Chet tili fani darslarida mustaqil ishlarning bajarilishini nazorat qilishda ma’sofaviy ta’lim tizimi bo’lgan Moodle tizimidan foydalanishning afzallik tomonlari | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 30 ноября, печатный экземпляр отправим 4 декабря.

Опубликовать статью в журнале

Библиографическое описание:

Абдуллаев, Д. И. Chet tili fani darslarida mustaqil ishlarning bajarilishini nazorat qilishda ma’sofaviy ta’lim tizimi bo’lgan Moodle tizimidan foydalanishning afzallik tomonlari / Д. И. Абдуллаев, А. А. Исмоилов, М. Р. Аллеберганова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2017. — № 24.2 (158.2). — С. 1-2. — URL: https://moluch.ru/archive/158/44731/ (дата обращения: 19.11.2024).

O’zbekiston respublikasida chet tillarni o’qitishga bo’lgan katta e’tibor etishib chiqayotgan kadrlarning nafaqat respublika miqiyosida, balki halqaro miqiyosda o’z ish faoliyatlarini olib borish imkoniyatini oshirishga qaratilgan say harakat deb qarashimiz mumkin. Hozirgi kunda jamiyatning har bir sohasida halqaro aloqalarga qaratilayotgan e’tiborning kuchayib borayotganligini kuzatishimiz mumkin. Shuning uchun ham turli sohalardagi kadrlarning oldiga qo’yilayotgan talablar orasida chet tillarni va kompyuter savodhonligiga qo’yilayotgan talab juda yuqoriligi bejizga emas. Yuqoridagi maqsadni amalga oshirish maqsadida respublikamizda chet tillarni o’qitishda komyuter texnologiyalardan foydalanishning turli samarali yo’llari va metodlarini izlash yoki yaratish va chet tillarni o’qitishda ularni tadbiq etish kabi vazifalarga e’tibor qaratilmoqda. Komputer texnologiyalaridan foydalangan holda chet tillarni o’qitish nafaqat talabalarning tilni o’rganishga bo’lgan qiziqishini oshiradi, balki bir vaqtning o’zida talabalarda kompyuter savodhonligini ham mustahkamlab borishga hizmat qila oladi.

Uzluksiz ta’lim tizimida mahsus maqsadlar uchun horijiy til (English for Specific Purpose) ni o’qitishga bo’lgan e’tiborni va uni o’qitishdagi sifatni oshirish yo’lidagi say harakatlarni respublikamizda amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi turli islohotlardan ham kuzatishimiz mumkin. Respublikamiz uchun muhim sohalardan deb hisoblangan iqtisod, ishlab chiqarish, qishloq ho’jaligi, tibbiyot, texnologiya, fizika kabi sohalarning rivojlanib borishida hozirgi kunda etishib chiqayotgan bilimli va salohiyatli kadrlarning o’rni beqiyosdir. Shunday ekan bu jarayon nolingvistik fakultet talabalariga chet tilini o’qitishda alohida metod va yondashuvni talab etadi. Shu maqsadda, ushbu maqola mahsus maqsadlar uchun horijiy tilni o’qitishda mustaqil ishlarning bajarilishini nazorat qilishda ma’sofaviy ta’lim tizimi bo’lgan Moodle tizimidan foydalanishning afzallik tomonlari haqida so’z yuritadi.

“Moodle” tizimi zamonaviy axborot texnologiyalar va masofaviy o’qitishning mumkin bo’lgan unumli texnologiyalaridandir. Moodle tizimi o’qituvchilarga yangi texnologiyalar negizida individuallashgan ta’lim metodikasini ishlab chiqish, talabaning bilimlarini shakllantirish va takomillashtirish vazifalarini hal qiladigan mukammal onlayn kurslarni tuzish imkonini beradi [1]. Moodle tizimi “masofaviy o’qitish jarayonini mukammal qo’llab-quvvatlovchi keng spektrdagi imkoniyatlarni taqdim etadi — o’quv materialni taqdim etishning turli yo’llari, talabalar bilimini baholash va o’zlashtirishni nazorat etish” [2].

Moodle tizimida mavjud bo’lgan keng spektrdagi imkoniyatlar talabalarga turli ko’rinishdagi va maqsaddagi mustaqil ishlarni bajarish yoki tizim orqali o’z o’qituvchisiga topshirish imkoniyatini yaratib beradi. “Mustaqil ish” tushunchasi ko’p qirrali tushuncha hisoblanib, unga turlicha izohlar berilgan. Chet tilini o’qitishda mustaqil ishlarning maqsadi amaliy mashg’ulotlar davomida shakllangan asosiy til va nutq ko’nikmalarini mustahkamlash, turli hil adabiyotlar bilan ishlash ko’nikmalarini rivojlantirishdir. Amaliy maqsadlar bilan bir qatorda mustaqil ishlarning tarbiyaviy va umumta’lim maqsadlari ham mavjud: dunyoqarashni o’stirish, umumiy madaniyat darajasini oshirish, mamlakatshunoslikka oid bilimlarga ega bo’lish, zamonaviy informatsion texnologiyalarni o’zlashtirish, ijodiy imkoniyatlarni rivojlantirish va ilmiy izlanish olib borish metodlarini o’zlashtirish shular jumlasidandir.

Nolingvistik fakultetlarda chet tili uchun ajratilgan soatlarning cheklanganligini inobatga olgan holda, talabalarga auditoriyadan tashqarida bajariladigan uyga vazifalar yoki mustaqil ishlarning ko’proq berilishi maqsadga muvofiq bo’lar edi. Ammo bunday vazifalarning hajmidan kelib chiqib ularning bajarilishini nazorat qilish va baholash o’qituvchi uchun biroz qiyinchiliklarni tug’dirishi mumkin.

Mustaqil ishlarning Moodle tizimi orqali topshirilishining ham o’qituvchi ham talabala uchun bir qancha qulaylik va afzallik tomonlari mavjud:

– talaba bajarilgan mustaqil ishni masofadan Moodle tizimi orqali topshirish;

– talabalarning zamonaviy kompyuter texnologiyalari orqali bilim olishga bo’lgan qiziqishini orttirish;

– talaba va o’qituvchining kompyuter texnologiyalariga oid savodhonligini oshirish;

– Mustaqil ishlarnining bajarilishini nazorat qilish va ularni yig’ib olish bilan bog’liq muammolni bir joyda kompyuter orqali hal etilishi;

– Moodle tizimidagi keng imkoniyatlarni inobatga olgan holda talabaning mustaqil ishga ijodiy yondashuvini ta’minlab berish;

Moodle tizimi orqali talabalar turli hildagi va ko’rinishdagi mustaqil ishlarni elektron ko’rinishda o’qituvchi etiboriga tagdim etishlari mumkin. Bu tizim orqali topshirilgan ishlarning barchasi faqatgina o’qituvchi tomonidan ko’rib chiqiladi va baholanadi. Agar talaba tomonidan topshirilgan ish matn ko’rinishida topshirilsa, o’qituvchi uni Moodle tizimini tark etmasdan turib tekshirishi va hatolarini to’g’irlashi va o’qituvchi shu erning o’zida o’z fikrlarini qoldirishi mumkin.

Hulosa qilib shuni takidlab o’tish lozimki, Moodle tizimi o’qitish jarayonida talabalarning bilim olish va berilgan materiallarni o’zlashtirilishini nazorat qilishni engillashtiradi va har bir talabaning ishini alohida va sifatli kuzatish imkonini beradi. Hozirgi kunda yoshlarning zamonaviy texnologiyalarga bo’lgan qiziqishini e’tiborga olgan holda, masofaviy o’qitish tizimi talabalarning o’qishga bo’lgan qiziqishini ancha oshiradi deb o’ylaymiz.

Литература:

  1. G.Matlatipov, M. Raximbaeva. Urganch davlat universitetida masofaviy talim tizimlaridan foydalanish tajribasi. Ilmiy metodik jurnal “Ilm sarshasmasi”. UrDU, 2012, № 12, 86-bet.
  2. Анисимов А. М. Работа в системе дистанционного обучения MOODLE. Учебное пособие. Харьков. ХНАГХ. 2009. с. 4.

Похожие статьи

Turli xil tillardagi onomastik va tarixiy frazeologik birliklar

Bu maqola tarixiy va onomastik birliklar qatnashgan frazalar haqida Ingliz va O'zbek tillardagi misollar yordamida ma'lumot beradi.

O’quvchilarda notiqlik mahoratini kuchaytirish

Maqolada notiqlik san’ati hamda uning mahoratini o’quvchi yoshlarda shakllantirish yo’llari ko’rib chiqilgan

Qur`oni karimda shart maylining ishlatilinishi

Maqolada Qur'oni karim oyatlarida shartli maylining ishlatilinishi to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan.

Ingliz tilini o’qitishda innovatsion usullardan foydalanish

Ushbu maqolada hozirgi davr talabiga aylangan ingliz tilini oq’ishitish hamda o’quv jarayonida innovatsion usullardan foydalanish ochib berilgan

Affikslarning polisemantik pоtensiali (nemis tili misolida)

Ushbu maqolada nemis tili lug’at boyligi, so’z yasalishida affikslarning ahamiyati, ularning turlari haqida so’z yuritiladi.

Fermer xo‘jaliklari moliyaviy xo‘jalik faoliyati natijalari tahlili

Ushbu maqolada O`zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishda mamlakatimiz qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, moliyaviy xo’jalik faoliyatini tahlilini takomillashtirish yoritib berilgan.

Budjet daromadlarining barqarorliginini ta’minlashda soliq siyosatining tutgan o’rni, davlat budjeti daromadlarini shakllantirishda bilvosita soliqlarning tahlili

Kasb-hunar kolleglarida seminar mashg’ulotlarini tashkil qilishning o’ziga hos xususiyatlari

Ushbu maqolada o’quv jarayonini tashkil etishda seminar darslarining alohida o’rni, seminar mashg`ulotlarining maqsadi, seminar-amaliy mashg`ulotlarning shakllari, seminar darsi funksiyalari yoritib berilgan.

Кlasterizatsiya masalalarini yechishda optimal algoritmni tanlash

Bu maqolada biz ma’lumotlarni intelektual taxlilida asosiy masalalardan biri bo’lgan klasterizatsiya masalasi va uni yechishda Weka APIdan foydalanish haqida so’z yuritamiz.

Ingliz tili o’qitishning boshlang’ich bosqichida grammatika o’rgatishning samarali yo’llari

Задать вопрос