Kamqon ayollarda homiladorlik va tug`ruqning kechishi | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Авторы: ,

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №14 (409) апрель 2022 г.

Дата публикации: 11.04.2022

Статья просмотрена: 1106 раз

Библиографическое описание:

Шавази, Н. Н. Kamqon ayollarda homiladorlik va tug`ruqning kechishi / Н. Н. Шавази, З. У. Шаропова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2022. — № 14 (409). — С. 363-365. — URL: https://moluch.ru/archive/409/90099/ (дата обращения: 17.12.2024).

Tadqiqot davomida 20 dan 38 haftagacha bo'lgan anemiya bilan kasallangan ayollarda homiladorlik va tug'ish tekshirildi. Tug`ruq jarayonida yuzaga keladigan potologik asoratlar homilador ayollarda chuqur o`zgarishlarni ta`minlab, organizmda moslashuv jarayonini ishdan chiqaradi va tez adaptatsiyani ta`minlab homila hamda homilador ayol organizmida tug`ruqdan keyingi asoratlarni keltirib chiqaradi.

Kalit so’zlar: temir tanqisligi anemiyasi, erta tug`ruq, gemoglobin.

В исследовании изучалась беременность и роды у женщин с анемией в сроке беременности от 20 до 38 недель. Патологические осложнения, возникающие во время родов, вызывают у беременных кардинальные изменения, нарушают процесс адаптации в организме и вызывают послеродовые осложнения в организме плода и беременной женщины.

Ключевые слова: железодефицитная анемия, ранние роды, гемоглобин.

The study examined pregnancy and childbirth in women with anemia between 20 and 38 weeks of gestation. Pathological complications that occur during childbirth cause dramatic changes in pregnant women, disrupt the adaptation process in the body and cause postpartum complications in the body of the fetus and pregnant woman, providing rapid adaptation.

Keywords: iron deficiency anemia, early childbirth, hemoglobin.

Mavzuning dolzarbligi: Xozirgi vaqtda ona-yo`ldosh homila fuksional tizim fiziologik holati, perenatal kasallik hamda tug`ruqdan keyingi asoratlar akusherlik amaliyotida asosiy muammolardan biri bo`lib kelmoqda (2, 3). Bu muammolarning asosida akusherlik va ekstrogenital potologiya yotib ularning kelib chiqishi va uni oldini olish xozirgi vaqtgacha to`liq o`rganilmagan. Xozirgi vaqtga kelib homiladorlik vaqtida yuzaga keladigan potologik o`zgarishlarning asosida temir yetishmovchiligi anemiyasi yotadi. Bu ko`rsatgich 40–50 % tashkil qilib oxirgi 10 yilda 6, 8 marta oshgan (1, 4, 7). Jahon tibbiyot statistikasiga ko`ra, rivojlanayotgan mamlakatlarda homiladorlik paytida kamqonlikning tarqalishi Afrikada 35–56 %, Osiyoda 37–75 % va Lotin Amerikasida 37–52 %. Ushbu kasallikningeng keng tarqalgan etiologik omili temir va foliy kislotasining yetishmasligi deb taxmin qilinadi. Homilador ayollarning 20 %i gemoglobin darajasi 80 g/l dan oshmasligi, be`morlarning 2–7 % dab u ko`rsatgich 70 g/l dan oshmasligi aniqlangan(7, 9).

Ishning maqsadi: Temir yetishmovchilik anemiya bilan kasallangan homilador ayollarda akusherlik asoratlarni oldini olishni vegetativ aniqlash.

Material va tadqiqod usullari: 50 ta homilador ayollar kompleks tekshiruvi o`tqazildi. Tadqiqotda 20 yoshdan kichik va 20–35 yosh oralig`ida bo`lgan homilador ayollar kuzatuvga olindi. 20–38 haftadagi homilador ayollar kuzatildi. Ayollarning anamnestik ma`lumotlari, homiladorlik, tug`ruq, tug`ruqdan keying davr va neonatal davrning o`ziga xos xususiyatlari tahlil qilindi.Temir yetishmovchiligi anemiyasi bilan kasallanga homilador ayollarda quyidagi guruhlarga bo`lib o`rganildi.Umumiy 20 yoshgacha 5 %, 21–25 yoshgacha 50 %, 26–30 yoshgacha 30 %, 31–35 yoshgacha 15 %. Tug`ruq pariteti bo`yicha umumiy tekshirilgan homilador ayollar soni: birinchi marta homilador bo`lganlar-45 %(22ta), qayta homilador bo`lgan ayollar 55 %(28ta). Tadqiqot natijalari muhokamasi: Tug`ruq davrida yengil darajadagi anemiyasi bo`lgan homiladorlarda ketgan qon hajmi 300–400 ml ni tashkil etdi. Og`ir darajadagi anemiyasi bor homiladorlarda esa 600–700 ml ni tashkil etdi. Og`ir darajadagi anemiyasi bo`lgan ayollarda tug`ruq jarayoni nibatan qiyin kechganligi aniqlandi (Tug`ruq sustligi, patologik qon ketishlar).

Tadqiqot natijalari: Kuzatuvdagi homiladorlarni umumiy qon tahlili o`tkazilganda 68 % temir yetishmovchilik anemiyasining yengil darajasi, 20 % temir yetishmovchilik anemiyasining o`rta og`ir darajasi, 12 % temir yetishmovchilik anemiyasining og`ir darajalari kuzatildi. Fiziologik homilador ayollarda 30 % da erta toksikoz kuzatilib, qolgan 70 % da homiladorlik normal o`tdi. Umumiy kuzatilgan homilador ayollarning 10 %da bosh aylanishi, 25 %da ko`ngil aynishi, 15 % da qo`l va oyoqlarning muzlashi, 10 %da teri rangining ochligi,40 %da hech qanday alomatlar sezilmadi.

Homilador ayolda organizm temir moddasini birinchi navbatda homilaga yetishtirib beradi. Shuning uchun anemiya holati o'tkir bo'lmaganda, homilaga deyarli sezilmaydi. Lekin ona tez charchaydigan, holsiz bo'lib yuradi.

Anemiya kuchayib ketsa, quyidagi salbiy oqibatlar yuzaga kelishi mumkin:

Muddatidan oldin tug'ish 4 kishi

— Bola tug'ilganida vazni kichik bo'lishi 4kishi

— Bola tug'ilganida muddatiga nisbatan kamroq rivojlangan bo'lishi 2 kishi.

Tug`ruq jarayonida yuzga keladigan potologik asoratlar homilador ayollarda chuqur o`zgarishlarni ta`minlab, organizmda moslashuv jarayonini ishdan chiqaradi va dez adaptatsiyani ta`minlab homila hamda homilador ayol organizmida tug`ruqdan keying asoratlarni keltirib chiqaradi. Homiladorlik organizmga ta`sir etib, trofik hamda fuksional faoliyatda kuchli o`zgarishlarni ta`minlab anabolik va katabolik jarayonlar o`rtasidagi muvozanatni izdan chiqaradi.

Tug’ruqdan keyingi kamqonlikning kech tashxislanishi sababi, onalar o’z salomatligiga e’tibor bermasdan, ko’proq bolaga e’tiborli bo’lishidir, ayniqsa, yosh onalar. Bolaning salomatligi onaning o’z salomatligidan ko’ra ko’proq o’ylantiradi, kamqonlikning alomatlari — bosh aylanishi, charchoq, uyquchanlik, diqqatning yo’qolishi, terining rangi xiralashgani — ko’pincha chaqaloqqa qarash bilan bog’liq charchoq tufayli yuzaga kelgan deb qabul qilinadi.

Emizikli onalarning temir tanqisligi anemiyasining yana bir keng tarqalgan sababi, temir qo’shimchalarining sutga kirishi va bola oshoqozon-ichak sistemasiga nojo’ya ta’sir qilishi mumkin degan no’tog’ri fikrning mavjudligidir. Bu holat mutaxassislar tomonidan tasdiq topmagan va temir tanqisligi anemiyasi tashxislanganda shifokor buyurgan dori-darmonlar, vitaminlar va minerallarning qabul qilinishi qoldirilmasligi kerak.

O’tkazilgan tadqiqotga ko’ra, laktatsion anemiya ko’pincha kasallikning og’ir bosqichlarida tashxis qilinadi. Kamqonlikning rivojlanishi tug’ruq jarayonidagi qon yo’qotishlar va gipoallergik ovqat ratsioni tufayli yuz beradi. O’z-o’zidan ko’krak suti ishlab chiqarish kamqonlikka sabab bo’lmaydi, balki ovqat ratsionidan ba’zi muhim mahsulotlarni chiqarib tashlash, masalan dukkaklilar (bola qorni damlanmasligi uchun), go’sht va sut mahsulotlari (bolada allergik reaktsiyalarni oldini olish) kamqonlik rivojlanishi ehtimolini sezilarli darajada oshiradi.

Davolash:Anemiya holati organizmga xavf tug'dirishi mumkinligi tufayli albatta davolanishi kerak. Lekin, anemiya turini bilmay turib uni davolash foyda keltirmasligi mumkin.

Anemiyani davolashda 2 yo'ldan foydalaniladi:

  1. Qondagi gemoglobinning darajasini normaga keltirish.
  2. Anemiya holati sababchisi bo'lgan kasallikni aniqlash va davolash.

— Vitamin C ga boy mahsulotlar temir moddasini organizmga singishiga yordam beradi (masalan, apelsin sharbati, brokkoli, qulupnay va hokazo).

— Ovqatlanayotganda choy va kofeni birga is'temol qilmaslik kerak, chunki ular temir moddasini singishiga to'sqinlik qiladi.

— Kalsiy va temir moddasini bir vaqtda qabul qilmaslik kerak.

— Organizmda B12 vitamini va foliya kislotasida yetishmovchilik bo'lmasligi zarur.

Temir moddasi darajasining organizmda meyoridan ortib ketishi unga zarar keltirishi mumkin. Homilador ayollarning deyarli 30 foizi anemiyani boshidan kechiradi. Vaqtida davolanmagan anemiya homilaga ham, homilador ayolga ham salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.Shunga ko`ra kamqon ayollarga temir moddasiga boy ikki xil mahsulot tavsiya qilindi:

  1. Qizil go'sht, baliq va parranda go'shti tarkibidagi temir modda bo'lib, u organizm tomonidan oson qabul qilinadi.
  2. Quritilgan meva, boyitilgan quymoqlar, butun bug'doydan pishirilgan non mahsulotlari, to'q yashil rang ko'katlar tarkibidagi temir modda bo'lib, uning organizmga singishi biroz qiyin bo'ladi.

Odatda vitamin C temir moddasini organizm tomonidan qabul qilinishiga yordam beradi. Shuning uchun 2 guruhdagi temir moddasiga boy mahsulotlarni 1 stakan apelsin sharbati bilan qabul qilish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Ba'zi mahsulotlar temir moddasini organizmga singishiga to'sqinlik qiladi:

— Choy va kofe;

— Jig'ildoq qaynashi va ovqatni xazm qilish uchun mo'ljallangan dori-vositalari;

— Sut va sut mahsulotlari

Homilador ayollarda kamqonlikni davolash va uni oldini olish maqsadida Gino-Tardiferon 80 mg preparatidan foydalandik. Yengil anemiya darajasidagi ayollarga kunlik 1ta tabletka nonushtadan oldin, o`rta va og`ir anemiya darajasidagi ayollarga kunlik 2 ta tabletka nonushta va kechki ovqatdan oldin berib borildi. Kurs har 4 haftada 4 marotaba takrorlandi. Xech qanday nojuya ta`sirlar kuzatilmadi. Homilador ayollar ahvoli yaxshilandi. Gemoglobin miqdori oshganligi kuzatildi.

Xulosa

  1. Homiladorlik davrida anemiyada 16 % da muddatdan oldin tug`ish kuzatildi.
  2. Anemiyaning o`rta va og`ir darajalarida homilaning orqaga rivojlanishi 3–4 % kuzatildi.
  3. 15 % Chaqaloq vazni kamayishi kuzatildi.

Amaliy ko`rsatma

  1. Yengil, o`rta, og`ir temir yetishmovchilik anemiyasi bilan kasallangan homilador ayollarda homiladorlik hamda tug`ruq jarayonida yuzaga keladigan asoratlarni oldini olish maqsadida gemoglobin miqdorini aniqlash va kardioinervalografiya o`tkazish shart.
  2. Anemiyaning o`rta va og`ir darajalarida Gino-Tardiferon 80mg preparatini sxema bo`yicha qo`llash. O`rta va og`ir darajali anemiyada kunlik miqdori 2ta tabletka, 2 mahal berib boriladi, kurs 4 hafta davom etadi va yana 4 haftadan so`ng bemor ahvoliga qarab qaytarilishi mumkin.
  3. Kunlik ovqatlanish ratsioniga qizil go`sht, baliq, parranda go`shtlari, qurutilgan meva va C vitaminiga boy mahsulotlar qo`shish. Sut,kofe va Jig'ildoq qaynashi va ovqatni xazm qilish uchun mo'ljallangan dori-vositalarini cheklash.
  4. Tug`ruq davrida potologik qon ketishlarni oldini olish uchun tyg`ruqni 3-davrini aktiv olib borish.

Adabiyot:

  1. Белоцерковцева Л. Д., Буданов П. В. Проблемы эффективности терапии железодефицитной анемии у беременных // Вопросы гинекологии, акушерства и перинатологии. — 2017. — № 11(3). — C. 80–85
  2. Дворецкий Л. И., Заспа Е. А. Железодефицитные анемии в практике акушера-гинеколога // Русский медицинский журнал. — 2019. — № 29. — С. 18–42
  3. Казюкова Т. В., и др. Новые возможности ферротерапии железодефицитной анемии // Клинич. фрмакол. и терапия. — 2018. — № 2. C. 52–63
  4. Пересада О. А., Котова Г. С., Солонко И. И. Железодефицитная анемия при беременности. Медицинские новости. — 2019. — № 2. C. 1–10
  5. Серов В. Н., Шаповаленко С. А., Флакс Г. А. Диагностика и лечение железодефицитных состояний у женщин в различные периоды жизни // Атмосфера. Кардиология. — 2018. C. 14–28
  6. Джамалдинова Шахло Облобердиевна, Бекирова Эльзара Сейдалиевна. (2021). ВКЛАД АВИЦЕННЫ В МИРОВУЮ МЕДИЦИНУ. Международный междисциплинарный исследовательский журнал Galaxy, 9 (11), 238–241. Получено с https://www.giirj.com/index.php/giirj/article/view/479.
Основные термины (генерируются автоматически): Железодефицитная анемия.

Ключевые слова

temir tanqisligi anemiyasi, erta tug`ruq, gemoglobin

Похожие статьи

Yo‘lovchi tashuvchi vagonlarga ta’sir qiluvchi vertikal dinamik kuchlarni aniqlash

Ushbu maqolada O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 61–907 modelidagi yo‘lovchi vagoniga ta’sir qiluvchi dinamik kuchlarni aniqlash metodikasi keltirilgan. Hisoblab topilgan vertikal dinamika koeffisentini normativ yo‘riqnomadagi ma’lumotlar bilan taqqos...

Xo‘jai Sarob Ota — ajdodlar poyi tekkan maskan

Turizm bugungi kunda eng katta daromad keltiradigan va jadal rivojlanib borayotgan sohalardan biridir.Ziyoratgoh va tarixiy qadamjolarni obodonlashtirish turizmni, ayniqsa ichki turizmni rivojlantirish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biriga...

Oilaga ijtimoiy muhitning ta`siri

Maqolada voyaga yetmaganlarning oilaviy tarbiya jarayonidagi ijtimoiy muammolari tahlil qilingan. Muallif yoshlar tarbiyasida oilaviy omillar muhim o‘rin tutishiga alohida e’tibor qaratgan. Shuningdek, oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini sifatida insonn...

Qoraqalpoq ayolining jamiyatdagi mavqei

Ushbu maqolada Qoraqalpog'iston Respublikasidagi ayollar muammolari, o'zbek jamiyatining zamonaviy rivojlanishi nuqtai nazaridan ko'rib chiqiladi. Qoraqalpoq ayollari ob'ektiv va sub'ektiv tabiatning ko'plab hal etilmagan muammolariga duch kelishmoqd...

Maqom san`atini o‘qitishning dolzarb masalalari

Maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining musiqa darslarida an’anaviy xonandalik — maqom haqida tushunchalarni shakllantirishning dolzarb masalalari qamrab olingan. Shuningdek, muallif darsliklarda mumtoz ashulani o‘rganish bo‘yicha yuzaga kеlayotg...

Yadroviy tibbiyot tarixiga doir metodik materiallar

Maqolada yadroviy tibbiyotga fani tarixiga doir ayrim metodik ma’lumotlar keltirilgan. Rentgen nurlari va radioaktivlik hodisasining kashf etilishi. Frederik Soddi tomonidan fanga radioaktiv izotoplartushunchasining kiritilishi. Yadroviy tibbiyot fan...

Suv resurslaridan foydalanishda suv taqsimlash inshooatlarning ahamiyati

Bugungi kunda mamlakatimizda yangi yerlarning jadal o‘zlashtirilishi o‘z navbatida yangi suv inshootlarini (suv omborlari, kanallar, kollektor-drenaj tizimlari va h. k.) qurilishi meliorativ tadbirlar majmuasini amalga oshirish bilan bog‘liqdir. Bu e...

Dolixokolon fonidagi kolostazli bemorlarning hayot sifatiga kolektomiya ta'siri

Maqolada surunkali kolostaz bo'lgan 13 nafar bemor Toshkent shahridagi 1-RKSHda dolixokolon fonida jarrohlik davolash natijalari keltirilgan bo'lib, unda ileorektomiya kolektomiya bilan birga qilingan. Operatsiyadan keyin o'tgan vaqt oshgani sayin, d...

O’zbek tilshunosligida sintaksis va qo’shma gaplar nazariyasi

Mazkur maqolada sintaksis va qo’shma gaplar nazariyasi ustida ish olib borgan olim va tadqiqotchilarning fikrlari hamda o’zbek tilshunosligida ham o’xshash va farqli jihatlarini o’rgangan olim-u olimalarning ishlari bayon etilgan.

Paremiyalar va Quizlet internet ilovasining talabalar so‘z boyligini rivojlantirishdagi samaradorligi

Maqola Quizlet elektron o‘quv kartochkalari vositasida talabalarga maqol va matallarni o‘rgatishning afzalliklari va samaradorligini o‘rganishga bag‘ishlangan.Elektron kartochka yordamida maqollarni nafaqat dars boshida, balki o‘rtasida va oxirida ha...

Задать вопрос