Hayotiy jarayonlarda boradigan kimyoviy reaksiyalar | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 11 мая, печатный экземпляр отправим 15 мая.

Опубликовать статью в журнале

Библиографическое описание:

Ёрманов, Шериммат. Hayotiy jarayonlarda boradigan kimyoviy reaksiyalar / Шериммат Ёрманов, Саида Бобожонова, О. А. Бобожонов. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2017. — № 24.2 (158.2). — С. 24-25. — URL: https://moluch.ru/archive/158/44746/ (дата обращения: 02.05.2024).



Fan va texnika jadal rivojlanayotgan bugungi kunda kimyo fani sirlarini ilmiy asosda o’rganish katta ahamiyatga egadir. Kimyo fani hayotimizning barcha sohalarida o’z o’rniga ega. Jumladan, ishlab chiqarishda, oziq-ovqat sanoatida, qishloq xo’jaligida, qurilish materiallarini tayyorlashda va boshqa ko’plab sohalarda keng miqyosda foydalaniladi. Bir so’z bilan aytganda, kimyo fani qo’lanilmaydigan sohani uchratish qiyin.

Bunday jarayonlarni hayotimizda ko’plab uchratishimiz mumkin. Misol sifatida bir nechta reaksiyalarni ko’rib chiqamiz.

  1. Davriy sistemaning 5-guruh elementi hisoblangan fosfor elementi gugurt ishlab chiqarish uchun asosiy hom-ashyodir. Gugurt qutisi yonboshiga surtilgan qizil fosfor gugurt kallagidagi Bertole tuzi bilan ozgina ishqalanishi natijasida reaksiya sodir bo’ladi. Biz bu jarayonni juda ko’p marotaba kuzatganmiz. Bu jarayonning kimyoviy reaksiya tenglamasi quyidagicha ko’rinishda yoziladi.

6P + 5KClO3 = 5KCl +3P2O5

  1. Anorganik birikmalarning eng muhim sinflaridan biri bo’lgan oksidlardan juda ko’p sohalarda foydalaniladi. Jumladan, kalsiy oksid (texnikadagi nomlari so’ndirilgan ohak, kuydirilgan ohak momig’i) oq rangli kukun hisoblanadi. Sanoatda ohaktosh, bo’r yoki boshqa karbanatli jinslar kuydirilganda hosil bo’ladi.

CaCO3 = CaO + CO2 H=178 kJ/mol

Kalsiy oksid suv bilan shiddatli reaksiyaga kirishib, kalsiy gidroksid hosil qiladi. Kalsiy gidroksidning texnikadagi nomi — so’ndirilgan ohak deb yuritiladi.

So’ndirilgan ohak, qum va suv aralashmasi binokorlik qotishmasi yoki ohakli qorishma deyiladi. U suvoq sifatida, shuningdek, devorga g’isht terishda, g’ishtlarni bir-biriga tishlatish uchun ishlatiladi, devorga g’isht terishda odatda sementli qorishmadan foydalaniladi.

Ca(OH)2 + SiO2 = CaSiO3 + H2O

Ohakli qorishmaning qotishida bir vaqtning o’zida ikki xil jarayon sodir bo’ladi.

a) O’ta to’yingan eritmadan kalsiy gidroksid kristallarining cho’kishi, bu kristallar qum zarrachalarini bir — biriga puxta bog’laydi.

b) Daraxtlar oqlanadi, ya’ni unga Ca(OH)2 bilan ishlov beriladi. Natijada vaqt o’tishi bilan daraxtning ishlov berilgan qismi oqaradi, sababi bu ishlov berilgan joyda Ca(OH)2 havodagi CO2 bilan reaksiyaga kirishadi.Bunda quyidagi reaksiya sodir bo’ladi.

Ca(OH)2 + CO2 (havodan) = CaCO3 + H2O

  1. Mahalliy aholi suniy yuvish vositalari va sovunlardan har doim foydalanadi. Suniy yuvish vositalarining olinishi haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz. Sovun olish uchun hamashyo sifatida o’simlik moylari, hayvon yog’lari, shuningdek natriy gidroksid va suvsizlantirilgan soda ishlatiladi. Sovun ishlab chiqarishda ko’p miqdorda hamashyo talab qiladi, shu sababli sovunlarni ovqat bo’lmaydigan mahsulotlardan olish masalasi qo’yilgan. Asosan sovunlar yuqori karbon kislatalarning tuzlaridir. Odatdagi sovunlar palmitin, sterin va olein kislatalar tuzlarining aralashmasidan tarkib topgan. Natriyli tuzlar qattiq sovunlarni, kaliyli tuzlar- suyuq sovunlarni hosil qiladi.

Sovunlar yog’larning ishqorlar ishtirokida gidrolizlanishidan hosil bo’ladi.

Ana shuning uchun ham eterifikatsiyaga teskari reaksiya sovunlanish reaksiyasi deb ataladi.

  1. Inson tabiatidan ham ma’lum, har bir inson o’z harakteriga mos kishilar bilan muloqotda bo’ladi. Shunga asoslangan holda lak ham o’z xossasiga mos bo’lgan qutbsiz erituvchida eriydi. Qurilishda ko’p hollarda laklardan foydalaniladi. Laklarni eritishda ko’pincha atseton ishlatiladi, chunki atseton qutbsiz erituvchi hisoblanadi. Qutbsiz malekulaga ega moddalar qutbsiz erituvchilarda juda yaxshi eriydi.

Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, atrofimizda sodir bo’layotgan har bir hodisani kimyoviy jihatdan izohini yozishimiz mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. “Kimyo” darslik “Toshkent” 2010 c180.
  2. Homchenko I. G. Homchenko G. P.”Kimyo”c 457
  3. w.w.w. Google. uz.


Задать вопрос