Bolaning erta aqliy rivojlanishida ona ishtirokining ahamiyati | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 14 декабря, печатный экземпляр отправим 18 декабря.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №52 (394) декабрь 2021 г.

Дата публикации: 26.12.2021

Статья просмотрена: 411 раз

Библиографическое описание:

Хамидова, Ш. А. Bolaning erta aqliy rivojlanishida ona ishtirokining ahamiyati / Ш. А. Хамидова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2021. — № 52 (394). — С. 449-451. — URL: https://moluch.ru/archive/394/87355/ (дата обращения: 03.12.2024).

Muallif maqolada bolaning erta aqliy rivojlanishi jarayonining shakllanishi va unda onaning ishtiroki haqida olib borilgan tadqiqotlarni ilmiy tahlil qiladi. Bolaning erta aqliy rivojlanishida onalar nimalarga e’tibor qaratishi haqida o‘z fikrlarini ilmiy jihatdan asoslashga harakat qiladi.

Kalit so‘zlar: bolaning aqliy rivojlanishi, onaning ishtiroki, erta aqliy rivojlanish, savodxonlik masalasi, tashqi muhit, bola “men”ining shakllanishi, “namuna davri”, “nazoratchi” va “kuzatuvchi”, “bosim”, “bola tafakkuri”.

В статье автор анализирует научные выводы исследователей, которые изучали роль матерей в процессе раннего умственного развития малышей. Автор старается научно обосновать свои мнения о том, чему должны обратить внимание матери для умственного развития ребенка.

Ключевые слова: умственное развитие ребенка, участие матерей, раннее умственное развитие, вопрос грамотности, окружающая среда, сформирование в ребёнке внутреннего “я”, “образцовый период”, “надзиратель” и “наблюдатель”, “напряжение”.

In the article the author makes a scientific study of the analysis of child's early mental development and mother's participation on it. Scientific research seeks to substantiate their views on what mothers should focus on in their child's early mental development.

Keywords: Child's mental development, mother's participation, early mental development, the issue of education, the effect of environment, development of the child's " I«, sample period, supervisor and observer, pressure, mentality of the child.

Barchaga ma’lumki, so’nggi yillarda mamlakatimizda maktabgacha ta’lim sohasiga alohida e’tibor berilayotgani quvonarli holdir. Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etilgach, sohaga alohida e’tibor qaratilishi, xodimlar sifati va malakasini oshirish,ularga haq to’lash masalari ham qayta ko’rib chiqildi [1.2.3]. Qabul qilingan qaror va farmonlardan ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda maktabgacha ta’lim sistemasiga qaratilayotgan e’tibor tahsinga sazovordir. Lekin bu sohada qilinishi lozim bo’lgan ishlar anchagina. Jumladan, rivojlangan davlatlarda ushbu sohada erishilgan yutuqlarni o’rganib chiqish, ularni ta’lim sohamizga mos tarzda tadbiq qilish, bolaning erta aqliy rivojlanishi uchun zarur shart- sharoitlar yaratish, ilg’or texnologiyalarni qo’llash kabi masalar bu sohaning oldida turgan vazifalardir.

Bolaning har tomonlama erta rivojlanishi xususida M.Motessori, M.Ibuka, G.Doman, N.Zaytsev kabi bir qancha olimlar izlanishlar olib borganlar. Bolaning ham aqliy, ham jismoniy rivojlanishiga e’tibor kichikligidan, ya’ni tug’ilishidan boshlanishi zarurligi keyingi paytlarda juda ko’p marta ta’kidlanmoqda. Bolaning aqliy rivojlanishiga ko’pchilik o’ylaganidek 5–6 yoshdan emas, oldinroq e’tibor qaratish lozimligi haqida ko’p gapirilmoqda va ilmiy asoslab berilmoqda.Inson tafakkuri, iqtidori cheksiz. Uning aqliy rivojlanishi, borliqni anglab yetishiga qanchalik erta ahamiyat berilsa, hayoti davomida uchraydigan to‘siqlarni shunchalik oson yengib o‘tishi mumkin.

Aslida, biz bugun bolaning erta aqliy rivojlanishida ona ishtirokining nechog‘li ahamiyat kasb etishiga to‘xtalmoqchimiz.

Bola aqliy rivojlanishining erta yoki kechligi ona ishtirokisiz bo‘lmasligi hech kimga sir emas, chunki onalar bolaning tug‘ilishidan to mustaqil shaxs sifatida shakllanib bo‘lgunicha bevosita ishtirokchidirlar.

Umuman olganda, bolaning rivojlanishiga e’tibor qaratishni necha yoshida boshlash zarurligi onalarni juda qiziqtirdigan savol. Bunda, avvalo, tarbiyalovchi, ya’ni bunday mas’uliyatli vazifaga qanchalik tayyor ekanligiga e’tibor qaratish lozim. Sababi onada har tomonlama yetuk farzandni voyaga yetkazish ishtiyoqi, xohish juda kuchli bo‘lishi kerak. Ona har tomonlama sog‘lom bo‘lsagina, undan sog‘lom farzand tug‘ilishi bugungi kunda hech kimga sir emas.

Doman o’z “Bolaning uyg’un rivojlanishi” [4] kitobida bolaning ilk rivojlanish davrida ona ishtiroki haqida juda qimmatli fikrlarni keltirib o’tadi. Ularni quyida ko’rib chiqamiz:

— Ona eng yaxshi o’qituvchi.U tarbiyani imkon qadar tezroq boshlashi lozim.

— Bolani har tomonlama rag’batlantirib turishi lozim.

— Mashg’ulot jarayoni ona va bola ikkisiga ham qiziqarli bo’lmog’i kerak.

— Bolaga hurmat bilan munosabatda bo’lish va unga ishonish juda muhim.

— mashg’ilot o’tkaziladigan vaqt va joy qulay bo’lishi maqdasga muvofiq.

— Foydalaniladigan o’quv materialini tez-tez yangilab turish lozim.

G.Doman metodining yana bir ahamiyatli tomoni shundaki,u aqliy rivojlanishni jismoniy ivojlanish bilan mushtarak holda amalga oshiish lozimligini aytib o’tadi. Bolaning jismoniy tomondan to’g’ri rivojlanishi uning aqliy rivojlanishi garovi ekanligini ta’kidlab o’tadi. G.Doman usuli bilan tanishib chiqish jarayonida bola rivojlanishida ona roli beqiyos ekanligiga yana bir bor amin bo’lasiz.

Bola dunyoni anglab borishi, atrof- muhit bilan tanishib borishi jarayonida har qadamda unda turli savollar paydo bo’laveradi. Bu paytda “nega?”, “nima uchun?”, “qachon?”,” nimadan qilingan?” kabi savolarni berishdan charchamaydi. Mana shu holatda ona omkon qadar sabrli bo’lishi va savollarga bolani qoniqtiradigan darajada javob berishi lozim va shart.

Rus pedagogi, maktabgacha yoshdagi bolalarning erta rivojlanishi masalariga bag‘ishlangan bir qancha asarlar muallifi Nikolay Zaytsev o‘z asarlarida bolalarni o‘qish va yozishga o‘rgatishning bir qancha samaralii usullariga to‘xtalib o‘tadi va asosiy e’tiborni savodxonlik masalasiga qaratadi. Bunda bir necha xil kartochkalar va kubiklarni tavsiya etadi. Bolaning erta aqliy rivojlanishi deganda, asosan, o‘qish, yozish, arifmetik amallar(sanash, qo‘shish, ayirish)ni bajara olishi nazarda tutiladi. Bizning fikrimizcha, erta rivojlanish deganda savodxonlikka asosiy e’tiborni qaratish maqsadga muvofiq emas. Biz nazarda tutayotgan bog‘cha yoshigacha bo‘lgan bolalarda, asosan, tashqi muhitni ongli ravishda anglash, ranglar, turli buyumlarning shakl-shamoyiliga qarab bir-biridan farqlash kabi masalarga urg‘u berilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ayniqsa, ulardagi xotira kuchliligidan unumli foydalanish zarur. Tog‘ri, Nikolay Zaytsev tavsiya etayotgan usullar orqali o‘qish va yozishni ongli ravishda bajarish uchun 5–6 yosh me’yoriy (normal) hisoblanadi va bunda ham onaning roli beqiyos. Lekin gap bola “men”ining shakllanishi, atrof-muhitni anglab yetishi, tashqi ta’sirlarga shaxsiy munosabatining shakllana boshlashi uchun bu yosh juda-juda kech hisoblanadi.

Yangi tug’ilgan chaqaloqni oppoq qog’ozga o’xshatishlari bejiz emas. O’sha “qog’oz”ga birinchi “so’zlar”ni “yozish” ham onaning zimmasiga tushadi.

Onaning homiladorlik davridagi ruhiy holati, fikr-mulohazalari, hatto iste’mol qilayotgan mahsulotlari tug‘ilajak farzand hayotida nechog‘lik ahamiyatli ekanligi juda ko’p bora ta’kidlangan.

Yapon olimi Masaru Ibuka bola dunyoga kelgach, bog‘cha yoshiga yetgunicha bo‘lgan davni “namuna davri” deb ataydi. M.Ibuka fikricha, bu davrda bolaning miyasi ma’lumotni katta odamning miyasiga nisbatan bohqacharoq qabul qiladi. Ibukaning fikricha, yangi tug‘ilgan chaqaloq turli xil ovozlar chiqarishi tabiiy hol. Kattalar bolalarning bunday ovozlarini hech qachon bee’tibor qoldirmasliklari kerak. Ularni kattalardan uzoqroq shovinsiz xonaga joylashtirish ma’qul ko‘rilmaydi.Kattalarning o‘zaro suhbatlari yoki xatti-harakatlari ham bolaning rivojlanishida ahamiyatli bo‘lib, hatto uning turli ovozlariga javob qaytarish, ya’ni u bilan “suhbatlashish” juda katta ahamiyatga ega [5].

Demak, bundan ko‘rinadiki, ona chaqaloqning hech bir harakatini javobsiz qoldirmasligi lozim. Kattalar davrasida ularning ovozlarini eshitib, xatti-harakatlarini ko‘rib ulg‘aygan bolaning nutqi boshqa bolalardan ertaroq rivojlanadi.

Kichik yoshdagi, ya’ni bog‘cha yoshigacha bo‘lgan bolalarga, odatda, ota-ona xizmatkor kabi munosabatda bo‘ladilar. Bolaning har bir istak-xohishini so‘zsiz bajarishga harakat qiladilar. Bunday muomala usulini tavsiya etmaymiz, chunki barcha istaklari muhayyo qilingan bola xudbin bo‘lib o‘sadi. Yangi tug‘ilgan go‘dakni oppoq qog‘ozga o‘xshatishlari bejiz emas. O‘sha “qog‘oz”ga birinchi so‘zlarni “yozish” ham onaning zimmasiga tushadi. Onaning homiladorlik davridagi ruhiy holati, fikr-mulohazalari, hatto iste’mol qilayotgan mahsulotlari tug‘ilajak farzand hayotida nechog‘lik ahamiyatli ekanligi juda ko‘p bora ta’kidlangan. Go‘daklar ma’lumotni mazmun- mohiyati bilan emas, balki shakli bilan xotirada joylaydilar. Ko‘rgan va bir necha bor eshitgan narsasini yodda saqlashi kattalarnikidan ancha oson. Shu holatlarni hisobga olib, ona bu vaqtdan unumli foydalanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

M.Ibukaning fikricha, yangi tug‘ilgan chaqaloq turli xil ovozlar chiqarishi tabiiy hol. Kattalar bolalarning bunday ovozlarini hech qachon bee’tibor qoldirmasliklari kerak.

Go‘dakning “oq qog‘oz” deb aytgan davrimiz ota-onaga farzandidan o‘zlari xohlagan insonni shakllantirishi imkonini beradi. 4–5 yoshga yetgach, “bosim” ostida qilgan harakatingiz bolaga teskari ta’sir ko’rsatadi.

Demak, ona bog‘cha yoshigacha bo‘lgan bolaga keyingi davrlardan ko‘ra ko‘proq e’tiborliroq bo‘lishi va imkon qadar aqliy rivojlanishi uchun xizmat qiladigan ma’lumot(informatsiya)ni qo‘rqmay singdirishi mumkin.

Adabiyot:

  1. ПҚ-3305 30.09.2017 O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida.
  2. ПФ-5198 30.09.2017 Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida.
  3. ПҚ-3904 08.08.2018 Maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida.
  4. Г. Доман «Гармоничное развитие ребёнка» “Akvarium”,1996
  5. Ibuka M. Uchdab keyin kech — Toshkent. “Akademnashr”, 2020, 95- bet.
  6. Ibuka M. Uchdab keyin kech — Toshkent. “Akademnashr”, 2020, 15- bet.
Основные термины (генерируются автоматически): раннее умственное развитие, умственное развитие ребенка.

Ключевые слова

bolaning aqliy rivojlanishi, onaning ishtiroki, erta aqliy rivojlanish, savodxonlik masalasi, tashqi muhit, bola “men”ining shakllanishi, “namuna davri”, “nazoratchi” va “kuzatuvchi”, “bosim”, “bola tafakkuri”

Похожие статьи

Voleybolchilarda masofaviy va vaqt bo’yicha mo’ljal olishni takomillashtirish usullari

Voleybolchilar harakatlari texnikasini takomillashtirish sportchi sifatida uzluksiz ravishda o’zi ustida ishlash, shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirish, oldingi bilimlarini mustahkamlagan tarzda yangi ko’nikmalarni hosil qilishga asoslanadi. Sportch...

Ona tili darslarida innovatsion texnologiyalarni qo`llash orqali ma’naviy tarbiyani shakllantirish omillari va imkoniyatlari

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari, imkoniyatlari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, muallif maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ma’na...

Ta’limda bulutli texnologiyalardan foydalanishning samaradorligi

Maqolada taʼlimda bulutli texnologiyalarni qo’llash va undan foydalanishning maqsadi, muammolari shuningdek, O’zbekiston ta’lim tizimida bulutli texnologiyalarni joriy etish va ulardan foydalanishning ahamiyati tahlil qilinadi. Taʼlimda bulutli texno...

Bolalarni umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilishda ijtimoiy-hissiy jihatidan qo’yiladigan talablar

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning boshlang'ich maktabdagi faoliyati muvaffaqiyatli bo'lishi uchun zarur bo'lgan xatti-harakatlar, ko'nikmalar va bilimlarni namoyish etish darajasiga qo’yiladigan talablar tahlil qilinadi.

O‘quvchilarda kreativ fikrlashni rivojlantirishda xalqaro tadqiqotlarning o‘rni

Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimiga e’tibor berilib, o‘quvchi yoshlarimizning jahon andozalariga mos ravishda zamonaviy bilim va kasb-hunarli bo‘lishi, jismonan va ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, ularning qobiliyat va iste’dodini yuzaga c...

Yoshlarning ma’naviy-axloqiy qadriyatlari ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatida

Maqolada yoshlar axloqiy qadriyatlari mazmuni va axloqiy qadriyatlar ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatidagi tahlili, shuningdеk, axloqiy qadriyatlarni o‘rganish tеstlari xalq og‘zaki ijodi namunalaridan foydalanish, yoshlarning axloqiy qadriyat...

О‘quvchi yoshlarning mediakompetentligini rivojlantirish muammosini yechish yо‘llari

Maqolada zamonaviy maktab о‘quvchilariga ommaviy axborot vositalarining salbiy ta’siri muammolari va bu salbiy ta’sirlar о‘quvchilarning rivojlanishiga ta’sir kо‘rsatayotgani masalalari kо‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada о‘quvchilarning mediakomp...

Boshlang`ich sinflarda o`quv mativlarining xususiyatlari

Ushbu maqolada motivlar asosida o‘quvchilarda o‘quv mustaqilligining shakllanishi hamda uning rivojlantiruvchi ta’lim shartlariga bog‘liqligi yoritib berilgan. Shunindek, muallif kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning o‘quv motivatsiyasi xususiyatla...

Maktabgacha ta’lim muassasalarida erta savodxonlikni rivojlantirish

Ushbu maqolada O’zbekiston respublikasi Davlat ta’lim konsepsiyasiga oid dolzarb masala ko’tarilgan. Xususan, O‘zbekistonning 2030 yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi r...

Tabiat qo‘ynida o‘yin faoliyatini tashkil etishning bolaning psixologik rivojlanishiga ta’siri

Maqolada o‘yin faoliyatini tabiat qo‘ynida tashkil etishning bola psixologiyasiga ta’siri haqida so‘z ketgan. Ushbu maqola orqali bola hayotida o‘yin faoliyatining naqadar muhim ekanligi, o‘yin faoliyati turlari va xususiyatlari, o‘yin o‘ynashning fo...

Задать вопрос