Arab gazeta matnlari sarlavhalarining funksional uslubiy xususiyatlari | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №43 (438) октябрь 2022 г.

Дата публикации: 30.10.2022

Статья просмотрена: 86 раз

Библиографическое описание:

Азимова, Н. С. Arab gazeta matnlari sarlavhalarining funksional uslubiy xususiyatlari / Н. С. Азимова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2022. — № 43 (438). — С. 363-365. — URL: https://moluch.ru/archive/438/95873/ (дата обращения: 18.12.2024).

Gazeta tilini o‘rganish adabiy til xususiyatlarini o‘rganish bilan chambarchas bog‘lanib ketgan. Shu sababli ham keyingi davrlarda tilshunoslar tomonidan gazeta tilini o‘rganishga katta e’tibor qaratilmoqda. Gazeta matnlari tadqiqida tilshunoslar uning mazmuni, uslubi, grammatik tuzilishi va leksikasini o‘rganmoqdalar.

Kalit so’zlar: Birlashgan Arab Amirliklari, gazetalari tematikasi, leksik birlik va grammatik kategoriyalar, gazeta tili radio, televidenie, internet tili.

Изучение газетного языка тесно связано с изучением особенностей литературного языка. По этой причине лингвисты в последнее время уделяют большое внимание изучению газетного языка. При изучении газетных текстов лингвисты изучают их содержание, стиль, грамматический строй и лексику.

Ключевые слова: Объединенные Арабские Эмираты, газетная тематика, лексические единицы и грамматические категории, газетный язык, радио, телевидение, интернет-язык.

Ma’lumki, gazeta tili radio, televidenie, internet tili bilan bir qatorda OAV tilining bir qismi sifatida qabul qilingan va XXI asrda tilshunoslikda ilmiy yo‘nalish sifatida o‘rin egallagan. Gazeta tematikasi turli-tumanligi bilan ajralib turadi. Lekin uning 70 foizi muayyan mamlakat yoki shaharning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy yoki madaniy hayotini aks ettirishga qaratilgan. Gazeta tilini o‘rganish adabiy til xususiyatlarini o‘rganish bilan chambarchas bog‘lanib ketgan. Shu sababli ham keyingi davrlarda tilshunoslar tomonidan gazeta tilini o‘rganishga katta e’tibor qaratilmoqda. Gazeta matnlari tadqiqida tilshunoslar uning mazmuni, uslubi, grammatik tuzilishi va leksikasini o‘rganmoqdalar.

Tilshunos A.Abusaidov gazetaning informativlik (axborot berish), targ‘ibot (propaganda), tashviqot (agitatsiya), tarbiyaviylik, tashkilotchilik, reklamalilik, ta’sirchanlik vazifalarini sanab, ularga tavsif keltiradi [1]. Tadqiqotimiz jarayonida ham arab gazetalarining axborot yetkazish, til sofligi, tarbiyaviy, ijtimoiy-siyosiy ta’sir va omma fikrini shakllantirish vazifalari asosiy o‘rinni egallashi aniqlandi [2].

Hozirgi kunda arab davlatlarida yuzlab nomdagi gazeta va jurnallar chop etiladi. Har bir arab davlatining o‘z vaqtli matbuot nashrlari mavjud. Jumladan, Tunisda,“ الجزائر نيوز”,“الخبر”,“البالد”, “اخر ساعة” Jazoirda”, الصباح نيوز”,“الصباح”,الشروق”,“ االهالي ” Iordaniyada”, ليبيا اليوم ”,“ ليبيا لكل االحرار”,“ صحيفة الوطن الليبية ” Liviyada, “االتحاد” Iroqda ”, الشرق االوسط ”,“ الجماهير”,“ اخبار سوريا ” Suriyada ”, العرب اليوم,“األنباء” Quvaytda”, الجزيرة”,“الوطن” Saudiyada”, صوت العراق”,“الزمان”,“المواطن” “السياسة”,“القبس,“ Birlashgan Arab Amirliklarida “االتحاد”,“البيان“ kabi va boshqa gazetalar ko‘plab adadda chiqadi. Boshqa arab davlatlarining ham o‘z milliy gazeta va jurnallari mavjud. Bu borada Misr yetakchilik qiladi. Bu yerda ingliz, fransuz, grek, nemis, italyan, fors, arman va boshqa tillarda 300 ortiq nomdagi gazeta va jurnallar nashr qilinadi. Ular orasida الوفد”,“اخباراليوم”,“الجمهورية”, “الخبار” االهرام” kabi ommabop ijtimoiy — siyosiy gazetalarni aytib o‘tish mumkin.

Arab davlatlari gazetalari tematikasi ijtimoiy yangiliklar, mahalliy yangiliklar, madaniyat, jahon yangiliklari, sport va boshqa ruknlarni o‘z ichiga oladi. Umumiy olganda, arab gazetalari ruknlari tematikasini besh guruhga ajratish mumkin. Bular: siyosat, iqtisod, madaniyat, sport va ijtimoiy hayot. Bu ruknlar bir — biridan o‘ziga xos leksik birlik va grammatik kategoriyalarning qo‘llanishi bilan ajralib turadi.

Arab gazetalari tili — bu kichik til materialida katta axborotni bera oladigan o‘ziga xos mikrotizimdir. Bu mikrotizimning unsurlari muayyan tarzda bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan: bir tomondan unga zamonaviy arab tili normalari, boshqa tomondan uslub hosil qiluvchi ekstrolingvistik (ekspressivlik, hissiyotlilik, ta’sirchanlik va hk.) hamda tilga oid ichki omillar (til vositalarini tejash va hk.) ta’sirini ko‘ramiz.

Bu xususiyatlar arab gazeta va jurnallari matnlari sarlavhalarida ham ko‘rinadi. Mazkur maqolada arab gazeta matnlari sarlavhalari, xususan, ulardagi fellarning funksional-uslubiy xususiyatlari haqida so‘z yuritiladi. Maqolani yozishda Misrning “al-Ahram” (األهرام, (Quvaytning “al-Anba” (األنباء, (Birlashgan Arab Amirliklarining “al-Ittihad” (االتحاد (gazetalaridan foydalanildi.

Har qanday matn sarlavhadan boshlanadi. Gazetaning nomi aniq, ommabop, sodda, ravon hamda ko‘p sonli auditoriyaga tushunarli bo‘lishida ixcham, e’tiborni torta olishidagi sarlavhalarning alohida o‘rni bor. Sarlavha qisqa, ko‘pincha atigi bir necha so‘zdan iborat bo‘lib, matnning nomini aks ettiradi. Mana shu matn nomi aks etgan so‘z yoki ifodadan biz matn mohiyatini ham anglab olamiz.

Olimlarning tadqiqotlarida sarlavhaning lingvistik mohiyati haqida bir qator nuqtai nazarlar ham uchraydi. Shunday nuqtai nazarlardan birida sarlavha gap bo‘lishi mumkin emas, chunki gap og‘zaki nutqda mutanosibi bo‘lgan til birligi ekanligi ta’kidlanadi.

Arab gazeta sarlavhalaring funksional vazifalari uning lingvostilistik xususiyatlarini keltirib chiqaradi. Bu yerda til vositalarini tejash prinsipi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu bilan axborotni siqishga erishiladi. Matnning asosiy mazmunini maksimal darajadagi qisqa shaklda berishga intilish, avvalo, sarlavha zamirida ifodalanadi. O‘rta hisobda u besh-ettita so‘zdan iborat bo‘ladi. Ba’zi tadqiqotchilar ta’kidlashicha, so‘zlarning soni sarlavhadagi harflarning o‘lchami (katta-kichikligi) ga bog‘liq bo‘ladi [3].

Arab tilidagi har bir gazeta materiali shakl va axborotni taqdim etish tartibi nuqtai nazaridan o‘zining ichki mikrotizimiga ega bo‘ladi: xabar matni (الجسم)va sarlavha majmuasi (العناوين) Sarlavhalar majmui o‘z navbatida bir qator unsurlarga ega bo‘ladi:sarlavhalar (العناوين) sarlavha usti va sarlavha osti sarlavhalar (الفرعية العنوين) kirish matnlari . (الصدر[4; 5].

Biz o‘z tadqiqotimiz jarayonida zamonaviy arab gazetasi sarlavhalarining asosiy sintaktik tuzilmalari ko‘rib chiqdik, sarlavhaning sintaktik tuzilishini tanlash muallifning kommunikativ niyatiga bog‘liq ekanligini ko‘rdik.

Zamonaviy arab gazetalari sarlavhalarining sintaktik tuzilishini quyidagicha tavsiflash mumkin.

Nopredekativ sarlavhalar

Nomlovchi tuzilma — sarlavha. موقف واضح

Aniq pozisiya

1.2 Ismiy birikma bilan ifodalangan nominativ tuzilma — sarlavha.

المصرية عام صعب علي الصناعة

Misr sanoati uchun og‘ir yil

1.3. Nominallashgan tuzilma — sarlavha.

أكتشاف مقبرة "نائب معبد آمون" في االقصر

Luqsorda “Amon ibodatxonasi noibi” maqbarasining topilish

Ba’zi hollarda bunday sarlavhalar ellips bilan ajratilgan ikki qismdan iborat bo‘lib, uning ikkinchi qismi birinchi asosiy gapga mos keladi va matnning mazmuniga aniqlik kiritadi.

Predekativ sarlavhalar:

2.1. Ismiy gap — an’anaviy tuzilishdagi salavha (ismiy kesimli, gap bilan ifodalangan kesimli, predlogli ot — kesimli va hkz.).

انتخابات طالبنا في اميركا نموزج متكامل للديموقراطية الكويتية

Amerikadagi talabalarimizning saylovlari Quvayt demokratiyasining to‘liq namunasidir

2.2. Ikki tarkibli gap — fe’l — kesimli sarlavha.

حديقة لندن تستقبل رأس السنة.. بحيوانات مضيئة

London parki yangi yilni yorqin hayvonlar bilan kutib oladi.

Ma’lumki, kesimi fe’l bilan ifodalangan gaplar arab tilida fe’liy gaplar deyiladi. Arab gazetalari sarlavhalaridagi gaplar tarkibini tadqiq qilgan tishunos Midhat Darduna habariy matnlar sarlavhalarining 29 % fe’liy gap, 47 % ismiy gapdan iborat bo‘lishini yozadi.

Arab tilida fe’l-kesim egadan oldin ham, undan keyin ham turishi mumkin [7].

قتل زوجته و شقيقها في المحكمة

“Oslo” ketdi.. Falastin qoldi

Lekin arab gazetalari sarlavhalarining o‘ziga xos xususiyati, aksariyat hollarda ularda fe’l egadan keyin joylashtiriladi. Buni yuqoridagi misollarda ko‘rishimiz mumkin. Biz bu holatni األهرام) Misr), األنباء) Quvayt), االتحاد) BAA) gazetalarining barchasida uchratdik.

Tahlillarimiz jarayonida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, arab gazetalarida ikki tarkibli gap — fe’l-kesimli va ismiy gap — an’anaviy tuzilishdagi salavhalar qolgan turdagi sarlavhalarga nisbatan ko‘proq uchrar ekan. Umuman olganda, arab gazetalari sarlavhalari tili — kichkina til materialida katta hajmdagi axborotni bera olish imkoniyatiga ega bo‘lgan mikrotuzilmadir.

Adabiyot:

  1. Абусаидов А. Газета жанрларининг тил хусусиятлари. Филол. фан. док. ... дис. – Т.: 2005. 19-21-бетлар.
  2. حمزة عبد اللطيف. المدخل في فن التحرير الصحفي. القاهرة. 1970 .ص.133
  3. اديب حضور. الخبر الصحف. دمشق. 1972 .ص. 94 -93.

جميل حمداوي. السيميوطيقا و العنوان. عالم الفكر. المجلد 25 .تصدر عن المجلس

الوطني للثقافة والفنون و االدب. الكويت.1997 . ص. 104.

  1. 66 الخبر اديب حضور
  2. الصحف. دمشق. 1972 .ص.66 الخبر اديب حضور
  3. Гранде Б.М. Курс арабской грамматики в сравнительно-историческом освещении. –М.: Восточная литература, 1998
  4. Халидов Б. З. Учебник арабского языка. – Т.: Ўқитувчи, 1977. –С.159
Основные термины (генерируются автоматически): газетный язык, BAA, OAV.

Ключевые слова

Birlashgan Arab Amirliklari, gazetalari tematikasi, leksik birlik va grammatik kategoriyalar, gazeta tili radio, televidenie, internet tili

Похожие статьи

Tarix fanining o’qitilishida tarixiy davrlarni solishtirish jarayonlarining ahamiyatli jihatlari

Maqolada mamlakatimiz yoshlarida tarixiy bilimlarni yuqori darajada shakllantirish, bu jarayonda O’zbekiston tarixi fanini o’qitish sifatini ta’minlashda vatanimiz tarixining turli davrlarini solishtirish jarayoni orqali qoloqlik va taraqqiyot omilla...

Qimmatli qog’ozlar buxgalteriya hisobining ob’yekti sifatida me’yoriy-huquqiy asoslari

Ushbu maqolada qimmatli qog’ozlarning iqtisodiy kategoriya ekanligi, respublikamizda uning turlari, buxgalteriya hisobida qimmatli qog’ozlar hisobini aktivlar sifatida takomillashtirish masalalari o’rganilgan.

Oilada bolalarda kitobxonlikni shakllantirish omillari

Mazkur maqolada bolalarni kitobga qiziqtirish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va bu borada ota-onalarning o`rni haqidagi fikrlar yoritilgan.

Xitoy bolalar adabiyotining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari

Maqolada Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganidan so‘ng adabiyotga, xususan, bolalalar adabiyotiga bo‘lgan e’tibor hamda uning rivojlanish bosqichlariga to‘xtalib o‘tilgan. Zamonaviy yozuvchilarning adabiyotga kirib kelishi va asarlari orqali bolal...

O’quv maqsadlarini ifodalashda Blum toksionomiyasidan samarali foydalanishning innovatsion usullari

Ushbu maqolada maullif Blum toksionomiyasini ta’lim jarayoniga tadbiq etishning samarali usullarini bayon qiladi. Pedagogik texnologiyaning muhim omillaridan biri hisoblangan o’quv maqsadlarini aniqlashda Blum toksionomiyasining roli va ahamiyatini t...

Maqom san`atini o‘qitishning dolzarb masalalari

Maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining musiqa darslarida an’anaviy xonandalik — maqom haqida tushunchalarni shakllantirishning dolzarb masalalari qamrab olingan. Shuningdek, muallif darsliklarda mumtoz ashulani o‘rganish bo‘yicha yuzaga kеlayotg...

Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqi aloqa vositasi sifatida

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish va nutq madaniyati haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar nutqini o‘stirish borasida tavsiyalar berilgan. Tarbiyachining nutq madaniya...

Fransuz tili darslarida talabalarning gapirish ko‘nikmasini rivojlantirishda dialogning roli

Mazkur maqolada mutaxassisligi fransuz tili bo‘lgan talabalarning og‘zaki nutqini rivojlantirishda dialoglar orqali ularning muloqot kompetensiyasini o‘stirishning ahamiyati haqida ma’lumotlar berilgan.

Gazetasi sarlovhasining o'rganilish tarixi va undagi murojaat so'zlarining ishlatishi (misrning «al-Ahram» gazetasi asosida)

Ushbu maqolada gazeta va unda yoritilayotgan axborotlar sarlavxasi tarixi ko’rib chiqilgan hamda sarlavxa tanlashda nimalarga e’tiborish kerakligi ochib berilgan

O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish

Ushbu maqolada O’zbekiston Republikasi tomonidan ta’lim soxa bo’yicha olib borilayotgan isloxotlar ochib berilgan. O’zbekistondagi chet-tiliga bo’lgan qiziqish hamda chet-tilini mukammal egallash yuzasidan qilinayotgan ishalar ko’rsatib o’tilgan

Задать вопрос