами, по мнению Кумекова Б. Е. кимаки заняли территорию...

О наличии в газоконденсатных залежах Азербайджана рассеянных...

VII горизонт месторождения «Булла-море» является одной из крупных в Азербайджане залежью газоконденсата. Фазовое состояние флюидов VII горизонта в начале разработки изучалось по...

VII

VII , VIII , оборот раковины, Хакасский государственный университет, размерно-возрастной класс, коэффициент вариации, класс...

Математическая модель возникновения культурных центров...

В работе на основе анализа развития древнегреческих полисов разработана эволюционная модель возникновения культурных центров. Учитывается постепенное изменение текущей...

Задать вопрос