Badiiy asarda antonimlarning o’ziga xos leksik-grammatik xususiyatlari (Aleksandr Dyumaning «Yigirma yildan so’ng» romani misolida) | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Авторы: ,

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №8 (350) февраль 2021 г.

Дата публикации: 22.02.2021

Статья просмотрена: 1583 раза

Библиографическое описание:

Мустофокулов, Ф. Х. Badiiy asarda antonimlarning o’ziga xos leksik-grammatik xususiyatlari (Aleksandr Dyumaning «Yigirma yildan so’ng» romani misolida) / Ф. Х. Мустофокулов, Л. С. Сидиков. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2021. — № 8 (350). — С. 226-228. — URL: https://moluch.ru/archive/350/78699/ (дата обращения: 19.12.2024).

Ushbu maqolada fransuz tilidagi antonim so’zlarning badiiy uslubda qo’llanilishi va uning leksik-grammatik xususiyatlari taniqli fransuz adibi Aleksand Dyumaning «Yigirma yildan so’ng» (20 ans après) romani misonida tahlil qilingan.

Kalit so’zlar: badiiy bo’yoqdorlik, antonimiya, senonimiya, leksik-grammatik tahlil, tematik guruh, leksema, antiteza.

В статье анализируется художественное использование французских антонимов и их лексико-грамматические особенности на примере романа известного французского писателя Александра Дюма «Двадцать лет спустя».

Ключевые слова: художественная окраска, антонимия, синонимия, лексико-грамматический анализ, тематическая группа, лексема, антитеза.

Bizga ma’lumki, yozuvchi badiiy asar yaratishda asarning mazmundorligi va ta’sirchanligini oshirish uchun turli xil badiiy vositalardan foydalanadi. Antonimlar ham badiiy asarning bo’yodorligi va ta’sirchanligini oshirishda yozuvchilar tomonidan keng qo’llaniladigan badiiy vositalardan biri sanaladi.

Quyida biz badiiy asarlarda xususan atoqli fransuz adibi Aleksandr Duyumaning «20 yildan so’ng» (20 ans après) romani misolida antonimik xususiyatga ega bo’lgan so’zlarning leksik-grammatik xususiyatlarini ko’rib chiqamiz.

Antonimlik ikkita til birligi orasidagi munosabatga asoslanadi. Bularning biri ikkinchisiga nisbatan antonim bo’lib, antonimik juftni hosil etadi. Demak, sinonimiyada ikki va undan ortiq til birligi qatnashib, ular bir voqealikni nomlaydi, ifodalaydi. Antonimlik munosabatda esa ikki til birligi qatnashib, biri ikkinchisining aksi bo’lgan voqelikni nomlaydi va ifodalaydi [1,60].

«Antonimiya so’zlarining o’zaro zid (qarama-qarshi) munosabatlaridagi manoga egaligidir. Ana shunday munosabatdagi so’zlar antonimlar deyiladi» degan tarif qator darsliklar, monografik tadqiqotlarda alohida takidlanadi. Xususan, tilli lug’at tarkibida ham bir-biriga zid voqea-hodisa, belgi-xususiyat, hajm-shakl, maza-tam kabi manolarni ifodalovchi til birliklari juda ko’p. Ular birday manoda, avvalo, leksik vosita, qolaversa, ifoda tasvir vositalaridan biri antiteza — qarama qarshi qo’yish yani, qarshilantirish stilistik vositasi vazifasini bajaradi. Ayni usul badiiy matnda tasvirlanayotgan voqea-xodisaga kitobxonlarning his-tuyg’usini kuchaytiradi, masalan, riche (boy) — pauvre (kambagal) so’zlari qo’llanilish doirasi funktsional chegaralangan leksik birliklardir.

Demak, Aleksandr Duyumaning «20 yildan so’ng» (20 ans après) romanidan olingan misollar tahliliga o’tamiz:

«Helas! c’était bien en éffet seulement l’ombre du grand homme. La France affaiblie , l’autorite du roi méconnue, les grands redevenus forts et turbulents, l’ennemi rentre en decades frontieres, tout témoignait que Richelieu n’était plus là» [2,6].

Ushbu parchadan ko’rishimiz mumkinki, yozuvchi tomonidan affaiblie — kuchsiz hamda fort — kuchli kabi sifat so’z turkumiga oid so’zlardan foydalangan holda antonimlik hodisasi vujudga keltirilmoqda. Ushbu so’zlarni leksik-grammatik jihatdan quyidagicha tahlil qilishimiz mumkin.

  1. Affaiblie — kuchsiz leksemasining ma’nosi norma deb qabul qilinganidan past holatda, nimjon holda; fort — kuchli leksemasining ma’nosi esa norma deb qabul qilinganidan yuqori sur’at bilan, baquvat holda ekanligini ifoda etmoqda.
  2. Ma’nolariga ko’ra: affaiblie — kuchsiz va fort — kuchli to’la antonimlik hosil qilmoqda.
  3. Tematik guruhiga ko’ra: affaiblie — kuchsiz va fort — kuchli so’zlari holatni bildiruvchi antonimlar sanaladi.
  4. Shakliga ko’ra: affaiblie — kuchsiz va fort — kuchli antonimlari har xil o’zakli antonim so’zlar hisoblanadi.
  5. Tuzilishiga ko’ra: affaiblie — kuchsiz so’zi yasama va fort — kuchli so’zi esa tub antonim hisoblanadi.
  6. So’z turkumlari nuqtayi nazaridan qaraganda affaiblie — kuchsiz va fort –kuchli so’zlari sifat so’z turkumiga mansub antonim so’zlar hisoblanadi.

Yuqorida keltirilgan misoldan va tahlildan ko’rishimiz mumkinki, yozuvchi ushbu parchada ma’no jihatidan to’liq antonim (les antonymes absolus) bo’lgan so’zlardan foydalangan. Ammo badiiy asar yozish jarayonida yozuvchi ma’no jihatidan qisman antonim (les antonymes partiels) bo’lgan so’zlardan ham foydalanishi mumkin. Bu holatni quyida Aleksandr Dyumaning romanidan olungan yana bir parchaning tahlili orqali ko’rib chiqishimiz mumkin.

«– Mais, vous le savez, Guitaut, nous autres pauvres ministres, nous avons souvent besoin encore d’autres hommes que d’hommes braves. Nous avons besoin de gens adroits. M. d’Artagnan ne s’est-il pas trouvé melé du temps du cardinal dans quelque intrigue dont le bruit public voudrait qu’il se fut tiré fort habilement?» [2, 227].

Ushbu parchadan ko’rishimiz mumkinki, yozuvchi tomonidan pauvres — bechora hamda braves — jasur kabi sifat so’z turkumiga oid so’zlardan foydalangan holda ma’no jihatidan qisman antonimlik hodisasi vujudga keltirilmoqda. Hamda keyingi o’rinda esa yana bir sifat so’z turkumiga oid so’z « fort — kuchli so’zi» yordamida ushbu antonimlik hodisasi davom ettirilmoqda. Yozuvchi ushbu antonim so’zlarni qo’llash orqali badiiy mazmunni kuchaytirishga intilmoqda. Ushbu so’zlarni leksik-grammatik jihatdan quyidagicha tahlil qilishimiz mumkin.

  1. Pauvres — bechora leksemasining ma’nosi norma deb qabul qilinganidan past holatda, nimjon holda; braves — jasur hamda fort — kuchli leksemalarining ma’nosi esa norma deb qabul qilinganidan yuqori sur’at bilan, baquvat holda ekanligini ifoda etmoqda.
  2. Ma’nolariga ko’ra: pauvres — bechora va braves — jasur hamda fort — kuchli so’zlari o’zaro qisman antonimlik hosil qilmoqda.
  3. Tematik guruhiga ko’ra: pauvres — bechora va braves — jasur hamda fort –kuchli so’zlari holatni bildiruvchi antonimlar sanaladi.
  4. Shakliga ko’ra: pauvres — bechora va braves — jasur hamda fort — kuchli antonimlari har xil o’zakli antonim so’zlar hisoblanadi.
  5. Tuzilishiga ko’ra: pauvres — bechora va braves — jasur hamda fort — kuchli so’zlari tub antonimlar hisoblanadi.
  6. So’z turkumlari nuqtayi nazaridan qaraganda pauvres — bechora va braves — jasur hamda fort — kuchli so’zlari sifat so’z turkumiga mansub antonim so’zlar hisoblanadi.

Yozuvchi o’z asarlarida nafaqat antonim so’lardan balki, bir-biriga zid ma’noli gaplardan ham mahorat bilan foydalana olgan. Buni quyidagi berilgan parcha tahlili misolida ham ko’rishimiz mumlin.

«Les niais! ils ne sentent donc pas que leur ennemi, ce n’est point cet Italien qui parle mal le français, mais bien plutôt ceux-là qui ont le talent de leur dire des belles paroles avec un si pur et si bon accent parisien» [2,7].

Ushbu parchada ko’rishimiz mumkinki, yozuvchi « Les niais! ils ne sentent donc pas que leur ennemi, ce n’est point cet Italien qui parle mal le français... – Ma’nosi: Ahmoqlar! ular hatto, o’zlarining dushmanlari kimligini ham bilishmaydi, fransuz tilida zo’rg’a gapiradigan bu italyalik aslo dushman emas...» gapiga « ...mais bien plutôt ceux-là qui ont le talent de leur dire des belles paroles avec un si pur et si bon accent parisien. Ma’nosi: ...balki, sof Parij shevasida chiroyli mulozamatlar qilaoladiganlar haqiqiy dushmanlardir». Shaklidagi ma’no jihatdan o’zaro antonim bo’lgan qo’shma gapdan foydalanish orqali antifraza badiiy ifoda vositasidan mahorat bilan foydalangan. Ushbu misolga qo’shma gaplar ma‘nosidagi o’zaro zidlik ifodasi orqali yozuvchi qahramon nutqining ta’sirchanligini oshirishga, nutqdan anglashiladigan umumiy ma‘noni bo’rttirib ifoda etishga intilmoqda.

Yuqorida keltirilgan misollardan ko’rishimiz mumkinki, badiiy asarning tasirchanligini va badiiy bo’yoqdorligini oshirishda metonimiyalar, metaforalar, shaxslantirish va boshqa shu singari vositalar kabi, antonimlar ham muhim ahamiyatga ega ekan. Umuman olganda badiiy uslubda antonimlar zidlantirish (antiteza) vositasi hisoblanadi. Ushbu vositadan buyuk fransuz adibi Aleksandr Dyuma ham o’z asarlarida mahorat bilan foydalanganligini ko’rishimiz mumkin.

Adabiyot:

  1. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. — Toshkent, 2010.
  2. Dumas A. Vingt ans après. — Paris, 2006.
  3. Ibragimov X., Mamadaliyev A., Mansurov U., Nishonov A., Soatjonov E., Umbarov N. Dictionnaire français- ouzbek. — Tachkent, 2008.
  4. www.beq.ebooksgratuits.com
  5. www.unlivrepourtous.fr

Ключевые слова

badiiy bo’yoqdorlik, antonimiya, senonimiya, leksik-grammatik tahlil, tematik guruh, leksema, antiteza

Похожие статьи

German tillari grammatikasini o‘qitishning umumnazariy masalalari

Maqolada german, bu o‘rinda ingliz tili misolida so‘z grammatik ma’nosining shakllanish imkoniyatlari lingvo-kognitiv tahlildan o‘tkaziladi.

O‘zbek tili darslarida interfaol usullardan foydalanish

Maqolada dars mashg‘ulotlarida interfaol usullardan foydalanish xususida so‘z boradi. Ayniqsa, o‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili darslarini olib borishda «Keys-stadi», «Pantomimo», «Bir jumladan iborat hikoya» va «Qaynoq koptokcha» kabi usullardan f...

Maqom san`atini o‘qitishning dolzarb masalalari

Maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining musiqa darslarida an’anaviy xonandalik — maqom haqida tushunchalarni shakllantirishning dolzarb masalalari qamrab olingan. Shuningdek, muallif darsliklarda mumtoz ashulani o‘rganish bo‘yicha yuzaga kеlayotg...

O’quv maqsadlarini ifodalashda Blum toksionomiyasidan samarali foydalanishning innovatsion usullari

Ushbu maqolada maullif Blum toksionomiyasini ta’lim jarayoniga tadbiq etishning samarali usullarini bayon qiladi. Pedagogik texnologiyaning muhim omillaridan biri hisoblangan o’quv maqsadlarini aniqlashda Blum toksionomiyasining roli va ahamiyatini t...

Xitoy bolalar adabiyotining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari

Maqolada Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganidan so‘ng adabiyotga, xususan, bolalalar adabiyotiga bo‘lgan e’tibor hamda uning rivojlanish bosqichlariga to‘xtalib o‘tilgan. Zamonaviy yozuvchilarning adabiyotga kirib kelishi va asarlari orqali bolal...

Oilaga ijtimoiy muhitning ta`siri

Maqolada voyaga yetmaganlarning oilaviy tarbiya jarayonidagi ijtimoiy muammolari tahlil qilingan. Muallif yoshlar tarbiyasida oilaviy omillar muhim o‘rin tutishiga alohida e’tibor qaratgan. Shuningdek, oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini sifatida insonn...

Muhammad Rizo Ogahiy ijodiga bir nazar

Ushbu maqolada Ogahiyning hayot yo’li, uning siyosiy faoliyati va ijodi haqida ma’lumotlar keltirildi.Ogahiyning ijodi o’zbek adabiyotiga o’ziga xos hissa qo’sha oldi.Ayniqsa boshqa tillardan tarjima qilgan asarlari ham bizning adabiy merosimizni boy...

«Boburnoma»da Kobul ta’rifi

Ushbu maqolada shoh asar Boburnomadagi Qobul viloyatining beqiyos tabiati taʼrifi, hududiy joylashuvi, Mirzo Boburning bu viloyatda hukmdor boʻlganligi, bu yurtda amalga oshirgan ishlari haqida soʻz yuritiladi.

Umumta`lim fanlarining o’qitilishida interfaol usullarning qo’llanilish samaradorligi

Maqolada mamlakatimiz yoshlarida umumta`lim fanlarni yuqori darajada shakllantirish, bu jarayonda umumta`lim fanlarini o’qitish sifatini ta`minlashda turli innovatsion metodlardan foydalanish orqali belgilangan natijalarga erishish.

Suv resurslaridan foydalanishda suv taqsimlash inshooatlarning ahamiyati

Bugungi kunda mamlakatimizda yangi yerlarning jadal o‘zlashtirilishi o‘z navbatida yangi suv inshootlarini (suv omborlari, kanallar, kollektor-drenaj tizimlari va h. k.) qurilishi meliorativ tadbirlar majmuasini amalga oshirish bilan bog‘liqdir. Bu e...

Задать вопрос