Tavakkal nazariyasining asosiy qoidalari | Статья в журнале «Образование и воспитание»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 сентября, печатный экземпляр отправим 2 октября.

Опубликовать статью в журнале

Библиографическое описание:

Аллабергенова Д. К., Кадамбоева Ш. У., Рахмонкулова М. Р. Tavakkal nazariyasining asosiy qoidalari // Образование и воспитание. — 2018. — №3.1. — С. 2-4. — URL https://moluch.ru/th/4/archive/94/2658/ (дата обращения: 19.09.2019).



Annatatsiya: Ushbu maqolada inson salomatligi va atrof-muhitni muxofaza qilish, tavakkal-xavflarni son jixatdan baholashga bag`ishlangan.

Kalit so`zlar: tavakkal, sotsial va individual tavakkal, tavakkal kvantifikasiyasi.

Kirish.

1990 yil sentyabrda Kyoln shahrida faoliyat xavfsizligi bo`yicha Birinchi Butunjaxon kongressi ilmiy fan sifatida “Hayot xavfsizlikda” shiori ostida bo’lib o’tadi. Bu anjumanda dunyoning turli joylaridan kelgan olim va mutaxassislar o’zlarining ma’ruza va xabarlarida doimo “tavakkal” tushunchasiga tayandilar. Xavfsizlik bo’yicha bu tushuncha bizning texnik adabiyotlarimizda hali e’tirof qilinmagan va tarqalmagan edi. «Tavakkal» haqida V. Marshall quyidagi ta’rifni beradi, ya’ni u ta’kidlaydiki tavakkal – xavflarni amalga oshirish chastotasidir.

Umumiy qilib aytganda tavakkal – xavflarni son jihatdan baholashdir. Sonli baholash – u yoki bu ko’ngilsiz oqibatlar sonining ma’lum davr ichida bo’lishi mumkin bo’lgan soniga nisbatidir. Tavakkalni aniqlash mobaynida oqibatning sinfini ko’rsatish muhimdir, ya’ni nimaning tavakkali degan savolga javob berish kerak. Rasmiy ravishda tavakkal – bu tez-tez takrorlanishdir. Bunday olganda bu tushunchalarni xavfsizlik muammolariga nisbatan qo’llanilganda ular orasida ancha farq bordir. Tavakkal muammolarining boshqa jihatlarini o’rganishdan oldin quyidagi misollarni keltiramiz.

1-misol. Bir yilda MDXda ishlab chiqarishida bo’ladigan inson o’lish tavakkalini aniqlang, agar har yili 14000 odam o’lsa, o’rtacha ishlaydiganlarning soni 138 million bo’lsa:

demak ishlab chiqarishda bo’ladigan inson o’lish tavakkali – 10-4 ga teng.

2-misol. Har yili mamlakatda tabiiy bo’lmagan o’limdan tashqari har xil xavflar oqibatida 500 ming kishi o’lsa, mamlakat aholisi 300 mln. bo’lsa, mamlakatda xavflar natijasida bo’ladigan aholi o’lish tavakkali quyidagicha aniqlanadi:

Tavakkal sotsial va individual (yakka) turlarga bo’linadi.

Individual tavakkal alohida shaxs uchun ma’lum turdagi xavfni harakterlaydi.

Sotsial tavakkal – bu bir gurux odamlar uchun bo’lgan tavakkal.

Sotsial tavakkal- odamlar orasidagi hodisa chastotasi bilan zararlanganlar soni o’rtasidagi bog’lanishdir.

Tavakkal va xavflarni jamoatchilik tomonidan qabul qilish sub’ektivdir. Ko’p sonli bir vaqtdagi yo’qotishlarga olib keluvchi yagona voqealarni insonlar birdaniga sezadi va qabul qiladi. Shu vaqtda hususiy voqea natijasida bir yoki katta bo’lmagan guruh odamlarning halok bo’lish shov-shuvli xalotlarga olib kelmaydi. Ishlab chiqarishda bir kunda 40-50 odam o’lsa, mamlakat bo’yicha har xil xavflardan 1000 odam hayotdan ko’z yumadi. Ammo bu ma’lumotlar bitta avariya yoki janjalda 5-10 kishining o’lishiga qaraganda uncha tafsilotli ko’rinmaydi. Bularni ma’lum bo’lgan tavakkal muammolarini ko’rganda albatta e’tiborga olish muhimdir. Tavakkalni baholashda sub’ektiv kamchilikdan voqif bo’lgan usullar va uslubiyatlarni izlash muhimligini ta’kidlaydi. Mutaxassislarning fikricha xavflarni baholashda tavakkalni qo’llash trofitop ko’rsatgichlarni ishlatishga qaraganda ustunligini ko’rsatadi. Quyidagi jadvalda misol tariqanasida yakka individual tavakkalni tavsiflovchi xorijiy ma’lumotlarni keltiramiz. 1-jadval. Bir yilda har xil sabablardan kelib chiqqan yakka tavakkal (AQShning hamma aholisiga tegishli ma’lumotlardan).

Yakka individual tavakkal

1-jadval

Keltirilgan sabalar

Yakka tavakkal

Avtomobil transporti

3x10-4

Tushib ketish

9x10-5

Yong’in va kuyish

4x10-5

Cho’kish

3x10-5

Zaharlanish

2x10-5

O’q otar qurol

1x10-5

Stanik jihoz

1x10-5

Suv transporti

9x10-6

Havo transporti

9x10-6

Tushuvchi predmetlar

6x10-6

Elektr toki

6x10-6

Temir yol transporti

4x10-6

Yashin toki

5x10-7

Xokazo

4x10-5

Umumiy tavakkal

6x10-4

Yadro energiyasi (100 ta reaktorda)

2x10-10

Tavakkalkvantifikasiyasi. Ko’pchilik mutaxassislar tavakkal bilan afzallikni taqqoslashda inson hayotining moliyaviy o’lchovini kiritishni taklif qiladilar. Bunday yondashish ayrim shaxslar o’rtasida noroziliklarni olib kelmoqda, ular ta’kidlaydilarki inson hayoti buyukdir, uni moliyaviy jihatdan baholash mumkin emas. Lekin tajribada, insonlar xavfsizligi maqsadida bunday baholash zaruriyati mukkarar ravishda paydo bo’ladi. Agar oldimizga shunday savolni qo’ysak: “Inson hayotini qutqarish uchun qancha mablag’ sarflash kerak?” AQShda xorijiy olimlarning ilmiy-tadqiqotlari bo’yicha inson hayoti 650 mingdan 7 mln. dollar atrofida baholanadi.

Tavakkalni aniqlashni 4 xil uslubiy yondashishga bo’lish mumkin:

1. Injenerlik – bu statistika, chastotalar hisobi, xavfsizlikning ehtimoliy taxlili va xavf daraxtlarini qurishga asoslanadi.

2. Modelli – bu alohida odamga, ijtimoiy va kasbiy guruhlarga zararli omillarning ta’sir qilish modelini qurishga asoslanadi.

Bu ikkita usul (metod) hisoblarga asoslanadi, nayinki hamma vaqt ham ma’lumotlar yetarli bo’lmaydi.

3.Tekshirishga asoslangan (ekspert) bunda har xil hodisalarning ehtimolini malakasi oshgan mutaxassis (ekspert)larni so’rash bilan aniqlanadi.

4. Ijtimoiy – aholini so’rashga asoslangan.

Yuqorida qayd qilingan usullar tavakkalning har xil tomonlarini ochib beradi. Shuning uchun ularni kompleks holda qo’llash zarurdir [1].

Ma’qul bo’lgan tavakkal konsepsiyasi. An’anaviy texnika xavfsizligi qat’iy ravishda xavfsizlikni ta’minlash va hech qanday talofatlarga yo’l qo’ymaslikka asoslanadi. Tajribalarning ko’rsatishicha bunday konsepsiya texnosfera qonunlariga mos kelmaydi. Mutloq (absolyut) xavfsizlikni talab qilish insonlar uchun o’zining insonparvarligidan sotib olingan fojiaga aylanishi mumkin, shuning uchun ishlayotgan sistemalarda nolinchi darajadagi tavakkalni ta’minlash mumkin emas.

Hozirgi dunyo mutloq xavfsizlik konsepsiyasidan yuz o’giradi va ma’qul bo’lgan (ruhsat qilingan) tavakkalga keladi. Ma’qul bo’lgan tavakkalning mazmuni hozirgi davr vaqtida jamiyatga ma’qul bo’lgan xavfsizlikga intilishdir. Ma’qul bo’lgan tavakkal o’zida tehnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jihatlarni mujassamlashtiradi va xavfsizlik darajasi bilan ularni amalga oshirish imkoniyatlari o`rtasida ayrim baxslarni keltirib chiqaradi. Hammadan oldin shuni nazarda tutish kerakki, tehnik sistemalarning xavfsizligini oshirishda iqtisodiy imkoniyatlar chegaralangandir. Xavfsizlikni oshirish uchun juda ko’p mablag’lar sarf qilib, ijtimoiy sohaga katta zarar keltirish mumkin, masalan, tibbiy yordamni yomonlashtirish. Xarajatlarning oshishi bilan texnik tavakkal kamaymoqda, ammo ijtimoiy tavakkal oshib ketmoqda. Tehnik va ijtimoiy sohalar o’rtasidagi ma’lum bir nisbatda jamiy tavakkal minimumga egadir. Shu kunda jamiyat tinchligini ta’minlash uchun, bu holatni tavakkalni tanlashda albatta e`tiborga olish muhimdir.

Ayrim davlatlarda, masalan Gollandiyada, ma’qul bo’lgan tavakkal qonuniy tartibda belgilangan. Bir yilda inson o`lish yakka tavakkalining maksimal mumkin bo’lgan darajasi 10-6ga teng hisoblanadi. Hisobga olinmaydigan darajada eng kichik bo’lgan o`lishning yakka tavakkali bir yilda 10-8ga teng. Agar biogesenoz turlarining 5% zararlanadigan bo’lsa, ekosistema uchun maksimal ma’qul bo’lgan tavakkal hisoblanadi. Ma’qul bo’lgan tavakkal konsepsiyasi hali bizning mamlakatimizda o’rganilmagan. Nayinki ayrim mutahassislar buni o’rganishni muammoga nisbatan noinsonparvarlik tarzda yondashish deb qarab, uni tanqid ostiga olmoqda. Haqiqatda 2-3 tartibli ma’qul bo’lgan tavakkallar “qattiq” faktlarga asoslanadi. Binobarin ma’qul bo’lgan tavakkalni o’rganish va uni fanga kiritish insonlarni himoya qilishda birdan-bir to’g`ri yo`l hisoblanadi.

Tavakkal bilan boshqarish. Xavfsizlik darajasini qanday ko’taramiz? Bu xavfsizlik nazariyasi va tajribasining asosiy savolidir. Chamasi bu maqsadda mablag’larni 3 xil yo`nalishda taqsimlash lozim:

- tehnik sistemalar va ob’ektlarni takomillashtirish;

- xizmatchilarni tayyorlash;

- favqulodda holatlarni bartaraf qilish.

Aprior tahlilda har bir yo`nalish bo’yicha mablag’lar nisbatini aniqlash qiyin. Aniq ma’lumotlar va sharoitlarni qo’llagan holda mahsus tahlil zarurdir. Bunda hulosalar ancha kutilmagan bo’lishi mumkin. Tavakkalga o’tish texnosfera xavfsizligini oshirishda prinsipial yangi ehtiyojlarni ochadi. Texnikaviy, tashkiliy, ma’muriy usullarga tavakkal bilan boshqarishning iqtisodiy usullari qo’shiladi. Bularga: sug’urta (straxovanie), zararga pul kompensasiyasi, tavakkal uchun to`lovlar va boshqalar kiradi. Tavakkal uchun qonuniy tartibda huquqlar (kvotalar) kiritishni mutahassislar maqsadga muvofiq deb hisoblaydilar. Tavakkalni hisoblashda asoslangan ma’lumotlar zarurdir. Hozirgi kunda ma’lumotlarga bo’lgan chuqur talab dunyoning hamma joyida milliy va halqaro darajada tan olingan. Tavakkal bilan boshqarishda asosli puhta yaratilgan baza va bank ma’lumotlari va ular korxona, region sharoitlarida amalga oshirilgan bo`lish zarurdir. Hulosa qilib aytganda, tavakkal bilan boshqarish asosida harajat bilan tavakkalni kamaytirish hisobiga olingan foydalarni taqqoslash usuli yotadi [2].

Adabiyotlar ro’yxati:

1. Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги.: дарслик / Ғ.Ё.Ёрматов, О.Р.Йўлдашев, А.Л.Ҳамраев. – Т.: Алоқачи, 2009. -348 б.

2. Introduction to Health and Safety at Work. Phil Hughes, Ed Ferrett. The Boulevard, Langford Lane, Kidlington, Oxford OX5 1GB, UK. ISBN: 978-0-08-097070-7.

3. Ёрматов Ғ.Ё., Исамухамедов Ё.У. Меҳнатни мухофаза қилиш. Дарслик. Ўзбекистон нашриёти. Тошкент 2002.

4. www.lex.uz – ЎзР Адлия вазирлиги сайти.

5. www.bilim.uz – ЎзР Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги сайти.

6. www.mintrud.uz – ЎзР Меҳнат ва аҳолини ижтимоий муҳофаза қилиш вазирлиги сайти.

Основные термины (генерируются автоматически): ISBN.

Похожие статьи

Зачем нам нужен ISBN? — Молодой ученый

Расшифровывается ISBN как International Standard Book Number, то есть «международный стандартный номер книги».

Спецвыпуски журнала — Молодой ученый

По итогам конференции всегда издается сборник статей, и с этим связаны многочисленные трудности: верстка, обложка, ISBN, обязательная рассылка, загрузка на elibrary.ru и т.д...

Convergent sequences in Cesaro mean | Статья в журнале...

Расшифровывается ISBN как International Standard Book Number, то есть «международный стандартный номер книги».

Материалы VII международной научной конференции «Экономика...»

Место проведения конференции и издания сборника Краснодар. Конференция состоялась в заочной (дистанционной) форме в феврале 2017 года. ISBN 978-5-9909386-2-5.

Analyse Der Trennbaren Verben Mit «Aus-» und «An-» Aufgrund Der...

Расшифровывается ISBN как International Standard Book Number, то есть «международный стандартный номер книги».

Материалы II международной научной конференции...

Место проведения конференции и издания сборника Санкт-Петербург. Конференция состоялась в заочной (дистанционной) форме в ноябре 2012 года. ISBN 978-5-91918-183-5.

Налог на добавленную стоимость в Российской Федерации

В данной статье рассматривается налог на добавленную стоимость в Российской Федерации, а именно базовые ставки, кто именно является налогоплательщиком НДС, какие документы...

Материалы III международной научной конференции...

Место проведения конференции и издания сборника Санкт-Петербург. Конференция состоялась в заочной (дистанционной) форме в июле 2017 года. ISBN 978-5-4386-1200-1.

Материалы III международной научной конференции «Технические...

Место проведения конференции и издания сборника Чита. Конференция состоялась в заочной (дистанционной) форме в апреле 2016 года. ISBN 978-5-905483-21-9.

Похожие статьи

Зачем нам нужен ISBN? — Молодой ученый

Расшифровывается ISBN как International Standard Book Number, то есть «международный стандартный номер книги».

Спецвыпуски журнала — Молодой ученый

По итогам конференции всегда издается сборник статей, и с этим связаны многочисленные трудности: верстка, обложка, ISBN, обязательная рассылка, загрузка на elibrary.ru и т.д...

Convergent sequences in Cesaro mean | Статья в журнале...

Расшифровывается ISBN как International Standard Book Number, то есть «международный стандартный номер книги».

Материалы VII международной научной конференции «Экономика...»

Место проведения конференции и издания сборника Краснодар. Конференция состоялась в заочной (дистанционной) форме в феврале 2017 года. ISBN 978-5-9909386-2-5.

Analyse Der Trennbaren Verben Mit «Aus-» und «An-» Aufgrund Der...

Расшифровывается ISBN как International Standard Book Number, то есть «международный стандартный номер книги».

Материалы II международной научной конференции...

Место проведения конференции и издания сборника Санкт-Петербург. Конференция состоялась в заочной (дистанционной) форме в ноябре 2012 года. ISBN 978-5-91918-183-5.

Налог на добавленную стоимость в Российской Федерации

В данной статье рассматривается налог на добавленную стоимость в Российской Федерации, а именно базовые ставки, кто именно является налогоплательщиком НДС, какие документы...

Материалы III международной научной конференции...

Место проведения конференции и издания сборника Санкт-Петербург. Конференция состоялась в заочной (дистанционной) форме в июле 2017 года. ISBN 978-5-4386-1200-1.

Материалы III международной научной конференции «Технические...

Место проведения конференции и издания сборника Чита. Конференция состоялась в заочной (дистанционной) форме в апреле 2016 года. ISBN 978-5-905483-21-9.

Задать вопрос