Temir yо‘l stansiyalarining yuklanganligini kamaytirish chora-tadbirlari | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Библиографическое описание:

Жумаев, Ш. Б. Temir yо‘l stansiyalarining yuklanganligini kamaytirish chora-tadbirlari / Ш. Б. Жумаев, М. Д. Ахмедова, И. О. Абдумаликов, М. Г. Зохидов. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2022. — № 13 (408). — С. 345-350. — URL: https://moluch.ru/archive/408/89939/ (дата обращения: 17.12.2024).

Mazkur maqolada temir yo‘l stansiyasining yuklanganlik darajasiga ta’sir e’tuvchi omillar «Isikava» diagrammasi yordamida aniqlangan. Shuningdek, stansiyaning yuklanganlik darajasini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so’zlar: temir yo‘l stansiyasi, texnik vositalar, ijrochilar, kiruvchi va chiquvch vagonlar oqimi, Isikava diagrammasi.

В данной статье определены факторы, влияющие на уровень загрузки железнодорожной станции, с помощью диаграммы Исикавы. Также были внесены предложения по уменьшению загруженности станции.

Ключевые слова: железнодорожная станция, технические средства, исполнители, прибывающих и убывающих вагонопотоков, диаграмма Исикавы.

In this article, the factors affecting the load level of the railway station are determined using the Isikawa diagram. Proposals were also made to reduce the workload of the station.

Keywords: railway station, technical facilities, performers, arriving and departing wagon-flows, Isikawa diagram.

Tashish narxini pasaytirish magistral va sanoat temir yo‘l transportiningasosiy vazifalaridan biridir. Temir yo‘l korxonalarida eng ko‘p xarajatlar stansiya operatsiyalari bilan bog‘liqdir. Mazkur xarajatlar poyezdlarni qabul qilish, qayta ishlash, jo‘natish va manyovr ishlari bilan bo‘lishi mumkin. Sanoat temir yo‘l stansiyalarining magistral transportdagi stansiyalardan asosiy farqi shundaki, undagi ishlar o‘z bo‘limlari tomonidan boshqariladi hamda ishlar “kirish-transformatsiya-chiqish” sxemasi bo‘yicha funksiyalashtirilgan. Stansiyalarning ishi sanoat korxonalarida ishlab chiqarish jarayoniga bo‘ysunadi va ishlarning katta qismi sexlarning yuk obyektlariga xizmat ko‘rsatishiga to‘g‘ri keladi [1–9].

Stansiyalar yuklanganligini kamaytirish masalasi bo‘yicha nazariy ishlanmalar asosan magistral temir yo‘llar uchun amalga oshirilgan, chunki temir yo‘l transporti ish hajmining asosini yuk tashish va stansiyalarning o‘tkazish qobiliyatini oshirish zarurati tashkil etiladi. Tadqiqot ishlari asosan quyidagi yo‘nalishlarda olib borilgan: ommaviy xizmat ko‘rsatish va imitatsion modellashtirish nazariyasi asosida (P. S. Gruntov, N. N. Shabalin va boshqalar), peregon va stansiyalar hamda stansiya elementlarining bir-biri bilan o‘zaro ta’sirini ta’minlash, stansiyalarni texnik jihozlash va eng murakkab amallarni bajarish texnologiyalari, ya’ni poyezdlarni tuzish va tarqatish jarayonlarini optimallashtirish (E. A. Sotnikov, D. Y. Levin, P. A. Kozlov ilmiy ishlarida) masalalari yoriltilgan [10, 11].

Kiruvchi vagonlar oqimi harakatining xususiyatlari o‘zgarganda stansiyalarning yuklanganlik darajasini taxmin qilish imkonini beradigan ko‘rsatkichni ishlab chiqish mazkur ishning maqsadi hisoblanadi.

Stansiyalar yuklanganligining o‘zgarishi bir qator omillarga bog‘liq. Bular:

— texnik omillar;

— texnologik omillar;

— boshqaruv jarayoniga bog‘liq omillar;

— tabiiy omillar va h. k. Stansiyalarning yuklanganlik darajasiga ta’sir etuvchi omillar guruhi “Isikava” diagrammasi orqali 1-rasmda keltirilgan.

Rasm 1. “Isikava” diagrammasi yordamida stansiyalarning yuklanganlik darajasiga ta’sir etuvchi omillarni tahlil etish

Temir yoʻl stansiyasi murakkab transport-texnologik kompleks tizimidir va u elementlarni toʻgʻridan-toʻgʻri va teskari funksional aloqalar bilan {S} tizimga birlashtirgan quyi tizimlar majmuasidan iborat (2-rasm). Bunda Ν t stansiyaning texnik elementlari to‘plami, Ν i ijrochilar, F — texnologik jarayonlar to‘plami, I — boshqaruv harakatlari to‘plami.

Stansiya faoliyatining asosiy maqsadi — poyezdlarni belgilangan talablarga muvofiq o‘z vaqtida qayta ishlanishini va minimal xarajatlar bilan tashish bo‘yicha topshiriqlarning qat’iy bajarilishini ta’minlashdan iborat.

Temir yo‘l stansiyasi transport tizimi sifatida quyidagi o‘zaro bog‘liq va doimiy bir-biriga ta'sir qiluvchi elementlardan iborat: texnik vositalar — tarkiblar (vagonlar guruhi), yo‘l rivojlanishi elementlari, SMB qurilmalari, poyezd va manyovr lokomotivlari; Ijrochilar — lokomotiv brigadalari, TXKP (texnik xizmat ko‘rsatish punkti), TKP (tijoriy ko‘rik punkti) va texnik idora ishchilari, DSP (stansiya navbatchisi) va DSP operatori.

Rasm 2. Temir yo‘l stansiyasi — {S} tizimi majmuasi sifatida

Ushbu elementlar orasida to‘g‘ridan- to‘g‘ri va teskari funksional munosabatlar mavjud (to‘g‘ridan-to‘g‘ri — elementlarning holatining o‘zgarishi texnologik ketma-ketlikda sodir bo‘lsa va teskari — keyingi elementlarning ishdan chiqishi). To‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar tarkiblarni qayta ishlashning texnologik jadvalida aks ettirilgan. Lokomotiv almashishi ko‘zda tutilgan tranzit poyezdini qayta ishlash texnologiyasining grafik modeli –-strukturaviy-vaqtinchalik texnologik sxema (VSTS) ko‘rinishida berilgan va u 3-rasmda ko‘rsatilgan.

Stansiya ishini transport tizimi sifatida baholash ko‘rsatkichlaridan biri bu stansiyaning yuklanganlik darajasidir. Stansiya boshqaruvining vazifasi bu belgilangan meyoriy qiymatlar doirasida yuklanish koeffitsiyentlarini ta’minlagan holda, stansiya elementlarining ish intensivligini o‘zgartirishdan iborat. Stansiyaning xizmat ko‘rsatish elementlarining har biri (qabul qilish parki, tortuv yo‘li, ortish-tushirish fronti, TXP, TKP va TI xodimlari, DSP va boshqalar) T vaqtining har bir momentida X kirish va Y chiqish oqimlari va Z holati bilan tavsiflangan yagona birlik sifatida qaraladi. Stansiyaning ishi vaqt o‘tishi bilan ular elementlari holatining o‘zgarishiga bog‘liq. Stansiyaning t vaqtidagi holati — vagonlar, uzatmalar soni va har bir elementda ushbu vaqtda qabul qilinuvchi poyezdlar va boshqalar.

Rasm 3. Stansiyalarda lokomotiv almashishi ko‘zda tutilgan tranzit poyezdini qayta ishlashning strukturaviy-vaqtinchalik texnologik sxema (VSTS)si:

Т1 — poyezd kelishi haqida ma’lumot olish; Т2 — marshrut tayyorlash; Т3 — poyezdni qabul qilish; Т4 — poyezd lokomotivini tarkibdan ajratish; Т5 — tarkib texnik ko‘rigini o‘tkazish; Т6 — tarkib tijoriy ko‘rigini o‘tkazish; Т7 — poyezd hujjatlarini qabul qilish; Т8 — poyezd hujjatlarini tayyorlash; Т9 — poyezd lokomotivini ulash; Т10 — poyezd hujjatlarini qabul qilish; Т11 — tranzit poyezdini jo‘natish.

Umuman olganda, stansiya holati yoki uning elementi tenglamasi quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi:

(1)

bunda

nxt tartibli ustun-matrisasini ifodalovchi tizimning holat vektori;

kirish o‘zgaruvchilaridan iborat boshqaruv vektori;

t –

rejalashtirish davri bilan chegaralangan vaqt.

Agar stansiyada vaqtlarda yoki uning elementi modullarini qabul qilsa va modullariga xizmat ko‘rsatgandan so‘ng chiqib ketsa, u holda davridagi holatlarning o‘zgarishi quyidagi tenglamalar bilan ifodalanadi:

(2)

bunda

rejalashtirish davri boshidagi tizimning holati;

quyi tizimga kiritish;

quyi tizimdan chiqish.

– stansiyaning tizim sifatidagi holati o‘zgargan (kirish yoki chiqish moduli tufayli) vaqt oralig‘i intervalining

uzunligi bo‘lsin. O‘rtacha qabul qilish intervali:

(3)

bunda

qabul qilingan harakat tarkiblarining soni.

Tizimga kirish intensivligi:

(4)

Stansiyaning xizmat ko‘rsatuvchi elementlari ishining intensivligi:

(5)

Yuqoridagi formulalardan yuklanish koeffitsiyenti quyidagiga teng bo‘ladi:

(6)

bunda

da xizmat ko‘rsatish vaqtining o‘rtacha intervali.

Agar qabul qilinuvchi poyezdlar oqimining intensivligiga ta’sir qilishning imkoni bo‘lmasa, unda stansiya holatiga ta’sir qilishning yagona usuli bu, stansiyada xizmat ko‘rsatish vaqt oralig‘ini qisqartirishdir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, magistral transportda tashishni tashkil qitish jarayoniga ta'sir qiluvchi omillar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, poyezd va vagonlarni qayta ishlash texnologik jarayonining har bir amali uchun xizmat ko‘rsatish davomiyligini hisoblashda ushbu amalning boshlanishidagi kutish vaqtini ( ) hisobga olish kerak. Vagonlarning stansiyada turish davomiyligi poyezd turiga va ularni qayta ishlash texnologiyasiga bog‘liq. Har xil turdagi poyezdlar bilan bajariladigan amallar ketma-ketligi va ular davomiyligi meyorlashtirish — bu texnik va tijoriy ko‘rikdan o‘tkazish, hujjatlarni qabul qilish, tarkiblarni hisobdan chiqarish, natur varaqni tekshirish va hk.larni o‘z ichiga oladi. Ushbu amallarning umumiy davomiyligi hisoblashda mazkur amallarni bajarilishidagi boshlanishni kutgan holda, harakat tarkibining turib qolish vaqtini hisobga olishi kerak. Amallarning umumiy davomiyligi ( ) quyidagi formula orqali aniqlanadi:

, soat(7)

bunda

meyor bo‘yicha amallarning davomiyligi, soat;

turib qolish vaqtlarining davomiyligi, soat.

Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, kritik holat uchun balans tenglamasi quyidagicha ko‘rinishda oladi:

(8)

Tizim yuklanishini aniqlash uchun harakat tarkibining maksimal turib qolishi ( ) bo‘lgan

( ) davrdagi ni aniqlash kerak. Ushbu davrda xizmat ko‘rsatish elementlarining yuklanganlik koeffitsienti bo‘ladi va bu holatda kirish moduli chiqish moduliga nisbatan kattaroqdir. Ya’ni, bu davrda mazkur tizim to‘ldiriladi va u kritik holatda bo‘ladi. Stansiyada j- chi egasiga tegishli i- chi vagonlar oqimining turish davomiyligi:

(9)

bunda

j- egasiga tegishli i- vagonlar oqimini bilan k- amalni bajarish davomiyligi, soat;

j- egasiga tegishli i- vagonlar oqimi bilan bajarilgan amallar soni, ta;

k –

k-stansiya bo‘ylab vagonlar oqimining o‘tish texnologiyasida amallarning tartib raqami.

Transport xarajatlarini kamaytirishga quyidagi chora-tadbirlar orqali erishish mumkin — poyezdlarni qayta ishlovchi texnik elementlar sonini ko‘paytirish, amallarning bajarilish davomiyligini qisqartirish va stansiya elementlarining o‘zaro, qo‘shni stansiyalar va yuk obyektlari bilan ishini aniqroq bog‘lash hamda tashkil etish.

XULOSA

  1. Temir yo‘l stansiyasini yanada samarali ishlashi uchun mazkur stansiyaning barcha elementlarini bir xil yuklanishda saqlash va asosan, eng ko‘p yuklangan elementlar uchun uning pasayishini ta’minlash kerak.
  2. Bunga quyidagi chora-tadbirlar orqali erishish mumkin — texnik elementlar sonini ko‘paytirish, amallar davomiyligini qisqartirish va stansiya elementlarining ishlarini yanada aniqroq bog‘lash hamda qo‘shni stansiyalar bilan hamda xizmat ko‘rsatuvchi yuk obyektlari bilan olib boriladigan ishlarni takomillashtirish.

Adabiyot:

  1. Khudayberganov, S. K., & Suyunbayev, S. M. (2019). Results of application of the methods “Sologub” and Combinator sorting in the process of forming multi-group trains at the sorting station. Journal of Tashkent Institute of Railway Engineers, 15(4), 62–72.
  2. Суюнбаев, Ш. М., Жумаев, Ш. Б., & Ахмедова, М. Д. (2020). Процесс расформирования и формирования многогруппного поезда на железных дорогах АО «Узбекистан темир йуллари». Транспорт шёлкового пути, (3), 30–38.
  3. Khudayberganov, S. K., Suyunbayev, S. M., Bashirova, A. M., & Jumayev, S. B. (2020). Results of application of the methods “Conditional group sorting” and “Combinatorial sorting” duringthe multi-group trains formation. Journal of Tashkent Institute of Railway Engineers, 16(1), 89–95.
  4. Mansuraliyevich, S. S., Kabildjanovich, K. S., Аleksandrovich, S. А., Bakhromugli, J. S., Bakhromovna, M. D., & Rakhimovich, O. A. (2021). Method of determining the minimum required number of sorting tracks, depending on the length of the group of wagons. REVISTA GEINTEC-GESTAO INOVACAO E TECNOLOGIAS, 11(2), 1941–1960.
  5. Суюнбаев, Ш. М., Жумаев, Ш. Б. Ў., Бўриев, Ш. Х. Ў., & Туропов, А. А. Ў. (2021). Темир йўл участкаларида маҳаллий вагонлар оқимини турли тоифадаги поездлар билан ташкил этиш усулларини техник-иқтисодий баҳолаш. Academic research in educational sciences, 2(6), 492–508.
  6. Jumayev, S., Khudayberganov, S., Achilov, O., & Allamuratova, M. (2021). Assessment criteria for optimization of parameters affecting to local wagon-flows at railway sites. In E3S Web of Conferences (Vol. 264). EDP Sciences.
  7. Жумаев, Ш. Б. (2019). Исследование среднего состава грузовых поездов при отправлении их с повышенной нормой состава в условиях твердого графика. In Инфраструктура и эксплуатация наземного транспорта (pp. 178–180).
  8. Aripov, N. M., & Vladimirovich, R. A. (2021). Rapid planning of mixed-structure train organization in the context of non-proportional wagon-flows. International Journal of Discoveries and Innovations in Applied Sciences, 1(5), 324–335.
  9. Жумаев, Ш. Б., Суюнбаев, Ш. М., & Ахмедова, М. Д. (2019). Влияние расписания грузовых поездов по отправлению в условиях твердого графика движения на показатели составообразования. Наука и инновационные технологии, (11), 25–29.
  10. Botakoz, I., Saule, B., Rashid, K., Gulzhan, M., Zhanar, A., Shinpolat, S., & Sherzod, J. (2021). The Algorithm of an Intelligent Transport System with the Formation of Information Technology Capabilities. Design Engineering, 6079–6090.
  11. Управление эксплуатационной работой и качеством перевозок на железнодорожном транспорте / под ред. П. С. Грунтова. — М.: Транспорт, 1994. — 553 с.
  12. Грунтов П. С. Эксплуатационная надёжность станций. — М.: Транспорт, 1994. — 553 с.
Основные термины (генерируются автоматически): DSP, TKP, VSTS, EDP, GEINTEC-GESTAO, INOVACAO, REVISTA, SMB, TECNOLOGIAS, железнодорожная станция.

Ключевые слова

temir yo‘l stansiyasi, texnik vositalar, ijrochilar, kiruvchi va chiquvch vagonlar oqimi, Isikava diagrammasi

Похожие статьи

Ona tili darslarida innovatsion texnologiyalarni qo`llash orqali ma’naviy tarbiyani shakllantirish omillari va imkoniyatlari

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari, imkoniyatlari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, muallif maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ma’na...

Temir yo‘l transportida yuklarni yetkazib berish muddatini kamaytirishning matematik yondashuvi

Mazkur maqolada matematik yondashuvlar asosida temir yo‘l transportida yuklarni yetkazib berish muddatini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Texnik va oraliq stansiyalarda qayta ishlanishlar sonining yuklarni yetkazib berish muddatiga t...

Yoshlarning ma’naviy-axloqiy qadriyatlari ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatida

Maqolada yoshlar axloqiy qadriyatlari mazmuni va axloqiy qadriyatlar ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatidagi tahlili, shuningdеk, axloqiy qadriyatlarni o‘rganish tеstlari xalq og‘zaki ijodi namunalaridan foydalanish, yoshlarning axloqiy qadriyat...

Bolalarni umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilishda ijtimoiy-hissiy jihatidan qo’yiladigan talablar

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning boshlang'ich maktabdagi faoliyati muvaffaqiyatli bo'lishi uchun zarur bo'lgan xatti-harakatlar, ko'nikmalar va bilimlarni namoyish etish darajasiga qo’yiladigan talablar tahlil qilinadi.

O‘quvchilarda kreativ fikrlashni rivojlantirishda xalqaro tadqiqotlarning o‘rni

Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimiga e’tibor berilib, o‘quvchi yoshlarimizning jahon andozalariga mos ravishda zamonaviy bilim va kasb-hunarli bo‘lishi, jismonan va ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, ularning qobiliyat va iste’dodini yuzaga c...

Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy-hissiy rivojlanishi va ularning shaxs sifatida shakllanishi

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning psixik rivojlanishi, ularnng maktabga tayyorgarlik jarayonlari, ta’lim faoliyatiga moslashishda uchraydigan qiyinchiliklari tahlil qilinadi.

Estrada aktyorlarini о‘qitishda pedagogning kasbiy kompetentligi masalalari

Mazkur maqolada zamonaviy san’at ta’limida, xususan estrada aktyorlarini tayyorlash jarayonida pedagogning kompetentligi masalalari о‘rganilgan va tahlil qilingan. Shuningdek, tadqiqot natijasiga kо‘ra uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kommunikatsiya jarayonida xushmuomalalikning ijtimoiy-lingvistik xususiyatlari

Ushbu maqolada fransuz tilida xushmuomalakik kategoriyasi elementlarining ijtimoiy muloqot jarayonida qo’llanilishi, ijtimoiy-lingvistik ssenariylar ishtirokchilarining kommunikatsiya jarayonida bajaradigan rollaridan kelib chiqqan holda xushmuomalal...

Komp`yuterda axborotni ergonomik tasvirlash

Ushbu maqolada hozirgi kunga kelib, o`quv yurtlari ta`lim berish va olish jarayonida berilayotgan ma’lumotlarni komp`yuter yordamida ergonomik tasvirlash asosiy maqsad hisoblanadi. Berilayotgan har qanday axborot manbaining asosiy maqsadi tinglovchi ...

Оna tili darslarida o`quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatuvchi interaktiv va noan’anaviy metodlari

Ushbu maqolada ona tili fani bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarida interaktiv usullardan foydalanish, dars samaradorligining qay darajada oshishi muammoligi ko‘rsatilgan. Shuningdek, muallif o‘quvchining diqqatini jamlashda, topqirlik, ijodkorlik qobiliyat...

Задать вопрос