Kasb-hunar kolleglarida seminar mashg’ulotlarini tashkil qilishning o’ziga hos xususiyatlari | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 11 мая, печатный экземпляр отправим 15 мая.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Спецвыпуск

Опубликовано в Молодой учёный №24 (158) июнь 2017 г.

Дата публикации: 28.06.2017

Статья просмотрена: 2389 раз

Библиографическое описание:

Кучкоров, Шоназар. Kasb-hunar kolleglarida seminar mashg’ulotlarini tashkil qilishning o’ziga hos xususiyatlari / Шоназар Кучкоров. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2017. — № 24.1 (158.1). — С. 12-15. — URL: https://moluch.ru/archive/158/44580/ (дата обращения: 27.04.2024).



Ushbu maqolada o’quv jarayonini tashkil etishda seminar darslarining alohida o’rni, seminar mashg`ulotlarining maqsadi, seminar-amaliy mashg`ulotlarning shakllari, seminar darsi funksiyalari yoritib berilgan.

В этой статье рассмотрены вопросы об особенной роли семинарских занятий в организации учебного процесса, цель и функции семинарских занятий.

In this article, the particular role of seminar lessons, the purpose of seminar training, the forms of practical seminar training and the function of seminar lessons are illustrated.

O`zbekiston Respublikasida bugungi kunda olib borilayotgan chuqur islohatlar yosh avlodni har tomonlama aqliy, ahloqiy va jismoniy jihatdan rivojlanishida kasb hunar kollejlari asosiy o`rinni egallaydi. Mamlakatimizda yosh avlodni sog`lom ruhda tarbiyalash borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Hurmatli birinchi prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek «Kelajak avlod haqida qayg`urish sog`lom, barkamol naslni tarbiyalab yetishtirishga intilish bizning milliy xususiyatimizdir». [1]

Yurtimizda sog`lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, davlat siyosatining ustivor yo`nalishlaridan biri bo`lib, millat genafondini asrash, oilada, jamiyatda sog`lom turmush tarzini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Kasb-hunar kollejlarida maxsus fanlar bo`yicha darslarning sifatini yaxshilash, darsdan tashqari ishlarni tashkil qilish va ularni samaradorligini oshirish, sport turlarini rivojlantirish va ommaviyligini oshirish, iqtidorli o`quvchilarni tanlash hamda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash dolzarb masalalardan biridir.

O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov alohida ta’kidlaganlaridek,...biz mamlakatimizning istiqboli — yosh avlodimiz qanday tarbiya topishiga, qanday ma’naviy fazilatlar egasi bo`lib voyaga yetishiga, farzandlarimizning hayotda nechog`lik faol munosabatda bo`lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog`liq ekanini hamisha yodda tutishimiz kerak». Shu sababli ham birinchi navbatda ta’lim mazmuni va uning tarkibini kengaytirish va chuqurlashtirish, xususan, bu mazmunga nafaqat bilim, ko`ikma va malaka, balki umuminsoniy madaniyatni tashkil qluvchi-ijodiy faoliyat tajribasi, tevarak-atrofga munosabatlarni ham kiritish g`oyasi kun tartibiga ko`ndalang qilib qo`yildi.

Mamlakatimizda ta’lim sohasini rivojlantirish va isloh etishga yo`naltirilayotgan yillik xarajatlar YаIMning 10–12 foizini tashkil etayotgani va bu sohaning davlat budjeti xarajatlaridagi ulushi 35 foizdan ziyod ekani, bunday ko`rsatkichlarni dunyoning boshqa davlatlarida kamdan-kam uchratish mumkinligi bugungi kunda BMT, YUNISEF, YUNESKO va boshqa nufuzli halqaro tashkilotlar tamonidan e`tirof etilmoqda. [2]

Ma’ruza bilan birgalikda amaliy mashg`ulot ham o`quv jarayonining muhim shakllariga kiradi. U ta’lim, tarbiya berish hamda nazariyani amaliyot bilan bog`lash funksiyasini bajaradi. Amaliy mashg`ulot atamasi pedagogikaga oid adabiyotlarda tor va keng ma’noda talqin etiladi. Amaliy mashg`ulot keng ma’noda seminar (uning barcha turlari), mashq, laboratoriya ishini umumiy holda ifodalanishidir. Seminar amaliy mashg`ulotning shakllaridan biri bo`lib:

ma’ruzada bayon qilingan nazariy qonun-qoidalarni mustahkamlash;

− fan bo`yicha bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish;

− talabalarni ilmiy tadqiqot, bilish qobiliyatlarini o`stirish vazifalarini bajaradi.

Seminar darsi talabalarni bilim olishlari, uni puxta o’zlashtirishlari va olgan bilimlarini kelgusida real hayotda qo`llashni o`rganishlarida alohida o`rin tutadi. Shuning uchun ham, seminar darsini qiziqarli, talabalarni faol qatnashishlarini ta’minlaydigan metodlarni qo`llab o`tish muhim ahamiyatga ega.

Ma’ruzada odatda bayon qilish etakchi rol o`ynaydi. Talabalar ma’ruza tinglashda passiv rol o`ynaydilar. Seminar darsida esa talabalar faol bo`lishadi. Darsda turli metodlarni qo`llab, ularning faolligini ta’minlash imkoniyati keng.

Ma’ruza darsi monolog tarzida bayon qilinsa, seminar darsi dialog asosida olib boriladi. Odatda, seminar darsida talabalarning bilimi, o`z ustida ishlash darajasi aniqlanadi, nazorat qilinadi. Seminar (lot. seminariyum — manba, ko’chma ma’noda — maktab) — o`quv amaliy mashg`ulot shakllaridan biri. Asosan oliy o`quv yurtlarida, ilmiy to`garak, anjumanlarda qo`llaniladi.

O`quv jarayonini tashkil etishda seminar darslari alohida o`rin tutadi. Seminar o`quv jarayonining talabalar bilimlarini mustahkamlashni ta’minlovchi, ijodiy qobiliyatlarini namoyon qiluvchi shaklidir. Seminar mashg`ulotlarining maqsadi talabalarning chuqur bilim olishini ta’minlash, olgan bilimni real hayotda qo`llashga o`rgatishdir.

Buning uchun talaba olgan axborotlarini tahlil qilish, ilmiy-tadqiqot o`tkazish, taqqoslash, xulosa chiqarishni bilishi kerak. Seminar darsining oldiga qo`yilgan bosh maqsadga erishish uchun dars oldiga qo`yilgan qator vazifalarni amalga oshirish kerak. Bu vazifalar seminar darslari bajaradigan funksiyalarda o`z ifodasini topadi:

− talabalarga professional ta’lim berish va tarbiyalash;

− mustaqil ishlash malakasini o`stirish;

− mantiqiy fikrlashga o`rgatish;

− nutqini o`stirish, ilmiy munozaralar olib borishga o`rgatish;

− mustaqil fikr yuritish va o`z fikrini o`rtoqlashishga o`rgatish;

− o`rtoqlari fikrini tanqidiy baholashga o`rgatish;

− talabalar bilimini nazorat qilish va baholash;

− nazariy olgan bilimlarini amaliyot bilan bog`lash.

Inson xotirasi — bu bizning biokompyuterdir. Odatda, yangi axborotni qabul qilar ekanmiz, avvalgi axborot qisman xotiradan ko`tariladi. Axborotlar nihoyatda xilma-xil bo`lib, inson har kuni o`z hayotida qabul qiladigan axborotlar miqdori, ularni turlicha qabul qilinishi, xotirada saqlanib qolishi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Psixologlarning fikricha, olingan axborot, 1-chizmada tasvirlangandek, go`yoki filtrdan o`tib, saralanib, ma’lum bir jihatlari bilan ajralib turadiganlari xotirada saqlanar ekan.

Aytib o`tganimizdek, olimlarning ilmiy tadqiqotlari shuni ko`rsatadiki, oddiy inson odatda axborotlarni olgan manbasi, shakliga ko`ra turli darajada o`zlashtiradi.

Chiz. 1. Olingan axborotning filtrdan o`tishi [3]

Olingan axborot 1-chizmada go`yo filtrdan o`tishi ko`rsatilgan. Bu holda axborot qisqa muddat yodda saqlanadi. Qisqa muddat yodda qolgan bilim ikkinchi filtrdan o`tgach, shu bilimni yodda saqlash, foydalanish, takrorlash tufayli faol bilim zaxirasiga aylanadi.

Bu bilimdan foydalanib, takrorlab turilmasa, sust bilim zaxirasiga aylanadi va bora-bora xotiradan ko`tariladi. Uni quyidagi 2-chizmada ko`rish mumkin. Bulardan shunday xulosa chiqarish mumkin: talabalarning eng avvalo, o`quv materialini o`zlashtirishi, yodda qolishi uchun olinadigan axborotni iloji boricha eshitish va ko`rish orqaligina emas, balki gapirish, o`z faoliyatida sinab ko`rish orqali yetkazish katta ahamiyatga ega. Bunga erishishning yo`li seminar darslarini turli-tuman metodlar orqali olib borishdir. Aynan seminar darsida talabalar ma’ruza, kitob, jurnalva hokazolar orqali olgan axborotlari, bilimlarini tushungan holda gapirib berish, uni modellashtirish asosida sinab ko`rish imkoniyatiga ega bo`ladilar.

Seminar darsini o`tkazishda qo`llanadigan uslublarturli-tuman bo`lib, u yoki bu uslubni tanlash, o`rganilayotgan fanning xususiyatiga; o`tilayotgan mavzuga, seminar darsiga qo`yilgan maqsadga, tanlangan uslubni qo`llash imkoniyatiga bog`liq.

Chiz. 2. Takrorlash

Hozirgi paytda iqtisodiy fanlarni o’rganishda nisbatan keng qo’llaniladigan uslublardan: ekspress savol-javob, savollar tizimiga asoslangan muhokama, seminar mashg`uloti rejasi bo’yicha atroflicha suhbat, modellashtiruvchi o’yin, doklad va referatlarni muhokama qilish, masala, mashq, test echish va ularning natijasini muhokama qilish, munozara va boshqalarni ko’rsatish mumkin.

Seminar mavzusi ma’ruza mavzusi bilan bir xil bo’lishi shart emas. Ba’zan mavzudagi ayrim savollar ma’ruzada ko’rib chiqilsa, ayrimlarini seminarda muhokama qilish mumkin. Hozirgi paytda ma’ruzada ko’rilgan mavzu albatta, seminarda ham muhokama qilinadi. Lekin ma’lum sharoitda seminar darsi va uning mavzusiga boshqacha yondashish mumkin. Aytaylik, adabiyotlar, axborot manbalari mavjud bo’lsa, seminarda mustaqil o’rganilgan mavzuni muhokama qilish mumkin.

Seminar darsini muvaffaqiyatli o’tkazish uchun asosiy va qo’shimcha adabiyotlarni sinchkovlik bilan o’rganish zarur. Adabiyotlarni o’rganish dars jarayonida talabalarning diqqatini qaratish lozim bo’lgan masalalarni alohida ajratish, mavzuni qaysi usul asosida o’rganishni rejalashtirish va darsga tayyor-lanish imkonini beradi.

Savollarni murakkablashtirish hamda savollar tizimiga o’tish orqali mavzu mazmunini chuqur o’zlashtirish mumkin. Bu esa savolni muhokama qilish jarayonida vujudga kelgan muammoli vaziyatni o’rganib, uni yechish imkoniyatini beradi. Masalan, iqtisodiyot nazariyasining bosh muammosi nima? — degan savol qo’yilgan. Bu holda talaba iqtisodiyot nazariyasi fanining bosh muammosi -resurslarning cheklanganligi sharoitida cheksiz ehtiyojlarni qondirish muammosi — deb javob berishi mumkin.

Ana shu savolni aytaylik, quyidagicha savollar tizimi asosida ilgari surish mumkin: Iqtisodiyot nazariyasining bosh muammosi nima? Nima sababdan buni bosh muammo deb ataymiz? Sizningcha, iqtisodiyotda yana qanday muammolar bor? tarzida berish mumkin. Ana shu savollar tizimiga javob berish jarayonida talabalar iqtisodiyot nazariyasining bosh muammosi resurslarning cheklanganligi sharoitida cheksiz ehtiyojlarni qondirish ekanligini, bunga sabab, iqtisodiyotdagi barcha masalalarni qamrab olishi ekanligi oydinlashadi. Ularga misol qilib, tanlash

muammosini, har bir uy xo`jaligi, firma, davlat o’z oldiga qo’ygan maqsad va unga erishish muammosini va hokazolarni ko’rsatish mumkinki, ularning barchasi resurslarning cheklanganligi bilan bog`liq.

Фойдаланилган адабиётлар рўйхати:

  1. Karimov I. A. Sog`lom xalq, sog`lom millatgina buyuk ishlarga qodir bo`ladi // Xalq so`zi. — Toshkent: 8 dekabr 2004 y.
  2. Karimov I. A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo`lida xizmat qilish — eng oliy saodatdir. — T.: O`zbekiston. 2015. 236-b.
  3. Tojiboyeva D. Maxsus fanlarni o`qitish metodikasi. O`quv qo`llanma. — T.: «Fan va texnologiya». 2007.
Основные термины (генерируются автоматически): BMT, YUNESKO, YUNISEF.


Похожие статьи

Задать вопрос