German tillari grammatikasini o‘qitishning umumnazariy masalalari | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №51 (446) декабрь 2022 г.

Дата публикации: 23.12.2022

Статья просмотрена: 485 раз

Библиографическое описание:

Закирова, С. А. German tillari grammatikasini o‘qitishning umumnazariy masalalari / С. А. Закирова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2022. — № 51 (446). — С. 632-634. — URL: https://moluch.ru/archive/446/98141/ (дата обращения: 16.12.2024).



Maqolada german, bu o‘rinda ingliz tili misolida so‘z grammatik ma’nosining shakllanish imkoniyatlari lingvo-kognitiv tahlildan o‘tkaziladi.

Kalit so‘zlar : grammatik, kategorik, kategorial ma’no, kognitiv, lisoniy faoliyat, ma’no qirralari, ot, semantik-stilistik, sifat, o‘zak.

В статье рассматривается лингво-когнитивный анализ формирования грамматического значения слова на примере английского языка.

Ключевые слова : грамматический, категориалный, категориалное значение, когнитивная, лингвистическая деятелность, грани значений, имя существителное, семантико-стилистическая, имя прилагателное, корень.

Tilning lug‘at qatlami muttasil o‘zgarishlarga uchrab turadi. Bunday o‘zgarishlar uning fonetik va morfologik sathi bilan chambarchas bog‘liq. Har bir til lug‘aviy qatlamining semantik — stilistik imkoniyatlari unda leksik-semantik birliklarning grammatik va semantik-stilistik paradigmalari hamda bu paradigmalarning mazmun sathi kognitiv tilshunoslik o‘rganish ob’ektlaridan hisoblanadi. Lisoniy faoliyat nafaqat kognitiv faoliyat bilan bevosita bog‘liq, balki uning ajralmas qismi hamdir.

Ammo kognitiv tilshunoslik, kognitologiya boshqa sohalardan farqli holda, inson tomonidan til tizimini harakatga keltiruvchi omillarni o‘zlashtirilishi va ulardan foydalanish qoidalarini qay yo‘sinda tartibga solish masalalasi bilan ham shug‘ullanadi.

Kognitiv tilshunos lisoniy hodisalarning tafakkur faoliyatidagi o‘rni, bajaradigan vazifalari bilan qiziqadi. Lekin bu qiziqish oddiy emas. Kognitivist lisoniy va tafakkur faoliyatlari munosabatlarini, ularni yuzaga keltiruvchi sabablarini qidiradi va bu sabablar oqibati bo‘lgan muloqot matnlari — lisoniy tuzilmalarni tarkiban va mazmunan anglashga, tahlil qilishga harakat qiladi. Demak, kognitiv tilshunoslik asosan inson lisoniy faoliyatini sabab va oqibat bog‘liqligida tadqiq etuvchi, «tushuntiruvchi» fan sohasidir. Bunday tadqiq ikki yo‘nalishda bajariladi: a) nutqiy faoliyat ijrosi va uning mahsulining paydo bo‘lishi; b) ushbu faoliyat mahsulotlarining idrok etilishi. Tilning grammatik imkoniyatlari beqiyos ekan, bu hol til lug‘aviy qatlamining leksik-semantik taraqqiyotini ta’minlaydi. Ko‘p yillar mobaynida grammatik sathda olimlar so‘z turkumlarini muttasil o‘rganib kelayotgan bo‘lsalar-da, hali bu sohaning o‘ziga yarasha ochilmagan qirralari paydo bo‘lmoqda. Leksemaning semantik sathi uning barcha grammatik imkoniyatlari bilan mustahkam bog‘langan, so‘zda grammatik ma’no qirralarini o‘rganish lingvopoetika, umuman tilshunoslik taraqqiyotining muhim aspektlaridan hisoblanadi.

So‘zning kategorial ma’nosi har doim ham uning leksik ma’nosi bilan bog‘lanavermaydi. So‘z grammatik qurilishning bazasi; u tilning lug‘at qatlamida ham, grammatik qurilishida ham eng zarur va asosiy birlikdir. So‘zlar yakka holda predmet, hodisa, belgi kabilarni bildiradi (ular haqidagi tushunchani ifodalaydi), ularni ataydi (bu tilning nominativ funksiyasi), lekin fikr bayon qilishda u gap tarkibida bo‘ladi: so‘z gap tarkibida, nutqda tilning fikr bayon qilish vositalari tizimidagi o‘z diskursiv vazifasini bajaradi, shu bilan birga ma’nosining yangi qirralari ham shakllanadi (ya’ni polisemantik so‘zlarning ma’no paradigmalari disskursiv sharoitda shakllanadi). Til nominativ va kommunikativ funksiyalardan tashqari ekspressiv vazifani ham bajaradi.

So‘zning bunday vazifasi ham ma’lum qonuniyatlar doirasida amalga oshadi. So‘z ma’nosining asosi ongdagi tushunchalar, voqelikdagi hodisalar.

So‘z orqali borliqning turli tomonlari, kishilik jamiyatining, insonning turmush tajribalari aks ettiriladi. So‘z turkumlari o‘zlarining grammatik kategoriyalari orqali xarakterlanadi. Otlar son va kelishik kategoriyasiga ega, fe’llar esa zamon, nisbat, mayl va boshqa kategoriyalari bilan tuslanadi. Sifatlar esa, taqkoslash kategoriyasiga egadir.

Shu sababli ham turli ma’lum so‘z turkumlariga tegishli bo‘lgan leksemalarning nafaqat leksik, balki grammatik kategorial ma’no paradigmalari ham turlichadir. Masalan, fe’l paradigmalari uzunroq: write, writes, wrote, shall write, will write, am writing, is writing, was writing, were writing,have been writing va h. k. Ot paradigmalari esa biroz qisqaroq: sister, sister's, sisters, sisters'. Sifatniki esa undan ham qisqa: cold, colder, coldest. Ravishning paradigmasi esa yanada qisqa: always.

So‘zning semantik tarkibi shakllanishida ma’no va shaklning mutanosiblik paradigmalari bu hodisa tilning fonetik, leksik-semantik va grammatik hodisalar bilan mustahkam aloqadorligi ko‘rsatadi. So‘zning semantik strukturasi so‘z ifodalaydigan ma’nolarning yig‘indisidir. So‘zning fonetik strukturasi so‘zning tipik tovush tarkibidan iborat. So‘zning tovush tarkibi uning grammatik tabiatini ham tashkil qiladi. Ayniqsa, bu hol ingliz tili nuqtai nazaridan nihoyatda muhim, chunki ingliz tilining konservativ komponentlari qator so‘zlarning tovush tarkibini eski, arxaik shaklda saqlashga erishgan. Aynan shu hol so‘zlarning yozilishi va o‘qilishi orasidagi farqlarni keltirib chiqargan.

So‘zning morfologik strukturasining har biri ma’lum bir tilning o‘z ichida ham farqlanadi. Ularning bir til doirasida, bir tilning o‘z ichidagi farqi, til taraqqiyotining turli davrlariga ko‘ra ham leksik-stilistik jihatdan farqlanishini ham ta’minlagan. So‘z turkumlarining birikish imkoniyatlari haqida ran borganda avvalambor, leksik — grammatik ma’no ko‘zda tutilishi kerak. Shu yo‘nalishda birikish, so‘zlar leksik — grammatik guruhining asosi bo‘lib, ma’lum guruhdagi so‘zlarning leksik-grammatik paradigmalarini tashkil qiladi hamda diskursiv sharoitda o‘sha so‘zlar bilan aniq bir qismlar (birikmalar) tashkil qiladi. Ingliz tilidagi to (from, at) school birikmasi bunga yorqin misol bo‘la oladi.

Yuqorida qayd etilganidek, so‘z turkumlari gapdagi vazifalariga ko‘ra ham xarakterlanadi. Ot asosan, ega yoki to‘ldiruvchi vazifasida, fe’l esa, kesim vazifasida, sifat esa, aniqlovchi vazifasida qo‘llanadi. So‘zning grammatik, leksik — semantik ma’nolari ularning gapdagi sintaktik vazifalarini ham ta’minlaydi. Gapning egasi faqat ot bilan emas, balki olmosh, son, gerundiy, infinitiv va boshqalar bilan ham ifodalanishi mumkin. Boshqa tomondan esa, ot gapning har qanday qismida biror bir vazifasida gapni to‘ldirib kela oladi. Biroq, predloglar, bog‘lovchilar, yuklamalar odatda har qanday gap qismini to‘ldirib bog‘lay oladi.

Bularning hammasi grammatikaning ikki asosiy birligi bo‘lgan so‘z va gapni almashtirib yuborishdan qochish imkonini beradi. Shunday qilib so‘z turkumlarining quyidagicha kategorial xususiyatlari farqlanadi:

– o‘zining leksik-grammatik ma’nosiga ko‘ra farqlanishi;

– o‘zining leksik-grammatik morfemalariga (o‘zak yasovchi qo‘shimchalari) ko‘ra farqlanishi;

– o‘zining grammatik kategoriyalari yoki paradigmalariga ko‘ra farqlanishi;

– o‘zining birikuviga ko‘ra farqlanishi;

– gapdagi vazifasiga ko‘ra farqlanishi bilan xarakterlanadi.

So‘zning grammatik ma’nosi ikki umumiy holatni nazarda tutadi: birinchidan so‘zning predmetlik, belgi, miqdor, harakat va holat, uning belgisi nuqtai nazaridan kategorial xususiyatlari, ikkinchidan, nutqda ularni kognitiv mazmun imkoniyatlarini ta’minlashga xizmat qiladigan yordamchi kategoriyadir.

Biz so‘z turkumlarini mustaqil hamda yordamchi (notional and functional or structural) qismlarga bo‘lib o‘rganamiz. Mustaqil so‘z turkumlari ekstralingvistik fenomenlarni, ya’ni narsa, harakat, sifat, hissiyotni; yordamchi so‘z turkumlari so‘zlar va gaplar o‘rtasidagi aloqa va bog‘liqliklarni yoki boshqa qo‘shimcha holatlarni to‘ldirishga xizmat qiladi, yordam qiladi. Mustaqil so‘z turkumlari gapda ma’lum vazifalarni bajaradi.

So‘z yuklamalarining grammatik xususiyatlari ko‘p hollarda ma’nolari ikkinchi darajali, qo‘shimcha hisoblanadi. Bu borada birgina misolga murojaat qilaylik. Xususan, table va after kabi so‘zlarning tabiati o‘rtasida ham ma’lum farq bor. Ularning birinchisi narsa-predmetni nomlasa, ikkinchisi aloqani ko‘rsatadi. Biroq ikkalasi ham «nomlanayotgan vazifani to‘ldira oladi». Relation, attitude kabi otlar, belong, refer kabi fe’llar ham aloqani ko‘rsatadi, biroq ulardagi bu aloqa faqatgina bir so‘z turkumi ichida

qoladi. Predloglar va bog‘lovchilar real dunyodagi turli aloqalarning o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatadi.

Yu.Nayda «boy, fish, run, walk, good, bad, against va with kabi so‘zlarni tabiiy va madaniy fenomalarning turli ob’ekti, sifati, jarayoni, holati va aloqasi» deb yozganda otlar bilan predloglar o‘rtasida farq yo‘qligini ta’kidlagan edi. H.Suit esa, «to‘liq» va «bo‘sh» so‘zlari birligini ta’kidlaydi. The earth is round gapining tahlili jarayoni haqida yozib, u «the va is» kabi so‘zlarni biz shakliy so‘zlar deb ataymiz, chunki ular shakl tipidagi so‘zlardir, deb ta’kidlaydi. Ko‘pgina mualliflar so‘zlarning vazifasi haqida o‘z asarlarida ham gapirib o‘tganlar.

D.Braun, S.Braun va D.Beylilar esa, yordamchi fe’llar, predloglar va artikllarni yordamchi so‘zlar (functional words) deb ataydilar. V.Jigadlo, I.Ivanova, L.Iofik predloglar, bog‘lovchilar, yuklamalar va artikllarni mustaqil so‘z turkumlaridan farqli o‘laroq yordamchi so‘z turkumlari deb ataydilar [10. 75.] Ch.Freyz esa, so‘z turkumlari deb nomlanuvchi 4 ta so‘zlar guruhini va yordamchi so‘z turkumlari deb ataluvchi 15 ta so‘z guruhlarini sanab o‘tadi.

Yordamchi so‘zlar bilan boshqa so‘zlar o‘rtasidagi farq noaniq bo‘lib qolganligini yuqoridagilardan bilsa bo‘ladi. Ba’zan farq so‘z turkumlari o‘rtasida ham unchalik sezilmaydi (xususan, sifatlar fe’lga bog‘langanda ravishga, ravishlar esa, otga bog‘langanda sifatga o‘tadi). Ba’zi hollarda bir so‘z. turkumi ichida ham so‘zlarning grammatik ma’nosini ajratish qiyin bo‘lib qolgan.

Tabiiyki, yuqorida qayd etib o‘tilganidek, ingliz tili so‘z turkumlari tizimi unchalik aniq anglarli darajada emas. Agar so‘z turkumlarining yuqorida qayd etilgan ba’zi jihatlarini hisobga olib, ba’zilarini hisobga olmasak, ko‘z o‘ngimizda o‘ziga xos tasavvur paydo bo‘ladi. Shunday qilib, so‘z turkumlarining asosiy xususiyatlari deb, ularning grammatik kategoriyalarini olsak, leksik-grammatik ma’nosini, birikuvini va sintaktik vazifasini e’tiborga olmasak, unda X. Svit va O. Yespersonlar kabi ravishni, predlogni, bog‘lovchini undov so‘zlarni va yuklamani bir sinfga yoki guruhga birlashtirishga to‘g‘ri keladi. X.Suit ot, sifat, son, fe’l va yuklamalarni o‘z davrida zamonaviy ingliz tili so‘zlarining alohida guruhlariga kiritgan. O.Yesperson esa substansiya, sifat, fe’l, olmosh va yuklamalarni ham shu guruhlarga kiritgan.

So‘z turkumlari (notional words — mustaqil so‘zlar) va yuklamalar (semi- notional words) o‘rtasidagi farq bir necha yillar mobaynida rus tilshunoslari tomonidan birikuvchi so‘zlar (combinations of words) dan so‘z birikmalari (word-combinations) ni farqlash uchun qo‘llanib kelindi. So‘z birikmasi (word-combination) iborasi tor ma’noli bo‘lib, faqat kamida ikkita ma’noli so‘zlarni o‘z ichiga olishi darkor. Shunday qilib, on the table so‘zlar birikuvi (combination of words) hisoblanadi, lekin so‘z birikmasi (wordcombination) emas, chunki bu yerda faqat bitta mustaqil leksik ma’noli so‘z — table bor.

So‘z turkumlari tizimi tarixan o‘zgaruvchandir, til rivojlangan sari yangi so‘z turkumi shakllanib, tilga kirib kelavergan. Eski ingliz tilida holat kategoriyasi, artikllar, modal so‘zlar yo‘q bo‘lgan, biroq yangi ingliz tilida bular o‘z o‘rnini topgan.

Biror tilda qancha so‘z turkumlarini aniqlamaylik, baribir lug‘at tarkibi muammosi esa undan kam emas. Grammatikada leksemalar kichik qiyosiy bir nechta leksik-grammatik guruhlari — so‘z turkumlariga yoki qismlariga bo‘linadi.

Biror so‘z turkumi odatda kichik leksik-grammatik guruhchalarga bo‘linishi ham mumkin. Bu kichik bo‘linish so‘z turkumlarini ajratib turishga xizmat qiladigan o‘sha bir xil tamoyillarga asoslanishi mumkin.

Adabiyot:

  1. Аксененко И. Предлоги английского языка — М., 1956, 210 с.
  2. Аполова М. А. Specific English — М., Меж.отн. 1977, 190 с.
  3. Абдуазизов А. А. О составных частях когнитивной лингвистики// Хорижий филология. — Самарканд: СамГИИЯ, 2007. — № 3(24). — С. 5–6.
  4. Буранов Дж. Сравнителная типология английского и тюркских языков. — М.: Высшая школа, 1983. — 267 с.
  5. Демянков В. З. Когнитивная лингвистика как разновидность интерпретующего подхода // Вопросы языкознания. 1994.
Основные термины (генерируются автоматически): английский язык, Когнитивная лингвистика.


Ключевые слова

kognitiv, grammatik, kategorik, kategorial ma’no, lisoniy faoliyat, ma’no qirralari, ot, semantik-stilistik, sifat, o‘zak

Похожие статьи

Nutqni tanishda sphinx tizimini qo’llashning ahamiyati

Ushbu maqolada nuqtni tanishning online API lari, ularning imkoniyatlari va kamchilik tamonlari, nuqtni tanish tizimlarida offline ishlovchi Sphinx tizimidan foydalanishning afzallik tamonlari to’g’risida so’z yuritilgan.

Badiiy asarda antonimlarning o’ziga xos leksik-grammatik xususiyatlari (Aleksandr Dyumaning «Yigirma yildan so’ng» romani misolida)

Ushbu maqolada fransuz tilidagi antonim so’zlarning badiiy uslubda qo’llanilishi va uning leksik-grammatik xususiyatlari taniqli fransuz adibi Aleksand Dyumaning « Yigirma yildan so’ng» (20 ans après) romani misonida tahlil qilingan.

Ingliz tilini o'qitishdagi zamonaviy ta'lim texnologiyalari

Ushbu maqolada til va uni o’rganishda foydalaniladigan zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan bir nechtasi yoritib berilgan.

Umumta`lim fanlarining o’qitilishida interfaol usullarning qo’llanilish samaradorligi

Maqolada mamlakatimiz yoshlarida umumta`lim fanlarni yuqori darajada shakllantirish, bu jarayonda umumta`lim fanlarini o’qitish sifatini ta`minlashda turli innovatsion metodlardan foydalanish orqali belgilangan natijalarga erishish.

Tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan fizika fanida ishlash

Ushbu ishda biz o'qituvchilik faoliyatining boshida yosh o'qituvchida yuzaga keladigan muammolarni ko'rib chiqamiz.

Ingliz tilini o’qitishda zamonaviy innоvatsion texnologiyalaridan foydalanish

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida chet tillariga berilgan katta ahamiyat hamda ularni o’rganish uchun zarur bo’lgan innovatsion texnologiyalar yoritilgan

Suv resurslaridan foydalanishda suv taqsimlash inshooatlarning ahamiyati

Bugungi kunda mamlakatimizda yangi yerlarning jadal o‘zlashtirilishi o‘z navbatida yangi suv inshootlarini (suv omborlari, kanallar, kollektor-drenaj tizimlari va h. k.) qurilishi meliorativ tadbirlar majmuasini amalga oshirish bilan bog‘liqdir. Bu e...

So‘z birikmasining valentlik vazifasi

Ushbu maqolada so‘z birikmalarining boshqa birliklar bilan birikishi hamda imkoniyati va xususiyatlari, valentlik hodisasini o‘rganish va uning turlarini farqlash ko’rib chiqilgan.

Ingliz tilida so’zlashish mahoratini oshirishda kommunikativ mashg’ulotlar

Ushbu maqolada ingliz tili darslarida so’zlashish mahoratini oshirish uchun bir nechta kommunikativ mashg’ulotlar ochib berilgan

Chet tillarni o’rganish va o’qitish: bolalar tillarni qanday o’rganishadi?

Ushbu maolada chet tillarni o’qish va o’qitishda ko’zlangan maqsadlarga erishish uchun xizmat qiladigan ta’limning asosiy tamoyillari va yo’llari to’g’risida yozilgan.

Похожие статьи

Nutqni tanishda sphinx tizimini qo’llashning ahamiyati

Ushbu maqolada nuqtni tanishning online API lari, ularning imkoniyatlari va kamchilik tamonlari, nuqtni tanish tizimlarida offline ishlovchi Sphinx tizimidan foydalanishning afzallik tamonlari to’g’risida so’z yuritilgan.

Badiiy asarda antonimlarning o’ziga xos leksik-grammatik xususiyatlari (Aleksandr Dyumaning «Yigirma yildan so’ng» romani misolida)

Ushbu maqolada fransuz tilidagi antonim so’zlarning badiiy uslubda qo’llanilishi va uning leksik-grammatik xususiyatlari taniqli fransuz adibi Aleksand Dyumaning « Yigirma yildan so’ng» (20 ans après) romani misonida tahlil qilingan.

Ingliz tilini o'qitishdagi zamonaviy ta'lim texnologiyalari

Ushbu maqolada til va uni o’rganishda foydalaniladigan zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan bir nechtasi yoritib berilgan.

Umumta`lim fanlarining o’qitilishida interfaol usullarning qo’llanilish samaradorligi

Maqolada mamlakatimiz yoshlarida umumta`lim fanlarni yuqori darajada shakllantirish, bu jarayonda umumta`lim fanlarini o’qitish sifatini ta`minlashda turli innovatsion metodlardan foydalanish orqali belgilangan natijalarga erishish.

Tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan fizika fanida ishlash

Ushbu ishda biz o'qituvchilik faoliyatining boshida yosh o'qituvchida yuzaga keladigan muammolarni ko'rib chiqamiz.

Ingliz tilini o’qitishda zamonaviy innоvatsion texnologiyalaridan foydalanish

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida chet tillariga berilgan katta ahamiyat hamda ularni o’rganish uchun zarur bo’lgan innovatsion texnologiyalar yoritilgan

Suv resurslaridan foydalanishda suv taqsimlash inshooatlarning ahamiyati

Bugungi kunda mamlakatimizda yangi yerlarning jadal o‘zlashtirilishi o‘z navbatida yangi suv inshootlarini (suv omborlari, kanallar, kollektor-drenaj tizimlari va h. k.) qurilishi meliorativ tadbirlar majmuasini amalga oshirish bilan bog‘liqdir. Bu e...

So‘z birikmasining valentlik vazifasi

Ushbu maqolada so‘z birikmalarining boshqa birliklar bilan birikishi hamda imkoniyati va xususiyatlari, valentlik hodisasini o‘rganish va uning turlarini farqlash ko’rib chiqilgan.

Ingliz tilida so’zlashish mahoratini oshirishda kommunikativ mashg’ulotlar

Ushbu maqolada ingliz tili darslarida so’zlashish mahoratini oshirish uchun bir nechta kommunikativ mashg’ulotlar ochib berilgan

Chet tillarni o’rganish va o’qitish: bolalar tillarni qanday o’rganishadi?

Ushbu maolada chet tillarni o’qish va o’qitishda ko’zlangan maqsadlarga erishish uchun xizmat qiladigan ta’limning asosiy tamoyillari va yo’llari to’g’risida yozilgan.

Задать вопрос