Metrologik ekspertizani amalga oshirishda zamonaviy yondashuvlar | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Авторы: , ,

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №21 (416) май 2022 г.

Дата публикации: 31.05.2022

Статья просмотрена: 827 раз

Библиографическое описание:

Миралиева, А. К. Metrologik ekspertizani amalga oshirishda zamonaviy yondashuvlar / А. К. Миралиева, С. А. Рахматуллаев, Ш. Ш. Эргашбоев. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2022. — № 21 (416). — С. 714-715. — URL: https://moluch.ru/archive/416/92312/ (дата обращения: 17.12.2024).

Maqolada texnikaviy hujjatlarning metrologik ekspertizasini mahsulot sifatiga ta’siri, uning me’yoriy asoslari, metrologik ekspertizani o’tkazish bo’yicha tashkilot standartini korxona uchun ahamiyati, vazifalari va ushbu ishlarni respublika darajasida birxillashtirish to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: metrologik ekspertiza, texnik hujjatlar, tashkilot standarti, unifikatsiya, loyiha hujjatlarining yagona tizimi, texnologik hujjatlarning yagona tizimi.

В статье представлены сведения о роли метрологической экспертизы технических документов в обеспечении качества выпускаемой продукции, её нормативных основах, значении и функциях стандарта организации по проведению метрологической экспертизы на предприятии и унификации этих работ на республиканском уровне.

Ключевые слова: метрологическая экспертиза, техническая документация, стандарт организации, унификация, единая система конструкторской документации, единая система технологической документации.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatbardosh bo‘lish va muvaffaqiyatli iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun korxonalar yuqori samarali sifat tizimlarini qo‘llashlari kerak. Sifat tizimi mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi korxonaning barcha bo‘linmalarini, shu jumladan, uning hayotiy siklining barcha bosqichlarida mahsulot sifatiga hissa qo‘shadigan korxonaning metrologik xizmatini, ularning har birini qamrab olgan taqdirdagina samarali bo‘lishi mumkin va bosqichlarni har birida o‘lchashlarni metrologik ta’minlash bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi [1]. Shunday qilib, sifatni boshqarishni o‘lchashlarning metrologik kafolatisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi bosqichida metrologik ta’minot, asosan, o‘lchash vositalari va tizimlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va ulardan foydalanish jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan sof amaliy ta’minotdan o‘tib, o‘lchash vositalari va tizimlarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish jarayonlarini takomillashtirishga, moslashuvchan avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishni joriy etishga, tayyor mahsulot sifatini ishonchli baholash va nazorat qilishga qaratilgan faol va real vositaga aylandi [2].

Korxonani metrologik ta’minlash bo‘yicha ishlar kompleksining bir qismi texnik hujjatlarni metrologik ekspertizadan o‘tkazish bo‘lib, uning umumiy maqsadi o‘lchanadigan parametrlarni tanlash bo'yicha texnik yechimlarni tahlil qilish va baholash, o‘lchashlarni aniqlik me’yorlarini belgilash, mahsulotlarni ishlab chiqish, sinovdan o'tkazish va ulardan foydalanish jarayonlarini o‘lchash usullari va vositalari bilan ta’minlashdan iborat.

Metrologik ekspertizaning asosiy qoidalari va vazifalari hozirgi vaqtda RMG 63–2003 “O‘BT. Texnologik jarayonni boshqarishda o‘lchashlarning samaradorligini ta’minlash. Texnik hujjatlarning metrologik ekspertizasi” bilan reglamentlangan [3].

Shuni yodda tutish kerakki, texnik hujjatlarni metrologik ekspertizadan o‘tkazmaslik o‘lchash parametrlarini noto‘g‘ri tanlash, o‘lchash aniqligi me’yorlarini asossiz tanlash, o‘lchash usullarini va o‘lchash vositalarini noto‘g‘ri tanlashga sabab bo'lishi mumkin. Ishlab chiqish, ishlab chiqarish, sinovdan o‘tkazish, mahsulotni nazorat qilish jarayonlari uchun va boshqa ba’zi hollarda bu yanada jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga, ishlab chiqarish yoki mahsulotni sinovdan o‘tkazishdan bosqichlaridan ko‘ra, texnik hujjatlarni ishlab chiqish bosqichida metrologik xatolarni bartaraf etish yoki nazorat va o‘lchash tartib-qoidalarining eng samarali yechimlarini tavsiya qilish osonroq va samaraliroqdir.

Korxonada texnik hujjatlarni metrologik ekspertizadan o‘tkazish ixtiyoriy faoliyat bo‘lib, uni amalga oshirish turli sabablarga ko‘ra yuzaga kelishi mumkin.

Texnik hujjatlarning metrologik ekspertizasi quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:

1) ishlab chiqilayotgan loyihalarda standartlarda belgilab qo‘yilgan me’yorlar, qoidalar va talablarga rioya qilish, konstruktorlik, texnologik va loyihalashtirish hujjatlarini KHYaT (Konstruktorlik Hujjatlarning Yagona Tizimi) va THYaT (Texnologik Hujjatlarning Yagona Tizimi) standartlari talablariga muvofiq to‘g‘ri rasmiylashtirish;

2) ishlab chiqilayotgan loyihalarda oldindan loyihalashtirilgan, ishlab chiqarishda o‘zlashtirilgan standartlashtirilgan va birxillashtirilgan (unifikatsiyalangan) detallar va qismlardan, tayanch konstruktorlik va texnologik yechimlardan keng foydalanish asosida standartlashtirish va birxillashtirishning (unifikatsiyalashning) yuqori darajasiga erishish.

Texnik hujjatlarni metrologik ekspertizadan o‘tkazishni tashkil etishning eng muhim chora-tadbirlaridan biri korxonada uni amalga oshirish tartibini belgilovchi hujjatni, masalan, tashkilot standartini ishlab chiqishdir.

Metrologik ekspertizani o‘tkazish bo‘yicha tashkilot standarti:

  1. ekspertni ishida zarur, chunki u ma’lum bir korxonada metrologik ekspertizani tashkil etish va o’tkazishni tartibga soladi;
  2. ishlab chiqarishning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga oladi;
  3. ekspert — metrologlar va texnik hujjatlarni ishlab chiquvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning muhim jihatlarini aks ettiradi.

Metrologik ekspertizani o‘tkazish bo‘yicha tashkilot standarti quyidagilarni tartibga soluvchi bo‘limlarni o'z ichiga olishi kerak:

1) metrologik ekspertiza va metrologik nazorat vazifalari:

– o‘lchangan parametrlar nomenklaturasining ratsionalligi;

– o‘lchash xatoligi uchun talablarning optimalligi;

– o‘lchash vositalarining metrologik tavsiflariga qo‘yiladigan talablarning to‘liqligi va to‘g‘riligi;

– o‘lchash xatoligini unga nisbatan qo‘yilgan talablarga muvofiqligi;

– mahsulot parametrlarini nazorat qilishga yaroqliligi;

– metrologik atamalardan, o‘lchangan kattaliklarning nomlaridan va ularning birliklarini belgilashdan to‘g‘ri foydalanish;

2) metrologik ekspertizani rejalashtirish;

3) texnik hujjatlarning o'ziga xos turlari va ularni ishlab chiqish bosqichlari, bunda ushbu hujjatlar metrologik ekspertizadan o‘tkaziladi;

4) metrologik ekspertizani tashkil etish va o‘tkazish tartibi;

5) texnik hujjatlarning turiga qarab, texnik hujjatlarni metrologik ekspertizadan o‘tkazishda tahlil obyektlari;

6) ekspertlarning huquq va majburiyatlari;

7) nizolarni hal qilish tartibi.

Standartga ilova sifatida turli xil shakllar, masalan, hujjatlar jurnali, xatolar va nakliflar varag‘i va boshqalar berilgan.

Texnik jihatdan tartibga solish Agentligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini ta’minlash departamenti (Departament) mutaxassislari tomonidan joriy yil davomida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida bir turdagi mahsulotlarga yagona talablarni belgilovchi 10 ta davlat standartlari ishlab chiqildi. Ushbu standartlar, talablari turlicha bo‘lgan 279 ta tashkilot standartlari o‘rniga ishlab chiqilgan bo‘lib, tadbirkorlarimizga bepul beriladi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tadbirkorlarimiz endilikda ushbu mahsulotlar uchun yangidan tashkilotning standarti ishlab chiqishga mablag‘ va vaqt sarflash tashvishidan ozod bo‘lish bilan birga, ushbu standartlar xalqaro me’yorlar bilan uyg‘unlashtirilganligi tufayli o‘z mahsulotini eksportga yo‘naltirish imkoniga ham ega bo‘lishadi.

Shunday qilib, texnik hujjatlarni o‘z vaqtida va sifatli metrologik ekspertizadan o‘tkazish ishlab chiqarishdagi nuqsonlar va mahsulotlarning ekspluatatsiyasidagi baxtsiz hodisalardan ishonchli himoya bo'lib, bu o‘z navbatida nafaqat ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini yaxshilashga yordam beradi (shuning uchun raqobatbardoshligini oshiradi), balki korxonaning turli xil mehnat resurslaridan ham, moliyaviy ham oqilona foydalanishga qaratilgan.

Adabiyot:

1. Богомолов Ю. А. Метрологическая деятельность в концепции TQM [Электронный ресурс] / Ю. А. Богомолов // Сайт «Metrob.ru». [2005]. URL: http://metrob.ru/ (дата обращения: 16.03.2016).

2. РМГ 63–2003. ГСИ. Обеспечение эффективности измерений при управлении технологическими процессами. Метрологическая экспертиза технической документации. Введ. 2005–01–01. М.: Изд-во стандартов, 2004. 16 с.

3. Метрологическая экспертиза технической документации качества / Колл. авт. под. ред. Ю. А. Кудеярова, Н. Я. Медовикова. М.: АСМС, 2008. 123 с.

4. Матякубова П. М., Кузиев Б. Н., Миралиева А. К. “Хужжатларнинг экспертизаси”. Ўқув қўлланма,-Тошкент.:-2020. -187 б.

Основные термины (генерируются автоматически): метрологическая экспертиза, RMG, TQM, URL, единая система, техническая документация.

Ключевые слова

metrologik ekspertiza, texnik hujjatlar, tashkilot standarti, unifikatsiya, loyiha hujjatlarining yagona tizimi, texnologik hujjatlarning yagona tizimi

Похожие статьи

Temir yo‘l transportida yuklarni yetkazib berish muddatini kamaytirishning matematik yondashuvi

Mazkur maqolada matematik yondashuvlar asosida temir yo‘l transportida yuklarni yetkazib berish muddatini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Texnik va oraliq stansiyalarda qayta ishlanishlar sonining yuklarni yetkazib berish muddatiga t...

Dasturlashni o’rgatishda online tekshiruv tizimlaridan foydalanishning ahamiyati

Ushbu maqolada online tekshiruv tizimlari, ularning imkoniyatlari, dasturlashni o’rgatishda bunday tizimlaridan foydalanishning afzalliklari to’g’risida so’z yuritilgan.

Estrada aktyorlarini о‘qitishda pedagogning kasbiy kompetentligi masalalari

Mazkur maqolada zamonaviy san’at ta’limida, xususan estrada aktyorlarini tayyorlash jarayonida pedagogning kompetentligi masalalari о‘rganilgan va tahlil qilingan. Shuningdek, tadqiqot natijasiga kо‘ra uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Temir yо‘l stansiyalarining yuklanganligini kamaytirish chora-tadbirlari

Mazkur maqolada temir yo‘l stansiyasining yuklanganlik darajasiga ta’sir e’tuvchi omillar «Isikava» diagrammasi yordamida aniqlangan. Shuningdek, stansiyaning yuklanganlik darajasini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Kommunikatsiya jarayonida xushmuomalalikning ijtimoiy-lingvistik xususiyatlari

Ushbu maqolada fransuz tilida xushmuomalakik kategoriyasi elementlarining ijtimoiy muloqot jarayonida qo’llanilishi, ijtimoiy-lingvistik ssenariylar ishtirokchilarining kommunikatsiya jarayonida bajaradigan rollaridan kelib chiqqan holda xushmuomalal...

Bolalarni umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilishda ijtimoiy-hissiy jihatidan qo’yiladigan talablar

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning boshlang'ich maktabdagi faoliyati muvaffaqiyatli bo'lishi uchun zarur bo'lgan xatti-harakatlar, ko'nikmalar va bilimlarni namoyish etish darajasiga qo’yiladigan talablar tahlil qilinadi.

О‘quvchi yoshlarning mediakompetentligini rivojlantirish muammosini yechish yо‘llari

Maqolada zamonaviy maktab о‘quvchilariga ommaviy axborot vositalarining salbiy ta’siri muammolari va bu salbiy ta’sirlar о‘quvchilarning rivojlanishiga ta’sir kо‘rsatayotgani masalalari kо‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada о‘quvchilarning mediakomp...

Voleybolchilarda masofaviy va vaqt bo’yicha mo’ljal olishni takomillashtirish usullari

Voleybolchilar harakatlari texnikasini takomillashtirish sportchi sifatida uzluksiz ravishda o’zi ustida ishlash, shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirish, oldingi bilimlarini mustahkamlagan tarzda yangi ko’nikmalarni hosil qilishga asoslanadi. Sportch...

Sportchilarning psixologik va emotsional holatini mo‘tadillashtirishning uslubiy asoslari

Maqolada sportchining psixologik va emotsional holatini tuzatishning uslubiy tabiati g'oyasi tasvirlangan. Yosh avlodni jismoniy tarbiyalash nazariyasi va amaliyotiga oid muhim faktlar tushuntiriladi va umumlashtiriladi.

Ona tili darslarida innovatsion texnologiyalarni qo`llash orqali ma’naviy tarbiyani shakllantirish omillari va imkoniyatlari

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari, imkoniyatlari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, muallif maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ma’na...

Задать вопрос