O‘qish darslarida matn ustida ishlash | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 11 мая, печатный экземпляр отправим 15 мая.

Опубликовать статью в журнале

Библиографическое описание:

Абдуллаева, Г. Э. O‘qish darslarida matn ustida ishlash / Г. Э. Абдуллаева, Зулхумор Курбанова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2017. — № 24.2 (158.2). — С. 7-9. — URL: https://moluch.ru/archive/158/44758/ (дата обращения: 27.04.2024).



Respublikamizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, islohotlar, mamlakatimiz iqtisodiy qudrati oshib borish natijasida jamiyat ijtimoiy sohasining markaziy bo`g`ini hisoblangan xalq ta’limida ham tub islohotlar ro`y bermoqda. U yangilanmoqda, yoshlar ta’lim-tarbiyasini takomillashtirish, ularning mazmunini, uzluksizligini ta’minlab beradigan yangi hujjatlar, pedagogik texnologiyalar, amaliyot uslublari bilan boyib bermoqda. Zero, yurtboshimiz ta’kidlaganidek, “...Xalq ta’limini tubdan isloh qilish, mazkur dasturni amalga oshirish bizdan nihoyatda katta kuch, mablag` va imkoniyat talab qilmoqda. Lekin, istiqbolimiz, istiqlolimiz ko`zi bilan qaraganda, ham iqtisod, ham siyosat, ham ma’naviyat nuqtai nazaridan bu sarf-xarajatlarga nazar tashlasak, undan keladigan manfaat har qanday xarajatlarni qoplashi va oqlashi muqarrar”.

O’qish darslarida o’quvchilar nutqini o’stirish vositalaridan biri to’g’ri uyushtirilgan qayta hikoyalashdir va unung to’liq, qisqartirib, tanlab va ijodiy qayta hikoya qilish turlari mavjud. O’quvchi o’qilgan asar mazmunini o’qituvchi savoli yordamida aytib berishida faqat analizdan emas, sintezdan ham foydalanadi: ayrim faktlarni o’zaro bog’laydi (sintezlaydi), bir-biriga taqqoslaydi, ular yuzasidan muhokama yuritadi va xulosa chiqaradi. O’quvchi asarda qatnashuvchilarning xatti-harakatini qanchalik aniq ko’z oldiga keltira olsa, u hikoyaning asosiy mazmunini shunchalik chuqur tushunadi, shunchalik mustaqil qayta hikoya qilib beradi.

Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarida va unga ma’lum bir o‘zgartirishlar kiritishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samarali usullarini shakllantirish bugungi kunda dolzarb hisoblanadi. O’qish dasturlarida badiiy asarni tahlil qilishga ko’proq ahamiyat berilib, matn ustida ishlash yuzasidan xilma-xil topshiriq turlaridan, texnika vositalaridan foydalanishga ko’proq e’tibor berildi.

Badiiy asar quyidagi muhim metodik qoidalar asosida tahlil qilinadi:

  1. Asar mazmunini tahlil qilish va to’g’ri, tez, ongli, ifodali o’qish malakasini shakllantirish bir jarayonda boradi.
  2. Asarning g’oyaviy-tematik asoslarini uning obrazlari, sujet chizig’i, qurilish va tasviriy vositalarini tushuntirish o’quvchilarning shaxs sifatida umumiy kamol topishiga, bog’lanishli nutqning o’sishini ta’minlaydi.
  3. O’quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish asar mazmunini ongli idrok etishning asosi va uni tahlil qilishning zaruriy sharti hisoblanadi.
  4. O’qish o’quvchilarning bilish faoliyatini aktivlashtirish va atrof muhit haqidagi bilimlarni kengaytirish vositasi hisoblanadi.

Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, uslubi jihatidan o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularning o’quvchilarga ta’siri ham har xil bo’ladi. Tabiiyki, har bir janrga oid asar matni lingvistik jihatdan ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, she’riy asarlar matni hikoya matnidan, ertak matni she’r matnidan, ilmiy-ommabop maqola matni masal janriga taaluqli asarlar matnidan tubdan farq qiladi. Shunga ko’ra, turli janrdagi badiiy asarlarni o’qishda o’qituvchidan unga mos usullar tanlash talab etiladi.

Badiiy asar ustida ishlash murakkab jarayon bo’lib o’qituvchi o’qish darslarining ta’lim-tarbiyaviy vazifalari badiiy asarning o’ziga xos xususiyatlari va o’quvchilarning tayyorgarligini hisobga olishni taqozo qiladi. Badiiy asarda barcha komponentlar o’zaro bog’langan bo’ladi. Asarda obrazlar rivojlanib boradi. Voqealar rivojlanib borgan sari qaxramonlarning yangi-yangi tomonlari ochila boradi. Bu xususiyatlari asar ustida ishlashda uni yaxlit o’qishni, idrok etishni, ya’ni sintezni talab qiladi. Asar boshidan oxirigacha o’qilgandan so’ng analiz qilinadi, so’ng yana yuqori sifatli sintezga o’tiladi. Asarni o’qishga kirishishdan oldin o’quvchilarni badiiy asarni o’qishga tayyorlash lozim bo’ladi.

O’quvchilar asar mazmunini to’g’ri idrok etishlari uchun hayot haqida ma’lum tasavvurga ega bo’lishlari zarur. Buning uchun tayyorgarlik ishlari o’tkaziladi. Tayyorgarlik ishlarining vazifalari quyidagilardan iborat bo’ladi:

  1. O’quvchilarning asarda aks ettirilgan voqea-hodisalar haqidagi tasavvurlarini boyitish, matnni ongli idrok qilishga ta’sir etadigan yangi ma’lumotlar berish, badiiy asarda tasvirlangan faktlarni o’quvchilar o’z hayotida kuzatishlari bilan bog’lay olishlariga sharoit yaratish.
  2. Yozuvchining hayoti bilan tanishtirish, yozuvchiga, uning hayotiga ijodiga qiziqish uyg’otish.
  3. O’quvchilarni asarni emosional idrok etishga tayyorlash.

O’qish darslarida to’g’ri, tez, ongli va ifodali o’qishga o’rgatish vazifasi o’quvchilarda asarni tahlil qilish ko’nikmasini shakllantirish bilan birga amalga oshiriladi. O’qish malakalarini shakllantirish bilan matn ustida ishlashning o’zaro bog’liqligi asarni tahlil qilishga qanday yondashishni belgilab beradi.

Badiiy asar ustida ishlashning 2-bosqichi asar tahlilidir. Asarni tahlil qilishning asosiy yo’nalishi matnning aniq mazmuni (voqyealar va uning rivojlanishi)ni, kompozistiyasini, ishtirok etuvchi shaxslarning axloqi va harakterli xususiyatlarini, asarning g’oyasini aniqlash hisoblanadi.

Asarni tahlil qilishning metodik shartlaridan biri asar mazmunini uning tasviriy-ifodali vositalari bilan bog’liq holda qarashdir. Yana bir asosiy qoida asar ustida ishlash jarayonida ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni umumiy ravishda amalga oshirish hisoblanadi. Bu qoidalar asar ustida ishlashning asosiy yo’nalishini belgilaydi, shuningdek, matnni tahlil qilish jarayonida o’quvchilar bajaradigan topshiriqlarni va muhokama qilish uchun ularga beriladigan savollarning harakterini aniqlab olishga yordam beradi

Asar tahlili jarayonida matn ustida ishlashning turli xil metodlaridan foydalaniladi: O’qishdan oldin, o’qish jarayonida va o’qishdan keyin.

Buni nemis bolalar yozuvchisi Kristina No’stlingerning “Die feuerrote Friderike” asarini misol tariqasida keltirib o’tishimiz mumkin. Ushbu asarni bolalar yazshiroq tushunib, tahlil qilishlari uchun asarni bir necha qismlarga ajratib va ularga oid bolalar qiziqib bajaradigan mashqlar ishlanib o’qilsa, bolalarning mazkur asarni o’zlashtirishlari osonroq kechadi.

Masalan: Teil — Seite 5 bis Seite 9

Im ersten Teil wird Friederike, ihre Tante und Katze vorgestellt und es wird beschreibt, was andere Kinder über Friederike wegen ihrer Haarfarbe denken.

Die Schüler lesen den ersten Teil zu Hause. Dann werden sie an dem Arbeitsblatt arbeiten, das später im Unterricht kontrolliert und besprochen wird.

Übung 1. Wer ist das?

In dieser Übung werden verschiedene Sätze angegeben, die eine konkrete Figur im Buch repräsentieren — ihre Eigenschaften, Aussehen oder Hobbys. Schüler sollen zu Sätzen die richtigen Figuren zuordnen. Dabei wird das Textverständnis kontrolliert. Passen folgende Beschreibungen zu Friederike, Tante Annatante oder Katze Kater?

_______ hat sonderbare Haare.

_______ strickt gern.

_______ ist dick.

_______ hat weiße Haare.

_______ liegt den ganzen Tag am Sessel und schläft.

_______ kann vielleicht nicht lesen.

_______ geht nie raus.

_______ geht einkaufen.

Übung 2

Fragen und Antworten

In dieser Übung müssen die Schüler folgende Fragen beantworten.

Welche verschiedenen Farben haben Friederikes Haare?....................................

Wie viel Stufen muss man zu Friederike hinaufsteigen?.....................

Warum lachen die Kinder über Friederike?........................................................

Übung 3

Vergleichungen

Nöstlinger benutzt viele Vergleiche, wenn sie Friederikes Äußere beschreibt wie

z.B. „Ein paar Strähnen waren so rot wie Paradeiser. Die Stirnfransen hatten die Farbe von Karotten. Die meisten Haare aber waren so rot wie dunkelroter Wein.“

Diese Übung betrifft Vergleichungen. Bei den Vergleichungen verbindet man Sachen mit einer Farbe. Die Sachen sind für die bestimmte Farbe typisch. Die Schüler sollen überlegen und solche Sachen aufschreiben, die mit folgenden Farben irgendwie verbunden sind. Sie werden individuell arbeiten und dann präsentieren sie ihre Vorschläge.

Die Übung regt die Schüler zum Überlegen an und überprüft den Wortschatz, den die Schüler haben.

gelb wie......................................................................................

rot wie...................................................................................................................

blau wie.............................................................................................................

schwarz wie........................................................................................................

weiß wie............................................................................................................

grün wie............................................................................................................

braun wie.............................................................................................................

orange wie........................................................................................................

lila wie...................................................................................................

grau wie...................................................................................................

rosa wie...................................................................................................

Shunday qilib, badiiy asar matnini tahlil qilishda, umuman, badiiy asarlarni o’rganishda o’quvchi shaxsiga kuchli ta’sir qiluvchi, ularning saviyasiga mos, bilimlarning o’zlashtirilishini ta’minlovchi metod va usullardan, tahlil turlaridan foydalanish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Karimov I. A. «Barkamol avlod — O’zbekiston taraqqiyotining poydevori», T., 1998-yil.
  2. Buhlmann R., Laveau I. Arbeit mit Sachtexten. Berlin: Landenscheidt, 1992.
  3. Janikova V. Aspekte des Hochschulfachs: Methodik und Didaktik des Unterrichts Deutsch als Fremdsprache im Überblick. 2004
  4. Nöstlinger, Ch. Die Feuerrote Friederike. Wien: Verlag für Jugend und Volk, 1977.


Задать вопрос