Turizmning mamlakat iqtisodiyotida tutgan o’rni | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 4 мая, печатный экземпляр отправим 8 мая.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Спецвыпуск

Опубликовано в Молодой учёный №24 (158) июнь 2017 г.

Дата публикации: 28.06.2017

Статья просмотрена: 4710 раз

Библиографическое описание:

Алиева, Г. И. Turizmning mamlakat iqtisodiyotida tutgan o’rni / Г. И. Алиева. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2017. — № 24.1 (158.1). — С. 3-5. — URL: https://moluch.ru/archive/158/44595/ (дата обращения: 26.04.2024).



Turizm bоshqа sоhаlаrgа nisbаtаn tеz tаrаqqiy etаdigаn tаrmоqdir, chunki bu sоhа mаmlаkаtimiz uchun unchаlik kаttа invеstisiyani tаlаb qilmаsdаn rivоjlаnishi mumkin bo’lgаn sоhаdir. Bоshqа sоhаlаr, jumlаdаn hаvо, tеmiryo’l, аvtоmоbil trаnspоrti, оvqаtlаnish vа sаvdо shаhоbchаlаri, mеhmоnхоnаlаr rivоj tоpsа o’shа jоydа turistik оb’еktlаr mаvjud bo’lsа bеmаlоl turizmni rivоjlаntirish mumkin.

Turizm sоhаsidаgi mutахаssislаrning fikrichа, u XXI аsrdа dunyo miqiyosidа eng ustuvоr fоydа kеltiruvchi sоhаgа аylаnаdi. Hоzir u dunyo bo’yichа аvtоmоbilsоzlik vа nеftni qаytа ishlаsh sоhаsidаn kеyin uchinchi o’rinni egаllаb turibdi. [1] Bu sоhа dunyo sаnоаti vа qishlоq хo’jаligidаn o’zib kеtdilаr.

Turizmning tеz rivоjlаnishigа yanа bir sаbаb, u yuqоri dаrаjаdаgi kаttа ilmiy tаdqiqоt хаrаjаtini (nаukоyomkiy) vа quvvаtni ko’p sаrf qilаdigаn (enеrgоyomkiy) tехnоlоgiyani tаlаb qilmаydi. Birоq, turizm bоshqа sоhаlаrni rivоjlаntirishni tаqоzо qilаdi. SHu tufаyli ushbu sоhа bilаn ko’pginа хizmаt ko’rsаtuvchi sоhаlаr bir-biri bilаn uzviy bоg’liq rаvishdа rivоj tоpmоg’i lоzim.

Turizmning yuqоri dаrоmаd kеltiruvchi sоhа bo’lgаnligi tufаyli ko’pginа dаvlаtlаr vа tаdbirkоrlаr uning rivоjlаnishi uchun kаttа e’tibоr bеrmоqdаlаr. Ulаr yangi-yangi mеhmоnхоnаlаrni qurmоqdа, eskilаrini rеkоnstruksiya qilib tа’mirlаmоqdа, qаysiki ulаrni hаm jаhоn stаndаrtlаri tаlаblаrigа mоslаshtirmоqdа. Bungа birginа Sаmаrqаnd shаhridа qurilgаn o’nlаb shахsiy mеhmоnхоnаlаrni misоl kеltirish mumkin. Ulаr hеch kimning tа’ziqi yoki ko’rsаtmаsisiz o’z tаshаbbuslаri bilаn qurilgаn оb’еktlаrdir. Mаqsаdi shu sоhаni rivоjlаntirib kаttа fоydа оlish. Bu esа o’z nаvbаtidа, turizmni rivоjlаntirish uchun eng muhim оmillаrdаn biridir.

Bugungi globallashuv jarayonida qariyb barcha mamlakatlar iqtisodiy faoliyatida turizm sektori yuqori daromad manbai sifatida alohida ahamiyatga ega. Mazkur sohaning mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy hayotiga ta‘siri nafaqat valyuta tushumi, ish o‘rni yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, balki ajdodlardan meros qolgan madaniyat va qadryatlarning saqlashning bosh omilidir. Shu sababdan, turizmning iqtisodiyotga ta‘sirini to‘liq tushunish va samarali faoliyat yuritishni ta‘minlash maqsadida ko‘plab xalqaro turistik tashkilotlar faoliyat olib boradi. Bular ichida Dunyo sayohat va turizm kengashini (WTTC) alohida ta‘kidlab o‘tish maqsadga muvofiqdir. WTTC jahon miqyosida turizm va sayohatning iqtisodiy-ijtimoiy ulushini belgilaydigan global hokimyatdir. Ushbu hokimyat turizm sektorining barqaror o‘sishini qo‘llab-quvvatlaydigan hamda yangi ish o‘rinlari yaratishda, sayyohlik eksportini boshqarishda va samaradorlikka erishishda hukumatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlaydi. 25 yildan buyon WTTC turizm va sayohatning iqtisodiy ta‘sirini o‘rganib kelmoqda. 2015-yilgi ma‘lumotlar yillik iqtisodiy hisobotlar 184 mamlakat va 25 ta hududni o‘z ichiga oladi. Ushbu ma‘lumotlarga muvofiq, dunyo bo‘yicha 2014-yilda sayohat va turizm 7,6 trillion AQSH dollari, ya‘ni umumiy YaIMning 10 %i va 277 million ish o‘rni (har 11dan 1 kishi turizm sohasida ishlaydi) ga teng bo‘ldi. Yaqin yillarda turizm dunyo miqyosida avtomobil sanoati, moliyaviy xizmatlar va sog‘liqni saqlashga qaraganda tez sur‘atlar bilan rivojlanmoqda. O‘tgan yil ham bundan mustasno bo‘lmadi. Xalqaro turistlar tashrifi 1,14 mlrdga teng bo‘ldi va bu ko‘rsatkichning 46 %i rivojlanayotgan mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Aytish joizki, ayni davrda davom etayotgan Rossiyadagi retsessiya, ya‘ni iqtisodiy tanglik jahon turizmiga o‘z salbiy ta‘sirini ko‘rsatdi. Shunga qaramasdan, jahonning ko‘plab mamlakatlari shular qatorida O‘zbekiston ham iqtisodiy o‘sishda davom etdi. Ma‘lumki, O‘zbekiston turizm sanoatida katta imkoniyatga ega davlatdir. Bugungi kunda mamlakatimizda 4000 dan ortiq tarixiy obidalar va muzeylarimizda 2 mlndan ziyod qadimiy eksponatlar saqlanayotgani fikrimizning yorqin dalilidir. Shuningdek, Respublika bo‘yicha jami 550 ta sayyohlik kompaniyasi turoperatorlari faoliyat yuritmoqda. Mintaqamizdagi tarixiy ob`yektlar, arxitektura va shaharsozlik obidalarining aksariyatini qamrab olgan 110 ta xalqaro sayyohlik yo‘nalishi bo‘yicha sayyohlarga xizmat ko‘rsatilmoqda. Bu yo‘nalishlarning 65 tasi tarixiy madaniy meros ob`yektlari, 30 tasi tabiiy rekreatsion, 15 tasi sog‘lomlashtirish turizm elementlarini o‘z ichiga olgan ekologik yo‘nalishdir. Hozirda yurtimizda 50.000 dan ziyod o‘ringa ega bo‘lgan 500 dan ortiq mehmonxona, motel va kempinglarda sayyohlarga xalqaro standartlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatilmoqda. Bu raqamlar mamlakatda turizm sohasini jadal rivojlanayotganligidan dalolatdir. WTTC ma‘lumotlariga ko‘ra O‘zbekiston iqtisodiyotida turizm ulushi quyidagi raqamlarda aks etdi(1-jadval).

Jadval 1

O’zbekiston iqtisodiyotida turizm ulushi [2]

Turizmning ulushi

2014-yil

2015-yil

2015–2025 yillar (prognoz)

YaIMdagi to‘g‘ridan to‘g‘ri ulushi

UZS1,317.1mlrd (YaIMning 0,9 %i)

3,9 %ga o‘sish

UZS2,468.0mlrd(6,1 % o‘sish)

YaIMdagi umumiy ulushi

UZS4,208.8 mlrd (umumiy YaIMning 3 %i)

4,7 %ga o‘sish

UZS7,889.9mlrd 6 %ga o‘sish (umumiy YaIMning 2,9 %i)

Ishchi kuchi to‘g‘ridan to‘g‘ri ulush

118.500 ish o‘rni (umumiy ishchi kuchining 0.8 %i)

1.3 %ga o‘sish

175.000 ish o‘rni, 3.8 %ga o‘sish (umumiy ishchi kuchining 0.8 %i)

Ishchi kuchining umumiy ulushi

387.500 ish o‘rni (umumiy ishchi kuchining 2.6 %i)

2 %ga o‘sish (395.500ta ish o‘rni)

568.000 ish o‘rni, 3.7 %ga o‘sish (umumiy ishchi kuchining 2.5 %i)

Sayyohlik eksportida

UZS 524.0 mlrd (umumiy eksportning 1.6 %i)

3.8 %ga kamayish

UZS 972.8 mlrd, 6.8 % ga o‘sish (umumiy eksportning 1.6 %i)

Investitsiya

UZS 711.0 mlrd (umumiy investit-siyaning 2.2 %i)

7.3 %ga o‘sish

UZS 1,321.0 mlrd, 5.6 %ga o‘sish (umumiy investitsiyaning 2.1 %i)

Yuqoridagi raqamlar shuni ko‘rsatadiki, mamlakatimiz iqtisodiy hayotida turizm sanoatining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida O‘zbekistonning xalqaro turizm bozorida o‘z o‘rnini egallayotganligidan dalolatdir.

O`zbekistonning 70 % hududlarini cho`l va adur mintaqasi egallaydi. Bu mintaqada hozircha 55 ta turistik resurs royhatga olindi. Bu resurslar 14 ta alohida –alohida mavzularda ekanligi bepayon chol tabiati chol xalqi hayoti cholning osimliklar olami va hayvonot dunyosidan mahalliy turizm va halqaro turizmni rivojlantirishda foydalanilsa turistlar oqimini yanada oshirish imkoniyati yuzaga keladi.

Фойдаланилган адабиётлар рўйхати:

  1. Mirzayev M. A., Aliyeva M. T. Turizm asoslari. O‘quv qo‘llanma.-T.: O‘zbekiston faylafuslar jamiyati, 2011.
  2. Fаyziеvа S. H. Оsnоvniе nаprаvlеniya rаzvitiya turizmа v Uzbеkistаnе. // Ekоnоmichеskiy vеstnik Uzbеkistаnа. № 3–4, 2004.
Основные термины (генерируются автоматически): UZS, WTTC, AQSH.


Похожие статьи

Задать вопрос