Muhammad Rizo Ogahiy ijodiga bir nazar | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Научный руководитель:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №8 (350) февраль 2021 г.

Дата публикации: 21.02.2021

Статья просмотрена: 2560 раз

Библиографическое описание:

Юлчиева, Ё. У. Muhammad Rizo Ogahiy ijodiga bir nazar / Ё. У. Юлчиева. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2021. — № 8 (350). — С. 230-231. — URL: https://moluch.ru/archive/350/78766/ (дата обращения: 16.12.2024).

Ushbu maqolada Ogahiyning hayot yo’li, uning siyosiy faoliyati va ijodi haqida ma’lumotlar keltirildi.Ogahiyning ijodi o’zbek adabiyotiga o’ziga xos hissa qo’sha oldi.Ayniqsa boshqa tillardan tarjima qilgan asarlari ham bizning adabiy merosimizni boyitdi.

Kalit so’zlar: Devon, qo’lyozmalar, madrasa, tarix, monografiya, nazm, miroblik.

В этой статье представлена информация об образе жизни Огахи, его политической деятельности и творчестве. Творчество Огахи внесло уникальный вклад в узбекскую литературу. Его произведения, особенно переводы с других языков, также обогатили наше литературное наследие.

Ключевые слова: Девон, рукописи, медресеб история, монография, назм, мираблик.

Bizning tarixi buyuk diyorimiz ya’ni O’zbekiston qadimdan ilm-fan rivojlanishining o’choqlaridan biri,buyuk allomalar yetishib chiqqan davlatdir.Bobolarimiz ilm-fan uchun qoldirgan merosi nafaqat Osiyoda balki Yevropada ham yaqingacha va kerak bo’lsa hozirgi kunda ham ma’lum sohalarda qo’llanma sifatida foydalaniladi.Bu esa tabiiyki, biz yosh avlodni,umuman aholimiz, jamiyatimizni o’z tariximizga nisbatan g’urur tuyishimizga xizmat qiladi.

Ana shunday buyuk allomalarimizdan o’z davrida hamda bugungi kunda qoldirgan ijodiy merosi o’z o’rniga ega bo’lgan Muhammad Rizo Ogahiydir.Ogahiy Xorazm diyoridagi atoqli tarixchi, talantli shoir va tarjimon bo’lgan.Hayoti, ijodi va boy ilmiy merosi haligacha tarixchilarimiz va adabiyotchilarimiz tomonidan o’rganilmoqda.O’rta Osiyo, jumladan O’zbekiston xalqlari tarixini o’rganishda va yoritishda Ogahiy tomonidan yozilgan tarixiy asarlar va o’zbek tiliga qilingan tarjimalarning ahamiyati nihoyatda katta.O’z ustozi Munisning ishini davom ettirgan holda tarix fani xazinasini va o’zbek adabiyotini yangi asarlar bilan boyitdi,rivojlantirdi va unga salmoqli hissa qo’shdi.

U kishi 1809-yilning 17-dekabrida Xiva shahri yaqinidagi Qiyot qishlog’ida mirob oilasida dunyoga kelgan.Bu davrda Xorazmda Chingiz avlodining qoldiqlari soxta Abulg’ozilar davlat sahnasidan chetlatilib,hukmronlik uzil-kesil mahalliy qo’ng’irot urug’ sulolasi vakillarining qo’liga o’tgan, siyosiy va iqtisodiy hayot o’tgan davrlarga nisbatan tartibga tushib qolgan edi.Bu haqida Munis shunday deb yozadi:”Bu yil 1224 mohi mazkur, ya’ni zulka’daning o’rnida, shanba kuni Erniyozbekka kim, faqirning inisidur, xazrati bahibal atoyot bir farzandi arjumand va valadi saodat payvand ato qildi.Ul M.Rizobekka mavsum bo’di”.

O’zi devonining muqaddimasida o’zining hayoti va ijodi haqida quyidagilarni yozib qoldirgan:”Maqsadsizlik maydonida avora, malolat va malomatga uchragan Muhammad Rizo al mulaqqab bil Ogahiy o’z boshidan o’tgan sarguzashtlarimni va ahvolimni quyidagicha bayon etganman.Mening ota-bobolarim Xorazm sultonlarining amirlaridan va yuz nomli o’zbek toifasidan miroblik mansabiga yetishganlardandir”.Muhammad Rizo 12yoshida, 1821-yildan madrasa ta’limini ola boshlaydi.1826-yildanoq sipohiylik-harbiy xizmatda bo’lgan davridayoq elga shoir bo’lib tanilgan,Xiva adabiy muhitida tilga tushgan edi.Keyin xon saroyida mirza bo’lib ishlay boshladi.Ogahiyning uyi Ko’hna Arkdan taxminan 5–6 chaqirim masofada, Qiyot qishlog’ining Xiva-Qo’shko’pir yo’lining chap tarafida. Shoirning “uy-muzeyi” joylashgan bu hovli “Ogahiy bog’i” deb ataladi. Mana shu bog’da hazratning o’z qo’llari bilan ekkan tut mana qariyb chorak asr kam 200yildan beri yashab hosil berayapti.

Ogahiyning siyosiy faoliyatiga to’xtalsak, u 1268(1851–1852)yili Muhammad Amin tomonidan o’z iltimosiga ko’ra bu vazifasidan ozod etiladi.Bu to’g’rida uning o’zi bunday yozadi:”Faqirkim ba’zi kasal sababidin ul hazrat bila yurub, safar qilmoqdin ma’zur erdim, bu jihatdin o’z iltimosim mujibi bila safardin maof tutub, Sanai 1268da to’nkuz yili muharram oyining o’n to’qqizida juma kechasi amakizodam Muhammad Karimbekni o’rnimga miroblig’ mansabiga mansub etib, sarafrozlig va komyoblig’ yetkurdilar”.

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining qo’lyozmalar fondida fondida Ogahiyning 2 nusxa qo’lyozma devona saqlanmoqda.Devonlar qisqacha so’z boshi bilan boshlanib Ogahiy unda o’z hayoti va ijodi haqida yozadi.So’ngra uning g’zallari berilgan.Biz bu devon bilan tanishar ekanmiz, shoirning ayniqsa lirik she’rlar yozishga qiziqqanligi ko’zga tashlanadi, devonda muhabbat lirikasiga oid she’rlar katta o’rin egallaydi.

Qator badiiy asarlarni o’zbek tiliga tarjima qilish yo’li bilan ham o’zbek adabiyotini boyitdi.U mashhur shoir Muslihiddin Sa’diy Sheroziyning “Guliston” nomli asarini,buyuk tojik shoiri Abdurahmon Jomiyning “Yusuf va Zulayho “dostonini,ozarbayjon adabiyotining klassigi Nizomiy Ganjaviyning mashhur “Xamsa”sidan “Xafti paykar”dostonini tarjima qilgan.

Tarixiy asarlardan tarjimalari sifatida Hindiston podshohlaridan Muhammadshoh Avrangzeb zamonida yashagn olim Muhammad Vorisning “Zubdatul hikoyot”nomli asarini fors tilidan o’zbek tiliga tarjima qilgan.Bundan ko’rinadiki, shoir fors tilini ham mukkamal darajada bilgan.Sabab tilni mukammal bilmay turib undan asar tarjima qilish murakkab ushdir.Ogahiyning barcha she’rlarida ijtimoiy-hayotiy mavzu bosh mezon qilib olingan. Xalqning ijtimoiy holati bilan qiziqqan holda uning uchun jon kuydirib, elning farovon yashashligi uchun ko’p islohotlar o’tkazilishida bosh-qosh bo’ldilar, aynan siyosiy faoliyati miroblik bilan bog’liq bo’lganligi bois.Ana shu jonkuyarlikni biz shoirning “Qish”g’azalida ham yaqqol ko’rishimiz mumkin.O’zi har tomonlama o’ylab qaraganimizda,bizning ota-bobolarimiz kim bo’lishidan qat’iy nazr avvalambor xalq xizmati uchun qo’lidan kelganicha harakat qilishgan.

Ogahiyning hayot yo’li 8 nafar xon hukmronligi davrida o’tdi.Ogahiyning ogohlikka da’vat borasidagi bitiklari hozir-javobligi bilan e’tiborimizni tortadi.Ularning bosh mezoni voqiflik tuyg’usdir.Aynan adib nomining Ogahiy ekanligi ham bejizga emasdir balki.

Bilhaq, nazm gulshanining turli janrlarida ijod qilgan holdagi rang-baranglik nurli tong kabi hamisha dillarga orom,mavjli ummon kabi isyonkor tuyg’u, “ikki jahon”ni anglashda ham dunyoviy, ham ilohiy ruhiyatning benazir talqinidan masrurlik kelib turadi.Bobomiz harflar orqali ajoyib obrazlar yaratishi, misralar uyg’unligida musavvirona siymolar tasvirlarini yaratishi uning o’ta bilimdonligidan, so’z sehriga mas’uliyat bilan yondashish shaydoligidan nishonadir.Ana shunday katta meros qoldirgan shaxsning har tomonlama o’rganilishi, ijodining jamiyatga tatbiq etilishi, keyingi avlodga yetkazilishi ma’lum darajada bizning universitet talabalariga ham bog’liq, chunki poytaxtimizdagi “Adiblar xiyoboni”da joylashgan Muhammad Rizo Ogahiy haykali universitetimizga biriktirilgan va biz uning oldida tez-tez keng omma bilan uchrashuvlar, badiiy kechalar tashkillashtirib turamiz.Bu bilan ma’lum ma’noda bobomizning ijodi bilan xalqni tanishtirish yo’lidagi qilayotgan islohotlarga o’z hissamizni qo’shib,bu borada o’ylangan maqsadlarga erishamiz deb o’ylayman.Zero, tarixi va kelajagi buyuk davlatning farzandlarimiz.

Adabiyot:

  1. «Munis, Ogahiy va Bayoniyning tarixiy asarlari»; Q.Munirov.
  2. Muhammadrizo Ogahiy»; Komil Avaz;
  3. Sarv Qomat Ko'rmisham»; Ogahiy;
  4. uz.m.wikipedia.org;
  5. Zubdatul tavorix»; Ogahiy.
Основные термины (генерируются автоматически): Марка, трек, альбом, русский рэп, слово, мэр, нет, рэп, писатель, слоновая кость.

Ключевые слова

Devon, qo’lyozmalar, madrasa, tarix, monografiya, nazm, miroblik

Похожие статьи

Tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan fizika fanida ishlash

Ushbu ishda biz o'qituvchilik faoliyatining boshida yosh o'qituvchida yuzaga keladigan muammolarni ko'rib chiqamiz.

“ Boburnoma” asarida toponimlarning qo'llanilishi

Ushbu maqolada “Boburnoma” asaridagi joy nomlari va ularning kelib chiqish tarixi bayon etilgan. Maqolada Bobur qurdirgan imoratlarga ham to'xtalib o'tilgan.

Ta’limda axborot texnalogiyalarining vujudga kelish tarixi

Maqolada ta’limda axborot texnalogiyalarining rivojlanish tarixi yoritib berilgan. Axborotning yuzaga kelishidan boshlab bugungi kunga qadar evolyutsiyasi ko‘rsatilgan.

Chet tillarni o’rganish va o’qitish: bolalar tillarni qanday o’rganishadi?

Ushbu maolada chet tillarni o’qish va o’qitishda ko’zlangan maqsadlarga erishish uchun xizmat qiladigan ta’limning asosiy tamoyillari va yo’llari to’g’risida yozilgan.

«Boburnoma»da Kobul ta’rifi

Ushbu maqolada shoh asar Boburnomadagi Qobul viloyatining beqiyos tabiati taʼrifi, hududiy joylashuvi, Mirzo Boburning bu viloyatda hukmdor boʻlganligi, bu yurtda amalga oshirgan ishlari haqida soʻz yuritiladi.

Gazetasi sarlovhasining o'rganilish tarixi va undagi murojaat so'zlarining ishlatishi (misrning «al-Ahram» gazetasi asosida)

Ushbu maqolada gazeta va unda yoritilayotgan axborotlar sarlavxasi tarixi ko’rib chiqilgan hamda sarlavxa tanlashda nimalarga e’tiborish kerakligi ochib berilgan

O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish

Ushbu maqolada O’zbekiston Republikasi tomonidan ta’lim soxa bo’yicha olib borilayotgan isloxotlar ochib berilgan. O’zbekistondagi chet-tiliga bo’lgan qiziqish hamda chet-tilini mukammal egallash yuzasidan qilinayotgan ishalar ko’rsatib o’tilgan

Azot ishlab chiqarish

Ushbu maqolada azot ishlab chiqarilishi va uning qanday olinishi haqida fikr-mulohazalar, hamda ilmiy faktlarga asoslangan dalillar misol tariqasida keltiriladi. Azotning foydali va hayot uchun zararli xususiyatlari haqida to‘xtalib o‘tiladi.

Nutqni tanishda sphinx tizimini qo’llashning ahamiyati

Ushbu maqolada nuqtni tanishning online API lari, ularning imkoniyatlari va kamchilik tamonlari, nuqtni tanish tizimlarida offline ishlovchi Sphinx tizimidan foydalanishning afzallik tamonlari to’g’risida so’z yuritilgan.

Ijodiy salohiyatni yuksaltirishda Corel Draw grafik muharririni o`rganishning ahamiyati

Mazkur maqolada Corel Draw vektorli grafika dasturini o`rganish usullari va uning o`quvchilarning ijodiy salohiyatlarini rivojlantirishdagi roli qaraladi.

Задать вопрос