Mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirishga e’tibor yildan yilga oshib bormoqda. 2017 yilda bu sohani rivojlantirish bo’yicha alohida mintaqa va hududlarning iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqan holda, alohida turizmni rivojlantirish bo’yicha dasturlar ishlab chiqilmoqda. Hususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 maydagi «2017–2021 yillarda Xorazm viloyati va Xiva shaxrining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish Dasturi to’g’rida» gi PQ-2953-sonli qarori bunda yaqqol misol bo’ladi. Bunda mintaqa turizm salohiyatini oshirish va uni xalqaro miqyosda raqobatbardoshligi oshirishga alohida e’tibor qaratilgan [1, 3].
Xorazm viloyatida turizm sohasi respublikada eng rivojlangan viloyatlardan biridir. Ushbu viloyatda turizmni rivojlanishi o‘ziga xos jihatlarga ega bo‘lib, sohani yanada rivojlantirish uchun etarlicha imkoniyat va salohiyatlarga ega.
Viloyatda 255 madaniy meros ob’ektlari davlat ro‘yxatiga olingan bo‘lib, shundan 18 tasi arxeologiya, 133 tasi arxitektura, 66 tasi haykaltaroshlik yodgorliklari, 32 tasi muqaddas qadamjolardir.
Ulardan 53 ta madaniy meros ob’ektlari Xiva «Ichan-Kal’a» Davlat muzey qo‘riqxonasi hududida joylashgan. Qolgan ob’ektlar viloyatning turli tumanlarida joylashgan. Bu esa viloyatda turizmni rivojlantirish potensiali, uning imkoniyatlari kengligidan dalolat beradi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, hozirgi kunda viloyatda joylashgan ayrim turistik ob’ektlar ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan. Ba’zi ob’ektlar turistik yo‘nalishlar dasturiga kiritilmagan. Ta’mirtalab ahvoldagi ob’ektlarni ta’mirdan chiqarib, turistik yo‘nalishlar dasturiga kiritilsa viloyatga turistlar oqimni ko‘paytirish imkoniyati yuzaga keladi. Bu bilan qo‘shimcha valyuta tushimiga erishiladi, mahalliy aholi vakillarining ish bilan ta’minlanish imkoniyati yuzaga keladi.
Hozirgi kunda viloyatni tarixiy-madaniy merosi asosan BMT ning YUNESCO moddiy meroslarni asrash ro’yhatiga kiritilgan bo’lib, Xiva shahrining asosiy obyektlari ulardan joy olgan.
Rasm. 1. 2012–2016 yillar davomida Xorazm viloyatiga tashrif buyurgan sayyohlar soni
2012 yilga nisbatan viloyatimizda sayyohlik tashkilotlari soni 36 tadan 72 taga, shundan mehmonhonalar soni 26 tadan 52 taga, turoperator va turagentlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar soni 10 tadan 20 taga etdi. Xususan, 2016 yilning o‘zida 10 ta mehmonxona va 3 ta turoperatorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi sayyohlik tashkilotlari ish boshlashdi. Bugungi kunda chet el investitsiyasini jalb qilgan holda tashkil etilgan 5 ta mehmonxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Mehmonxonalardagi o‘rinlar soni 1477 tadan 2300 taga etdi. Viloyatda turizm sohasidagi o‘zgarishlar hamda yangi ish o‘rinlarining yaratilishi natijasida bugungi kunda jami sayyohlik tashkilotlarida 450 nafardan ortiq xodimlar mexnat qilib kelmoqda [3, 12].
Xorazm viloyatida turizm sohasi respublikada eng rivojlangan viloyatlardan biridir. Ushbu viloyatda turizmni rivojlanishi o‘ziga xos jihatlarga ega bo‘lib, sohani yanada rivojlantirish uchun etarlicha imkoniyat va salohiyatlarga ega.
Mintaqada turizm industriyasining raqobatbardoshligini bevosita baholash uchun biz Xorazm viloyatiga tashrif buyurgan sayyohlar tashrifi statistikasiga bevosita to’xtalib o’tamiz. Bu 2017 yil 1 yanvar holatiga ko’ra jami xorijiy sayyohlar soni 46 600 kishini tashkil qiladi. Bu ko’rsatgich o’tgan yilning shu davriga nisbatan 15 foizda ortganligi kuzatiladi.
Viloyatda turizmni rivojlantirish dasturiga asosan 2013–2015 yillarda jami 214,3 mlrd. so‘mlik 200 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.
Bugungi kungacha 108 ta loyiha to‘liq bajarilib, 49,3 mln. dollarga teng investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirildi, 36,5 mln. dollarlik 46 ta loyihada ishlar davom etmoqda.
«Turizm infratuzilmasini rivojlantirish, xududning sayyohlik yo‘nalishlari va xizmatlarini takomillashtirish, sayyohlik imkoniyatini namoyish qilish ishlarini amalga oshirish, sayyohlar uchun qo‘shimcha ob’ektlar infratuzilmasini yaxshilash, turizm sohasi mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish» bo‘yicha dastur doirasida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Rasm. 2. Xorazm viloaytiga tashrif buyurgan sayyohlar soni
Shu jumladan, MDH mamlakatlaridan 2015 yil davomida 5767 nafar sayyoh tashrif buyurgan bo’lsa, 2016 yilda bu ko’rsatgich 6598 nafar kishini tashkil qilib, 15 foizga oshgan.
Birgina, 2015 yilning o‘zida dunyoning 80 dan ortiq davlatidan 40,6 mingga yaqin xorijiy sayyohlar viloyatimizga tashrif buyurishgan bo‘lishsa, 2016 yil yakuni bilan, bu ko‘rsatkich 46,6 mingdan ortiqni tashkil qilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15 % ga oshgan.
2017–2021 yillarda Xorazm viloyati va Xiva shaxrining turistik salohiyatini oshirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. Unda chora-tadbirlar quyidagi guruxlarga bo’lingan holda amalga oshiriladi:
- Xorazm viloyati va Xiva shaxrining turizm infratuzilmasini rivojlantirish;
- Turizm yo’nalishlari va xizmatlarini takomillashtirish;
- Xududning turizm salohiyatini targ’ib qilish;
- Turistlar uchun yondash infratuzilma obyektlari xolatini yashilash;
- Turizm sohasida mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish.
Xorazm viloatida turizm xizmatlari va ushbu sohaning infratuzilmalari O’zbekistonnning boshqa tarixiy joylariga nisbatan sust darajada rivojlanganligi ta’kidlab o’tiladi. Aslida esa, bu xolat viloyatda turizm sohasi bo’yicha axborotlashuv past darajada ekanligi natijasidir.
Tahlillar xorijlik turistlar ba’zan Xorazmga tashrif buyurushni rejalashtirmasliklariga bu yerdagi mavjud afzalliklar haqida yetarlicha ma’lumotlarga ega emasliklari asosiy sabab sifatida ko’rsatilgan [4, 121]. Ayni paytda Xorazmga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar olingan taasurotlarni Samarqand va Buxoro shaxarlaridagidan aslo kam emasligini ta’kidlashadi. Bundan tashqari, xalqaro turizm axborot vositalarida turli xalqlar ovqatlarini tayyorlash faqat Toshkent shaxrida yaxshi rivojlanganligi, boshqa joylarda, hususan Xorazm viloyatida chet ellik sayyohlar uchun ovqatlanish uchun joylar nisbatan chegaralanganligi aytib o’tilgan.
Xorazm viloaytiga turizm industiyasini jadal sur’atlar bilan rivojlanishi uchun bu sohada xizmatlar sifatini oshirish eng ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Bunda tashrif buyurgan har bir sayyohning xohish-istagini hisobga olish va xizmatlar sifatini yaxshilash uchun bu boradagi xalqaro standartlarni o’rgatish, hamda ularni soha vakillariga yetkazish darkor. Turizm sohasida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, xalqaro andoza bo’yicha sifatga qo’yiladigan yangi talablar bilan turizm sohasi va boshqa tegishli soha vakillarini muntazam tanishtirib borish lozim.
Xizmatlar sifatini oshirish uchun mamlakatimizda professional malaka sertifikatlash tizimini joriy qilish,hamda turizm, ovqatlanish va boshqa xizmat ko’rsatish sohalarida «Iste’molchiga yo’naltirilgan xizmat ko’rsatish» konsepsiyasi keng targ’ib qilinadi.
Mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalari uchun xalqaro standartlar asosida milliy talablarni o’rnatish va turizm sohasida faoliyat olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari yordamida xizmat ko’rastish sifatini uzluksiz monitoring qilib borish maqsadga muvofiqdir.
Фойдаланилган адабиётлар рўйхати:
- «2017–2021 yillarda Xorazm viloyati va Xiva shaxrining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish Dasturi to’g’rida» gi PQ-2953-sonli Qarori. www.lex.uz — Qonunchilik portali materiallari.
- O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Iqtisodiyot universiteti. O’zbekiston: moliyaviy — iqtisodiy inqirozi, innovatsion taraqqiyot va milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish — Toshkent — 2009. 47 — bet.
- Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi Xorazm viloyati boshqarmasi statistika ma’lumotlari Urganch, 2017 yil.
- Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi. Toshkent 2014.