Oliy ta’lim maussasalarida maxsus fanlarni o’qitishda visual metodlardan foydalanish imkoniyatlari va afzalliklari | Статья в журнале «Техника. Технологии. Инженерия»

Автор:

Рубрика: Спецвыпуск

Опубликовано в Техника. Технологии. Инженерия №3 (5) июнь 2017 г.

Дата публикации: 14.07.2017

Статья просмотрена: 41 раз

Библиографическое описание:

Искандаров С. К. Oliy ta’lim maussasalarida maxsus fanlarni o’qitishda visual metodlardan foydalanish imkoniyatlari va afzalliklari // Техника. Технологии. Инженерия. — 2017. — №3.1. 22 — URL https://moluch.ru/th/8/archive/62/2591/ (дата обращения: 19.10.2018).



Kirish

Ta’lim – tarbiya bugungi kunning eng dolzarb mavzularidan biridir. Shunday ekan ta’lim sifati muhim omil bo’lib qoladi, ta’lim sifatini oshirishda bir nechta metodlardan foydalaniladi, shu jumladan visual ta’lim metodlaridan ham.

Kalit so’zlar: visual o’rgatuvchi tizimlar, visual metodlarni,video

Visual o‘rgatuvchi tizimlar asosida o‘quvchilarga ta'lim berish va kadrlarni qayta tayyorlashni yo‘lga qo‘yish xozirgi kunning dolzarb masalalaridandir.

Visual o‘rgatuvchi tizimlar – bu axborot kommunikatsiya vositalarining dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya effektlari asosida o‘quv materiallarini o‘quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan xoldagi ko‘rinishidir.

Rivojlangan mamlakatlarda o‘qitishning bu usuli, xozirgi kunda ta'lim sohasi yo‘nalishlari bo‘yicha tatbiq, qilinmoqda.

Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, visual o‘rgatuvchi tizimlar asosida o‘quvchilarni o‘qitish ikki barobar unumlidir va vaqtdan yutish mumkin. Visual o‘rgatuvchi tizimlar vositalari asosida bilim olishda 30 % gacha vaqtni tejash mumkin bo‘lib, olingan bilimlar esa xotirada uzoq muddat saqlanib qoladi. Agar o‘quvchilar berilayotgan materiallarni ko‘rish (video) asosida qabul qilsa, axborotni xotirada saqlab qolinishi 25-30 % oshadi. Bunga qo‘shimcha sifatida o‘quv materiallari audio, video va grafika ko‘rinishda mujassamlashgan holda berilsa, materiallarni xotirada saqlab kolish 75 % ortadi.

Visual metodlarni ishlab chiqish uchun quyidagi talablarni bajarishi talab etiladi:

1. Visual o‘rgatuvchi tizimlarni tuzilmasi va mazmunini chuqur o‘rganishga mo‘ljallash bilan bir vaqtda o‘rganilayotgan o‘quv dasturiga mos kelishi.

2. Visual o‘rgatuvchi tizimlarni mazmuni va tarkibi standart talablariga mos kelishi kerak.

3. Visual o‘rgatuvchi tizimlarni ko‘rgazmaligini ta’minlash talablari va o‘rganuvchilar tomonidan o‘rganilayotgan obyektlar ularning maketlari yoki modellarini sezgili qabul qilish va shaxsan kuzatishini hisobga olish zaruriyati talab qiladi.

4. Visual o‘rgatuvchi tizimlardan foydalanish tizimliligi va ketma-ketligi talablari o‘rganiladigan fan sohasida bilimlar va ko‘nikmalarning ma’lum tizimning ta’lim oluvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi ketma-ketligini ta’minlash talab qilinadi

5. Visual o‘rgatuvchi tizimlarni o‘rgatishning rivojlantiruvchi funksiyalari bajarilishi kerak.

6. O‘rgatishda fan, texnika va texnologiyalarni so‘nggi yutuqlarini hisobga olinishida o‘quv materiali mazmuning yetarlicha chuqurligini, ishonchligini ta’nimlashi kerak.

7. Visual o‘rgatuvchi tizimlarning trening vositalari – ta’lim oluvchini kelajakdagi kasbiy faoliyatiga bog‘liq holda tayyorlashni amalga oshirish kerak.

Visual o’rgatuvchi tizimlarning afzalliklari.

Visual o‘rgatuvchi tizimlar asosida o‘quvchilarni o‘qitish quyidagi afzalliklarga ega:

 berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o‘zlashtirish imkoniyati bor;

 ta'lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi:

 ta'lim olish vaqtining qisqarish imkoniyatiga erishish;

 olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo‘lganda amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga erishiladi.

 ta’lim olish vaqtining ixtiyoriyligi va moslashuvchanligi

Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash mumkinki, visual o‘rgatuvchi tizim metodlaridan foydalanish o‘quvchilarga ta'lim berish va qayta tayyorlash jarayonida keng foydalanish, kelajakda yetuk va yuqori malakali mutaxassislarni yetishtirishda alohida ahamiyat kasb etadi.

Adabiyotlar

  1. Aripov M.M, Imomov T, Irmuhamedov Z.M va boshqalar. Informatika va axborot texnologiyalari:-Toshkent: O‘zbekiston, 1-qism. 2002y, 2-qism. 2003y, -168b
  2. Таненбаум Э. Распределенные системы. Принципы и парадигмы / Э. Таненбаум, М. ван Стеен. – СПб.: Питер, 2003. – 877 с.: ил. – (Серия «Классика computer science»).

Обсуждение

Социальные комментарии Cackle

Посетите сайты наших проектов

Задать вопрос