Ijodiy salohiyatni yuksaltirishda Corel Draw grafik muharririni o`rganishning ahamiyati | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 15 августа, печатный экземпляр отправим 2 сентября.

Опубликовать статью в журнале

Авторы: ,

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №49 (287) декабрь 2019 г.

Дата публикации: 09.12.2019

Статья просмотрена: 264 раза

Библиографическое описание:

Бектурсынова, Д. П. Ijodiy salohiyatni yuksaltirishda Corel Draw grafik muharririni o`rganishning ahamiyati / Д. П. Бектурсынова, А. М. Мамбеткаримова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2019. — № 49 (287). — С. 599-601. — URL: https://moluch.ru/archive/287/64724/ (дата обращения: 05.08.2020).

Mazkur maqolada Corel Draw vektorli grafika dasturini o`rganish usullari va uning o`quvchilarning ijodiy salohiyatlarini rivojlantirishdagi roli qaraladi.

Kalit so`zlar: Corel Draw, tasvir, ko`rinish, o`rganish, ijod.

В данной статье рассматриваются способы изучения программы векторной графики Corel Draw и его роль в развитии творческих способностей учащихся.

Ключевые слова: Corel Draw, изображение, образ, обучение, творчество.

Hozirgi kunda yurtimizda axborot texnologiyalariga bo`lgan talab yoshlar va aholi o`rtasida kompyuter savodxonligini oshirishni birlamchi vazifa qilib qo`ydi. Bunga dalil sifatida, davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish, ularning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo`yicha ilgari surilgan beshta tashabbusning biri sifatida, ya`ni uchinchi tashabbus — aholi va yoshlar o`rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilganligini keltirish mumkin. Kompyuter savodxonligini oshirish mobaynida grafik muharrirlarni bilish va ularni o`z o`rnida qo`llana olish o`qish jarayoni va kasbiy faoliyatda muvaffaqiyatlarga erishishda yordam beradi. Shu sababdan, mazkur maqola grafik muharrirlarning biri bo`lgan Corel Draw dasturini o`rganish va uning ahamiyatiga bag`ishlanadi.

Corel Draw — bu illyustratsiyalarni vektor grafikasi printsipiga asoslangan holda yaratuvchi va tahrirlovchi dastur hisoblanadi. Corel Draw dasturining imkoniyatlari unda turli hil grafik kompozitsiyalarni yaratishga yordam beradi. Ayniqsa dinamik interaktiv instrumentlar, turli hil effektlar va grafik ma`lumotlarni HTML va PDF formatlarida tayyorlash imkoniyatlari yaratilgan. Bundan tashqari Corel Draw grafik muharririda ranglar palitralarida turli hil ranglarni tanlash mumkin. Shuningdek turli formatlar bilan ishlashda yordam beruvchi turli instrumentlar, import va eksport uchun zarur bo`lgan ko`plagan filtrlar, tasvirni nashr qiluvchi vositalar ijodkor uchun eng yuqori ijodiy muhit yaratib beradi [1].

Mazkur maqolada ta`lim dargohlarida bu dasturni o`rganish va o`rgatish usullari haqida bayon qilinadi. Albatta, dars jarayonida o`qituvchi bu dasturdan foydalanish tamoyillari va asosiy buyruqlar haqida o`quvchiga ma`lumotlar beradi, bu esa so`ngra ularga mazkur dastur bilan ishlash ko`nikmalarini mustaqil takomillashtirish va yangi bilimlarni tez o`zlashtirishga imkoniyat yaratadi.

Corel Draw dasturini o`rganish jarayonida, talabalar tasvirlarni yaratish va qayta ishlashning keng imkoniyatlariga ega bo`lgan grafik muharrirlar bilan ilk marotaba tanishadi. Corel Draw dasturi yordamida turli grafik ko`rinishlarni loyihalash, fotomatn, tasvirlar ustida ishlash, ayniqsa badiiy ko`rinishdagi kompozitsiyalarni tahrir qilish bilan bog`liq amallarni bajarish mumkin. Bu grafik paket har xil shriftlarning katta jamdagi to`plamiga ega bo`lib, umumiy matndagi biror yozuvni belgilash uchun maxsus effektlarni ularga qo`llash mumkin [2]. Dasturning oxirgi versiyasi rastrli tasvirlarni qayta ishlash bo`yicha birqancha imkoniyatlarga ega bo`lib, bu paket ichida shuningdel rastrli tasvirni vektorli tasvirga aylantirish dasturi ham kiritilgan. Corel Draw dasturining afzalliklarining biri — bu qulay va tushunarli interfeysi bo`lib, bu esa o`z navbatida o`rganish jarayonini oson va ravon tushunishga imkon beradi.

Corel Draw paketi dizaynerlar, veb-sayt yaratuvchilari orasida keng tarqalgan bo`lib, reklamalar yaratishda, poligrafiyada qo`llaniladi. Ish beruvchi uchun rassom-dizaynerlarni tanlab olishning eng asosiy kriteriyalarining biri kompyuter grafikasi dasturlarida ishlash uchun yetarli bilimga ega bo`lishi hisoblanadi. Bu yerda kelib chiquvchi raqobatga faqat o`z ishida mazkur dasturlarning imkoniyatlaridan erkin foydalana oladigan oliy ta`lim muassasasi bitiruvchisigina bardosh bera oladi. Shu sababdan, raqobatga bardosh berish uchun va o`z ishida tashabbuskor bo`lish uchun bitiruvchi (dizayner, poligrafist va h. z.) vektorli grafika paketlarining biridan foydalanishni bilishi zarur.

Corel Draw dasturini o`rganish jarayonida talaba laboratoriya mashg`ulotlarini bajarishi zarur bo`ladi, bunda u metodik qo`llanmadan foydalanadi. Buning natijasida talaba dasturning asosiy asboblari, palitralarning joylashishi bilan ketma-ket tanishadi, faol asbobning xossalarini o`zgartirish va sozlashni, matnlar bilan ishlashni o`rganadi.

Harqanday ijodiy masalani yechish uchun talabaning ma`ruza va laboratoriya mashg`ulotlarida keltrilgan izohlar va tadbiqlar orqali egallagan bilimi bo`lishi zarur. O`qituvchi tushuntiradigan va so`zlab beradigan harqanday axborotni qabul qilishda o`rganuvchi yangi tushunchalarni eshitadi, ko`radi, o`qiydi, kuzatadi, ularni avval o`rganilgan material bilan taqqoslaydi va olingan axborotni o`zlashtiradi.

Corel Draw dasturini o`rganish jarayonida talabaga uslubiy ko`rsatmalarni qo`llanib, laboratoriya mashg`ulotlarni bajarish talab qilinadi, bu orqali dasturning asosiy asbob-uskunalari, palitralarning joylashishi bilan qadamba-qadam tanishadi, faol uskunaning xossalarini o`zgartirish va sozlash, matn bilan ishlashni o`rganadi. So`ng, yaratilgan obyektlarga mukammalroq effektlarni qo`llashga o`tadi: interaktiv bo`yash, soya, musaffolik o`rnatish va h. z. Dasturni o`rganishning zaruriy bosqichi xususiy foydalanuvchi shablonlarni yaratish va ularni standart kutubxonalarga joylashtirish hisoblanadi.

Corel Draw dasturining interfeysini ilk marta ko`rgan paytda foydalanuvchi sarosimaga tushib qolishi mumkin, shu sababdan, o`rganishni asoslardan boshlagan maqul. Bolalikdagi kabi — avval doira, oval, to`g`riburchaklarni chizib olish va ularni bo`yash, so`ng yanada mukammal obrazlarga o`tmoq, yaratilgan obyektlarga mumkin bo`lgan barcha effektlarni qo`llash mumkin. Obyektlar guruhi bilan ishlash va uni tahrirlash va o`zgartirishni o`rganadi.

Ta`lim jarayonida asosiysi — bu amaliyotdir. Laboratoriya ishlarini bajargandan so`ng talaba shunga o`xshash topshiriqni bajara oladi, lekin o`quvchining o`zini o`zi tarbiyalash, o`zini o`zi yuksaltirsh, yakka holda va guruh bilan ishlay olish, unumli fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, ijodiy masalalarni yecha olish qobiliyatini shakllantirish uchun talaba o`zining ta`lim yo`nalishiga mos holda alohida ijodiy masalani qabul qiladi.

O`zining ijodiy loyihasini amalga oshirishda tadqiqot usuli amalga oshadi. U zarur bilimlarni mustaqil qidirishga o`rgatadi, o`quv materialini o`zlashtirishni yanada asosli va mustahkam qiladi, mantiqiy, ilmiy, ijodiy fikr yuritishga o`rgatadi, bilishga qiziqish va ijodiy faoliyatni shakllantiradi. Shuningdek, talabada o`ylash qobiliyati ortadi, yangi rejalarni ishga oshirish uchun birqancha mukammal obyektli tuzilmalarni qo`llash qobiliyati ortadi, ulardan kelib chiqadigan ijodiy yechimlarning doirasi kengayadi.

Har bir obyekt yoki obraz dastlab g`oya ko`rinishida hosil bo`ladi, bundan keyin u qog`ozda eskiz yoki xomqolip ko`rinishida tasvirlanadi, undan so`ng esa bu obraz reklama, nashriyot, dizaynerlik mahsulotlarida kelgusida foydalanish uchun kompyuterli tasavvurga berilishi zarur [3]. Shuning uchun, obrazni ishonchli taqdim etish uchun mazkur dasturiy paketning imkoniyatlarini to`liq bilishi kerak.

O`z ijodiy loyihasini amalga oshirish uchun talaba avval egallagan bilimlari (ma`ruzalarni eshitish va laboratoriya ishlarini bajarish orqali egallangan bilimlar) dan foydalanadi. Faqat yetarlicha miqdordagi bilimlarga asoslangan holda o`quvchida ham dasturni bilishga qiziqish, ham o`z ijodiy g`oyalarini yuzaga chiqarishga qiziqish shakllanishi mumkin.

Ijodiy masalalarni yechish uchun quyidagi tadqiqot bosqichlaridan o`tish talab qilinadi:

  1. Hayoliy obrazni yaratish (bunda talaba ijtimoiy va tabiiy fanlarni qo`llashni o`rganadi, obyektni yoki inson faoliyatining ba`zi yo`nalishini tadqiqot qilishga yordam beradi);
  2. Bu obrazni amalga oshirish uchun dasturning funksiyalarini o`rganish (o`z imkoniyatlarini va dasturning uskunalarini bilishni tahlil qilish, yangi funksiyalarni o`rganish ro`y beradi, dasturning qo`shimcha imkoniyatlari tadqiqot qilinadi);
  3. Loyihani mustaqil bajarish (shaxsning yuksalishiga yordam beradi, natijaga javobgarlik, g`oyani qamrab olishda tartiblilik va aniqlilik, ishga ijodiy yondashuvga yordam beradi).

Har xil ta`lim usullarini qo`llash natijasida dasturni o`rganish samaradorligi oshadi, talabada bilish va tadqiqiy kompotensiyalar shakllanadi, u tahlil qilish, egallagan bilimlarni tuzilmalarga ajratish, o`z ijodiy loyihasini amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlarni qidirishni o`rganadi. Corel Draw vektorli grafika dasturini o`rganish jarayonida talaba faqat grafik muharrir bilan ishlash ko`nikmalariga ega bo`lib qolmay, balki u ijodiy tomondan, kasbiy tomondan, shaxsiy tomondan ham yuksaladi. Buning natijasida harqanday yangi vaziyatlarga moslasha oladigan har tomonlama yetuk shaxs shakllanadi.

Adabiyotlar:

  1. Андрианов В. И. Самое главное о…Corel Draw. — СПб.: Питера, 2004.
  2. Арипов M. Информатика ва информацион технологиялар. Олий ўқув юрти талабалари учун дарслик. T. 2005 й.
  3. Федоров А. В. CorelDRAW. Экспресс-курс. — СПб.: БХВ-Петербург, 2005.
Основные термины (генерируются автоматически): HTML, PDF.

Ключевые слова

Corel Draw, tasvir, ko`rinish, o`rganish, ijod

Похожие статьи

Компонент GemBox.Document и MS Word | Статья в журнале...

Запись/создание и конвертирование в форматы docx, pdf, html, xps, rtf, txt и изображений. Просмотр и редактирование документов в приложениях WPF, ASP.NET, ASP.NET Core и...

Манипуляция Excel С# c помощью GemBox | Статья в журнале...

– экспортировать отчеты в форматы CSV , XLS , PDF или HTML. Snort поддерживается на ряде аппаратных платформ и операционных систем, таких как Linux, open -BSD, free -BSD, Windows.

Role Web 3.0 technology in our life | Статья в журнале...

- автоматическая отчетность по email в формате PDF или HTML . - экспорт данных в формате CSV, XML , PHP, EXCEL, JSON. - гибкий API для доступа к любым видам данных.

Электронные учебники. Плюсы и минусы | Статья в журнале...

HTML , учебный процесс , учебный. Теоретические предпосылки для разработки электронных учебных комплексов для средних школ.

Системы сбора информации в аспекте кибербезопасности

– экспортировать отчеты в форматы CSV, XLS, PDF или HTML. – предупреждать и уведомлять пользователей или другие системы, когда генерируется событие, соответствующее одному или...

Основные термины (генерируются автоматически): CDF, PDF, CMS...

 Экспорт и редактирование PDF. Утилита позволяет экспортировать PDF в форматы Excel или Word

Скачать Часть 2 (pdf). 4) Функциональность. Возможность использования 3D-моделей в...

Электронная библиотека — важнейший компонент инновационных...

электронная библиотека , учебный процесс, DOC, HTML, PDF, TXT, создание банка , ресурс. Молодой ученый — издательство.

Основные термины (генерируются автоматически): CMS, HTML...

HTML — это теговый язык разметки, то есть любой документ, написанный на нем, содержит внутри себя набор тегов — специальных пометок. Теги могут быть пустыми, могут иметь внутри...

Разработка автоматизированной системы мониторинга...

- автоматическая отчетность по email в формате PDF или HTML. - представление статистики в числовом и графическом виде (круговые, столбчатые диаграммы, облаки тегов).

Разработка электронного учебника по дисциплине «информатика»...

Современные электронные учебники создаются посредствам PDF (виртуальный принтер)

HTML подходит для создания собственных электронных книг, а не для сканирования уже...

Задать вопрос