Qidiruv Tizimlari Va Ulardan Foydalanish Usullari | Статья в журнале «Техника. Технологии. Инженерия»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 4 мая, печатный экземпляр отправим 8 мая.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Спецвыпуск

Опубликовано в Техника. Технологии. Инженерия №2 (4) апрель 2017 г.

Дата публикации: 04.05.2017

Статья просмотрена: 14028 раз

Библиографическое описание:

Хамраева, С. И. Qidiruv Tizimlari Va Ulardan Foydalanish Usullari / С. И. Хамраева. — Текст : непосредственный // Техника. Технологии. Инженерия. — 2017. — № 2.1 (4.1). — С. 41-44. — URL: https://moluch.ru/th/8/archive/57/2315/ (дата обращения: 26.04.2024).



В этой статье приведены все возможности самой современной системы поиска google и приведены другие современные системы поиска, самые распространенные и известные, а также основные сведения и инструкции по их использованию.

Ключевые слова: www.google.com, www.bing.com, www.yahoo.com, www.ask.com, www.uz.

Axborot texnologiyalari tez suratlarda rivojlanib borayotgan ayni bir paytda bizni qiziqtirayotgan ma’lumotlarimizni tez topish ehtiyoji tug’ilmoqda. Bunda albatta axborot qidiruv tizimlaridan foydalanish eng maqbul tanlovdir.

Qidiruv tizimlari yordamida turli veb-saytlardan bizga kerak bo’lgan ma’lumotlarni sanoqli soniyalar ichida qidirishimiz va ulardan foydalanishimiz mumkin bo’ladi. Albatta Internet tarmog’ida turli xil ko’rinishda axborotlar ko’plab topiladi. Shunday ekan bu axborotlar ichidan bizga kerakli bo’lgan ma’lumotlarni topish muammosi kelib chiqadi. Bunda bizga kerak bo’lgan ma’lumotni to’g’ri tavsiflashimiz muhim ahamiyatga ega. Bu tavsif bir yoki bir necha so’zlar birikmasidan tashkil topishi mumkin. Ushbu tavsifni qidiruv tizimiga to’g’ri va aniq keltirishimiz kerak bo’ladi. Keyin qidiruv tizimi foydalanuvchi kiritgan ma’lumotni tahlil qilib shu ma’lumotlar asosida shunday kalit so’zlarga ega bo’lgan ma’lumotlarni topib beradi. Bunda biz qidirayotgan axborotimiz ixtiyoriy formatda bo’lishi mumkin. Ya’ni biz qidirayotgan ma’lumot rasm, video, musiqa va boshqa ko’rinishlarda ham bo’lishi mumkin. Bunday ma’lumotlarni qidirayotda qidiruv tizimlariga formatini ko’rsatib o’tish yoki belgilab qo’yish tavsiya etiladi. [1]

Internet tarmog’ida bunga o’xshash ma’lumotlar turli tillarda bir qancha bo’lishi mumkin. Bunda bizga kerak ma’lumotni qanday tilda bo’lishi mumkinligini kiritib o’tishimiz, bizga kerak ma’lumotni tez va aniq topishimizga yordam beradi. Ma’lumotlar vaqt o’tishi bilan eskirib qolishi ham mumkin. Bizga kerak ma’lumotning joylashtirilgan sanasi bo’yicha qidirish imoniyati ham bor. Xozirgi kundagi eng ommabop qidiruv tizimlari.

https://searchenginewatch.com saytning tahliliga ko’ra quyidagi qidiruv tizimlari eng ommabop hisoblanadi.

1) www.google.com — oyiga 1,6 milliard har xil foydalanuvchilar tomonidan tashrif buyurilgan.

2) www.bing.com — oyiga 400 million har xil foydalanuvchilar tomonidan tashrif buyurilgan.

3) www.yahoo.com — oyiga 300 million har xil foydalanuvchilar tomonidan tashrif buyurilgan.

4) www.ask.com — oyiga 245 million har xil foydalanuvchilar tomonidan tashrif buyurilgan. [2]

Shu qatorda o’zimizning www.uz Milliy axborot-tizimimizni aytib o’tishimiz mumkin.

www.uz — bu bizning internet tarmog’imizdagi ma’lumotlardan qulay tarzda foydalanish imkonini beruvchi milliy tizimimizdir. Milliy axborot qidiruv tizimi rivojlantirish ishlari UZINFOCOM markazi tomonidan amalga oshirilib boriladi. [3,4]

Google axborot qidiruv tizimi qo’shimcha imkoniyatlari.

Eng ommabop hisoblangan google qidiruv tizimidan foydalanishdagi qo’shimcha afzalliklarini va imkoniyatlari:

- Google qidiruv tizimi yordamida qidiruv kalitida imlo xatolik mavjud bo’lsa uni to’girlab beradi;

- Agar qidirilayotgan kalit so’zimizdan keyin shu saytdan qidir deb ham aytib o’tishimiz mumkin. “kalit” site:url ko’rinishida bo’ladi;

- Agar qidirilayot ma’lumotimiz formati aniq bo’lsa uni ham kiritib o’tishimiz mumkin. “key” filetype: “fayl kengaytmasi” ko’rinishida yozishimiz kerak bo’ladi;

- Agar biz kiritayotgan kalit so’zimiz nimani anglatishini bilmoqchi bo’lsangiz. Bunda define: “kalit” ko’rinishda bo’lishi mumkin;

- Google qidiruv tizimi yordamida ixtiyoriy matematik amallarni bajarishimiz mumkin bo’ladi;

- Qidirayotgan ma’lumotimizni qanday title ichida bo’lishi kerakligini kiritib o’tish imoniyati ham mavjud. Bunda biz “kalit” intitle:”title” ko’rinishida yozish kifoya.

Yuqorida keltirilgan qidiruv tizimlari qatorida yana ko’plab qidiruv tizimlari mavjud va ushbu qidiruv tizimlari orqali ulardan oqilona foydalangan holda istalgan ma’lumotimizga ega bo’lishimiz mumkin

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Закер К. Компьютерные сети. Модернизация и поиск неисправностей. Спб.: «БХВ-Петербург», 2002 г.
  2. Таненбаум Э. Компьютерные сети. Спб.: «Питер», 2002.
  3. https://www.google.com/intl/en_u/insidesearch/tipstricks/all.html
  4. https://searchenginewatch.com/2016/08/08/what-are-the-top-10-most-popular-search-engines/
Основные термины (генерируются автоматически): UZINFOCOM.

Похожие статьи

Навоийский государственный педагогический институт...

Навоийский государственный педагогический институт

Сайт: http://www.uzinfocom.uz

Телефоны: +998 (71) 202-22-02, +998 (71) 238-42-00

Похожие статьи

Навоийский государственный педагогический институт...

Навоийский государственный педагогический институт

Сайт: http://www.uzinfocom.uz

Телефоны: +998 (71) 202-22-02, +998 (71) 238-42-00

Задать вопрос