Ushbu maqola о‘zbek xalqining qadimdan ma’lum bо‘lgan maqom ijrochiligida unitilgan cholg‘u kuylari haqida yozilgan. Xorazm «Tanbur chizg‘ilari» asosida yozilgan Xorazm olti yarim maqomlaridan Rost maqomi chertim yо‘li ayrim kuylari ustoz-shogird an’anasida unitilganligi va ular qо‘lyozmada ya’ni «Tanbur chizg‘ilari» nusxalarida saqlanib qolganligi tо‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit sо‘zlar: mansur, peshravi rost va peshravi gardun, murabb’a, musaddas, musabb’a, saqil, iyfor.
Эта статья о забытых музыкальных инструментах узбекского народа в исполнении древнего макома. Из шести с половиной макомов Хорезма, написанных на основе «рисунков танбура», некоторые мелодии Правого макоми чертим йоли были забыты в преподавательско-ученической традиции и сохранились в рукописи, т.е. в копиях «Танбур рисунков» данные приведены.
Ключевые слова: мансур, пешрави рост и пешрави гардун, мурабба, мусаддас, мусабба, сакил, ийфор.
О‘zbek xalqi qadimdan о‘zining boy milliy-madaniy qadriyatlari, urf-odatlari, jahon madaniyatiga qо‘shgan ulkan xissasi bilan alohida о‘rin egallaydi. Jahon madaniyati va san’ati rivojida о‘zbek xalqi tomonidan yaratilgan boy musiqiy merosni butun dunyotan olishining о‘zi ham xalqimizning uzoq о‘tmish tarixi,buguniga berilgan munosib bahodir. Sо‘nggi yillarda yurtimizda musiqiy qadriyatlarimizning tarixiy va nazariy asoslarini о‘rganish, ularni saqlab qolish borasida qator farmon va qarorlar qabul qilindi [1].
Mamlakatimiz PrezidentiShavkat Mirziyayevning «Ayni vaqtda biz Xorazmning mana shunday bebaho madaniy merosini, ayniqsa, Xorazm maqomlarini yanada chuqur о‘rganish va targ‘ib qilish, ularni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish, katta bilim va fidoyilikni talab qiladigan bu sohaga yosh san’atshunoslarni jalb etish, buning uchun tashkiliy, moddiy va ma’naviy tomonidan tegishli sharoitlarni yaratib berish bо‘yicha hali kо‘p ish qilishimiz zarur [2].
Adabiyotlar sharhi. Maqom ijrochiligi borasidi musiqashunos olimlar olib borgan izlanishlari va tadqiqotlari diqqatga sazovordir. Otanazar Matyokubov о‘zining «Maqomot», Isxoq Rajabov Maqomlar kitobida о‘zbek maqomlarining ilmiy-nazariy tomonlari keng yoritilgan. O. Matyakubov, R. Boltayev, X. Aminov hamkorlikda Xorazm olti yarim maqomlari bitilgan qо‘lyozmalar nusxalari asosida tadqiqot ishlarini olib borganlar.
Tadqiqot metodologiyasi. Ushbu maqolada Xorazm olti yarim maqomlaridan Rost maqomi cholg‘u yо‘llarini tahlili nazariy tomonlariga e’tibor qaratdik. Ijrochilik masalalari aynan xalq orasida ustoz-shogird an’anaviy uslubi bilan bog‘liq va farqli tomonlarini kо‘rib chiqdik va tikladik. Buning uchun musiqashunos olimlar va ustoz ijrochilar fikrlarini о‘rganib tahlil qildiq. Ma’lumotlarni asoslashda bir qancha manbalarga asoslandik va tayandik. Mavzuni ochib berishda ilmiy, nazariy va amaliy tomonlarga e’tibor berdik. Ustoz ijrochilardan Olanazar Xasanov hamda Ozod Ibragimov ijro yо‘llarini kо‘rib chiqdik va tiklashga harakat qildik.
Tahlil va natijalar. Xorazm «Tanbur chizg‘ilari» asosida yozilgan Tanbur va Dutor maqomlari о‘z davrining olamshumul kashfiyoti bо‘lib, hozirgi musiqashunoslikda ham ahamiyati yuksakdir. Uning ijrolari qisman xalq orasida ustoz-shogird an’anaviy uslubida hozirgacha saqlanib kelmoqda. Xorazm «Tanbur chizg‘ilari» nusxalari mukammal о‘rganilib, ular tо‘liq ilmiy muomalaga kiritilsa, Xorazm maqomlarini о‘rganish ishida ishonchli manba bо‘lib xizmat qiladi [5].
XIX asrning ikkinchi yarmida Muhammad Rahimxon Soniy (Feruz) rahnamoligida yaratilgan Xorazm tanbur chizg‘ilari kitobotiga muhrlangan Olti yarim maqom cholg‘u kuylaridan ayrimlari XX asr tazyiqlari, mustabit shо‘ro davrida unutilganligi hech kimga sir emas.
Muhammad Rahimxon Soniyning davrida Niyozjon xо‘ja tartibga solib ketgan Xorazm maqomlari yanada tartiblashdi, jamlandi. Muhammad Rahimxon Soniyning о‘zi Xorazm maqomlari asosida 13 ta yirik kuy yaratgan va bular: Muhammasi jadidi Feruzi Rost, Musaddasi jadidi Feruzi Rost, Sakili Feruzshoxi Navo, Sakili Feruzshoxi Segoh, Sa usuli Feruzshoxi, Chor usuli Feruz, Sakili Feruzshoxi Dugoh, Muhammasi Feruzi Buzruk, Birinchi Muhammasi Feruzshoxi Irok;, Ikkinchi Muhammasi Feruzshoxi Iroq, Se usuli Feruzi Iroq, Sakili Feruzshoxi Panjgoh, Muhammasi Feruzshoxi Panjgoh kabi cholg‘u yullarini maqomlar turkumiga kiritgan [3].
О‘sha davr tarixchilari yozadilar: «…Burundan xalq orasinda ozroq istanulgan musiqiy ishlari ortiqmoch bir suratda tarqoladur va milliy nag‘malarni vujuda chiqmoqina imkoniyat chiqodur. Xususiy mutaxassis musiqiyshunoslar durab, Shashmaqom nag‘malarining mushkulot, tasnif qismlari ayrucha ahamiyat kasb etub, mushkulot bila tasnif qismlarina mutaalluq Shashmaqom nag‘malari burung‘i holidan hiylicha о‘zgarub, necha qо‘shimchalar qо‘shulib, yamaladur» [4].
Madaniyat va san’at gullab yashnagan Feruz davrida ancha ahamiyatga ega ilmiy, amaliyotga ancha yaqinroq risolalar barpo etish zaruriyati tug‘ildi. Bunday risola yaratish fikri eng avval madaniyat homiysining xayoliga keldi: «Xonning ishtiyoq va orzusi shul darajaga yetadurkim, о‘rta yerda oylanub, butun Shashmaqom va olarg‘a bog‘long‘on qо‘shumchalar va milliy nag‘malarni qulay va yengil bir holda har kimlar tarafindan tushunulub chertmoq va о‘granulmak yо‘llarini oxtarmoq va tofmoq chorasini о‘ylaydur».
«Xorazm musiqiy tarixchasi» mualliflari guvohlik berishiga qaraganda, ushbu zaruriyatni erta anglagan xon Pahlavon Mirzoboshi — Komil Xorazmiyga qay tariqa bо‘lmasin «…tanburning iste’moli va nag‘malarini har kimlar tarafidan cherta bilurlik bir tadbir topilsin» deb amr qiladi [4]. Olim va musiqiyni chuqur tushungan Komil Xorazmiy yetakchiligida Xorazm musiqashunos xonanda va sozandalari hozirda Xorazm «Tanbur chizg‘ilari» deb ataladigan tabulatura shaklidagi notani kashf etadilar va kuchli say-harakatlar tufayli Xorazm maqomlari tо‘liq va mukammal ravishda ana shu о‘ziga xos notaga kо‘chiriladi. Eng avval Komil Xorazmiy: «Muhammad Rahimxonning buyruqini о‘rnina gatirmak uchun bu yо‘l bila ixtiro etkan chiziqni isbot etmoqqa boshlab, ilk «Rost» maqomini supurdisiniki, muning birla «Rost» maqomi tamom bо‘lib, peshravi boshlanadur» [4].
Xorazm «Tanbur chizg‘ilari»ning rivojlanishi, uning taraqqiyoti uchun uning boshida Feruz va Komil Xorazmiylar turgan bо‘lsalar, «Tanbur chizg‘ilari»ning yuzaga kelishida ikkita yirik guruh — maktab faoliyat yuritgan.
- Muhammad Rasul Mirzo
- Xudoybergan Muhrkan
Muhammad Yusuf Bayoniy Ismoil Devon
Muhammad Yusuf Chokar Komil Devoniy
Ushbu ikkita guruh a’zolari tanbur chizg‘ilarini taxminan XIX asrning 30-yillari boshigacha ishlagan bо‘lib, u shu davr oralig‘ida amalda ham bо‘lgan [3].
SHо‘rolar davri 70 yil davomida ushbu tanbur chizg‘ilarida muhirlangan Xorazm olti yarim maqomi tо‘la tо‘kis о‘rganilmaganligi natijasida ba’zi kuylar nomi ham unutilganligining guvohi bо‘lmoqdamiz.
Ustozdan shogirdga og‘zaki an’anada о‘tib kelayotgan maqom cholg‘ulariga nazar tashlasak quyidagilar saqlanganligini kо‘ramiz:
Rost (Chertim)
Xorazm olti yarim maqomi |
M.Yusupov «Xorazm maqomlari» VI tom |
1 Maqomi Rost |
1 Maqomi Rost |
2. Tarje’ Rost |
2. Tarje’ Rost |
3. Peshravi Rost va Peshravi Gardun |
3. Peshravi Gardun |
4. Murabb’ai Komil |
4. Muxammasi I |
5. Muxammasi Rost |
5. Muxammasi II |
6. Muxammasi jadidi Feruzi Rost |
6. Muxammasi Ushshoq |
7. Musaddasi Feruz shoxiy |
7. Saqili Vazmin |
8. Musabb’ai Rost |
8. Ufor |
9. Saqili Rost |
|
10. Saqili Xudaybergan devon Muhrkon |
|
11. Iyfori Rost |
Ushbu tartibda kelgan ba’zi kuylarning usulini sharxlab о‘tsak. Murabb’a usulning nomi Komil muallifi ya’ni Murabb’a uslubida yaratilgan kuy. Tо‘rtlik ma’nosida ya’ni A,B,B,B jumlalardan tashkil topganligini kо‘ramiz.
Musaddas oltilik; A,B,S, D, YE,YE usulida yaratilgan kuy.
Musabb’a yettilik; A,B,B,S,S,D,D usulida yaratilan kuy.
Tadqiqotimiz natijasida nomlari tilga olingan ushbu ohanglar bugungi kunda zamonaviy nota tizimida ijro qilinib uning beg‘ubor ohanglari sadolanishini xalqimiz tomonidan iliq kutib olinganidan benihoyat mamnunmiz.
Muhtaram PrezidentimizShavkat Mirziyayev «Milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risidagi qarori»da — mumtoz musiqa merosimiz namunalarini notaga olish, mavjud yozuvlarni takomillashtirish va amaliyotga joriy etish, maqom san’atining ijtimoiy-tarixiy ildizlari, ilmiy-nazariy negizlari, milliy va umumbashariy qadriyatlar bilan bog‘liq jihatlarini yurtimiz olimlari va chet ellik mutaxassislar ishtirokida chuqur о‘rganib, yangi ilmiy tadqiqotlar yaratish; degan bandiga bizning javobimiz deb bilaman.
Xulosa. Tadqiqotlardan shunisi ma’lum bо‘ldiki Xorazm olti yarim maqomi Rost maqomi cholg‘u yо‘llari kuylari va usuli xaqida tо‘liq ma’lumotga ega bо‘ldik. Ularning ilmiy-nazariy asoslari musiqashunos olimlar manbalarida kо‘rsatilgan qonun-qoidalariga tо‘laligicha mutonosib ekanligi kо‘rsatildi. Ushbu ilmiy asoslangan zamonaviy nota yozuvlari asosida maqom ijrochilari qayta tiklangan kuylarni amaliyotda ijro qilib qо‘llashi mumkin.
Bugungi kunda Xorazm olti yarim maqomi cholg‘u yо‘llariga bо‘lgan munosabat, ijrochilik masalalari qayta kо‘rib chiqilishi zarur. Chunki nashr etilingan manbalar va kitoblarda cholg‘u yо‘llariga nisbatan bir qancha notо‘g‘ri ma’lumotlar keltirilgan. Masalan M. Yusupov Xorazm maqomlari VI-jildida Rost maqomi chertim yо‘llari quyidagi nomlardan iborat; Maqomi Rost, Tarje’ Rost, Peshravi Gardun, Muxammasi I, Muxammasi II, Muxammasi Ushshoq, Saqili Vazmin, Ufor. Mustaqillik yillari topilgan qо‘lyozma va О‘zFASHI saqlanib kelayotgan qо‘lyozmalarni ilmiy о‘rganish natijasida ushbu tartibda biroz chalkashliklar borligini aniqladik. Masalan; Muxammasi I, Muxammasi II, Muxammasi Ushshoq, Saqili Vazmin kuylari Rost maqomi chertim yо‘liga ta’luqli emas. Tadqiqot natijasida Xudaybergan Muhirkon qо‘lyozmasi asosida kо‘rib chiqilgan Rost maqomining chertim yо‘li о‘n bitta kuydan iborat ekanligi aniqlandi.
Bugungi kunda maqom san’atini о‘rganish va rivojlantirish borasida Respublikamizda katta ishlar qilinmoqda. Sharq taronalari kо‘rik-tanlovi, Shaxrisabzda 2018 yildan boshlab о‘tkazish rejalashtirilgan Maqom anjumani, О‘zbek milliy maqom markazi tashkil qilinishi maqomlarga bо‘lgan katta e’tibor va munosabatni kо‘rsatadi. Manashulardan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki Xorazm olti yarim maqomlari ularning tarkibidagi cholg‘u kuylari xozirgi globallashuv asrida ham san’atkorlarimiz, maqomchilarimiz ijro dasturlaridan о‘rin olib kelayotgani bu ijro an’analarimizni xalq orasida saqlanib kelayotgani dalillovchi kо‘rsatkichlardan biri ekanini kо‘rsatadi.
Adabiyot:
- О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabr PK 3391-sonli qarori.
- Mirziyayev SH. M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. –T.: О‘zbekiston, 2017
- Xudaybergan Muhirkon. Xorazm tanbur chizg‘ilari. Qо‘lyozma. О‘zR FASHI inv. № 7406.
- Mullo Bekchon Raxmon о‘g‘li, Muhammad Yusuf Devonzoda. Xorazm musiqa tarixchasi. Toshkent 1992
- Aminov H. Tanbur chizig‘i nusxalari. Shashmaqom saboqlari (maqola va ma’ruzalar tо‘plami). Toshkent 2005
- Boltayev R. Raximov B Tanbur chizg‘ilarining ilmiy-amaliy asoslari. Yangi asr avlodi nashriyoti. Toshkent 2020
- Matyakubov O. Maqomot. Musiqa nashriyoti. Toshkent 2004
- Matyakubov O. Xorazm Dutor maqomlari va Olti yarim maqomi. Yangi asr avlodi nashriyoti. Toshkent 2018
- Matyakubov O. Boltayev R. Aminov X. «Xorazm tanbur chizig‘i» Toshkent 2010
- Rajabov I. Maqomlar. Toshkent 2006