Vagonlar guruhini yuk ob’yektlariga uzatish va olib chiqish texnologik amallarini bajarishda manyovr lokomotivining band bo‘lish davomiyligini aniqlash usuli | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Библиографическое описание:

Арипов, Н. М. Vagonlar guruhini yuk ob’yektlariga uzatish va olib chiqish texnologik amallarini bajarishda manyovr lokomotivining band bo‘lish davomiyligini aniqlash usuli / Н. М. Арипов, Ш. М. Суюнбаев, У. У. Хусенов, М. М. Пулатов. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2022. — № 15 (410). — С. 371-380. — URL: https://moluch.ru/archive/410/90330/ (дата обращения: 16.12.2024).



Mavjud ilmiy ishlarlarda manyovr lokomotivlarining band bо‘lish vaqtini aniqlash uchun stansiya sutkalik ish reja-grafigini ishlab chiqish tavsiya etiladi. Ushbu maqolada temir yo‘l stansiyasi yo‘llarida yuk obyektlari talablari bo‘yicha jamlangan vagonlar guruhlarini yuk ortish-tushirish fronlariga uzatilatish va olib chiqish jarayonida manyovr lokomotivining band bo‘lish davomiyligini imitatsion modellashtirish asosida aniqlash usuli keltirilgan. Vagonlar guruhini yuk obyektlariga uzatish va olib chiqish davomida manyovr lokomotivining harakatda bo‘lgan vaqti hamda qo‘shimcha amallarning har biri uchun sarflanаdigan vaqt miqdori mavjud meyoriy hujjatlarda keltirilgan tartibda aniqlangan.

Kalit so’zlar: yuk obyekti, tormoz boshmog‘i, poyezd tuzuvchisi, manyovr lokomotivi, tormoz rukovasi, manyovr ishi, vagonlarni uzatish, vagonlarni olib chiqish, imitatsion modellashtirish.

В научных работах рекомендуется разработать суточный план-график работы станции для определения времени занятости маневровых локомотивов. В данной статье представлен метод определения занятости маневрового локомотива при подаче и уборке вагонов на погрузочно-разгрузочных фронтах, накопленных на путях железнодорожной станции по требованиям грузовых объектов на основе имитационного моделирования. Время в движении маневрового локомотива при подаче и уборке группы вагонов на грузовые объекты и продолжительность времени, затрачиваемого на каждую дополнительную операцию, определены в порядке, установленном действующими нормативными документами.

Ключевые слова: грузовой объект, тормозной башмак, составитель поездов, маневровый локомотив, тормозная рукава, маневровая работа, подача вагонов, уборка вагонов, имитационное моделирование.

Kirish

Temir yo‘l transportida harakatdagi tarkibning barcha harakatlari poyezd va manevr turlariga bo‘linadi. Harakatdagi tarkibning peregonlarda poyezd tarkibida ishlayotgan lokomotivlar va tegishli belgilar bilan jihozlangan holda harakatlanishi poyezd harakatlanishi deb ataladi. Harakatdagi tarkibning, vagonlar guruhi yoki alohida vagonning, hamda alohida lokomotivning bekat yo‘llari bo‘ylab poyezd va vagonlar bilan ishlash, yuk ortish va tushirish ishlarini ta’minlash va boshqa amallarni bajarish maqsadida harakatlanishi manyovr harakatlanishi deb ataladi. Manyovr ishlarining asosiy qismini yuklash joylariga vagonlarni uzatishni, yig‘ishtirishni, joyini o‘zgartirishni, tarkiblarni tarqatishni va yangi poyezdlarni tuzishni, vagonlarni ta’mirlashga uzatish va yig‘ishtirishni va boshqa amallarni bajarishni ta’minlovchi ixtisoslashgan manyovr lokomotivlari bajaradi.

Temir yо‘l bekatlarida ishlatilayotgan manyovr lokomotivlari katta quvvatga egaligi va kichik hajmdagi manyovr ishlarida ortiqcha yoqilg‘i-energiya resurlari sarflanayotganligi yuqori unumli (nafaqat katta quvvatli) lokomotivlar bilan temir yо‘l bekatlari ta’minlash zaruratini kо‘rsatadi. Bular, о‘z navbatida, temir yo‘l stansiyalaridagi asosiy muammolardan biri bu vagonlarni stansiya yo‘llaridan yuk obektlariga uzatish va yuk obektlaridan olib chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan manyovr ishlarish uchun manyovr lokomotivlarining band bo‘lish vaqtini hamda yoqilg‘i sarfini minimallashtirish vazifasini belgilaydi.

Adabiyotlar tahlili va metodlar

Magistral va sanoat temir yо‘l stansiyalarida manyovr lokomotivlarining vagonlar guruhini yuk obyektlariga uzatish va olib chiqish amallarini bajarishga sarflanadigan vaqtlarni aniqlashga doir ilmiy ishlar bajarilgan [1–10], ammo mahalliy ishlar bilan manyovr lokomotivlarining band bo‘lish vaqtini imitatsion modellashtirish asosida aniqlash tartibi yetarlicha yoritilmagan.

Yuk obyektlari yo‘llarining joylashuvidan kelib chiqgan holda stansiyada poyezdni yuk obyektlariga uzatishdan avval vagonlar guruhini yuk obyektlarining talablari bо‘yicha jamlash talab etiladi. Ushbu jarayonni bajarish uchun vagonlar guruhini yuk obyektlari talablariga mos ravishda stansiyaning yo‘llariga manyovr lokomotivi yordamida tarqatib chiqiladi [11–15].

Vagonlarni yuk obyektlariga uzatish va ulardan olib chiqishga sarflanadigan vaqt davomiyligi manyovr lokomotivining harakatdagi vaqti va qo‘shimcha operatsiyalarga sarflanadigan vaqtlar yig‘indisidan iborat.

Manyovr lokomotivining yurish vaqti quyidagi operatsiyalar davomiyligidan iborat.

— yuk obyektlari talablari bo‘yicha jamlangan vagonlarni stansiyadan belgilangan yuk obyektlariga uzatish;

— yuk obyektlariga uzatilgan vagonlar bilan yuk ortib tushurish ishlarini bajarib bo‘lingandan keyin vagonlarni yuk obyektlari yo‘llaridan stansiyaning tayinlangan yo‘liga olib chiqish.

Manyovr lokomotivining vagonlar guruhini belgilangan yuk obyekti yo‘liga uzatish va olib chiqish operatsiyalarini bajarishga sarflanadigan harakatlanish vaqti uning yurish masofasiga va meyoriy hujjatlar talablariga muvofiq ravishda quyidagi formulaga asosan aniqlanadi [16–19]

(1)

bu yerda yuk obyektiga uzatilayotgan uzatmadagi vagonlar soni, vag;

yukmanyovr lokomotivining belgilangan yurish tezligi, km/h;

manyovr lokomotivining harakatlanish masofasi, m.

Yuk obyektlariga vagonlar guruhini uzatish-olib chiqish mobaynida marshrut tayyorlash, tormoz boshmoqlarini qo‘yish, manyovr ishlarini boshlashga ko‘rsatma olish, manyovr ishlarini bajarilganligi to‘g‘risida hisobot berish, manyovr lokomotivini tarkibga ulash, uzish kabi bir nechta operatsiyalarni bajarishga ma’lum qo‘shimcha vaqt sarflanadi.

Manyovr lokomotivi stansiya ichida harakatlanganda strelkali o‘tkazgichlarni stansiya navbatchisi boshqaruv apparati orqali tegishli marshrut yo‘nalishiga o‘tkazadi. Yuk obyektlari elektr markazlashtiruv tizimi bilan jihozlanmaganligi sababli manyovr lokomotivi yuk obyektlari ichida harakatlanganda poyezd tuzuvchisi har bir strelkali o‘tkazgichni tegishli marshrut yo‘nalishiga o‘tkazadi.

Yuqorida sanalgan qo‘shimcha operatsiyalarni bajarish uchun sarflanadigan vaqt quyidagi bir nechta elementlardan tashkil topgan bo‘lib har bir element tegishli formulalar asosida quyidagi tartibda aniqlanadi [18]:

— Elektr markazlashtirish tizimi bilan jihozlangan temir yo‘l stansiyasida TFQ talablariga asosan har bir strelkali o‘tkazgichni kerakli marshrut bo‘yicha o‘tkazish uchun 0,05 daqiqa;

— Elektr markazlashtirish tizimi bilan jihozlanmagan temir yo‘l stansiyasida TFQ talablariga asosan har bir strelkali o‘tkazgichni kerakli marshrut bo‘yicha o‘tkazish uchun 0,65 daqiqa;

— Manyovr ishlarini boshlashga ko‘rsatma olish

— Manyovr ishlarini bajarilganligi to‘g‘risida stansiya texnikaviy boshqaruv dalolatnomasida ko‘rsatilgan shaxs tomonidan hisobot berish

— Poyezd tuzuvchisi tomonidan tormoz rukovasini ajratish

— Manyovr lokomotivini vagonlardan ajratish

— Manyovr lokomotivini vagonlar guruhiga ulash qabul qilingan.

Marshrut tayyorlash mobaynida strelkali o‘tkazgichlarni kerakli marshrut bo‘yicha o‘tkazish jarayoni vaqt davomiyligi elektr markazlashtiruv tizimida quyidagi formula orqali aniqlanadi.

(2)

bu yerda manyovr marshrut yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan strelkali o‘tkazgichlar soni.

Marshrut tayyorlash mobaynida strelkali o‘tkazgichlarni kerakli marshrut bo‘yicha o‘tkazish jarayoni vaqt davomiyligi elektr markazlashtiruv tizimi bilan jihozlanmagan holatda quyidagi formula orqali aniqlanadi.

(3)

bu yerda manyovr marshrut yo‘nalishi bo‘yicha poyezd tuzuvchisi tomonidan qo‘lda o‘tkazilgan strelkali o‘tkazgichlar soni.

Tormoz boshmoqlarini qo‘yish jarayoniga sarf qilinadigan vaqt (daqiqa)

(4)

bu yerda

tarkibni tormoz boshmoqlari bilan mahkamlashda poyezd tuzuvchisi tomonidan bosib o‘tiladigan masofa.

(5)

bu yerda tarkibni tormoz boshmoqlari bilan mahkamlanayotgan tarkibdagi bitta vagon uzunligi;

tormoz boshmoqlari bilan mahkamlanayotgan tarkibdagi vagonlar soni.

Manyovr lokomotiviga vagonlar guruhiga tortishga ruxsat berishdan avval ulangan vagonlar guruhi turgan yo‘lda harakatga to‘sqinlik qiluvchi narsalarning yo‘q ekanligiga ishonch hosil qilish maqsadida tarkibni qo‘shimcha ko‘rikdan o‘tkaziladi. Ushbu qo‘shimcha operatsiyaning bajarilish davomiyligi quyidagicha aniqlanadi.

(6)

bu yerda

qo‘shimcha ko‘rikdan o‘tkazilayotgan tarkibdagi vagonlar soni, vag.

Xavo magistralini zaryadlash va xavoni uzatish vaqti quyidagicha aniqlanadi.

(7)

bu yerda yuk obyektiga uzatilayotgan uzatmadagi vagonlar soni, vag.

Shunday qilib, vagonlarni yuk obyektlariga uzatish va olib chiqish vaqti quyidagiga teng:

(8)

bu yerda manyovr ishlarini bajarish mobaynida barcha qo‘shimcha amalarni bajarishga sarflanuvchi umumiy vaqt davomiyligi, daqiqa;

manyovr lokomotivining vagonlar guruhini yuk obyektlariga uzatish va olib chiqish amallarini bajarish mobaynida umumiy yurish vaqt davomiyligi, daqiqa.

Natijalar va ularning muhokamasi

1-rasmda kо‘rsatilgan “Z” stansiyasi misolida “M” stansiyasidan qabul qilingan poyezd tarkibidagi vagonlarni yuk obyektlariga uzatish va olib chiqish mobaynida amalga oshiriladigan amallarga sarflanadigan texnologik vaqtini meyorlash tartibini kо‘rib chiqamiz.

Boshlang‘ich ma’lumotlar: “M” stansiyasidan elektr markazlashtiruv tizimi bilan jihozlangan “Z” stansiyasining II asosiy yo‘liga 1 sutka mobaynida 5 ta poyezd qabul qilinadi. Qabul qilingan har bir poyezd tarkibi 1-jadvaldagi ko‘rinishda 45 tadan turli yuklar ortilgan vagonlar guruhidan tashkil topgan. “Z” stansiyaga qabul qilingan har bir poyezd tarkibidagi fosfor konsentrati ortilgan xopper-mineralovoz, kaliy-xlorid ortilgan yopiq, oltingugurt ortilgan yarim ochiq turdagi vagonlar guruhi yuk obyektida yuki tushirilgandan so‘ng 3-jo‘natish yo‘liga olib chiqishdan avval tozalash talab etiladi. Eksport qilinadigan yuklar (mineral o‘g‘itlar) ortilgan vagonlarni esa tarozidan o‘tkazish talab etiladi.

Rasm 1. “Z” stansiyasi sxemasi

“Z” stansiyasiga kun mobaynida qabul qilingan poyezd tarkibidagi vagonlar guruhlarini tayinlangan yuk obyektlariga uzatish va olib chiqish operatsiyalarini bajarish davomida manyovr lokomotivlarining “Z” stansiyasi va yuk obyektlari orasida harakatlanish davomida band bo‘lish vaqtini aniqlash talab etiladi.

Yuk obyektlaridan olib chiqilgan barcha vagonlar jo‘natishga tayyorlash uchun “Z” stansiyasining jo‘natiladigan vagonlar yig‘ilishi ko‘zda tutilgan 3-yo‘liga yig‘iladi. Manyovr lokomotivining yurish masofasi “Z” stansiyasi yo‘llanining ixtisoslashuvidan kelib chiqib xronometraj orqali aniqlangan.

“Z” stansiyasiga qabul qilingan poyezdlar tarkibi sulfat kislota ortilgan sisterna, ammiyak ortilgan sisterna, fosfor konsentrati ortilgan xopper-mineralovoz, kaliy-xlorid ortilgan yopiq, oltingugurt ortilgan yarim ochiq turdagi vagonlar guruhidan iborat. Ushbu qabul qilingan poyezdlar tarkibidagi vagonlar guruhi bilan 2 ta sikldan iborat bo‘lgan, belgilangan yuk obyektiga vagonlar guruhini uzatish va olib chiqish amallaridan iborat manyovr ishlari bajariladi. Ammo “Z” stansiyasiga qabul qilinadigan poyezdlar tarkibidagi tozalash talab etiladi vagonlar guruhi bilan bajariladigan manyovr ishlarining olib chiqish amali ham o‘z navbatida quyidagi 2 ta sikldan iborat bo‘lib, bunday turdagi vagonlar guruhlari bilan jami 3 ta sikldan iborat bo‘lgan operatsiyalar ketma-ketligi bajariladi.

Jadval 1

“Z” stansiyasiga qabul qilingan poyezdlar tarkibidagi vagonlar ulushi

Yuk turi

Vagon turi

Sutkalik vagonlar oqimi, vag

1-poyezd

2-poyezd

3-poyezd

4-poyezd

5-poyezd

Fosfor konsentrati

Xopper-Mineralovoz

70

12

12

20

14

12

Sulfat kislota

Sisterna

11

0

7

0

4

0

Ammiak

Sisterna

14

7

0

0

0

7

Kaliy-xlorid

Yopiq

8

0

6

0

0

2

Oltingugurt

Yarim ochiq

15

6

0

5

0

4

Eksport yuk mineral o‘g‘itlar

(370 va 540)

Yopiq

36

5

5

10

11

5

Yarim ochiq

35

5

5

10

10

5

Xopper-Mineralovoz

36

10

10

0

6

10

Jami

225

45

45

45

45

45

1-sikl yuk obyektining ma’lum yo‘lidan stansiyaning vagonlarni tozalash uchun ixtisoslashtirilgan 9-yo‘liga olib chiqish.

2-sikl stansiyaning 9-yo‘lidan stansiyaning jo‘natiladigan vagonlar yig‘ilishi ko‘zda tutilgan 3-yo‘liga olib chiqish.

Yuqorida keltirib o‘tilgan 3 sikldan iborat operatsiyalar ketma-ketligi orqali manyovr lokomotivining umumiy band bo‘lish davomiyligini quyidagi tartibda aniqlanadi.

“Z” stansiyaning 7-yo‘lida turgan 12 ta fosfor konsentrati ortilgan xopper-mineralovozni 102-yuk obyektining 103-yo‘liga uzatish va olib chiqish mobaynida bajariladigan operatsiyalar davomiyligi quyidagilardan iborat.

I. Uzatish mobaynida bajariladigan operatsiyalarida manyovr lokomotivining band bo‘lish davomiyligi 35,39 daqiqani tashlil etadi.

— “Z” stansiyaning 10-tortuv yo‘lida turgan manyovr lokomotivining 7-yo‘lda turgan vagonlar guruhi yo‘liga kirishi.

Manyovr lokomotivining yurish vaqti

Ushbu amalni bajarish mobaynida qo‘shimcha amallarga saflanadigan vaqt 0,92 daqiqani tashkil etadi va u quyidagi elementlardan tashkil topgan.

— manyovr lokomotivini 7-yo‘lda turgan vagonlar guruhiga ulash

Ushbu amalni bajarish mobaynida qo‘shimcha amallarga saflanadigan vaqt 10,07 daqiqani tashkil etadi va u quyidagi elementlardan tashkil topgan.

— manyovr lokomotiviga ulangan vagonlar guruhini 102-yuk obyektining 103-yo‘liga uzatish

Manyovr lokomotivining yurish vaqti

Ushbu amalni bajarish mobaynida qo‘shimcha amallarga saflanadigan vaqt 3,29 daqiqani tashkil etadi va u quyidagi elementlardan tashkil topgan.

Ushbu amalni bajarish davomida 2 ta manyovr yarim reys amalga oshirilganligi sababli element va elementlarga ajratilgan.

— uzatilgan vagonlar guruhini manyovr lokomotividan ajratish

Ushbu amalni bajarish mobaynida qo‘shimcha amallarga saflanadigan vaqt 2,57 daqiqani tashkil etadi va u quyidagi elementlardan tashkil topgan.

— manyovr lokomotivi “Z” stansiyaning 10-tortuv yo‘liga chiqish

Manyovr lokomotivining yurish vaqti

Ushbu amalni bajarish mobaynida qo‘shimcha amallarga saflanadigan vaqt 2,37 daqiqani tashkil etadi va u quyidagi elementlardan tashkil topgan.

II. Olib chiqish mobaynida bajariladigan operatsiyalarida manyovr lokomotivining band bo‘lish davomiyligi 33,38 daqiqani tashlil etadi.

— “Z” stansiyaning 10-tortuv yo‘lida turgan manyovr lokomotivini 102-yuk obyektining 103-yo‘liga uzatilgan vagonlar guruhi yo‘liga kirish

Manyovr lokomotivining yurish vaqti

Ushbu amalni bajarish mobaynida qo‘shimcha amallarga saflanadigan vaqt 2,37 daqiqani tashkil etadi va u quyidagi elementlardan tashkil topgan.

— manyovr lokomotivini 102-yuk obyektining 103-yo‘lida turgan bo‘sh vagonlar guruhiga ulash

Ushbu amalni bajarish mobaynida qo‘shimcha amallarga saflanadigan vaqt 10,07 daqiqani tashkil etadi va u quyidagi elementlardan tashkil topgan.

— manyovr lokomotiviga ulangan vagonlar guruhini tozalash uchun “Z” stansiyaning 9-yo‘liga olib chiqish

Manyovr lokomotivining yurish vaqti

Ushbu amalni bajarish mobaynida qo‘shimcha amallarga saflanadigan vaqt 3,39 daqiqani tashkil etadi va u quyidagi elementlardan tashkil topgan.

Ushbu amalni bajarish davomida 2 ta manyovr yarim reys amalga oshirilganligi sababli element va elementlarga ajratilgan.

— olib chiqilgan vagonlar guruhini manyovr lokomotividan ajratish

Ushbu amalni bajarish mobaynida qo‘shimcha amallarga saflanadigan vaqt 2,57 daqiqani tashkil etadi va u quyidagi elementlardan tashkil topgan.

— manyovr lokomotivi “Z” stansiyaning 10-tortuv yo‘liga chiqish

Manyovr lokomotivining yurish vaqti

Ushbu amalni bajarish mobaynida qo‘shimcha amallarga saflanadigan vaqt 1,02 daqiqani tashkil etadi va u quyidagi elementlardan tashkil topgan.

III. Olib chiqilgan vagonlar guruhi tozalangandan keyin “Z” stansiyaning 3-yo‘liga yig‘ish mobaynida bajariladigan operatsiyalarida manyovr lokomotivining band bo‘lish davomiyligi 30,25 daqiqani tashlil etadi.

— “Z” stansiyaning 12-tortuv yo‘lida turgan manyovr lokomotivini 9-yo‘lda turgan vagonlar guruhi yo‘liga kirish

Manyovr lokomotivining yurish vaqti

Ushbu amalni bajarish mobaynida qo‘shimcha amallarga saflanadigan vaqt 0,92 daqiqani tashkil etadi va u quyidagi elementlardan tashkil topgan.

— manyovr lokomotivini 9-yo‘lda turgan vagonlar guruhiga ulash

Ushbu amalni bajarish mobaynida qo‘shimcha amallarga saflanadigan vaqt 10,07 daqiqani tashkil etadi va u quyidagi elementlardan tashkil topgan.

— manyovr lokomotiviga ulangan vagonlar guruhini avval 12-tortuv yo‘liga keyin 12-tortuv yo‘lidan 3-yo‘lga olib chiqish

Manyovr lokomotivining yurish vaqti

Ushbu amalni bajarish mobaynida qo‘shimcha amallarga saflanadigan vaqt 1,89 daqiqani tashkil etadi va u quyidagi elementlardan tashkil topgan.

Ushbu amalni bajarish davomida 2 ta manyovr yarim reys amalga oshirilganligi sababli element va elementlarga ajratilgan.

— uzatilgan vagonlar guruhini manyovr lokomotividan ajratish

Ushbu amalni bajarish mobaynida qo‘shimcha amallarga saflanadigan vaqt 2,57 daqiqani tashkil etadi va u quyidagi elementlardan tashkil topgan.

— manyovr lokomotivi “Z” stansiyaning 10-tortuv yo‘liga chiqish

Manyovr lokomotivining yurish vaqti

Ushbu amalni bajarish mobaynida qo‘shimcha amallarga saflanadigan vaqt 0,97 daqiqani tashkil etadi va u quyidagi elementlardan tashkil topgan.

Yuqorida keltirilgan hisoblash amallariga asosan manyovr lokomotivining “Z” stansi 7-yo‘lida turgan 12 ta fosfor konsentrati ortilgan xopper-mineralovozni 102-yuk obyektining 103-yo‘liga uzatish va olib chiqishini bir davr deb olsak, ushbu bir davr mobaynida manyovr lokomotivining band bo‘lish davomiyligi jami daqiqani tashkil etadi. Manyovr lokomotivi ushbu turdagi vagonlar guruhi bilan 1 sutka davomida 6 ta davrdan iborat operatsiyalarni bajaradi va 594 daqiqa band bo‘ladi. Yuqorida hisoblangan asosiy va qo‘shimcha amallar bajarilishi mobaynida manyovr lokomotivining bir sutka davomida band bo‘lish davomiyligi 2-jadvalda ko‘rsatilgan.

Jadval 2

“Z” stansiyasi va yuk obyektlari orasidagi masofani yurish vaqti

1-jadvalda keltirilgan ma’lumotlar asosida manyovr lokomotivining bir sutka mobaynida ma’lum vagonlar guruhini belgilangan yuk ob’yektlariga uzatish va olib chiqish amallarini bajarish mobaynida band bo‘lish davomiyligini aniqlashdan olingan natijalar 3-jadvalda keltirilgan.

Jadval 3

Manyovr lokomotivining “Z” stansiyasi va yuk obyektlari orasidagi masofani yurish vaqti

Yuk obyekt i

Manyovr lokomotivining yurish masofasi, m

Sostavdagi vagonlar soni, vag

Cheklangan tezligi, km/h

Jarayonlar vaqti:

1 ta davr umumiy vaqt davomiyligi, daqiqa

Uzatish/olib chiqishlar soni

Manyovr lokomotivining band bo‘lish davomiyligi, daqiqa

dan

ga

Manyovr lokomotivining harakatdagi vaqti, daqiqa

Qo‘shimcha amallarga sarflanadigan vaqt davomiyligi, daqiqa

1

“Z” st-si (7-yo‘l)

№ 102 (103-yo‘l)

3776,4

12

15

16,17

19,85

35,39

6

212

2

№ 102 (103-yo‘l)

“Z” st-si (9-yo‘l)

3222,8

12

15

13,96

19,42

33,38

6

200

12 t.y

“Z” st-si (9-yo‘l)

“Z” st-si (3-yo‘l)

3192

12

15

13,83

16,42

30,25

6

182

3

“Z” st-si (4-yo‘l)

№ 101 (115-yo‘l)

4046,4

8

7, 15

26,87

17,78

44,65

2

89

4

№ 101 (115-yo‘l)

“Z” st-si (3-yo‘l)

3997

8

15

17,41

17,68

35,09

2

70

5

“Z” st-si (1-yo‘l)

№ 219 (100-yo‘l)

2911,8

12

5, 10

22,15

15,99

38,14

2

76

6

№ 219 (100-yo‘l)

“Z” st-si (3-yo‘l)

4126,4

12

10, 15

24,24

15,62

39,86

2

80

7

“Z” st-si 4-yo‘l)

№ 222 (112-yo‘l)

4026

6

3, 5, 15

23,72

17,6

41,32

2

83

8

№ 222 (112-yo‘l)

“Z” st-si (9-yo‘l)

3563,4

6

3, 5, 15

21,86

17,7

39,56

2

79

12 t.y

“Z” st-si (9-yo‘l)

“Z” st-si 3-yo‘l)

3109,2

6

15

13,42

13,8

27,22

2

54

9

“Z” st-si (4-yo‘l)

№ 302 (110-yo‘l)

3364

6

3, 5, 7, 15

24,58

15,62

40,20

3

121

10

№ 302 (110-yo‘l)

“Z” st-si (9-yo‘l)

2867,8

6

3, 5, 15

16,15

15,72

31,87

3

96

12 t.y

“Z” st-si (9-yo‘l)

“Z” st-si (3-yo‘l)

3042

6

15

13,15

13,12

26,27

3

79

11

“Z” st-si (6-yo‘l)

№ 102 (104-yo‘l)

3990,4

10

3, 5, 15

21,53

18,7

40,23

8

322

12

№ 102 (104-yo‘l)

“Z” st-si (3-yo‘l)

3959,4

10

3, 5, 15

21,4

18,8

40,20

8

322

13

“Z” st-si (5-yo‘l)

№ 102 (105-yo‘l)

3528,8

10

15

15,16

18,2

33,36

4

133

14

№ 102 (105-yo‘l)

“Z” st-si (3-yo‘l)

3431,6

10

15

14,76

18,1

32,86

4

131

-

Jami

-

-

-

-

320,36

289,49

609,85

-

2329

Tadqiqot natijalari shuni kо‘rsatdiki, bir sutkada “Z” stansiyasiga qabul qilingan 45 ta turli vagonlardan iborat yuk 5 ta poyezdini manyovr lokomotivining yuk obyektlariga uzatish va olib chiqish bilan bog‘liq operatsiyalarga sarflanadigan vaqt davomiyligi 2329 daqiqani tashkil etadi.

Xulosa

“Z” stansiyasida bir sutkada qabul qilinadigan 5 ta yuk poyezdini yuk obyektlariga uzatish va olib chiqish operatsiyalariga o‘rtacha 2329 daqiqa sarflanadigan bо‘lsa, 2 sutkada о‘rtacha 4658, 3 sutkada о‘rtacha 6987 va h.k vaqt sarflanadi. Natijada, vagonlarni yuk obyektlariga uzatish va olib chiqish tezligi kamayishi hamda vagonlarning stansiyada turish vaqtlari kо‘payishi kuzatiladi. Shuning uchun “M” stansiyasidan qabul qilinayotgan poyezdlar tarkibidagi vagonlar guruhini “Z” stansiyasidan yuk obyektlariga uzatish va olib chiqish operatsiyalarini bajaruvchi manyovr lokomotivlaridan foydalanish samaradorligi kamayib ketadi. Sutka mobaynida manyovr lokomotivining band bo‘lish davomiyligiga asoslanib “Z” stansiyasi manyovr lokomotivlaridan foydalanish masalalarini tadqiq etish dolzarb masala sanaladi.

Vagonlar guruhini yuk obyektlariga uzatish va olib chiqish amallarini bajarishda manyovr lokomotivining band bo‘lish davomiyligini imitatsion modellashtirish asosida aniqlash muayyan stansiyaning manyovr ishlari uchun jalb etiladigan lokomotivlarning ratsional sonini sutkalik ish reja-grafini chizmasdan turib hisoblash hisoblash imkonini beradi.

Adabiyot:

1. Knops P. D. Optimizing Train Shunting Operations at Kijfhoek / [Электронный ресурс]. — Режим доступа: URL: https://dspace.library.uu.nl/handle/1874/397851

2. Sardor, A., Butunov, D., Tukhakhodjaeva, M., Buriev, S., & Khusenov, U. (2021). Administration of Technological Procedures at Intermediate Stations. Design Engineering, 14531–14540.

3. Butunov, D., Sh Buriyev, and U. Pardayeva. «NON-PRODUCTIVE TIME LOSSES IN SORTING PARK OPERATION». The Scientific Heritage 74–1 (2021): 28–31.

4. Khudayberganov, S. K., & Suyunbayev, S. M. (2019). Results of application of the methods “sologub” and combinator sorting in the process of forming multi-group trains at the sorting station. Journal of Tashkent Institute of Railway Engineers, 15(4), 62–72.

5. Суюнбаев, Ш. М., Жумаев, Ш. Б., & Ахмедова, М. Д. (2020). Процесс расформирования и формирования многогруппного поезда на железных дорогах АО «Узбекистан темир йуллари». Транспорт шёлкового пути, (3), 30–38.

6. Khudayberganov, S. K., Suyunbayev, S. M., Bashirova, A. M., & Jumayev, S. B. (2020). Results of application of the methods “conditional group sorting” and “combinatorial sorting” duringthe multi-group trains formation. Journal of Tashkent Institute of Railway Engineers, 16(1), 89–95.

7. Суюнбаев, Ш. М., & Саъдуллаев, Б. А. У. (2020). Формирование многогруппных составов на двустороннем сортировочном устройстве. Universum: технические науки, (9–2 (78)).

8. Rasulov, M. X., Suyunbayev, S. M., & Masharipov, M. N. (2020). Research of development prospects of transportation hub in JSC» UMC». Journal of Tashkent Institute of Railway Engineers, 16(3), 71–77.

9. Суюнбаев, Ш. М., & Саъдуллаев, Б. А. (2020). Выбор рационального варианта организации маневровой работы на cтанции. In Приоритетные направления инновационной деятельности в промышленности (pp. 183–186).

10. Mansuraliyevich, S. S., Kabildjanovich, K. S., Аleksandrovich, S. А., Bakhromugli, J. S., Bakhromovna, M. D., & Rakhimovich, O. A. (2021). Method of determining the minimum required number of sorting tracks, depending on the length of the group of wagons. REVISTA GEINTEC-GESTAO INOVACAO E TECNOLOGIAS, 11(2), 1941–1960.

11. Суюнбаев, Ш. М., Жумаев, Ш. Б. Ў., Бўриев, Ш. Х. Ў., & Туропов, А. А. Ў. (2021). ТЕМИР ЙЎЛ УЧАСТКАЛАРИДА МАҲАЛЛИЙ ВАГОНЛАР ОҚИМИНИ ТУРЛИ ТОИФАДАГИ ПОЕЗДЛАР БИЛАН ТАШКИЛ ЭТИШ УСУЛЛАРИНИ ТЕХНИК-ИҚТИСОДИЙ БАҲОЛАШ. Academic research in educational sciences, 2(6), 492–508.

12. Aripov, N. M., & Vladimirovich, R. A. (2021). Rapid planning of mixed-structure train organization in the context of non-proportional wagon-flows. International Journal of Discoveries and Innovations in Applied Sciences, 1(5), 324–335.

13. Suyunbayev, S. M., Akhmedova, M. D., Sadullaev, B. A. U., & Nazirov, N. N. U. (2021). METHOD FOR CHOOSING A RATIONAL TYPE OF SHUNTING LOCOMOTIVE AT SORTING STATION. Scientific progress, 2(8), 786–792.

14. Mukaramovich, A. N., Mansuraliyevich, S. S., & Yakubbaevich, N. D. (2021). MANYOVR ISHLARIDA TORTUV HISOBLARINI BAJARISH UCHUN POYEZDNING NATUR VARAG ‘I ASOSIDA VAGONLARNING HARAKATIGA O ‘RTACHA OG ‘IRLIKDAGI SOLISHTIRMA QARSHILIKNI HISOBLASH USULINI AVTOMATLASHTIRISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(10), 50–59.

15. Shinpolat Mansuraliyevich Suyunbayev, Muslima Djalalovna Akhmedova, Bekhzod Alisher Ugli Sadullaev, Nozimjon Nodirjon Ugli Nazirov METHOD FOR CHOOSING A RATIONAL TYPE OF SHUNTING LOCOMOTIVE AT SORTING STATION // Scientific progress. 2021. № 8. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/method-for-choosing-a-rational-type-of-shunting-locomotive-at-sorting-station (дата обращения: 13.04.2022).

16. O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘larida poyezdlar harakati va manyovr ishlari bo‘yicha yo‘riqnoma. Т.: O‘zdavtemiryo‘lnazorat, 2014–152 b.

17. O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari. Т.: O‘zdavtemiryo‘lnazorat, 2012–93 b.

18. Нормы времени на маневровые работы, выполняемые на железнодорожных станциях ОАО «РЖД», нормативы численности бригад маневровых локомотивов. М.: ОАО «РЖД», 2006. — 102 с.

19. Актуализация правил тяговых расчетов на промышленном железнодорожном транспорте: методическое пособие. — М.: ПромтрансНИИпроект, 2016. — 95 с.

Основные термины (генерируются автоматически): SORTING, CHOOSING, FOR, LOCOMOTIVE, METHOD, RATIONAL, SHUNTING, STATION, TFQ, TYPE, URL.


Ключевые слова

yuk obyekti, tormoz boshmog‘i, poyezd tuzuvchisi, manyovr lokomotivi, tormoz rukovasi, manyovr ishi, vagonlarni uzatish, vagonlarni olib chiqish, imitatsion modellashtirish

Похожие статьи

«Quyuv-mexanika zavodi» ShK da ishlab chiqarilayotgan yuk vagonlarining turli radiusdagi egri uchastkalarda harakatlanayotganda ag‘darilishga qarshi barqarorligini tahlil qilish

Bu maqolada O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan 12–9922 modelidagi 4-o‘qli universal yarim vagon va 11–9923 modelidagi 4-o‘qli yopiq vagonni turli radiusdagi egri uchastkalarda harakatlanayotganda ag‘darilishga qarshi barqarorligini tahlil qilindi. ...

O‘zbekiston respublikasining mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorligining xalqaro-huquqiy asoslari

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasining xalqaro hamkorligi, xususan mintaqaviy tashkilotlar doirasida jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida olib borayotgan izchil aloqalari va sa’y harakatlari ilmiy asosda o’rganilgan. Bunda O’zbekiston Respubli...

Suyuqliklarni aralashtirishda ishlatiladigan sharnirli mufta zvenolarining harakat qonunini aniqlash

Ushbu maqolada suyuqliklarni aralashtirish qurilmasi uchun yaratilgan “Sharnirli mufta” nomli mexanizmning strukturaviy sxemasi keltirilgan va uning modeli yaratilgan, mexanizmni ishga layoqatliligi, zvenolarining harakatlana olish qobiliyati borligi...

Jigar, uning inson organizmidagi vazifalari va ahamiyati

Mazkur maqolada tirik organizmlaning ichki organlaridan biri jigar haqida haqida fikr yuritilgan. Jigar tanamizdagi eng katta ahamiyatga ega bo‘lgan organlaridan biri. U ovqatni hazm qilishga yordam beradi, hayot uchun zarur bo‘lgan moddalarni sintez...

Shaxmat o’rgatish jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchi qizlarning mantiqiy fikrlash va shaxsiy sifatlarini shakllantirishning pedagogik-psixologik asoslari

Maqolada boshlang’ich sinf o’quvchi qizlar, maktabgacha va oilada shaxmat o’rganish orqali mantiqiy fiklash, shaxmat bilan shug’ullangan bolaning bo’sh vaqti, barcha fanlarni o’zlashtirishi osonlashtiradi, intellektual salohiyat yuksaladi, qobiliyat...

Sement tashuvchi vagon-xopperni ag‘darilishga qarshi mustahkamligini aniqlash

Tadqiqotning maqsadi sement tashuvchi vagon-xopperning a‘g‘darilishiga qarshi mustahkamligi hisobini tekshirish. Tadqiqotlar ishlari “Yangi va modernizatsiya qilingan vagonlarni hisoblash va loyihalash standartlari, Rossiya Federatsiyasi (RF) Temir y...

Paremiyalar va Quizlet internet ilovasining talabalar so‘z boyligini rivojlantirishdagi samaradorligi

Maqola Quizlet elektron o‘quv kartochkalari vositasida talabalarga maqol va matallarni o‘rgatishning afzalliklari va samaradorligini o‘rganishga bag‘ishlangan.Elektron kartochka yordamida maqollarni nafaqat dars boshida, balki o‘rtasida va oxirida ha...

Boshlang‘ich ta’lim о‘quvchilarini kasbga yо‘naltirishda dastlabki pedagogik jarayonlar

Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim о‘quvchilarini kasbga yо‘naltirishda dastlabki pedagogik jarayonlar tahlil etilgan bо‘lib, bu jarayonda о‘qituvchining pedagogik mahorati, kasb tanlashga oid bilim va kо‘nikmalari, vazifalari, shuningdek kasb tanla...

Operatsiyadan keyingi ventral churrasi bo'lgan bemorlarda gernioplastikadan keyin seromaning chastotasini tahlil qilish

Operatsiyadan keyingi ventral churrasi bo'lgan bemorlarni jarrohlik davolash qorin va rekonstruktiv jarrohlikning eng muhim muammolari qatorida. Zamonaviy gerniyologiyaning rivojlanishi qorin old devorining plastikasi uchun sintetik materiallardan fo...

Qovoq o’simligining kimyoviy tarkibi va shifobaxsh xususiyatlari

Ushbu maqolada qovoqdoshlar (Cucurbitaceae Juss.) oilasining qovoq (Cucurbita L.) turkumiga kiruvchi madaniy qovoq turlari, ularning O’zbekistonda, jumladan, Andijon viloyatida eng ko’p ekiladigan navlarining botanik tavsifi, morfologiyasi, fenologiy...

Похожие статьи

«Quyuv-mexanika zavodi» ShK da ishlab chiqarilayotgan yuk vagonlarining turli radiusdagi egri uchastkalarda harakatlanayotganda ag‘darilishga qarshi barqarorligini tahlil qilish

Bu maqolada O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan 12–9922 modelidagi 4-o‘qli universal yarim vagon va 11–9923 modelidagi 4-o‘qli yopiq vagonni turli radiusdagi egri uchastkalarda harakatlanayotganda ag‘darilishga qarshi barqarorligini tahlil qilindi. ...

O‘zbekiston respublikasining mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorligining xalqaro-huquqiy asoslari

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasining xalqaro hamkorligi, xususan mintaqaviy tashkilotlar doirasida jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida olib borayotgan izchil aloqalari va sa’y harakatlari ilmiy asosda o’rganilgan. Bunda O’zbekiston Respubli...

Suyuqliklarni aralashtirishda ishlatiladigan sharnirli mufta zvenolarining harakat qonunini aniqlash

Ushbu maqolada suyuqliklarni aralashtirish qurilmasi uchun yaratilgan “Sharnirli mufta” nomli mexanizmning strukturaviy sxemasi keltirilgan va uning modeli yaratilgan, mexanizmni ishga layoqatliligi, zvenolarining harakatlana olish qobiliyati borligi...

Jigar, uning inson organizmidagi vazifalari va ahamiyati

Mazkur maqolada tirik organizmlaning ichki organlaridan biri jigar haqida haqida fikr yuritilgan. Jigar tanamizdagi eng katta ahamiyatga ega bo‘lgan organlaridan biri. U ovqatni hazm qilishga yordam beradi, hayot uchun zarur bo‘lgan moddalarni sintez...

Shaxmat o’rgatish jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchi qizlarning mantiqiy fikrlash va shaxsiy sifatlarini shakllantirishning pedagogik-psixologik asoslari

Maqolada boshlang’ich sinf o’quvchi qizlar, maktabgacha va oilada shaxmat o’rganish orqali mantiqiy fiklash, shaxmat bilan shug’ullangan bolaning bo’sh vaqti, barcha fanlarni o’zlashtirishi osonlashtiradi, intellektual salohiyat yuksaladi, qobiliyat...

Sement tashuvchi vagon-xopperni ag‘darilishga qarshi mustahkamligini aniqlash

Tadqiqotning maqsadi sement tashuvchi vagon-xopperning a‘g‘darilishiga qarshi mustahkamligi hisobini tekshirish. Tadqiqotlar ishlari “Yangi va modernizatsiya qilingan vagonlarni hisoblash va loyihalash standartlari, Rossiya Federatsiyasi (RF) Temir y...

Paremiyalar va Quizlet internet ilovasining talabalar so‘z boyligini rivojlantirishdagi samaradorligi

Maqola Quizlet elektron o‘quv kartochkalari vositasida talabalarga maqol va matallarni o‘rgatishning afzalliklari va samaradorligini o‘rganishga bag‘ishlangan.Elektron kartochka yordamida maqollarni nafaqat dars boshida, balki o‘rtasida va oxirida ha...

Boshlang‘ich ta’lim о‘quvchilarini kasbga yо‘naltirishda dastlabki pedagogik jarayonlar

Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim о‘quvchilarini kasbga yо‘naltirishda dastlabki pedagogik jarayonlar tahlil etilgan bо‘lib, bu jarayonda о‘qituvchining pedagogik mahorati, kasb tanlashga oid bilim va kо‘nikmalari, vazifalari, shuningdek kasb tanla...

Operatsiyadan keyingi ventral churrasi bo'lgan bemorlarda gernioplastikadan keyin seromaning chastotasini tahlil qilish

Operatsiyadan keyingi ventral churrasi bo'lgan bemorlarni jarrohlik davolash qorin va rekonstruktiv jarrohlikning eng muhim muammolari qatorida. Zamonaviy gerniyologiyaning rivojlanishi qorin old devorining plastikasi uchun sintetik materiallardan fo...

Qovoq o’simligining kimyoviy tarkibi va shifobaxsh xususiyatlari

Ushbu maqolada qovoqdoshlar (Cucurbitaceae Juss.) oilasining qovoq (Cucurbita L.) turkumiga kiruvchi madaniy qovoq turlari, ularning O’zbekistonda, jumladan, Andijon viloyatida eng ko’p ekiladigan navlarining botanik tavsifi, morfologiyasi, fenologiy...

Задать вопрос