Chet tillarni o`qitishda rolli o`yinlardan foydalanish | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Библиографическое описание:

Матмуротова, З. Chet tillarni o`qitishda rolli o`yinlardan foydalanish / З Матмуротова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2017. — № 24.2 (158.2). — С. 35-37. — URL: https://moluch.ru/archive/158/44683/ (дата обращения: 16.12.2024).



Songi yillarda chet tillarini o`rganishga qiziqish sezilarli darajada oshdi.Bunga davlatimizning mustaqillikdan keyin chet tilini rivojlantirishga qaratilgan farmon, chora va tadbirlari ham sabab bo`lmoqda.Bu esa biz chet tili o`quituvchilari oldiga talabalarning chet tiliga qiziqishini oshirish uchun chet tili darslarida turli innovation metodlardan,texnik vositalardan foydalanishni taqoza etmoqda.Shunday metodlardan biri bu dars jarayonida rolli o`yinlardan foydalanish -dir. Rolli o`yinlar bu real hayotimizdagi turli situasiyalarni chet tili o`rganish jarayonida qo`llashdir.Bu metod dars jarayonida til muhitini yaratishga yordam beradi.Men dars jarayonida rolli o`yinlardan juda ko`p foydalanaman.Masalan:

1-holatda yoshlikdagi ikki dugona ancha yillardan so`gnuchrashib qolishdi.2-holat Sizning avtomobilingizni yol qoidanasini buzganligingiz tufayli yol patrul xizmati xodimi sizni to`xtatib hujjatlaringizni so`radi.

3-holat.Restoranda,toam tanlash, toam buyurtirish, hisobni to`lash.

4–5- holatlar 11 yoshli o`quvchi va unashtirilgan talabalarning kelajakdagi rejalari haqida suhbat kabi situasiyalarni talabalarga berishingiz mumkin. Ushbu situasiyalar bo`yicha talabalar sahna ko`rinishlarini ijro etadilar.Bunday hayotiy rolli o`yinlar dars jarayonida til muhitini yaratadi, talabalarga o`z fikrlarini erkin ifoda etish imkoniyatini beradi. Rolli o`yinlarda ishtirok etish jarayonida talabalar fikrlashga o`rganadilar,o`z emosional holatlarini chet tilida erkin ifodalay olishga o`rganadilar.Rolli o`yinlarga tayorgarlik jarayonida bir-birining leksik,grammatik va talaffuzdagi xatolarini to`g`irlaydilar.Xato qilibva shu xatoni to`g`irlash ham tilni o`rganishga yordam beradi va talabalarni to`g`ri talaffuzga o`rgatadi..Dars jarayonida rolli o`yinlardan foydalanish bir vaqtning o`zida barcha talabalarni darsda aktiv ishtirok etishlarini ta`minlaydi.Bundan tashqari rolli o`yinlar talabalarning chet tilini o`rganishga qiziqishini oshiradi va dars jarayoniga jonli,quvnoq muhitni yaratadi.Bu esa chet tili darslarining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

J. Jirardet, Jean-Marie Cridlig. “Panorama de la langue française “ Clé International, Paris 2004.



Задать вопрос