Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotning xalqaro amaliyotda yuzaga kelish sabablari va uning tarkibi | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №20 (415) май 2022 г.

Дата публикации: 19.05.2022

Статья просмотрена: 1409 раз

Библиографическое описание:

Джумаева, Г. А. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotning xalqaro amaliyotda yuzaga kelish sabablari va uning tarkibi / Г. А. Джумаева. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2022. — № 20 (415). — С. 702-704. — URL: https://moluch.ru/archive/415/91758/ (дата обращения: 17.12.2024).

Ushbu maqolada «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot» ning amaliyotga kirib kelish sabablari, ahamiyati va rivojlanishi hamda respublikamizda amalda bo’lgan hisobot shaklini takomillashtirish borasida fikr yuritilgan.

Kalit so’zlar: pul oqimlari, operatsion faoliyat, investitsion faoliyat, moliyaviy faoliyat.

В данной статье рассматриваются причины внедрения «Отчета о движении денежных средств» в практику, его значение и развитие, а также усовершенствование формы отчетности, действующей в стране.

Ключевые слова: денежные потоки, операционная деятельность, инвестиционная деятельность, финансовая деятельность.

Moliyaviy hisobot shakllaridan biri bu «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot» shakli hisoblanadi. «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot» boshqa hisobot shakllari ya’ni buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot shakllariga qaraganda keyinroq vujudaga kelgan hisobot shakli hisoblanib, XIX asrning 60-yillarida moliyaviy foydalanishga kiritilgan. XIX asrning 60-yillari o'rtalariga kelib, pul mablag'lari harakati to'g'risidagi hisobotni tuzishga umumiy yondashuv shakllandi.

Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot xo’jalik yurituvchi su’yektning operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyatining o’z pul mablag’lariga ma’lum hisobot davri ichida ta’sirini shu davr ichida pul mablag’larining o’zgarishi to’g’risidagi ma’lumotlarni beradi. «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot» «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonunning (13.04.2016 yil) 22-moddasiga asosan korxonalarda yuritiladigan moliyaviy hisobot shakllaridan biri hisoblanadi va 9-son BHMS «Pul oqimi to’g’risidagi hisobot», «Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to’ldirish bo’yicha qoidalari» talablari asosida shakllantiriladi va taqdim etiladi. Ushbu hisobot shakli boshqa hisobot shakllari bilan birgalikda korxonaning eng likvid aktivlaridagi o’zgarishlarni, uning moliyaviy tuzilmasini (jumladan, likvidlik va to’lovga layoqatliligini), korxonalarning qiyoslama baholash maqsadida kelgusi pul oqimlarining joriy qiymatini modellashtirish imkonini beradigan doimiy ravishda o’zgaruvchi tashqi va ichki omillar sharoitida pul oqimlari harakatini tartibga solish layoqatini baholash va tushunishga xizmat qiluvchi axborot taqdim etilishini ta’minlaydi.

Хalqaro buxgalterlar assotsiatsiyasi (FASV kengashi) taqdimotiga ko’ra, «Pul mablag’larining harakati to’g’risida»gi hisobotning asosiy maqsadi qilib kompaniyaning barcha investorlari va kreditorlarini pul mablag’lari harakati to’g’risidagi ma’lumotlar bilan yetarli darajada ta’minlash.

Birinchi marta pul oqimlari to'g'risidagi hisobot Amerika kompaniyalarining moliyaviy hisobotlarida 1962 yilgi moliyaviy-xo'jalik faoliyati natijalariga ko'ra paydo bo'ldi. Naqd pul harakati to'g'risidagi hisobotning tarixi 1863 yilda, inqirozdan chiqqandan keyin Dowlais Ironworks kompaniyasi moliyaviy hisobotda foyda ko'rgan paytdan boshlanadi, ammo yangi metal eritish pechini sotib olish uchun naqd pul yo'q edi. Mablag'larning etishmasligini tushuntirish uchun kompaniya menejerlaridan biri hisobot tuzib, uni qiyosiy balans deb atadi. Hisobotga asoslanib, kompaniyaning juda ko'p zaxiralari borligi aniq bo'ldi (aftidan, ularni sotib olishga katta mablag' sarflangan). Ushbu hisobot zamonaviy pul oqimlari to'g'risidagi hisobotning asoschisi bo'ldi.

1971 yilda AQShda GAAP-ga muvofiq moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda Qo'shma Shtatlardagi mablag'lardan foydalanish va manbalari to'g'risida hisobot berish majburiy etib belgilandi. Naqd pul oqimlari to'g'risidagi hisobotning hozirgi shaklda, ya’ni pul oqimlari operatsion, moliyaviy, investitsiya faoliyatiga bo'linishi AQShda 1988 yilda ishlab chiqilgan. Bugungi kunga kelib, barcha milliy va xalqaro moliyaviy hisobotlarni ishlab chiquvchilar daromad manbalari va kompaniyalar tomonidan mablag'lardan foydalanish to'g'risidagi ma'lumotlarni oshkor qilishning muhimligi to'g'risida xulosaga kelishdi, aksariyat mamlakatlarda pul oqimlari to'g'risidagi hisobot moliyaviy hisobot paketining bir qismiga aylandi.

1992 yilda Xalqaro Buxgalteriya Standartlari Kengashi 7-sonli «Naqd pul oqimlari to'g'risidagi hisobot» IFRSni ishlab chiqdi va u 1994 yilda kuchga kirdi. Xo’jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan 7-sonli «Naqd pul oqimlari to'g'risidagi hisobot» IFRSga asosan hisobotni majburiy taqdim etish belgilandi.

Bu hisobot shakli 1977 yildan beri amal qilib kelayotgan «Moliyaviy holatdagi o'zgarishlar to'g'risidagi hisobot»ning o'rnini bosdi. 2007 yilda 1-sonli moliyaviy hisobotlarni taqdim etish IAS-ni qayta ko'rib chiqish natijasida IASB 7-sonli IAS nomini pul oqimlari hisobotidan pul oqimlari to'g'risidagi hisobotga o'zgartirdi [5].

MDH davlatlarida ushbu hisobot shaklini joriy etish, xo’jalik yurituvchi sub’yektlarda yuritilishi 1990-yillar boshlariga to’g’ri keladi. Rossiya moliyaviy amaliyotida pul oqimlari to'g'risidagi hisobot birinchi marta buxgalteriya (moliyaviy) hisobotda 1996 yilda paydo bo'lgan. Rossiya Moliya vazirligining 1996 yil 27 martdagi 31-sonli «Tashkilotlarning choraklik moliyaviy hisobotining namunaviy shakllari va ularni 1996 yilda to'ldirish bo'yicha ko'rsatmalar to'g'risida» gi buyrug'iga muvofiq, «Pul oqimlari to'g'risidagi hisobot» standart shakli (shakl № 4) tasdiqlandi. Rossiya Federatsiyasida 2015 yil 28-dekabrdagi 217n-sonli buyrug'i bilan «Pul oqimlari to'g'risidagi hisobot» 7-sonli IAS xalqaro moliyaviy hisobot standartlarini va ularga sharhlarni tan olish to'g'risidagi nizomga muvofiq kuchga kirdi [6].

Respublikamizda ushbu hisobot shakli Moliya Vazirligi tomonidan bir necha marotaba o’zgartirilib, tarkibiy jihatdan xalqaro tajribaga tayangan holda yangilanib kelinmoqda. Bundan ko’rinadiki ushbu hisobot shaklini takomillashtirish, MHXS tavsiyasiga ko’ra korxonalarning qaysi soha yoki tarmoqqa moslashganini inobatga olib hisobot shaklini ularning faoliyatidan kelib chiqib takomillashtirishni taqazo qiladi.

Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot ma’lumotlari birdek rahbar, menejer, investorlar, aksiyadorlar va kreditorlarga korxonaning haqiqiy moliyaviy holati haqida ma’lumot beradigan hujjat hisoblanadi. Chunki korxona hisobot davrida ko’p daromad yoki foyda olishiga qaramay kreditorlari oldidagi majburiyatlarini bajara olmay qolishi mumkin, ya’ni tan olingan daromad bilan kelib tushgan pul mablag’lari o’rtasida farq mavjud bo’ladi. Ushbu hisobotda korxonaning pul oqimlari harakati hisobot davri uchun aks ettirilib, unda joriy davrda qancha pul mablag’i haqiqatda kelib tushgani va haqiqatdagi chiqimi aks ettiriladi. Korxona faoliyati ko’p jihatdan pul mablag’lari bilan bog’liq bo’lib, ularning harakati korxonaning to’lov qobiliyatiga, likvidligiga bevosita ta’sir qiladigan omillardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda respublikamizdagi xo’jalik yurituvchi sub’yektlar pul oqimlarini 9-son BHMS «Pul oqimi to’g’risidagi hisobot» va 7-son BHXS «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot» ga asosan tuzadilar va shu axborotlar asosida kelgusidagi istiqbollarini belgilashda foydalanadilar.

«Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot»da korxonaning hisobot davri davomidagi

– operatsion faoliyati;

– investitsion faoliyati;

– moliyaviy faoliyati natijasida pul oqimlarining kirimi va chiqimi to’g’risidagi ma’lumotlari aks ettiriladi (1-jadval).

1 jadval

Korxonalarda pul oqimlarining turlari

T/r

Pul oqimlari turlari

Kirimi va chiqimi

1.

Operatsion faoliyat

– Tovarlarni sotish va xizmat ko‘rsatishdan tushgan pul;

– Royalti, badallar, vositachilik haqi va o‘zga yo‘llar bilan pul mablag‘lari tushumi;

– Tovarlar va xizmatlar uchun ularni yetkazib byeruvchilarga pul to‘lovlari;

– Xodimlarga va xodimlar nomidan to‘lovlar;

– Sug‘urta kompaniyasining sug‘urta polislari bo‘yicha mukofotlari, talablari, yillik va o‘zga to‘lovlari bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari;

– Soliqlar bo‘yicha pul to‘lovlari yoki uning o‘rnini bosuvchi to‘lovlar, agar ular investitsiya va moliya faoliyatiga taalluqli bo‘lmasa;

– Savdo yoki dilyerlik maqsadlarida tuzilgan bitimlar bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari;

– Boshqalar.

2.

Investitsion faoliyat

– Asosiy vositalarni, nomoddiy va o‘zga uzoq muddatli aktivlarni sotishdan olingan pul tushumi;

– Boshqa subyektlarning aksiyalari va qarz majburiyatlarini hamda qo‘shma korxonalarda ishtirok etish huquqini sotishdan kelgan pul tushumlari

– Boshqa taraflarga byerilgan bo‘naklar va ssudalar qaytarilishidan pul tushumlari

– Asosiy vositalarni, nomoddiy va o‘zga uzoq muddatli aktivlarni xarid qilishga pul to‘lovlari.

– Boshqa subyektlarning aksiyalari yoki qarz majburiyatlarini hamda qo‘shma korxonalarda ishtirok etish huquqini sotib olishga doir pul to‘lovlari

– Boshqa taraflarga byerilgan bo‘naklar va kreditlar

3.

Moliyaviy faoliyat

– Aksiyalar yoki o‘z mablag‘i bilan bog‘liq boshqa vositalarni chiqarishdan keladigan pul tushumlari;

– Sub’ektlar aksiyalarining haqini to‘lash yoki sotib olish uchun ularning egalariga to‘lovlar;

– Ta’minlanmagan obligatsiyalar emissiyasidan, moliya korxonalari tomonidan byerilgan ssudalardan, garovga qo‘yilgan va boshqa qisqa hamda uzoq muddatli zayomlardan pul tushumlari;

– Zayomlarni to‘lash;

– Moliyaviy lizing bo‘yicha majburiyatlarni qisqartirish uchun ijarachilarning to‘lovlari;

– Va boshqalar.

Operatsion faoliyatdan pul oqimlari xo’jalik yurituvchi sub’yektning asosiy faoliyatidan kelib chiqadi. Odatda xo’jalik yurituvchi sub’yektning asosiy faoliyati mahsulotni sotishga, ishlarni bajarishga yoki xizmat ko’rsatishga qaratilgan bo’ladi.

Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt investitsiya faoliyatidan keladigan pul oqimi to‘g‘risidagi axborotni alohida ko‘rsatib byeradi. Investitsiya faoliyatidan pul oqimi to‘g‘risidagi axborot kelajakda daromad va pul oqimi miqdorini belgilaydigan resurslar bo‘yicha qilingan xarajatlar darajasini ko‘rsatadi.

Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy faoliyatidan bo‘ladigan pul oqimlari to‘g‘risidagi axborotni alohida ko‘rsatadi. Bu axborot moliyaviy faoliyatdan bo‘lajak pul oqimlarini taxmin qilish uchun zarur bo‘ladi.

Respublikamizda «Pul oqimlari to’g’risida»gi hisobot (4-shakl) 9-son BHMS «Pul oqimi to’g’risidagi hisobot» va 7-son BHXS «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot» ga asosan bo’limlar 3 ta (operatsion faoliyati, investitsion faoliyati, moliyaviy faoliyati); «Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to’ldirish bo’yicha qoidalari» (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-son buyrug’i bilan tasdiqlangan)ga asosan hisobot shaklida bo’limlar 4 ta, ya’ni «Soliqqa tortish» bo’limi alohida ko’rsatilgan. Xalqaro amaliyotda esa «Soliqqa tortish» bo’limi operasion faoliyat tarkibiga kiritilgan.

MHXS larida buxgalteriya hisobotlaridagi ma’lumotlar ochiqlanishi lozimligi ko’rsatilgan, moliyaviy hisobotdagi ko’rsatkichlar, summalarning ochiqlanishidagi ahamiyatli summa qaysi mezonlarga yoki ko’rsatkichlarga bog’liq holda ko’rsatilishi lozimligini aniqlashtirish lozim.

Respublikamizda shunday xo’jalik yurituvchi sub’yektlar mavjudki, ular davlat tomonidan subsidiya va yoki ma’lum bir qat’iy maqsadga yo’naltirilgan pul mablag’larini oladi, bu turdagi pul oqimlarini aks ettirish uchun ham hisobot shaklida alohida qator(satr) ajratish lozim.

Shuningdek, «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot» ko’rsatkichlari qiyoslanuvchanligi va taqqoslanuvchanligini hisobga olgan holda ikki davrga ya’ni o’tgan yil hamda joriy(hisobot) yili uchun ko’rsatilishi lozim. Shunday qilib, hozir mamlakatimizda korxonalar faoliyatida amal qilayotgan «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot»ining me’yoriy asoslarini takomillashtirish talab qilinadi. Shu bilan birgalikda ushbu hisobotni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar o’rtasidagi o’zaro ziddiyatli bandlarni tuzatish talab qilinadi.

Adabiyot:

  1. O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonuni 2016 yil 13 aprel.
  2. 9-son BHMS «Pul oqimi to’g’risidagi hisobot» O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 4.11.1998 yilda qayd etilgan, № 519
  3. 7-son BHXS «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot» 1994 yil 1 yanvardan kuchga kiritilgan.
  4. «Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to’ldirish bo’yicha qoidalari» (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-son buyrug’i bilan tasdiqlangan)
  5. https://ru.wikipedia.org/wiki
  6. https://gaap.ru/magazines/161251/
Основные термины (генерируются автоматически): BHMS, BHXS, IAS, MHXS, FASV, IASB, MDH.

Ключевые слова

pul oqimlari, operatsion faoliyat, investitsion faoliyat, moliyaviy faoliyat

Похожие статьи

Yosh avlodni tarbiyalashda tabiat bilan tanishtirishning ahamiyati

Mazkur maqolada yosh avlod tarbiyasining ahamiyati, zarurligi, uning ilmiy asoslari xususida so’z yuritilgan. Bolalar tapbiyasida tabiat elementlari, uning boyliklari, sir-asrorlari bilan tanishtirishning ahamiyati alohida o’rin egallaydi.

O'z-o'zini boshqarish o’qish va matematik ta’lim amaliyotining samarali asosi sifatida

Maqolada maktabga tayyorgarlik ko’rishda o’z-ozini boshqarishni rivojlantirish uchun erta matematik va o’qish ta’limini joriy qilishning dolzarbligi tahlil qlinadi.

Komp`yuterda axborotni ergonomik tasvirlash

Ushbu maqolada hozirgi kunga kelib, o`quv yurtlari ta`lim berish va olish jarayonida berilayotgan ma’lumotlarni komp`yuter yordamida ergonomik tasvirlash asosiy maqsad hisoblanadi. Berilayotgan har qanday axborot manbaining asosiy maqsadi tinglovchi ...

Bolalarni umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilishda ijtimoiy-hissiy jihatidan qo’yiladigan talablar

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning boshlang'ich maktabdagi faoliyati muvaffaqiyatli bo'lishi uchun zarur bo'lgan xatti-harakatlar, ko'nikmalar va bilimlarni namoyish etish darajasiga qo’yiladigan talablar tahlil qilinadi.

Muloqotning oiladagi o`rni

Muallif maqolada bolaning ijtimoiy rivojlanishi, ma’naviy tarbiyasi, shuningdek, tarbiya jarayonida ota-onalarning о‘z farzandlariga nisbatan qо‘llayotgan tarbiya usullari, bolalar axloqini shakllantirishdagi ular bilan aloqalarning xususiyatlariga t...

O'qish darslarida buyuk ajdodlarimiz merosidan foydalanish

Ushbu maqolada muallif o‘quvchilarning ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishda o‘tmish mutafakkirlarining shaxsi va asarlariga oid mavzulardan foydalanib, o‘quvchiga tushunarli qilib yetkazib berish haqida fikr yuritgan.

Sog‘lom tafakkur tushunchasi haqida

Maqolada “sog‘lom tafakkur” tushunchasi va uning mohiyati hamda sog‘lom tafakkurning o‘quvchilarda qat’iy hayotiy pozitsiyani shakllantirishdagi o‘rni yoritib berilgan. Shuningdek, sog‘lom tafakkurni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatl...

Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy-hissiy rivojlanishi va ularning shaxs sifatida shakllanishi

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning psixik rivojlanishi, ularnng maktabga tayyorgarlik jarayonlari, ta’lim faoliyatiga moslashishda uchraydigan qiyinchiliklari tahlil qilinadi.

O‘quvchilarda kreativ fikrlashni rivojlantirishda xalqaro tadqiqotlarning o‘rni

Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimiga e’tibor berilib, o‘quvchi yoshlarimizning jahon andozalariga mos ravishda zamonaviy bilim va kasb-hunarli bo‘lishi, jismonan va ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, ularning qobiliyat va iste’dodini yuzaga c...

Kriketning paydo bo’lishi va rivojlanish tarixi

Jahonda sport turlari juda ko’p, ularni sanab, oxiriga etib bo’lmaydi. Mazkur maqola judayam mashxur bolgan sport turlaridan biri hisoblangan kriken sport turiga qaratilgan. Bu yerda kriketning tarixi va rivojlanish bosqichlarini yoritib berishga har...

Задать вопрос