Mintaqaning eksport salohiyatini oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli | Статья в журнале «Техника. Технологии. Инженерия»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 4 мая, печатный экземпляр отправим 8 мая.

Опубликовать статью в журнале

Авторы: ,

Рубрика: Спецвыпуск

Опубликовано в Техника. Технологии. Инженерия №3 (5) июнь 2017 г.

Дата публикации: 14.07.2017

Статья просмотрена: 575 раз

Библиографическое описание:

Матжонов, Б. Р. Mintaqaning eksport salohiyatini oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli / Б. Р. Матжонов, Б. Ш. Мавланова. — Текст : непосредственный // Техника. Технологии. Инженерия. — 2017. — № 3.1 (5.1). — С. 30-31. — URL: https://moluch.ru/th/8/archive/62/2635/ (дата обращения: 26.04.2024).



Annotatsiya: Ushbu maqolada Xorazm viloyatining ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlarni eksport salohiyatini yanada oshirish, eksportga mahsulot chiqaradigan barcha korxonalarni qo`llab quvvatlash va shu jumladan, mahsulot eksportini ta’minlash maqsadida belgilangan bir nechta vazifalarni tahlil qilishdan iborat.

Статья состоит из анализа нескольких задач в целях повышения экспортного потенциала в социально-экономическом развитии Хорезмской области, поддержки всех предприятий, которые занимаются экспортом продукции, а также для обеспечения экспорта.

Annotation: The article is about the analyses of several objectives in the aim of export potential increasing of socio-economic development of the Khorezm region, supporting of all enterprises working with products exporting as well as supporting of export.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida 2017-yilda oldimizda turgan vazifalar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, mamlakatimizni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirishda eksport salohiyatini yanada oshirish borasida qanday qat’iy chora – tadbirlar qo‘llashimiz lozimligi to‘g‘risida quyidagi muhim vazifalarni belgilab berdi [1]:

Mintaqada 2017-yilda mobaynida 10 milliard 800 million dollar hajmdagi mahsulot eksportini ta’minlash maqsadida bir nechta vazifalarni amalga oshirish zarur bo`ladi:
1. Eksportga mahsulot chiqaradigan barcha korxonalar bo‘yicha harakat dasturini puxta ishlab chiqish;

2. Mamlakatimizda va xorijda 2017-yilda o‘tkaziladigan xalqaro sanoat yarmarkalarida jami 7,7 milliard dollarlik mahsulotni eksport qilish bo‘yicha shartnomalarni amalga oshirish. Rossiya, Qozog‘iston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek, boshqa davlatlarda mahsulot sotishning yangi bozorlarini izlash bo‘yicha boshlangan ishlarni yanada faol davom ettirish kerak.

3. “O‘ztadbirkoreksport” va “O‘zsanoateksport” aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek, Milliy bank huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi yo‘nalishi bo‘yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksporti bilan bog‘liq. Bu borada kamida 1 milliard 500 million dollarlik eksportni ta’minlash kerak.

4. Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish. Bu borada Xorazm viloyatidagi meva-sabzavot yetishtirishga ixtisoslashgan tumanlarning salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda eksport salmog`ini oshirish.

Iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini yanada kengaytirish va safarbar qilish, eksportga yetkazib berish geografiyasini diversifikatsiyalashda eksport qiluvchi korxonalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, mahalliy eksport qiluvchi korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish va ularning tashqi bozorlardagi mavqeini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida joriy 2017- yilning yanvar-mart oylarida Xorazm viloyati hududiy korxonalar tomonidan 4,7 mln. dollar miqdordagi mahsulotlari eksportini amalga oshirish belgilangan bo‘lib, jumladan:

 2,2 mln. dollarlik sanoat mahsulotlari;

 2,5 mln. dollarlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini amalga oshirish belgilangan.

Hisobot davrida hududiy eksportyor korxonalar tomonidan jami 4,7 mln. dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilib belgilangan eksport prognoz rejasi 100,2 foizni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 3,6 barobar ko‘p mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.

Shundan:

 Sanoat mahsulotlari 2,3 mln. dollar prognozga (2,2 mln. dollar) nisbatan 103,3 foiz;

 Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 2,4 mln. dollarprognozga (2,5 mln.dollar) nisbatan 97,4 foizlik eksport amalga oshirildi.

Jumladan 10 ta korxonalarda 2,3 mln. dollarlik (hududiy eksportdagi ulushi 48,0 %) sanoat mahsulotlari, 17 ta korxonada 2,4 mln. dollar (hududiy eksportdagi ulushi 52,0 %) qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.

Sanoat mahsulotlari eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 205,2 foizni (2016-yilda – 1,1 mln. doll);

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 13,0 barobarni (2016 yilda – 192,6ming doll.) tashkil etmoqda.

Eksportyor korxonalar soni 27 tani tashkil etib (sanoat korxonalari – 10 ta, qishloq xo‘jaligi mahsuloti eksporti bilan shug‘illanuvchi – 17 ta korxonalar), shundan 6 ta korxona tomonidan ilk marotaba umumiy qiymati 380,0 ming dollarlik mahsulotlar eksportga chiqarildi.

Hisobot davrida eksport tarkibiga 3 turdagi yangi sanoat mahsulotlari hisobiga kengaydi va eksport hajmi 119,8 ming dollarni tashkil qildi. Jumladan, shisha, qandolat va omixta-yem kabi mahsulotlar, Urganch tumanidagi “Yo‘ldosh Tanobchi” XK tomonidan
Turkmaniston davlatiga 46,1 ming dollarlik shisha mahsulotlari, “Ganja Vali shirinliklari” MCHJ tomonidan Turkmaniston davlatiga 35,2 ming dollarlik qandolat mahsulotlari, Xonqa tumanidagi ”Feedgran” agro sanoat kompleksitomonidan Afg‘oniston davlatiga 38,5 ming dollarlik omixta-yem mahsulotlari eksport qilindi.

Shuningdek, eksport geografiyasi Hindiston, Turkmaniston, Afg‘oniston, Birlashgan Arab Amirliklari kabi davlatlar hisobiga kengaydi.

2017-yildan boshlab eksport faoliyatini boshlayotgan korxonalarga quyidagilar kiradi:

Shovot tumanidagi “Katqal’a teks” MCHJ (paypoq mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan), Urganch shahridagi “Xorazm buyon savdo” MCHJ, Urganch tumanidagi “Qaxramon bo‘yoni” MCHJ,Xazorasp tumanidagi “Xorazm GEO plyuz” MCHJ, Yangibozor tumanidagi “Yangibozor bo‘yoni” SHB korxonasi (qizilmiya ildizi eksport qilishga ixtisoslashgan, Xiva tumanidagi “Xiva sopoli” MCHJ (keramika mahsulotlari,suvenirlar ishab chiqarishga ixtisoslashgan).

Mintaqada belgilangan vazifalarni amalga oshirish va eksport prognozlarini joriy yilning 1-yarim yilligida ortig‘i bilan bajarish maqsadida tuman va shahar xokimliklari hamda viloyatdagi barcha eksportga mas’ul subyektlar bilan birgalikda har bir eksportyor korxonalarga mas’ul briktirilib mavjud muammo va takliflarini o‘rganib chiqildi va bu bo‘yicha chora tadbirlar qilinib mahsulotlar pishib yetilishi va eksportga ortib jo‘natilishi bo‘yicha tarmoq jadvallari ishlab chiqildi.

Joriy yilda hududiy eksportyor korxonalar tomonidan 7,3 mln. dollar miqdorida eksport amalga oshirilishi belgilangan.

Shundan,

- 2,2 mln. dollarlik sanoat mahsulotlari;

- 5,1 mln. dollarlik 7,2 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlar hisobiga to‘g‘ri keladi.

Xususan, joriy yilda eksport faoliyatiga 14 ta yangi korxona jalb qilinishi hamda 3 ta yangi turdagi sanoat mahsulotlar (kunjut holvasi, kambikorma va paypoq) eksporti o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan.

2017-yil uchun belgilangan xududiy eksport rejasini so’zsiz bajarilishini ta’minlash maqsadida [2]:

Birinchidan, 2016-2017 yilgi hududiy sanoat dasturlariga kiritilgan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni eksport faoliyatiga jalb qilish;

Ikkinchidan, 2017-yil uchun “To‘qsonbosti” usulida 1893 gektar maydonga sabzavot ekinlari ekilgan. Ushbu maydonlardan olinadigan jami 35 ming tonna, shundan I yarim yillikda
10,6 ming tonna (9,2 ming tonna piyoz, 1,4 ming tonna sarimsoqpiyoz) mahsulotlarni eksportga chiqarish;

Uchinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2015-yil 29-dekardagi PQ-2460-son qaroriga asosan paxtadan qisqartiriladigan 1800 gektar yer maydonlarining 82 gektariga kartoshka, 982,0 gektariga sabzavot. 61,4 gektarida intensiv bog‘lar, 307,0 gektariga ozuqa ekinlari, 184,0 gektariga moyli ekinlar va qolgan 184,0 gektariga boshqa ekinlarini ekish;

To‘rtinchidan, viloyatda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqaruvchi loyihalarni moliyalashtirish uchun Qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy o‘zgartirish agentligi orqali Jahon banki kreditlarini jalb qilish;

Beshinchidan, 2017-2021 yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha 42,5 mlrd. so‘mlik 78 ta loyihalarning o‘z muddatlarida ishga tushirilishini ta’minlash;

Oltinchidan, Xalqaro sanoat va meva sabzavot yarmarkalari doirasida tuzilgan shartnomalarning ijrosini ta’minlash.

Yuqorida ko‘rsatilgan tadbirlar amalga oshirilib hamda qo‘shimcha zahiralar (tekstil mahsulotlari, qurilish materiallari, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash) aniqlagan holda 2017-yil 7,3 mln. dollarlik eksport amalga oshirilib belgilangan reja 100,6 foizga bajarilishi ta’minlanadi.

Adabiyotlar:

  1. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi”. 2017-y. 16-yanvar, Xalq so’zi. №11
  2. Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi. T.: 2017-yil, 126-bet
Основные термины (генерируются автоматически): MCHJ, GEO, SHB.

Похожие статьи

Задать вопрос