Ertak va tarixiy voqelik | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 4 января, печатный экземпляр отправим 8 января.

Опубликовать статью в журнале

Библиографическое описание:

Кадырова, Н. Э. Ertak va tarixiy voqelik / Н. Э. Кадырова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2017. — № 24.2 (158.2). — С. 31-32. — URL: https://moluch.ru/archive/158/44751/ (дата обращения: 22.12.2024).



Folklor asarlari haqida so’z yuritganda biz aksariyat hollarda hayoliy uydirmalar, fantastika bilan aloqador voqealarni tasavvur qilamiz. Xolbuki, “… asrlar qa’ridan bizga nur sochib, ongimiz va ruhimizni parvozga undab turgan ajdodlarning badiiy obraz, binobarin, badiiylik haqidagi tasavvurlarini, ular yaratgan badiiy obrazlar mohiyati, vazifasi, me’yori, shakli va estetik darajasini belgilashda biz bebaho mezon sifatida olib qaraymiz”.

Biz,xususan, ertaklar haqida so’z yuritadigan bo’lsak, “Istagan bir ertakda fantastika reallik bilan qo’shilgan holda beriladi”.

Darhaqiqat, “Ertak hayot haqiqati bilan bogliq bo’lgan, hayotiy va hayoliy uydirmalar asosiga qurilgan”.

Shunday ekan, har bir xalqqa tegishli bo’lgan ertakdan o’sha xalqning o’tmishiga oid etnografik xarakterdagi ma’lumotlarni ozmi-ko’pmi olish mumkin.

Bu masala o’z navbatida badiiy asarning axborot berish funksiyasi bilan chambarchas bog’liqdir.

Nemis xalq ertaklariga razm soladigan bo’lsa, ularda jahon xalqlari ertaklari bilan juda o’xash kuzatish mumkin. Bular obrazlar faoliyatida, ya’ni devlar, parilar tasvirida yuksak fantastika, sehrli makonlarga oid lavhalarda ko’proq ko’zga tashlanadi, biroq ertaklarda millat va o’sha millat yashaydigan makon bilan bog’liq ko’plab detallarni ham anglab olish mumkin.

“Qor qiz” ertagi tahlilida bu xususiyatni yaqqol ko’rsa boladi.

Dastlab, Qor qiz deb nomlangan bosh qahramonning o’zi ham ertakning Yevropa muhiti bilan aloqadorligi e’tiborni jalb etadi. Chunki sharq xalqlari ertagida qor qiz obrazi umuman ko’zga tashlanmaydi. Qor qizning o’rmonga qochishi o’rmon ovchisi bilan uchrashuvi, o’rmonda pakanalar qarorgohiga duch kelishi, u yerdan vinodan, nondan ta’tib tamaddi qilishi, yog’och uyga kirishi, uning sirli o’limidan keyin berk tobutga qo’yilishi kabi lavhalar ertakni o’qigan kitobxonga Yevropa muhiti, nemis hayotiga oid tavsilotlar, urf-odatlarni namoyon qiladi.

Endi ertakdagi umumjahon masalalariga aloqador motivlarga nazar tashlaydigan bo’lsak, ushbu voqealarda boshqa xalqlar hayoti uchun ham umumiylik kasb etadigan tafsilotlar mavjud. Jumladan, qor qizning o’gay ona bilan bo’lgan munosabatlari va o’sha jarayondagi turli-tuman azob-uqubatlar, ko’zguga boqish, unga murojaat qilish orqali ayrim sir-sinoatlardan xabardor bo’lish, ig’volar natijasida uning o’limga mahkum bo’lishi va mo’jizaviy tirilish kabi ko’pgina voqealarni jahondagi boshqa ko’plab xalqlar, shu jiumladan, turkiy xalqlar ertaklarida ham uchratish mumkin.

Ertaklar o’z xarakter jihatidan barcha xalqlar ijodida umumiylik kasb etadi. Bu umumiylik ularga xos bo’lgan fantastik tasvirda, mifologik lavhalarning berilishida, animistik, totemistik tushunchalarning namoyon bo’lishida va boshqa qator xususiyatlarda ko’zga tashlanadi. Shu bilan birga har qanday ertakda u qasrda ommalashgan bo’lsa, o’sha yerdagi aholining turmush tarzi, tarixiy taqdiri bilan aloqador lavhalar ham saqlanib qolgan bo’ladi.

Ma’lumki, insoniyat tarixining ibtidosi ko’p jihatlari bilan bir-biriga yaqin keladi. Chunki jahondagi barcha xalqlar ibtidoiy turmush tarzini teng boshdan kechirgan. Bu ular yaratgan mifologiyada, keyinchalik esa ertaklarda o’zining muayyan izlarini qoldirgan. “Yetimcha” ertagida ham ushbu xususiyatlar ko’zga tashlanib turadi.

Fikrimizni nemis xalqi orasida keng tarqalgan “Yetimcha” ertagi misolida isbotlashga harakat qilamiz.

Masalan, ertakda o’gay onaning zug’umi bilan kulga aralashtirilgan ikki xil donni ajratib chiqarish yetim qizning zimmasiga yuklatiladi. Albatta, bu oson ish emas. Shu paytda yetimchaning iltijosi bilan kaptarlar yordamga kelib, bu muammo hal bo’ladi.

O’gay ona ikkinchi bir hiylani amalgam oshirmoqchi bo’lganda ham bu sirni kaptarlar oshkor qilishadi.

Ertakdagi yana bir lavhada esa kaptarlar yetim qizni nohaq azoblagan ikki opa-singilning ko’zlarini cho’qib, ko’r qilishadi.

Kaptarlar yetimchaga hatto oltindan tufli hadya qilishadi.

Bu lavhalarning barchasi turkiy xalqlar, qolaversa, jahondagi ko’plab xalqlar ertaklarida ayrim o’zgarishlar bilan takrorlanadi. Chunki kaptarlarning homiylik xususiyati jahon xalqlari folklorida keng tarqalgan. Ularning ildizlari totemistik qarashlarga borib bog’lanadi. Yetimchaning daraxtga yolvorib yordam so’rashi ham ushbu masala bilan bog’liq.

Qolaversa, o’gay qiz bilan bog’liq motiv ham ertaklarda ko’plab uchraydi.

Bularning barchasi tipologik hodisalardir. Endi ertaklardagi milliy xususiyatlarga kelsak, unda nemis xalqi hayoti bilan aloqador anchagina lavhalarni topish mumkin.

Masalan, yetim qizga yog’ochdan ishlangan qo’pol kovushning kiydirilishi, katta saroylarda ziyofat tashkil etilib, yigit va qizlarning o’yinga tushishlari, cherkovga borib ibodat qilish, cho’qinish, nikoh o’qitish kabi lavhalar Yevropa xalqlari urf-odatlari, xususan, nemis xalqi udumlari bilan uzviy bog’lanib ketadi. Chunki bunday lavhalarni o’zbek, umuman, turkiy xalqlar ertaklarida uchratish mumkin emas. Turkiy xalqlar ertaklarida yog’och kovush kiyish, qiz va yigitlarning birga raqsga tushishlari mahalliy urf-odatlarga mos kelmaydi.

Shu bilan birga ushbu ertakda nasroniy dinining ta’siri sezilsa, o’zbek xalq ertaklarida islom dinining ta’siri, albatta, o’z aksini topadi.

Binobarin, yozma adabiyot kabi og’zaki adabiyotda ham uning yaratuvchisi bo’lgan xalqning tarixiy o’tmishi urf-odati bilan aloqador ko’plab lavhalarga duch kelish mumkin. Bu esa xalq hayotidagi tarixiy voqelikning bizgacha yetib kelgan aks sadolaridir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Sarimsoqov B. Badiiylik asoslari va mezonlari, Toshkent, 2004.
  2. Юдин Ю. И. Сказка и история. // Фольклор и этнография, Л., 1984.
  3. Imomov K. O’zbek xalq prozasi. Toshkent, 1981.
  4. Aschenputtel, Bonn, 1990.


Задать вопрос